Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483433 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 ... 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:32:11

17-bob. Qamish, chaqmoqtosh va temir birlan so‘yilgan jonlig‘ haqida

Ibn Ka’b ibn Molik otalaridan naql qiladilar: «Ularning bir cho‘risi bo‘lib, u Sal’ degan togda qo‘y boqar erdi. Bir kuni qarasa, qo‘ylaridan biri o‘lar holatda yotibdi. Shunda u bir toshni sindirib o‘sha qo‘yni so‘ydi. Ibn Ka’bning otalari: «Uni yemangizlar!«— deb oilalariga aytdilar-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul xususda so‘radilar. Janob Rasululloh o‘sha qo‘yni yemoqni amr qildilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Sa’id ibn Masruq rivoyat qiladilar: «Aboya ibn Rofi’ning bobolari «Yo Rasulalloh, bizning pichogimiz yo‘q!» — dedilar. Janob Rasululloh «Qoni oqizilib, Olloh taoloning ismi zikr qilingan jonlig‘ni yeyaver, tirnoq va suyak (tish) birlan qon chiqarilmagan bo‘lsa, bo‘ldi!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:32:55

18- bob Ayol va cho‘ri so‘ygan jonlig‘ haqida.

Bu yerda Ibn Ka’b ibn Molikning otalari rivoyat qilgan hadis takroran keltirilgan

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:33:06

19-bob. Tish, suyak va tirnoq birlan so‘yilmaydi!

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tish (suyak) va tirnoqdan bo‘lak narsa birlan so‘yilgan (qoni oqizilgan) jonligni yeyaver!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:33:15

20- bob Badaviylar va shularga o‘xshash kishilar so‘ygan jonlig‘ haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Janob Rasulullohga «Bizga bir qavm go‘sht olib keladi, ammo ular jonligni Olloh taoloning ismini zikr qilib so‘yganlarmi yoki yo‘qmi, biz bilmaymiz!» — dedi. Janob Rasululloh «Ular keltirgan go‘shtni o‘zlaringiz Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaveringizlar!» — dedilar. Bizga go‘sht olib keluvchilar kofirlikdan qaytib endigina musulmon bo‘lgan (badaviylar) erdi»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:34:26

21- bob Urush va boshqa soha kishilaridan bo‘lmish kitob ahli so‘ygan jonlig‘lar go‘shti va yog‘i haqida

Olloh taoloning qavli: «Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi va kitobiylarning taomlari sizlarga haloldur va sizlarning taomlaringiz ularga haloldur!».

Zuhriy: «Nasroniy arablar so‘ygan jonlig‘ go‘shtini yesangiz, zarari yo‘qdur va agar ularning jonlig‘ so‘yayotganlarida Olloh taolodan bo‘lak tangrining nomini zikr qilganlarini eshiqangiz, yemangiz, basharti eshitmagan bo‘lsangiz ul holda Olloh taolo ularning kofir erkanliklarini bilgan holda uni halol qilgandur!» — deydilar.

Hasan va Ibrohim «Xatna qilinmagan kishi so‘ygan jonlig‘ go‘shtini yesa, hechqisi yo‘q!» — deyishadi.

Ibn Abbos «(Oyatdagi) «taomlari» degan so‘z— «so‘ygan jonlig‘lari» demakdur», — deydilar

Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar qal’asini qamal qilib turgan erdik, bir kishi bir xalta yog‘ tashladi. Men uni olaman, deb intilgan erdim, qarasam yonginamda Janob Rasululloh turibdilar, shunda ul zotdan uyalib ketdim»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:34:41

22- bob Qochib ketgan mol vahshiy (yovvoyi) hayvon o‘rnidadur!

