Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482709 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:35:30

Misvar ibn Maxrama va Marvon ibn Hakamdap naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili ashoblaridan bir ming qanchayam kishi birlan birga yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga nishon osib, keyin o‘rkachidan qon chiqardilar va umraga ehrom bog‘ladi-lar. Oldinga ayg‘oqchi yuborib, o‘zlari boshqalar birlan birga yo‘lda davom etdilar. G’adiyr ul-Ashtotga yetganlarida josus qaytib kelib: «Quraysh sizga qarshi odam to‘playotir, turli qabilalardan ko‘plab kishilar yig‘ilayotir, ular siz birlan urishib, sizni Baytullohga kiritmoqchi ermaslar»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ey odamlar. menga yo‘l ko‘rsatingizlar! Mening Baytullohga kirishimga to‘sqinlik qiladirganlarning xotinu bola-chaqalarini qo‘lga olsam, nima deysizlar? Agar ular yaxshilikcha taslim bo‘lib oldimizga kelsalar, xo‘b-xo‘b, basharti kelmay dushmanchilik qilsalar, unda Olloh taolo allaqachonlar mushriklardan ko‘z yumgan (yuz o‘girgan) bo‘lib, biz ularni xonavayron qilib ketgaymiz!» — dedilar. Shunda Abu Bakr Siddiq: «Ey Ollohning rasuli, mana shu Baytullohni tavof qilmoq niyatidagina yo‘lga chiqqansiz, ularning birortasini o‘ldirish yoki birortasi birlan urushish uchun chiqmagansiz, shuning uchun Ka’baga qarab yuraveringiz, agar bizni Ka’baga ko‘ymasalar, unda urishaveramiz!»— dedilar. Janob Rasululloh (maslahatga ko‘nib): «Olloh taolo ismini aytib, ildam yuraveringizlar!» —deb amr qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:35:38

Misvar ibn Maxrama va Marvon ibn Hakamlar «Hudaybiya umrasi» vaktida bo‘lgan voqealardan yana birini rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Suhayl ibn Amr o‘rtasida ma’lum muddatli sulh tuzilganda, Suhayl «Biz tarafdan biror kishi siz tomonga qochib o‘qa, agar u musulmon bo‘lsa ham, bizga qaytarasiz, biz u qochoq birlan o‘zimiz gaplashib olamiz, siz aralashmaysiz» degan shartni qo‘ydi. Janob Rasululloh e’tiroz bildirganlarida, Suhayl: «Shunga rozi bo‘lsangiz, mayli, bo‘lmasa yo‘q!» — dedi. Ul zot darg‘azab bo‘ldilar, shartni yumshatishga ko‘p urindilar. Lekin, Suhayl shartni yumshatishdan bosh tortgandan so‘ng, Janob Rasulullohning sulhni imzolashdan boshqa ilojlari qolmadi. Endigina imzolangan shartnomaga binoan Janob 'Rasululloh Abu Jandal ibn Suhaylni darhol otasi Suhayl ibn Amrga topshirdilar. Janob Rasululloh o‘sha shartlashilgan muddat davomida mushriklar tomonidan o‘zlari tarafga o‘tib kelgan har Qanday erkakni, musulmon bo‘lsa-da, orqasiga qaytarib yubordilar. Keyin, mo‘mina ayollar hijrat qilib kelib qolishdi. Ular birlan Uqba ibn Abu Mu’aytning Ummu Gulsum ismli qizi ham Janob Rasulullohning huzurlariga kelgan bo‘lib, u bo‘yi yetgan, lekin erga chiqmagan qiz erdi. Uning qarindoshlari Janob Rasulullohning qoshlariga kelib, uni qaytarib berishni talab qilishdi, shu vaqtda mo‘mina ayollar haqida Olloh taolo oyat nozil qilib qoldi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:35:56

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijrat qilib kelgan mo‘mina ayollarni ular xususida nozil bo‘lgan «Ey Muhammad, agar qoshingizga mo‘mina ayollar kelsalar, sizga bay’at qiladilar» degan oyatga binoan imtihon qilib ko‘rur erdilar».

