Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482336 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 108 109 110 111 112 113 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:03:20

18-bob. Kishi biror ichimlikni uzatishda o‘zining o‘ng tomonidagi odamdan: «Avval sendan kattaroqlarga uzaqam, maylimi?» — deb izn so‘raydimi?

ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga meva sharbati keltirishib erdi, undan ichdilar. Shunda ul zotning o‘ng tomonlarida bir yigit va chap tomonlarida keksalar o‘ltirishgan erdi. Janob Rasululloh yigitdan «Avval anavi keksalarga uzaqam, ruxsat berursanmi?» —deb so‘radilar. Yigit: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, sizdan tegadirgan nasibamdan voz kechmagayman!»— dedi. Shunda Janob Rasululloh uning qo‘lini chimchilab qo‘ydilar?

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:03:38

19-bob. Hovuzdan suv ichmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining hovlisiga kirdilar-da, unga salom berdilar, saxobalari ham salom berdi. Xonadon sohibi alik olgach: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, shunday jazirama vaqtda nima qilib yuribsiz?!»—dedi. Shunda u bog‘ini sug‘orib turgan erdi. Janob Rasululloh: «Agar meshda tindirib qo‘yilgan suving bo‘lganida erdi! Bo‘lmasa hovuzdan ham nchib ketaveramiz!» — dedilar. Bog‘ini hanuz sug‘orishda davom etib turgan xonadon sohibi: «Yo Rasulalloh, menda meshda tindirib qo‘yilgan suv bor»,— dedi-da, chorpoyaga (supaga) chikdi, so‘ng bir qadahda suv olib, unga sut qo‘shdi. Janob Rasululloh (undan) ichdilar, keiin qaytarib berib erdilar, (qolganini) o‘zlari birlan birga kelgan kishi ichdi»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:04:05

20- bob Kichiklarning kattalarga xizmat qilmog‘i haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men yoshim kichik bo‘lsa-da, mahallada amakilarimga sharob quyib berib turgan erdim. Bir mahal, mast qilguvchi ichimlikning harom qilinganligi haqida ma’lum qilib qolishdi. Odamlar «Uni to‘kib tashlangizlar!» — deyishdi. Biz uni to‘kib tashladik» Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga ; «Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi?» - - deb aytdim, Anas «Yangi uziltan va xom xurmolardan tayyorlangan ichimlik erdi» — dedi». Anasning o‘g‘li Abu Bakr «Ushanda Anas ularning xamri (mast qilguvchi ichimligi) bo‘lganini inkor qilmadilar», -deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:04:23

21-bob. Idish ustini yopib qo‘ymoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar. «Tun qorong‘usi tushishi birlanoq bolalaringizni uyda mahkam ushlab o‘ltiringizlar chunki bu vaqtda shaytonlar chor atrofga tarqaladir. Tun qorong‘usi tushgan-dan bir soat o‘tgach ersa, bolalaringizni uy ichida qoldiringizlar-da, tashqariga chiqib «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshiklarni yopib kelingizlar, shunda shayton yopiq eshikni ocholmaydi. Keyin, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb meshlaringizning og‘zini bog‘lab qo‘yingizlar, so‘ng yana «Bismillohir rahmonir rahiym» deb idishlaringizning ustiga biror narsa yopib qo‘yingizlar, keyin chiroqlaringizni o‘chirib yotingizlar!»

Ato Jobir raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tunda chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni tambalab, meshlarning og‘zini bog‘lab hamda ovqatu ichimliklar ustini bir cho‘p birlan bo‘lsa ham yopib, so‘ng uyquga yotingizlar!».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:05:47

22- bob Meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoq haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoqdan qaytardilar»

Ubaydulloh ibn Abdulloh Abu Sa’id al-Xudriyning bunday deb rivoyat kilganlarini eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini buzmoqdan qaytardilar».

Mu’ammar yoki boshqa bir roviy. «Meshlarning og‘zini buzmoq, ya’ni bevosita ularning og‘zidan suv ichmoq demakdur»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:06:08

23-bob. Meshning og‘zidan suv ichmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Garchi kishi qo‘shnisining o‘z hovlisida hatto qoziq qoqmog‘iga mone’lik qiladirgan darajadagi odam bo‘lsa-da, mesh og‘zidan suv ichmasin!» — dedilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:06:22

24-bob. Idish ichiga nafasni kiritmoq haqida

Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar:
«Birortangiz (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichsangiz, idish ichiga nafasingizni chiqarmangiz va agar birortangiz peshob qilsangiz o‘ng qo‘lingiz birlan olatingizni poklamangiz va agar birortangiz (ketingizni) artadirgan bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingiz birlan artmangiz!»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:06:44

25- bob Idish og‘zidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafasni tashqariga chiqarmoq haqida

Sumoma ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas idish ogzidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafaslarini idish tashqarisiga chiqardilar-da, «Rasululloh idish og‘zidan uch bor suv ichib, har gal nafaslarini tashqariga chiqargan erdilar»— deb ta’kidladilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:06:56

26-bob. Oltin idishda ichmoq haqida

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Huzayfa Madoin shahrida erdilar, chanqab qolib suv so‘radilar. Shunda qishloq oqsoqoli ul kishiga bir kumush qadahda suv uzatib erdi, uni olib otib yubordilar-da :«Men kumush qadahni undan foydalanmoqdan qaytarish maqsadidagina otib yubordim, u bo‘lsa buni anglamadi. Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni harir va deboj kiymoqdan, oltin va kumush idishda ichmoqdan qaytarib, « Harir va deboj kiyimlar, oltin va kumush idishlar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!»—deb aytganlar»,— dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:07:13

27-bob. Kumush idish haqida

Mujohid ibn Abu Laylodan naql qiladilar: «Biz Huzayfa birlan birga yo‘lga chiqdik. Shunda Huzayfa Janob Rasululloh haqlarida eslab aytdilarki, ul zot «Oltin va kumush idishlarda ichmangizlar, harir va deboj kiyim kiymangizlar, chunki bunday narsalar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!» — degan erkanlar»

Janob Rasulullohniig jufti halollari bo‘lmish Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kumush idishda (suv, ovqat va boshqalar) ichadirgan odamning qornida haqiqatan ham jahannam o‘ti gurkiraydi!» — dedilar».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani (qilmoqni) buyurib, yetti narsani (qilmoqni) man’ qildilar, kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni (ergashmoqni), aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh!» desa, unga «Iarhamukalloh va yashfiyk!» deb javob qaytarmoqni, taklifga ijobat qilmoqni salomga alik olmoqni, mazlumga yordam qilmoqni va qasamga vafo qilmoqni amr qildilar hamda tilla uzuk taqmoqni, kumush idishda ichmoqni (yoki kumush idish tutmoqni), miysara, qassiy, harir, deboj va istabraq (kiyimlar) kiymoqni man’ qildilar».

Qayd etilgan