Ibn Mas’ud bunday molni (otib tutmoqqa) ijozat berganlar

Ibn Abbos «Qo‘lingdagi mol-hollardan qaysi biri (itoat etmay) seni holdan toydirsa, u ov hayvoni hisobidadur. Quduqqa qulab tushgan tuyani, agar uni tortib olishga kuching yeqa, so‘yib yubor!» — deydilar. Hazrat Ali, Ibn Umar va Oisha onamiz ham shunday deb hisoblashadi

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar «Yo Rasulalloh! Biz ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, (dushman bizni ko‘p, deb o‘ylamog‘i uchun tunda ko‘plab gulxanlar yoqib, ko‘plab mol-hol so‘ymog‘imiz darkor), ammo bizning pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob Rasululloh «Tezdan biror narsa top! Tish (suyak) va tirnoqqan bo‘lak narsa birlan Olloh taoloning nomi zikr qilinib qoni oqizilgan (so‘yilgan) jonlig‘ni yeyaver!» — dedilar. (Bir kuni) biz bir qancha tuya va qo‘y o‘lja olib erdik, tuyalardan biri qochib ketdi. Shunda bir kishi uni nayza otib .o‘ldirdi. Janob Rasululloh «Bu tuyada vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjud erkan, agar biror tuyangiz sizga itoat qilmasa, uni ham hozirgidek ahvolga solingizlar!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:35:07

23-bob. Nahr va zabh xususida

Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Ato «(Tuyadan bo‘lak) jonlig‘larni qaeridan buyurilgan bo‘lsa, o‘sha yeridan zabh qilmoq va tuyani ham qaeridan buyurilgan bo‘lsa, o‘sha yeridan nahr qilmoq darkor!» — dedilar. Men «Zabx qilinadirgan jonlig‘ni nahr qilsam, joizmi?»—dedim. Ato «Ha! Sigirni Olloh taoloning ismini zikr qilib zabh qilmoq kerak, ammo nahr qilinadirgan jonlig‘ni zabh qilib quygan bo‘lsang, joizdur. Men o‘zim nahr qilmoqni afzal ko‘rurman Zabh ersa, bo‘yin tomirlarini kesmoqlikdur»,— dedilar (ya’ni, tuyadan bo‘lak jonlig‘lar bo‘ynining bir xil yeridan so‘yilaveradi, tuya ersa avval yuragiga tig‘ urilib holdan ketib yiqilgach, bo‘inining muayyan yeridan bo‘g‘izlanadi) Men «Bo‘yin tomirlaridan so‘ng, harom mag‘iz ham qirqiladimi?» — dedim. Ato «Bunday deb o‘ylamayman»,— dedilar. Keyin, Nofi’ menga aytdilarki, Ibn Umar (ham) orqa miyani (harom mag‘izni) qirqmoqdan qaytarib: «Suyakdan bo‘lak narsalar qirqiladi, so‘ng o‘lguniga qadar tashlab qo‘yiladi»,— degan erkanlar. Olloh taolo: «Vaqtiki dedi Muso o‘z qavmiga: «Olloh taolo hukm qilur sizlargaki, bir sigir so‘yinglar!» keyin ular uni (sigirni) so‘ydilar, (aslida ersa) ular bunday qilmoqchi ermas erdilar»,— deydi».

Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan naql qilib: «Bo‘g‘iz va ko‘krakning yuqori qismidan so‘yiladi» — deydilar. Ibn Umar, Ibn Abbos va Anas «Agar kallasi qirqib yuborilsa, hechqisi yo‘q» — deyishadi.

Asmo  binti Abu Bakr raziyallohu anhumo:   «Rasululloh  sallallohu  alayhi  va sallamning davrlarida ot so‘yib yedik»,— deydilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:36:08

24-bob. Jonivorlarga azob bermoq, ularni suvsiz, yeguliksiz qoldirib tutqunlikda ushlab turmoq makruhdur!

Hishom ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Men Anas birlan birgalikda Hakam ibn Ayyubning huzuriga kirdim. Anas bir to‘da bolalarning bir tovuqni bog‘lab qo‘yib toshbo‘ron qilayotganlarini ko‘rib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jonivorlarni ushlab olib (qiynamoqdan) qaytarganlar!»—dedilar».