Nofi’ bunday deydilar: «Abdulloh ibn Umar fitna sodir bo‘lgan kunlari umraga ehrom bog‘lab chiqib: «Agar Baytullohga kiritmasalar, Janob Rasululloh kilgan ishlarini qilamiz!» — dedi. Shuning uchun ham Abdulloh Janob Rasululloh Hudaybiyada qilganlaridek umraga talbiya aytib chiqdi».

«Ibn Umar,— deydilar Nofi’,— baland ovoz birlan umraga talbiya aytib chikdi-da: «Agar men birlan Ka’ba o‘rtasida (kofirlar) turib olishsa, Hudaybiyada Quraysh yo‘lni to‘sganda Janob Rasululloh ne qilgan bo‘lsalar, men ham shunday qilaman!» — dedi, keyin «Batahqiq, sizlar uchun Rasulullohda yaxshi ibrat mavjud» degan oyati karimani o‘qidi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:36:09

Ubaydulloh ibn Abdulloh va Solim ibn Abdulloh otalari Abdulloh ibn Umarga: «Agar bu yil ham haj qilsangiz, qo‘rqamizki, Baytullohga yetolmay qolasiz, chunki mushriklar yo‘lni to‘sib qo‘yishlari mumkin»,— deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Umar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga umra qilgani chiqqan erdik, Quraysh kofirlari Baytullohning yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Janob Rasululloh darhol jonliqni so‘ydilar, sochlarini oldirdilar, ashoblari ham sochlarini qisqartirishdi. Sizlar guvoh bo‘lingizlar, men ham umrani niyat qildim. Agar yo‘l ochiq bo‘lsa, Ka’bani tavof qilaman, basharti to‘siq bo‘lsa, unda Janob Rasululloh ne qilgan bo‘lsalar, shuni qilaman!» — dedi. Keyin, biroz yo‘l yurgach: «Haj birlan umrani ado etmoqni zimmamga oldim, sizlar guvoh bo‘lingizlar!» — dedi. Abdulloh ibn Umar Ka’bani bir bor tavof qilib, Safo va Marvada bir bor sa’y qilgach, birvarakayiga ham haj, ham umradan qutilib, ehromdan chiqdi».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Odamlar: «Abdulloh ibn Umar otasi Umardan oldin musulmon bo‘lgan»,— deyishadir, aslida unday ermas. Voqea bunday bo‘lgan erdi: Hazrat Umar Hudaybiya kuni Abdullohni «Otimni olib kel!» deb bir ansoriyning uyiga yubordilar, «Otimni olib kelsa, minib urushga chiqaman» deb erdilar. Bu vaqtda Janob Rasululloh bir daraxt ostida sahobalarni o‘zlariga bay’at qildirayotgan, Hazrat Umar ersalar bundan bexabar erdilar. Abdulloh dastavval Janob Rasulullohga bay’at qilib, keyin otni olib kelgani bordi. Otni Hazrat Umarga olib kelganda, u kishi sovut kiyib, jangga tayyor bo‘lib turgan erdilar. Abdulloh otasiga bay’at haqida xabar bergandan keyin, Hazrat Umar ham o‘g‘illari birlan birga borib, Janob Rasulullohga bay’at qilib keldilar. Odamlarning «Umarning o‘g‘li otasidan avval islomga kirgan» deyishining sababi shudir».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:36:18

