Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482692 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 ... 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:26:00

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni cho‘chitib yubordik. Odamlar uni quva-quva charchashdi. Keyin, men uni quvib tutib oldim-da, Abu Talhaning oldiga olib bordim. Keyin, u quyonning bir qo‘li va ikki oyog‘ini Janob Rasulullohga ilinib yuborib erdi, ul zot oldilar».

Abu Qatodaning mavlolari rivoyat qiladilar: «Abu Qatoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka yo‘llaridan birida ketayotib, hamrohlari birlan ortda qolib ketdilar. Hamrohlari ehromda bo‘lib, o‘zlari ehrom bog‘lamagan erdilar. Shunda Abu Qatoda bir qulonni ko‘rib qolib, otlariga mindilar-da, hamrohlaridan qamchilarini olib bermoqni iltimos qildilar, ular bosh tortishdi. Keyin, nayzalarini olib bermoqlarini iltimos qilgan erdilar, buni ham rad etishdi. Abu Qatoda o‘zlari otdan tushib qamchi va nayzalarini oldilar-da, qulon ustiga shitob birlan ot solib borib, nayza sanchib uni o‘ldirdilar. Keyin, Janob Rasulullohning ayrim sahobalari qulon go‘shtidan yeyishdi, ba’zilari ersa yemoqdan bosh tortishdi. So‘ng, ular Janob Rasulullohga yetib olishgach, ul zotdan shul haqda so‘rashdi. Ul zot: «Bu sizlarga Olloh taolo ato etgan rizqdur!» — dedilar».

Ato ibn Yasor Abu Qatodadan naql qiladilarki, Janob Rasululloh o‘shanda: «Qulonning go‘shtidan menga ham biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — deb aytgan erkanlar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:26:26

10-bob. Tog‘larda ovchilik qilmoq haqida

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka birlan Madina oraligidagi bir joyda ketayotgan erdim, ular ehrom bog‘lab olishgan erdi. Menga ersa ot minib yurish ruxsat etilgan bo‘lib, tez-tez toqqa chiqib turar erdim. Bir mahal qarasam, odamlar bir narsaga tikilib turishibdi, men ham borib o‘sha tomonga ko‘z tashlab bir qulon turganini ko‘rdim. Men ularga: «Bu nima?»— dedim. Ular: «Bilmaymiz»—deyishdi. Men «Bu qulonku!» — dedim. Ular: «Nimani ko‘rib turgan bo‘lsang, o‘sha!»—deyishdi. Keyin, men qulonni ovlamoqchi bo‘lib otimga mindim-u, lekin qamchini olishni unitibman. Men ularga «Qamchimni olib beringizlar!» — dedim. Ular: «Bu ishda senga yordam bera olmaymiz!» — deyishdi (chunki, ehrom kiygan odamning ov qilmog‘i hamda ehrom kiymagan odamga ov xususida yordam bermog‘i mumkin ermas) Keyin, men o‘zim otdan tushib, qamchimni oldim-da, yana otimga minib qulonni quvib ketdim, so‘ng unga yetib olib nayza sanchdim. Keyin, hamrohlarim oldiga kelib: «Turingizlar, qulonni olib kelingizlar!»—dedim. Ular «Unga qo‘l ham tekkizmaymiz!» — deyishdi. Shunda men o‘zim borib qulonni olib keldim. Hamrohlarimning ba’zisi qulon go‘shidan yedi, ba’zisi yomoqdan bosh tortdi. Men ularga «Janob Rasulullohni to‘xtatib, sizlarga shul haqda so‘rab bilib beraman» — dedim-da, ul zotga yetib olib, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Ul zot menga «Qulonning go‘shtidan menga ham olib qo‘ydingizlarmi?» —dedilar. Men: «Ha» — dedim. Ul zot «Yeyaveringizlar, chunki u Olloh taolo sizlarga ato etgan rizqdur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:27:23

11- bob Olloh taoloning «Dengiz jonivorlarini ovlamoq sizlar uchun halol qilindi!» degan qavli xususida.

Ibn Umar: «Suv jonivori ovlab olinsagina ov hisoblanib, otib olingan jonivornigina yeyish mumkin!» — deydilar.

Abu Bakr: «Suv betida qalqib turgan o‘lik (suv) jonivori haloldur!» — deydilar.

