Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482757 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:32:59

Solim raziyallohu anhu: «Men Jobirdan: «Usha kuni necha kishi erdingizlar?» — deb so‘rasam, u: «Agar yuz ming kishi bulganimizda ham hammamizga yetar erdi, biz ersak o‘shanda bir ming besh yuz kishi erdik»,— dedi»,— deydilar.

Qatoda raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn Musayyabga: «Eshitishimcha, Jobir Hudaybiyada bir ming to‘rt yuz kishi bo‘lganliklarini aytibdi»,— dedim. Sa’id menga: «Jobirning menga aytishicha, Hudaybiya kuni payg‘ambarimizga bay’at qilgan kishilarning soni bir ming besh yuz kishi bo‘lgan»—dedi».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: -Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidursizlar»,— dedilar. Biz o‘shanda bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Agar hozir ko‘zim ochiq bo‘lganda, o‘sha tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rsatar erdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:33:14

Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Daraxt tagida bay’at qilgan kishilarning soni bir ming uch yuz kishi erdi. Aslam qabilasi muhojirlarning sakkizdan bir qismini tashkil qilardi».

Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri bo‘lmish Mirdos al-Aslamiy: «Yaxshi odamlar birin-ketin bu dunyodan o‘tib ketyaptilar. Xurmo va arpaning chiqiti tagida qolgandek, Olloh taolo huzurida e’tibori yo‘q kishilar qolyapti»,— deydilar.

Marvon va Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir ming qanchayam ashoblari birlan Hudaybiya kuni yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga qurbonlik erkanligini anglatadirgan nishon osib hamda o‘rkachini qonatib qo‘ydilar. Keyin, shu yerda turib ehrom bog‘ladilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:33:24

Ali ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men bu hadisni Sufyondan necha marta eshitganman, hatto u kishi: «Qonatiladirgan va nishon osiladirgan joyning qaerda erkanligini Zuhriydan eshitdi-mu, ammo eslab qololmadim»,— deb aytgandilar».

Abdurrahmop ibn Abu Laylo Ka’b ibn Ujra haqida bunday deb rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh uning boshidagi bitlar yuziga o‘rmalab tushayotganini ko‘rib: «Bu jonivorlar seni qiynayaptimi?»—deb so‘radilar. Ka’b: «Ha»,— degandan keyin, Janob Rasululloh unga sochini oldirib tashlashni buyurdilar. Shunda u Hudaybiyada turgan erdi. Janob Rasululloh boshqa sahobalarning ham shu yerda ehromdan chiqish yoki chiqmasliklari haqida aniq bir gap aytmadilar, sahobalar Makkaga kirish niyatida erdilar. Shu asnoda Olloh taolo fidya (jarima, tovon) haqida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh Ka’bga bitlab ketgani uchun olti miskinning qornini to‘yg‘azishni yoki bir qo‘y qurbonlik qilishni yohud uch kun ro‘za tutishni amr qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:33:39

Yazid ibn Aslamning otalari rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu birlan birga bozorga chiqdim. Shunda Hazrat Umarga bir yosh ayol duch kelib « Ey mo‘minlar amiri' Erim halok bo‘ldi, bir necha sag‘ir go‘daklar birlan qoldim. Olloh taolo haqi, ularga berishga na suyak-saloq na don-dun va na sut yo‘q, (erkagim yo‘qligidan) ularni qashqirlar yeb ketmasaydi, deb qo‘rqaman Otam Janob Rasululloh birlan birga Hudaybiyada bo‘lganlar, men Xufof ibn Aymo al-G’iforiyning qiziman»,— dedi Hazrat Umar ayol birlan biroz suhbatlashgandan keyin, «O’z qarindoshing oldiga xush kelibsan » deb uylari yonida bog‘liq turgan bahaybat tuyalari oldiga bordilar-da unga yeguliklar to‘la ikki meshni yukladilar, meshlar orasiga kiyim-kechak va pul ham joyladilar, so‘ng tuyaning tizginini ayol qo‘liga tutqazib «Tuyani yetakla, Olloh taolo biror xayriyat yuborguncha senga yetib turadi'»—dedilar. Shunda bir kishi «Ey amiralmu’minin, unga ko‘p narsa berib yubordingiz!» —dedi.

