Oisha bunday deydilar: «Men Madinaga kelib, bir oy kasal bo‘lib yotib qoldim Odamlar bo‘htonchilarning gapiga ishonib, shov-shuv tarqatishar, men ersam bundan mutlaqo bexabar erdim. Ilgari kasal bo‘lsam, Janob Rasululloh ko‘nglimga qarab, mehribonlik qilardilar, endi ersa o‘sha lutfu marhamatni ko‘rmay, o‘zimdagi kasallik ustiga shubha ichimni kemirardi Janob Rasululloh har gal huzurimga kirganlarida salom berib «Qalaysan» — deydilar-da, keyin yana qaytib chiqib ketadilar, «Mendan nima yomonlik o‘tdi erkan» — deb gumonga botaman Bir oz tuzalganimdan keyin, Ummu Mistah birlan bir kuni hojatxonaga chiqdim Hojatxona uyimizdan uzoqroq bo‘lgani uchun faqat kechasi chiqardik. Bu voqea uyimizga yaqin joyga hojatxona qurganimizdan ancha oldin bo‘lgan erdi. Chunki, ilgari biz ham qishloqilarga o‘xshab yashardik, uyimiz yoniga hojatxona qurishdan jirkanardik. Ummu Mistah Abu Rahm ibn al-Muttalib ibn Abdu Manofning qizi bo‘lib, onasi Saxr ibn Omirning qizi — Abu Bakr Siddiqning xolasi erdi. Ummu Mistahning ersa Mistah ibn Usosa ibn Ubod ibn Muttalib degan o‘g‘li bor erdi. Men Ummu Mistah birlan birga hojatxonadan uyimiz tomon qaytayotgan erdim, Ummu Mistah toyilib ketdi va «Noumid bo‘lgur, Mistah» deb o‘z o‘g‘lini qarg‘adi Men unga «Nega bunday yomon so‘z birla qarg‘aysan, Badrda ishtirok qilgan mujohidni ham shunday qarg‘aysanmi "» — dedim. Shunda Ummu Mistah «Ey sodda, eshitmadingmi, sening haqingda nima gap aytganini» — dedi Men «Qanday gap aytdi'»—dedim. Ummu Mistah bo‘htonchilarning mening haqimda aytganlarini gapirib berdi. Shundan so‘ng, kasalimga kasal qo‘shildi. Uyimga qaytib kirganimdan keyin, Janob Rasululloh huzurimga kirdilar-da, menga salom berganlaridan so‘ng, odatdagidek «Qalaysan» — deb ahvolimni so‘radilar. Men u kishiga «Ota-onamning oldiga borib kelishimga ijozat berasizmi?» — dedim. Men o‘zim haqimdagi gaplarni ulardan surishtirib bilmoqchi erdim. Rasululloh menga izn berdilar Onamga borib «Ey onajon' Odamlar nimalar deyi-shayotir»—dedim Onam menga «Ey qizalog‘im' Parvo qilmagil, xudo haqi, eri yaxshi ko‘rgan va kundoshlari bor go‘zal ayol haqida ko‘pincha odamlar har xil gaplarni chiqarishadi»,— dedilar Men «Subhonalloh, shunday gapni gapirishadimi?» —deb kechasi birlan yig‘lab chiqdim, tong otguncha yoshim ham to‘xtamadi, ko‘zimga uyqu ham kelmadi, yig‘lagan holda tong ottirdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga vahiy kelmay qolganda Hazrat Ali va Usoma ibn Zaydni huzurlariga chaqirib, ular birlan oilalaridan ajrash to‘g‘risida maslahat qildilar. Shunda Usoma ibn Zayd Oishadan bunday yomonlik chiqmasligini, uning pok erkanligini aytib «Yo Rasulalloh, oilangizdan ajramangiz, biz uni faqat yaxshi deb bilamiz'»—dedi. Ammo, Hazrat Ali raziyallohu anhu «Yo Rasulalloh, Olloh, taolo sizni xotindan qisgan ermas, undan boshqa xotinlar ham ko‘p-ku! Joriyani chaqirib so‘rangiz, sizga bor haqiqatni aytadi»,— dedilar. Janob Rasululloh (Oishaning xizmat-kori) Burayrani chaqirib «Ey Burayra, sen shubhaga soladirgan biror narsani sezdingmi'»—deb so‘radilar Burayra «Sizni payg‘ambar qilib yuborgan zotning nomi birlan qasamyod qilurmenki, uni biror gunoh ish qilganini ko‘rmadim, buning ustiga u hali juda yosh qizaloq-ku Axir, xamir qorsa ham, charchab uxlab qolib, xamirini qo‘y yeb ketadi-yu» — dedi. Janob Rasululloh bu gapni eshitib o‘rinlaridan turdilar-da, minbarga chiqib, Abdulloh ibn Ubaydan uzr talab qildilar va «Ey musulmonlar, oilamga tuhmat qilib menga ozor yetkazgan kishini kim uzr aytkizadi' Olloh taolo haqi, men oilamni yaxshi deb bilaman, yana bir odamga tuhmat qildilarki, u odamni ham yaxshi deb bilaman, u kishi oilam huzuriga qachon kirsa, men birlan birga kirar erdi» — dedilar. Shunda Banu Abdulashhalning birodari Sa’d ibn Ma’oz o‘rnidan turib «Yo Rasulalloh, men uni sizga uzr aytkizaman, agar o‘sha odam Avs