Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483449 marta o'qilgan) Chop etish



Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:42:52

36-bob. Agar qavmning tuyasi qochib keqa-yu, qavmdoshlardan biri o‘z qavmiga yaxshilik qilmoq niyatida nayza otib uni o‘ldirsa, joizdur!

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:44:07

37- bob. Nochor ahvolda qolgan kishining yeguligi haqida

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar! Yengizlar biz sizlarga ato qilgan halol rizqlardan va Olloh taologa shukr qilingizlar, agar ungagina ibodat qilsangizlar! Haqiqat shulki, Olloh taolo harom qilgandur sizlarga harom o‘lgan jonivorni va qonni va to‘ng‘iz go‘shtini va Olloh taolodan boshqaning nomini aytib so‘yilgan jonivorni, bas kimiki nofarmon bo‘lmay va haddidan oshmay, nochor (yuqoridagi harom qilingan narsalardan yesa), unga hech gunoh bo‘lmas. Olloh taolo albatta mag‘firat va rahmat sohibidur!»

Olloh taoloning qavli: «Bas, yengizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taoloning nomi zikr qilinibdur, agar uning oyatlariga iymonlaringiz bo‘lsa! Va sizlarga nima bo‘libdurki, yemassizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taolo nomi zikr qilinibdur? Holbuki batafsil bayon qilibdur sizlarga ul narsaniki uni sizlarga harom qilibdur vale yesangizlar bo‘lur ul narsaniki unga sizlar nochordursizlar va darxaqiqat ko‘p kishilar ilmsiz o‘z xayolotlari ila boshqani ozdirib yururlar, darhaqiqat sizning parvardigoringiz haddan oshguvchilarni yaxshi bilur!»

Olloh taoloning qavli: «Siz dengki, «Men o‘zimga vahiy qilingan hukmlar orasidan harom o‘lgan jonivor yo oqib turgan qon yo to‘ng‘iz go‘shtidan bo‘lak yeguvchi uchun harom qilingan bir taomni topa olmayman, chunki ul albatta nopokdur yo ul Olloh taolodan boshqaning nomi zikr qilinib, nojoiz so‘yilgan jonivordur», endi kimiki nochor qolsa-yu, (yuqorida harom qilingan narsalardan) lazzatga berilmay va haddan oshmay iste’mol qilsa, albatta sizning parvardigoringiz mag‘firat va rahmat sohibidur!»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:46:27

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QURBON QILINADIRGAN JONLIG’LAR HAQIDA KITOB

1- bob. (Qurbon hayiti kuni) jonlig‘ qurbon qilmoqning sunnati haqida


Ibn Umar: «Jonlig qurbon qilmoqlik sunnat va urfdur»,— deydilar.

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam. «Bugungi kunimizda bizning eng avvalo qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng (namozdan) qaytib jonlig qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur va kimki (namozdan) ilgari (jonlig) so‘ysa, bola-chaqasi uchun go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qilgan qurbonligining hech qanday savobi yo‘qdur!»—dedilar. Shunda namozdan ilgari jonligini so‘yib qo‘ygan Abu Burda o‘rnidan turib: «Mening bir yosh echkim bor (o‘rniga o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?)»—dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo sendan keyin boshqa biror kishiga bu joiz ermas!» — dedilar».

Omir Barrodan nakl qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozdan keyin jonlig so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida qurbonlik qilib, musulmonlar zimmasidagi sunnatni ado etgan bo‘lur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:46:48

2- bob. Imomning qurbonlik uchun odamlarga jonlig‘larni taqsimlab bermog‘i
haqida


Ba’ja al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilmoq uchun o‘z sahobalariga jonliglarni taqsimlab berdilar, shunda Uqbaga bir echkicha tegdi. Uqba «Yo Rasulalloh, menga echkicha tegdi-ku?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Shuni qurbon qilgil!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:47:36

3-bob. Musofir va ayollar nomidan jonlig‘ qurbon qilmoq xususida

Abdurrahmon ibn al-Qosim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdilar. Ul muhtarama Makkaga yetib bormay turib Saraf degan yerda hayz ko‘rib qolganlari boysidan yiglab o‘ltirgan erdilar. Janob Rasululloh «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?»— dedilar. Oisha onamiz: «Ha»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hojilar ado etmogi lozim bo‘lgan barcha marosimlarni o‘tayver, faqat Baytullohni tavof qilmagil!»—dedilar. Keyin, biz Minoda erkanligimizda mol go‘shti keltirishdi. Men «Bu qanday go‘sht?» — dedim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigir qurbon qildilar»,— deyishdi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:47:47