Hazrat Umar «Ey onang sendan ajrab qolgur Olloh taolo haqi, men bu ayolning otasi birlan akasining bir necha vaqt qo‘rg‘onni qamal qilib, so‘ng uni fath qilishganini ko‘rganman Biz o‘sha ikkovining nasibasidan bu ayolga ozgina berdik, xolos», - dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:33:56

Sa’id ibn al-Musayyabning otalari «Tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rgan erdim, keyin o‘sha daraxtni qidirib topolmadim», - deydilar. Imom Buxoriy «Mahmud ham «Usha daraxt yodimdan chiqartirildi» deb aytgan»,— deydilar (Sahobalar Hudaybiyada bir katta daraxtnish ostida Janob Rasulullohning qo‘llariga qo‘llarini qo‘yib, «Hayotimning oxirigacha sizga itoat qilurman, Olloh taolo nimani buyurgan ersa, ado qilurman, nimadan qaytargan ersa undan saqlanurman » deb bay’at qilgan bo‘lib, bu bay’at Bai’aturrizvon deb ataladi Keyinchalik, bu daraxt Olloh taolo tomonidan sahobalarning eslaridan chiqarilgan, chunki Janob Rasulullohdan keyin musulmonlar mazkur daraxtni muqaddas bilib, uni tavof qilib, yo‘ldan ozib ketishlari mumkin erdi).

Toriq ibn Abdurrahmon bunday deydilar «Men haj safariga ketayotgan erdim, yo‘lda namoz o‘qiyotgan bir qavmni ko‘rdim. Odamlardan «Bu qanday (masjid) sajdagoh» — deb so‘radim. Ular «Bu Janob Rasululloh tagida sahobalarni bay’at qildirgan o‘sha daraxtdir»,— deyishdi So‘ng, men Sa’id ibn Musayyabning huzuriga borib, buni aytgan erdim, u «Otam o‘sha daraxt tagida bay’at qilgan sahobalardan biri bo‘lganlar, u kishi menga «Bay’atdan bir yil keyin, biz qaytib borib o‘sha daraxtni qidirdik, lekin eslay olmadik, Olloh taolo uni topishga imkon bermadi»,— deb erdilar. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari topolmagan daraxtni sizlar topgan bo‘lsangizlar, unda sizlar o‘ta «bilimdon» bo‘lib ketibsizlarku!»- dedi kesatib.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:34:19

Toriq bundai deydilar «Sa’id ibn Musayyabning oldida mazkur daraxt haqida gapirildi. Shunda Said  kuldi-da: « Mening otam o‘sha bay’atda qatnashgan erdilar, bu haqda menga gapirib bergan erdilar», — dedi».

Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri bo‘lmish Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayxi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, agar u kishiga biror qavm sadaqa olib kelsa, «Ey Olloh, bularni o‘zing yarlaqagaysan! — derdilar Chunonchi, mening ogam u kishiga sadaqa. olib kelganlarida «Ey Olloh, Abu Avfoning oilasini O’zing yarlaqagaysan'» — deb duo qildilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:34:33

Ibod ibn Tamim rivoyat qiladilar: «Harra kuni odamlar Abdulloh ibn Hanzalaga bay’at qildilar, shunda Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Nechun odamlar Ibn Hanzalaga bay’at qilayotirlar?» — deb so‘radi Odamlar «Ulimga» — deyishdi. Ibn Zayd Men Janob Rasulullohga shunday deb bayat qilganman, endi hech kimga bundan deb bay’at qilmagaiman'» — dedi. U Janob Rasululloh birlan birga Hudaibiyada qatnashgan erdi.

Daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish Salama ibn al-Akva’ «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga juma namozini o‘qib uy-uyimizga tarqab ketar erdik. Usha vaqtlarda kunning nihoyatda . tikligidan devorlarning soyasi bo‘lmas, o‘zimizni soyaga ololmas erdik», — deydilar.