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni odamlar Janob Rasululloh birlan birga daraxtlarning soyasida dam olishayotgan erdi. Birdan, hammalari ul zotni qurshab olishdi. Shunda Hazrat Umar: «Ey Abdulloh, qarachi, ne bo‘ldi erkan, odamlar Janob Rasulullohni qurshab olishibdi?» — dedilar. Abdulloh borib qarasa, odamlar Janob Rasulullohga bay’at qilayotirlar, shunda u ham bay’at qilib, keyin Hazrat Umarga kelib bu haqda aytdi, Hazrat Umar ham borib, bay’at qildilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo: «Biz Janob Rasululloh birlan birga umrada erdik. Shunda Ka’bani tavof qildilar, biz ham tavof qildik, namoz o‘qidilar, biz ham birga namoz o‘qidik, Safo birlan Marva o‘rtasida sa’y qildilar, biz ersak Janob Rasulullohni zarar yetkazmasin, deb Makka ahlidan to‘sib yurdik»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:36:47

Abu Voil rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Hunayf Siffin voqeasidan qaytib kelganda biz undan xabar olgani bordik. Shunda u: «(Diyningiz xususida) noto‘g‘ri fikr yuritmangiz! Men Abu Jandal kuni shunday ahvolga tushgan erdimki, hatto qo‘limdan kelsa, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amrlariga ham itoat qilmagan bo‘lur erdim. Biz (o‘shanda) qilichlarimizni, bizni quyushqondan chiqarsin, deb ermas, balki bu fitnaning oldini olib, bizni o‘zimiz bilgan osonroq ishga (ya’ni, kelishuvga) erishtirsin, degan maqsaddagina bo‘ynimizga osib chiqqan erdik. (Afsuski), bir fitnani tugatdik degunimizcha, ikkinchi fitna sodir bo‘lardi, hatto biz ne qilmog‘imizni bilolmay qoldik»,— dedi».

Ka’b ibn Ujra bunday deydilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tepamga keldilar, shunda boshimdagi bitlar yuzimga o‘rmalab tushayotgan erdi. Boshingdagi jonivorlar seni qiynayotirmi?» — deb so‘radilar. «Ha»,— deganimdan keyin: «Unday ersa sochingni oldirgin-da, uch kun ro‘za tutgin yoki olti miskinni to‘ydirgin yohud bir qo‘yni qurbonlik qilgin!»— deb buyurdilar». Ayyub: «Ka’b bulardan qaysi birini ado etdi, bilmayman»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:36:55

Ka’b ibn Ujra bunday deydilar: «Biz Hudaybiyada Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, mushriklar yo‘limizni to‘sib qo‘ygan erdi. Mening sochim uzun bo‘lib, bitlar yuzimga o‘rmalab tushayotgan erdi. Shu asnoda Janob Rasululloh yonimdan o‘tib ketayotib: «Boshingdagi jonivorlar seni qiynayotirmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. «(Bu xususda quyidagi) oyati karima nozil bo‘lgan»,— dedilar: «Birortangiz kasal bo‘lib, (hajga borolmasangiz) yoki boshingizda sizga ozor yetkazadirgan narsalar bo‘lsa, fidya (jarima) tariqasida ro‘za tutingiz yoki sadaqa beringiz yohud qurbonlik qilingiz!».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:37:06

38- bob. Ukl va Urayna qissasi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladshar: «Ukl va Urayna qabilasidan bir necha kishilar Madinaga, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, kalima keltirib musulmon bo‘lishgach: «Ey Ollohning rasuli, biz chorva ahlimiz, dehqon emasmiz!» — deyishdi. Ular Madina havosi yoqmay, xastlanib qolishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga cho‘ponlar oldiga borib, tuya suti va siydigidan ichib davolanishni buyurdilar. Ular Madinadan chiqib, Harra tomonga bordilar, u yerda sihat topib, semirib ketdilar. Keyin, islomdan qaytib, kofir bo‘ldilar, Janob Rasulullohning cho‘ponlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketdilar. Bularning qilmishi Janob Rasulullohga ma’lum bo‘lgach, ularning ketidan odam jo‘natdilar. Xiyonatchilar tutib keltirildi, keyin ularning ko‘zlarini o‘yib, qo‘lu oyoqlarini kesib, cho‘lning bir chetiga tashlab qo‘ydilar, shu holda o‘lib ketishdi». Qatoda raziyallohu anhu: «Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra, Janob Rasululloh shu voqeadan keyin, sadaqa qilmoqqa chorlab, qo‘l-oyoqni kesish, ko‘zni o‘yishdan qaytaribdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:37:14

