27-bob. Kumush idish haqida
Mujohid ibn Abu Laylodan naql qiladilar: «Biz Huzayfa birlan birga yo‘lga chiqdik. Shunda Huzayfa Janob Rasululloh haqlarida eslab aytdilarki, ul zot «Oltin va kumush idishlarda ichmangizlar, harir va deboj kiyim kiymangizlar, chunki bunday narsalar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!» — degan erkanlar»
Janob Rasulullohniig jufti halollari bo‘lmish Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kumush idishda (suv, ovqat va boshqalar) ichadirgan odamning qornida haqiqatan ham jahannam o‘ti gurkiraydi!» — dedilar».
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani (qilmoqni) buyurib, yetti narsani (qilmoqni) man’ qildilar, kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni (ergashmoqni), aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh!» desa, unga «Iarhamukalloh va yashfiyk!» deb javob qaytarmoqni, taklifga ijobat qilmoqni salomga alik olmoqni, mazlumga yordam qilmoqni va qasamga vafo qilmoqni amr qildilar hamda tilla uzuk taqmoqni, kumush idishda ichmoqni (yoki kumush idish tutmoqni), miysara, qassiy, harir, deboj va istabraq (kiyimlar) kiymoqni man’ qildilar».