25-bob. Tovuqlar (uy parrandalari) xususida
Abu Muso al-Ash’ariy raziyalloohu anhu rivoyat qipadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tovuq (parranda) go‘shti yeyayotganlarini ko‘rdim»
Zuhdum (Zahdam) rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso al-Ash’ariyning huzurida bo‘ldik. Biz birlan Jarm qabilasiga mansub bu mahalla ahli o‘rtasida aka-ukalarcha munosabat mavjud erdi. Ushanda Abu Muso dasturxonga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom keltirib qo‘ydi. Ultirganlyar orasida bir afti-angori qizg‘ish kishi ham bo‘lib, u Abu Muso keltirgan taomga hadeganda qo‘l uzatavermadi. Shunda Abu Muso: «Ol, yegil! Men Janob Rasulullohning shunday taom yeganlarini ko‘rganman»,— dedi. Boyagi kishi «Men tovuqning bir narsani yeganini ko‘rganman, shul boisdan ham men uning go‘shtidan hazar qilaman, tovuq go‘shti yemaslikka ont ichganman!»—dedi. Abu Muso «Beri kel, men senga ont ichmoq xususida bir hadis aytib berayin. Men bir necha ash’ariylar birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, qarasam ul zot g‘azabnok holda o‘ltiribdilar-u, zakotga berilgan mollarni taqsim qilayotirlar. Biz ul zotdan yuk ortib, minib ketishimiz uchun ulov so‘radik. Shunda ul zot ulov bera olmasliklarini aytib ont ichdilar-da: «Sizlarni mindirib yuboray desam, ulovim yo‘q!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga o‘lja olingan tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasu-lulloh: «Boyagi ash’ariylar qani? Boyagi ash’ariylar qani?»—dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga beshta oq o‘rkachli tuya berdilar. So‘ng, biz unchalik uzoq yurmay to‘xtadik, shunda men hamrohlarimga: «Janob Rasululloh boya ont ichganlarini unitdilar, Olloh taolo nomi birlan qasam ichamanki, agar biz tufayli ont ichganlarini unutgan bo‘lsalar, endi sira ham omadimiz yurishmagay!» — dedim. Keyin, biz ul zotning huzurlariga qaytib borib: «Yo Rasulalloh! Biz boya sizdan ulov so‘rab erdik, siz ont ichib ulov bera olmasligingizni (ulovingiz yo‘qligini) aytdingiz, akli zaifimizcha, siz ont ichganingizni unutgan ko‘rinasiz»,—dedik. Ul zot: «Sizlarni tuyalarga mindirib yuborgan (sizlarga tuyalarni ato etgan) Olloh taolodur! Men ersam, inshoolloh, toki ilgarigi qasamimni kafforat berib halollab olmagunimga qadar, boshqa bir qasamni afzalroq ko‘rib qasam ustiga qasam ichmagayman!» — dedilar».