Ibn Abbos «Ulik (suv) jonivorini, undan jirkanmasang, yeyaver! Ilonbaliqni yahudiylar yemaydilar, biz ersak yeyaveramiz»,— deydilar.

Shurayh: «Dengizdagi har bir jonivor — so‘yilgandur|» — deydilar (ya’ni, o‘zi islom yo‘li birlan so‘yilgan kabi haloldur)

Ato: «Ammo, qushni so‘yish lozim, deb hisoblayman» — deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:27:45

Ibn Jurayj bunday deydilar: «Daryolardagi va qoya toshlar oralig‘ida to‘planib qolgan sel suvidagi jonivorlarni ovlash shartlari dengiz jonivorlarini ovlash shartlari kabidurmi?» — deb Atodan so‘radim. Ato «Ha»,— dedi so‘ng «Furot daryosining suvi chuchuk bo‘lib, juda ichishlidir, dengizning suvi ersa, sho‘r bo‘lib, ichingni kuydiradir, ammo har ikkalasidan ham yumshoq, lazzatli go‘sht olib yeysizlar!» degan mazmundagi bir she’rni o‘qidi».

Hasan alayhissalom hut (kit) terisidan qilingan egarga minganlar.

Sha’biy «Agar bola-chaqam suv baqasini yeganida erdi, ularni suv baqasi birlan boqqan bo‘lur erdim!» — deydilar.

Hasan suv toshbaqasining go‘shtini «beqiyos deb hisoblaganlar.

Ibn Abbos: «Dengizda ov qilmoqdan qo‘rquvchi kishi — nasroniy, yahudiy va majusiydur!» — deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:27:54

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz «Jayshulxabt» («Barg lashkari») Abu Ubayda qo‘mondonligida g‘azotga chiqdik (Yeguliklarimiz tugab qolib), juda och qoldik, (hattoki daraxglarning bargini ham yedik) Nogahon, dengiz to‘lqinlari bir o‘lik hut (kit)ni sohilga chiqarib tashladi. Bu hutning nomi «anbar» (kashalot) bo‘lib, ilgari bu qadar bahaybat hutni ko‘rmagan erdim. Biz uni yarim oy yedik Keyin, Abu Ubayda uning suyaklaridan birini olib tiklab erdi, uning ostidan tuya mingan kishi bemalol o‘tib ketdi».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz uch yuz chog‘lik chavandozlarni g‘azotga jo‘natdilar, amirimiz Abu Ubayda bo‘lib, Quraysh karvonini qo‘lga tushirmog‘imiz darkor erdi. Yo‘lda qattiq och qolib, hatto daraxtlarning bargini ham yedik. Shul boisdan ham bizning lashkarimiz «Barg lashkari deb ataldi. Keyin, dengiz to‘lqinlari «anbar» deb ataluvchi bir (o‘lik) hutni sohilga chiqarib tashladi, biz uni yarim oy yedik, uning yog‘ini surib hatto jismimiz shifo topdi. Keyin, Abu Ubayda uning qobirg‘alaridan birini olib yerga o‘rnatib qo‘yib erdi, bir kishi tuya minib uning ostidan o‘tdi. Oramizda bir kishi bo‘lib, ochlik qattiq qiynagan vaqtda uchta ulovni, keyin yana uchta ulovni, keyin yana uchta ulovni so‘ydi, so‘ng Abu Ubayda uni bunday qilmoqdan qaytardi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:28:51

12-bob. Malah yemoq haqida

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan yettita yoki oltita g‘azotda birga bo‘ldik. Shunda biz ul zot birlan birga malah yer erdik» (Ammo, Abu Dovudning rivoyatlarida Janob Rasululloh «Men malah yemayman ham, uni harom demayman ham!» — deb aytganlar).

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:29:13

13- bob Majusiylar tutgan idish hamda o‘limtik haqida

Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Yo Rasulalloh, biz (hozir) kitob ahlining yerida turibmiz, ular tutgan idishda ovqat yeyayotirmiz hamda men ularning shikorgohida kamonim, o‘rgatilgan va o‘rgatilmagan itlarim birlan ov qilayotirman, shu haqda ne deysiz?» — dedim. Janob Rasululloh «Ahli kitob yerida erkanligingni eslab yaxshi ish qilding! Bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishida ovqat yemangizlar, bo‘lak idish topmasangizlar, ul holda ularning idishini yuvib tashlab, so‘ng unda ovqat yengizlar! Ahli kitob shikorgohida erkanligingni eslab ham yaxshi ish qilding! Kamoning birlan nimayki ovlasang, Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaver! Urgatilgan iting birlan ovlagan jonivorni ham Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaver! Ammo, o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan jonivorni, agar uni undan ololsang, yeyaver!»—dedilar».