Yazid ibn Abu Ubayd rivoyat qiladilar: «Men Salama ibn al-Akva’dan «Hudaybiya kuni Janob Rasulullohga nima uchun bay’at qildingizlar» — deb so‘radim. U kishi menga «Ulimga», — deb javob berdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:34:42

Musayyab ibn Rofi’ bunday deydilar: «Men Barro ibn Ozibga duch kelib, u kishiga «Baraka topingiz, Janob Rasulullohga sahobiy bo‘ldingiz, daraxt tagida u kishiga bay’at qildingiz » — dedim Shunda Barro «Ey jiyanim, Janob Rasulullohdan so‘ng qanday fitnalar sodir bo‘lganidan siz bexabarsiz» — dedilar»

Abu Qiloba rivoyat qiladilar «Sobit ibn Zahhokning uzi aytishicha, u ham Janob Rasulullohga daraxt tagida bay’at qilganlardan erkan».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar «Olloh taoloning «Inno fatahno laka fathan mubiynan'», ya’ni «Darhaqiqat, biz sizga ulug‘ bir fathni muyassar qildik » degan so‘zidagi fath (g‘alaba) Hudaybiyada muyassar buldi. Bu oyat nozil bo‘lganda sahobalar «Muborak bo‘lsin Muborak bo‘lsin! Olloh taolo bizga yana ne va’da qildi?» — deyishdi. Shunda Olloh taolo «Mo‘minlar birlan mo‘minalarni tagidan anhorlar oqib turadirgan jannatlarga kiritadi!» degan oyatni nozil qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:34:52

Sho‘‘ba bunday deydilar: «Men Kufaga kelib: «Bu hadisning barchasini Qatoda rivoyat qilganlar»,— dedim. Keyin, qaytib kelib Qatodaga aytganimda, u kishi: «Inno fatahnoni Anas ibn Molikdan, «Haniy’an, mariy’an»ni Ikrimadan eshitganman»,— dedilar».

Majza’a ibn Zohir al-Aslamiy daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish otalaridan naql qilib bunday deydilar: «Men eshak go‘shti solib pishirilayotgan qozon tagiga o‘t qalayotgan erdim. Shu payt Janob Rasulullohning jarchilari: «Janob Rasulullox eshak go‘shtini sizlarga man’ etdilar!» — deb qichqirib qoldi».

Majza’a daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish Aslam qabilasiga mansub bir sahoba haqida so‘zlab: «Uning otasi Ahbon ibn Avsning tizzasi og‘rir erdi, har vaqt sajda qilayotganida tizzasi ostiga yostiq qo‘yib olar erdi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:35:22

Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri Suvayd ibn Nu’mon: «Janob Rasululloh va ul zotning ashoblariga talqon keltirildi, uni og‘izlariga solib shimib o‘ltirishdi», — deydilar.

Abu Jamra bunday deydilar- «Men Janob Rasulullohning Bay’aturrizvonda qatnashgan ashoblaridan bo‘lmish Oiz ibn Amrdan: «Kechaning boshida vitr o‘qigan odam sahar paytida ham vitr o‘qisa, bo‘ladimi?» — deb so‘raganimda, u kishi: «Agar kechaning boshida vitr o‘qigan bo‘lsang, oxirida vitr o‘qima» —dedilar».

Zayd ibn Aslam otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarlaridan birida yo‘lda ketayotgan erdilar. Umar ibn al-Xattob Janob Rasulullohdan bir narsa haqida so‘radilar, ul zot javob bermadilar, ikkinchi marta so‘radilar, yana javob bermadilar, uchinchi marta so‘radilar, yana javob bermadilar. Hazrat Umar bunday deydilar: «Men o‘zimga o‘zim: «Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, ey Umar! Sen surbetlik birlan uch marta Janob Rasulullohdan so‘rading, u kishi javob bermadi-lar»,— deb tuyamni tezlatib, sahobalarning oldiga o‘tdim, mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb qo‘rqdim. Shu payt meni bir kishi qattiq ovoz birlan chaqirib qoldi. Shunda. «Mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb aytmabmi erdim!»— dedim-da, Janob Rasulullohning yonlariga kelib, u kishiga salom berdim. Janob Rasululloh menga: «Bu kecha menga bir sura nozil bo‘ldi,,u quyosh yoritib turgan mana shu dunyodan menga mahbubroqdur!»— dedilar Keyin, «Inno fatahno laka fathan mubiynan!» deb qiroat qildilar».

Qayd etilgan