4- bob. Xamrning (musallasning) aqlni ozdiruvchi ichimliklardan erkanligi haqidagi hadislar
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Janob Rasulullohning minbarlariga chiqib bunday deb xutba qildilar: «Xamrning harom qilinganligi xususida oyat nozil bo‘ldi. Xamr besh narsadan — uzum, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanib, u aqlni ozdirguvchi ichimlikdur. Men sizlarga yana uch narsani aytmoqni istayman: «Janob Rasululloh aka-uka va ularning farzandlari o‘rtasidagi oqibaqizlik hamda sudxo‘rlik borasida nozil bo‘lgan oyatlar hukmlarini bizlarga tushuntirib berib, so‘ng dunyodan ko‘z yumdilar».
Sha’biy rivoyat qiladilar: «Ey Abu Umar! Gurunchdan ham biror ichimlik tayyorlanar erdimi?» — dedim. Ul kishi: «Bunday ichimlik Janob Rasulullohning (yoki Hazrat Umarning) davrlarida sira ham bo‘lmagan»,— dedilar».
Abu Hayyon: «Uzum o‘rniga mayiz(dan foydalanilar) erdi»,— deydilar.
Ibn Umar Hazrat Umardan nakl qilib: «Xamr besh narsadan — mayiz, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanar erdi»,— deydilar