Abu Qilobaning xizmatkorlari Abu Rajodan nakl kilinadiki, u kishi Abu Qiloba birlan birga Shomda bo‘lganida, Xalifa Umar ibn Abdulaziz bir kuni odamlardan: «Qasomat to‘g‘risida nima deysizlar?» —deb maslahat so‘rabdi. (Qasomat — qasam ichirish, ya’ni o‘ldirilgan kishining yaqinlari o‘ch olish o‘rniga xun talab qilsa, «Xun to‘lasangizlar, kifoya, o‘ch olmaymiz» deb ularga qasam ichiriladi). Shunda ulamolar bir ovozdan: «Janob Rasululloh ham, sizdan ilgarigi Xulafoi Roshidinlar ham shunday deb hukm qilganlar»,— deyishdi. Abu Qiloba xalifaning taxti orqasida turgan erdi, Anbasa ibn Sa’id unga: «Uraynaliklar haqida Anas rivoyat qilgan hadisning aslini kimdan eshitgansizlar?»—dedi. Shunda Abu Qiloba: «Menga uni Anas ibn Molik rivoyat qilib bergan»,— dedi. Keyin, Abdulaziz ibn Suhayb Anasdan naql qilib Urayna haqida, Abu Qiloba ersa Anasdan naql qilib Ukl haqida mufassal hikoya qilib berdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:37:38

39- bob. Zotu Qarad (Qurad) g‘azoti

Bu gazotda Janob Rasulullohning tuyalarini haydab ketishgan erdi.
Salama ibn al-Akva’ bunday deydilar: «Men bomdod namoziga azon aytilishidan oldin tashqariga chiqdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalari Zotu Qaradda o‘tlab yurardi. Menga Abdurrahmon ibn Avfning xizmatkori yo‘liqib: «Janob Rasulullohning tuyalari tortib olindi»,— dedi. Men: «Kim tortib oldi?»—deb so‘radim. "G’atafon qabilasi kishilari»,— dedi. Men o‘g‘irlik sodir bo‘lganini bildirib uch bor qattiq baqirdim, shunda Madinaning ikki dashti oralig‘idagilarning barchasi ovozimni eshitibdi. Men tezda chopib borib, podani suvdan olib o‘tayotganlarida ularga yetib oldim. Mergan erdim, ularga nayza otayotib: «Men Akva’ning o‘g‘liman, bugun yaramaslarning halok bo‘ladirgan kunidir!» — dedim. So‘ng, qaroqchilarni o‘ldirib, tuyalarni qutqarib oldim hamda jasadlaridan o‘ttizta choponni yechib ham oldim. Janob Rasululloh odamlar birlan yetib keldilar, men ul zotga: «Ey Ollohning rasuli! Bular qattiq chanqagan erkan, suv ichgani qo‘ymadim, ularni hozir olib boraman»,— dedim.

Janob Rasululloh: «Ey Akva’ning o‘g‘li! Sen ularni egallading, endi ularning mushkilini yengillashtirgin!» — dedilar». (Bu so‘zlar dushmanning halok bo‘lganiga bir ishora bo‘lib, Janob Rasululloh Salama ibn al-Akva’ga o‘zlarining quvonchlarini izhor qilyaptilar, yolg‘iz o‘zi tuyalarni qutqargani uchun «egasisan» deb tashakkur aytyaptilar).

Salama ibn al-Akva’: «Keyin, Janob Rasululloh meni o‘z tuyalariga mingashtirib oldilar, izimizga qaytib Madinaga kirib keldik»,— deydilar.

Qayd etilgan