4-bob. Nahr kuni ishtaha birlan go‘sht yeyilmog‘i haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni «Kimki (hayit) namozidan oldin jonlig so‘ygan bo‘lsa, (namozdan so‘ng) boshqa jonlig qurbon qilsin!» — dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, bu kun — ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, qo‘shnilari haqida gapirdi, so‘ng «Menda bir echkicha bor, u ikkita qo‘yning go‘shtidan yaxshiroqdur!»—dedi. Janob Rasululloh o‘sha echkichani qurbon qilmoqqa unga ijozat berdilar, ammo (echki qurbon qilmoq xususidagi) ruxsat undan boshqalarga ham tegishli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. Keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita qo‘chqor so‘ydilar. Odamlar ularning go‘shtini o‘zaro bo‘lishib olishdi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:48:14

5- bob «Bugun jonlig‘ qurbonqiladirgan kundur!» — deb aytgan kishi haqida

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar:
«Zamon Olloh taolo osmonlar birlan yerni yaratgan kundagidek (hech bir o‘zgarishsiz yana) bir davra aylandi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, ulardan to‘rttasi muqaddasdur. To‘rttadan uchtasi—Zulqa’da, Zulhijja, Muharram ketmaket keladi, turtinchisi ersa Rajab (Muzar) oyi bo‘lib, Jumodassoniy birlan Sha’bon oylari oralig‘idadur. (Aytingizlarchi), hozir qaysi oy?» Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!» — dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, shunda biz bu oyning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh: «Bu oy Zulhijja oyi ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. Janob Rasululloh: «Bu qaysi shahar?»— dedilar. Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu shaharning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Bu al-Balda (Makka) ermas-mi?»—dedilar. Biz «Ha», — dedik. Janob Rasululloh «Bugun qanday kun?»—dedilar. Biz: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Nahr kuni ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. (Keyin), Janob Rasululloh (bizga) bunday deb aytdilar: «Qoningiz, mol-dunengiz, obro‘yingiz mana shul shahringizdagi kuningiz va oyingiz hurmati kabi bir-biringizga muqaddasdur! Oxiratda parvardigoringizga ro‘baro‘ bo‘lganingizda sizlardan qilgan amallaringiz xususida so‘ragaydur. Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar! (Mening bu vasiyatimni) eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsin, chunki ba’zi bir birovdan eshitganlar ul qulog‘i birlan eshitganlardan ko‘ra zehnliroq bo‘lur!»

(Roviy) Muhammad Janob Rasulullohning o‘shal kungi vasiyatlari xususida eslaganda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dillaridagi bor gapni) ro‘y-rost aytib, so‘ng «Tushuntira oldimmi? Tushuntira oldimmi?» — dedilar»,— der erdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:49:05

6- bob Musalloda (namoz o‘qiydirgan joyda) jonlig‘ qurbon qilmoq haqida

Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjiddagi) musalloda (ham) jonlig‘ (tuya qo‘y mol va boshqalar) qurbon qilur erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:49:25

7- bob. Janob Rasulullohning ikki shoxdor semiz qo‘chqorni qurbon qilganlari haqida

Abu Umoma ibn Sahl rivoyat qiladilar: «Biz Madinada qurbonlikka atalgan jonlig‘larni boqib semirtirar erdik, barcha musulmonlar ham shunday qilishar erdi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘chqor va men ikki qo‘chqor qurbon qilur erdik».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki shoxdor ola qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan so‘ydilar».

Abulxayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uqba ibn Omirga bir qancha jonlig‘ berib, ularni qurbon qilmoq uchun sahobalariga taqsimlashni topshirdilar. Shunda Uqbaning o‘ziga bir echkicha qoldi. U bu hakda ul zotga aytib erdi: «Sen o‘shani qurbon qila qolgil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:50:28

8- bob. Janob Rasulullohning Abu Burdaga: «Ushal echkingni qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» — deb aytganlari haqida

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Burda ismli tog‘am jonlig‘larini (hayit) namozidan burun so‘yib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Qo‘yingni (bola-chaqangga) go‘sht tayyorlab bermoq uchun so‘yibsan!» — dedilar. Tog‘am: «Yo Rasulalloh, mening yana bir echkicham bor, (o‘shani qurbon qilsam bo‘lurmi?)»—dedilar. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan bo‘lak odamga durust ermas!»—dedilar. So‘ng, ul zot yana bunday deb gaplarida davom etdilar: «Kimki namozdan ilgari so‘ygan bo‘lsa, o‘zi uchun so‘yibdur, kimki namozdan so‘ng so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida jonlig‘ qurbon qilib, musulmonlar zimmasidagi sunnatni ado etibdur!».

Barro rivoyat qiladilar: «Abu Burda jonlig‘ini namozdan burun so‘yib qo‘ydi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Urniga boshqa jonlig‘ so‘ygil!» — dedilar. Abu Burda: «Menda bir yosh echkichadan bo‘lak jonlig‘ yo‘q»,— dedi. (Sha’biy: «Menimcha, o‘shanda Abu Burda: «Echkicham katta qo‘ydan ham yaxshiroq» — deb aytgandi»,— deydilar). Janob Rasululloh: «Mayli, o‘rniga o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz ermas!» — dedilar».

Qayd etilgan