Salama ibi al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Xaybar fath (zabt) qilingan kuni kechqurun musulmonlar ko‘plab gulxan yoqishdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib «Bu gulxanlar ne uchun yoqildi?» — dedilar. «Xonaki eshaklar go‘shtini pishirmoq uchun»,— deyishdi. Janob Rasululloh «Qozonlardagi go‘shtlarni ag‘darib, so‘ng qozonlarni sindirib tashlan-gizlar!»— dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Go‘shtlarni ag‘darib, qozonlarni yuvib tashlab qo‘yaqolayilikda?!»—dedi. Janob Rasululloh: «Yoki shunday qilingizlar!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:30:16

14- bob So‘yiladirgan jonliqqa tasmiya (Bismillohi, Ollohu akbar!) aytmoq hamda ataylab tasmiya aytmagan shaxs xususida

Ibn Abbos «Kimki so‘yiladirgan jonliqqa tasmiya aytmoqni unutib qo‘ysa hechqisi yo‘q,—deydilar

Olloh taoloning qavli: «Ollohning nomi zikr qilinmagan jonliq go‘shtidan yemangizlar, chunki uni yemoqlik gunohdur!» (Tasmiya atishni unutgan kishi fosiq deyilmaydi).

Olloh taoloning qavli: «Va albatta shaytonlar o‘z do‘stlariga vasvasa qilurlar toki ular sizlar ila janjal qilsinlar va agar sizlar ularga itoat qilsangizlar, albatta sizlar mushrik bo‘lursizlar!»

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhulayfada erdik. Odamlar och qolib, bir tuya birlan bir qo‘yni so‘ydik. Shunda Janob Rasululloh bizdan orqaroqda kelayotgan erdilar. Odamlar o‘choq qilib, qozonlarni o‘rnata boshlashdi. Janob Rasululloh ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar, qozonlar ag‘darib tashlandi. So‘ng, o‘nta qo‘yni bir guruh odamlarga taqsimlab, qolganlarga o‘nta qo‘y hisobida bir tuya ajratdilar. Keyin, boyagi tuya qochib ketdi. Qavmda bir kichik poda bo‘lib, odamlar uni o‘shaning orasidan izlab topishdi, lekin uni tutolmay toza charchashdi. Shunda bir kishi tuyaga nayza otib erdi, uning joni Ollohning dargohiga ravona bo‘ldi. Janob Rasululloh «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, qaysi bir hayvon sizga shu qilig‘ni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:30:39

15- bob Ka’ba yoniga o‘rnatilgan toshga hamda butga atab qurbon qilingan jonlig‘ haqida

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baldah degan joyning quyi tomonida Zayd ibn Amrni uchratdilar. Bu voqea Janob Rasulullohga hali vahiy nozil bo‘lmagan kezlarda sodir bo‘lgan erdi. Shunda Zayd ul zotga bir dasturxonda go‘sht keltirdi. Ul zot uni yeyishdan bosh tortib: «Men o‘z butlaringizga atab qurbon qilgan jonlig‘ingiz go‘shtidan yemagayman, men faqat Ollohning nomi zikr qilinib so‘yilgan jonlig‘ go‘shtidan yegayman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:31:44

16- bob Janob Rasulullohning: «Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!» — deganlari haqida

Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga qurbon hayiti kuni ko‘plab jonlig‘ qurbon qildik. Ushanda ko‘pchilik odamlar jonlig‘larini hayit namozidan ilgari so‘yib quyishdi. Namozdan qaytgach, Janob Rasululloh ularning o‘z jonlig‘larini namozdan ilgari so‘yib qo‘yishganini ko‘rib: «Kimki namozdan ilgari suygan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini so‘ysin, kimki namoz o‘qib bo‘lgunimizga qadar so‘ymagan bo‘lsa, Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!»—dedilar».

Qayd etilgan