qabilasidan bo‘lsa, bo‘ynini uzaman' Mobodo u Xazraj qabilasiga mansub birodarlarimizdan bo‘lsa, siz nima deb buyursangiz, shuni ado etgaymiz!» —dedi. Shu payt Xazraj qabilasiga mansub bir odam irg‘ib turdi, Ummu Hasson ana shu odamning amakisining qizi bo‘lib, uning ismi Sa’d ibn Uboda erdi. Xazraj qabilasining boshlig‘i bo‘lmish bu odam ilgari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, oriyati tutib ketib, Sa’d ibn Ma’ozga «Yolg‘on aytayotirsan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirolmaysan, o‘ldirish qo‘lingdan kelmagay, agar u o‘z qavmingdan bo‘lganida erdi, o‘limini xohlamagan bo‘lar erding»—deb baqirdi. Shunda Sa’d ibn Ma’ozning amakivachchasi Usayd ibn Hazir o‘rnidan turib, Sa’d ibn Ubodaga «Uzing yolg‘onchi erursan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirgaymiz, sen g‘irt munofiqdursan munofiqlarning yonini olayotirsan» — dedi. Natijada ikki qabila — Avs va Xazraj qizishib ketib, bir-birini o‘ldirishga qasd qilib qoldi. Janob Rasululloh ersalar hanuz minbar ustida turardilar. Nihoyat, ul zot ikki qabila o‘rtasidagi alangaga suv quyib tinchlantirdilar. Men shu kuni kechgacha yig‘ladim, ko‘zimga uyqu kelmadi, hatto yig‘i jigarimni ezib yuborgan-dek bo‘ldi, men yig‘lardim, ota-onam ersalar yonimda o‘ltirardilar. Shu payt bir ansoriya ayol kelib, ruxsat so‘rab ichkariga kirdi, u ham menga qo‘shilib yig‘lay boshladi. Biz shu holatda erdik, Janob Rasululloh kirib keldilar, salom bergach, o‘ltirdilar. Ul zot menga tuhmat qilingandan buyon yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Bir oy bo‘layotirki, u kishiga mening haqimda biror vahiy kelmadi. Janob Rasululloh yonimga o‘ltirayotib kalimai shahodatni aytdilar, keyin menga: «Ey Oisha, sening haqingda menga bunday va bunday xabar yetdi, agar sen pok bo‘lsang, Olloh taolo seni tez kunda bu tuhmatdan xalos qilgay, basharti biror gunoh qilgan bo‘lsang, Ollohga istig‘for ayt, tavba qil, chunki banda o‘z gunohini e’tirof qilib, tavba qilsa, Olloh taolo uning tavbasini albatta qabul qilgay!» — dedilar. Janob Rasululloh shu gaplarni aytib bo‘lganlaridan keyin, birdan ko‘z yoshim qurib, bir qatra ham yosh chiqmay qo‘ydi. Shunda men otamga: «Mening nomimdan Janob Rasulullohga siz javob qilingiz!» — dedim. Otam. «Janob Rasulullohga men nima deyman?» — dedilar. Onamga: «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!» — dedim. Onam ham: «Janob Rasulullohga nima ham derdim» — dedilar. Shundan so‘ng, o‘zim: «Men yoshman, hali Qur’ondan ko‘p sura yod olganim yo‘q, lekin men, Olloh taolo haqi, aniq bildimki, sizlar eshitgan mazkur tuhmat dilingizga qattiq o‘rnashib olibdi, unga ishonch ham hosil qilibsizlar. Agar men: «Bunday ishni qilganim yo‘q»,— desam, sizlar baribir ishonmaysizlar, ammo Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdi. Vaholanki, sizlar o‘zim qilmagan gunohni e’tirof qilsam, ishonasizlar. Shunday erkan, Olloh taolo haqi, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamdagi voqeani Yusuf birlan uning otasi o‘rtasidagi voqeaga taqqoslayman-da, «Sabr go‘zaldur, Olloh o‘zingiz ta’riflaganingizdek, madadkordur!» degan oyati karimadan bo‘lak o‘zimga yupanch topolmayman!» — dedim-da, teskari o‘girilib, to‘shagimga yotib oldim. «Olloh taolo mening pokligimni yaxshi bilur, u albatta meni bu tuhmatdan xalos qilgay!» — der erdim. Ammo, men Olloh taoloning mening haqimda oyat nozil qilajagini bilmas erdim, chunki «Men bunga arzimayman, yaxshisi Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida mening pokligim ayon qilinsa!» — der erdim. Buni qarangki, Janob Rasululloh joylaridan jilmaslaridan turib, oila a’zolarimdan birortasi tashqariga chiqib ulgurmay turib, Olloh taolo ul zotga vahiy nozil qilib qoldi. Vahiyning yukidan Janob Rasulullohning badanlari bezgak tutgandek titrab, vujudlaridan marjon-marjon ter oqdi.