Ishoq ibn Sa’id ibn Umar otalarining bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Yahyo ibn Sa’idning huzuriga kirib, uning o‘g‘illaridan birining bir tovuqni bog‘lab qo‘yib toshburon qilayotganini ko‘rdilar-da,tovuqning oldiga borib uni yechdilar. So‘ng,tovuq birlan bolani olib Yahyoning oldiga keldilar-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jonivorlarni tutib olib (qiynab) o‘ldirmoqdan qaytarganlar!»—dedilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarning huzurlarida erdim. Shunda bir bolaning (yoki bir necha bolalarning) bir tovuqni bog‘lab quyib toshbo‘ron qilayotganida yonidan o‘tib qoldim. Ular Ibn Umarni ko‘rib tovuqni tashlab qochishdi. Ibn Umar: «Kimki shunday qilsa Janob Rasululloh shunday qilgan kishini la’natlaganlar!» —dedilar».

Abdulloh ibn Yazid rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovning molini o‘g‘irlamoqdan (tortib olmoqdan) hamda jonivorlarga azob bermoqdan qaytarganlar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:36:33

25-bob. Tovuqlar (uy parrandalari) xususida

Abu Muso al-Ash’ariy raziyalloohu anhu rivoyat qipadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tovuq (parranda) go‘shti yeyayotganlarini ko‘rdim»

Zuhdum (Zahdam) rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso al-Ash’ariyning huzurida bo‘ldik. Biz birlan Jarm qabilasiga mansub bu mahalla ahli o‘rtasida aka-ukalarcha munosabat mavjud erdi. Ushanda Abu Muso dasturxonga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom keltirib qo‘ydi. Ultirganlyar orasida bir afti-angori qizg‘ish kishi ham bo‘lib, u Abu Muso keltirgan taomga hadeganda qo‘l uzatavermadi. Shunda Abu Muso: «Ol, yegil! Men Janob Rasulullohning shunday taom yeganlarini ko‘rganman»,— dedi. Boyagi kishi «Men tovuqning bir narsani yeganini ko‘rganman, shul boisdan ham men uning go‘shtidan hazar qilaman, tovuq go‘shti yemaslikka ont ichganman!»—dedi. Abu Muso «Beri kel, men senga ont ichmoq xususida bir hadis aytib berayin. Men bir necha ash’ariylar birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, qarasam ul zot g‘azabnok holda o‘ltiribdilar-u, zakotga berilgan mollarni taqsim qilayotirlar. Biz ul zotdan yuk ortib, minib ketishimiz uchun ulov so‘radik. Shunda ul zot ulov bera olmasliklarini aytib ont ichdilar-da: «Sizlarni mindirib yuboray desam, ulovim yo‘q!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga o‘lja olingan tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasu-lulloh: «Boyagi ash’ariylar qani? Boyagi ash’ariylar qani?»—dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga beshta oq o‘rkachli tuya berdilar. So‘ng, biz unchalik uzoq yurmay to‘xtadik, shunda men hamrohlarimga: «Janob Rasululloh boya ont ichganlarini unitdilar, Olloh taolo nomi birlan qasam ichamanki, agar biz tufayli ont ichganlarini unutgan bo‘lsalar, endi sira ham omadimiz yurishmagay!» — dedim. Keyin, biz ul zotning huzurlariga qaytib borib: «Yo Rasulalloh! Biz boya sizdan ulov so‘rab erdik, siz ont ichib ulov bera olmasligingizni (ulovingiz yo‘qligini) aytdingiz, akli zaifimizcha, siz ont ichganingizni unutgan ko‘rinasiz»,—dedik. Ul zot: «Sizlarni tuyalarga mindirib yuborgan (sizlarga tuyalarni ato etgan) Olloh taolodur! Men ersam, inshoolloh, toki ilgarigi qasamimni kafforat berib halollab olmagunimga qadar, boshqa bir qasamni afzalroq ko‘rib qasam ustiga qasam ichmagayman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:37:17

26-bob. Ot go‘shti haqida

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida ot so‘yib, go‘shtini yedik».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni eshak go‘shti yemoqdan qaytarib, ot go‘shti yemoqqa ijozat berdilar».

Qayd etilgan