Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483191 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:38:04

40- bob. Xaybar g‘azoti

Suvayd ibn Nu’mon bunday deydilar: «Biz Xaybar yaqinidagi Sahbo degan joyga yetganimizda Janob Rasululloh asr o‘qidilar, keyin taom keltirishni buyurib erdilar, faqat talqon keltirishdi, uni suv birlan ho‘llab yedilar biz ham yedik. Keiin, o‘rinlaridan turib shom o‘qimoq uchun og‘iz chayqadilar biz ham og‘iz chayqadik, so‘ng tahorat olmay shom o‘qimoqqa tutindilar»

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga Xaybarga chiqdik, kechasi yo‘l yurdik Qavm ichidan bir kishi Omirga «Ey Omir, g‘azallaringdan bizga aytib bermaysanmi'»—dedi Omir shoir bo‘lib odamlarga bunday deb she’r o‘qiy boshladi «Gar o‘zing hidoyat qilmasang rabbim, Saxovat ibodatni bilmasdi qalbim Kechirgil, dilga sol xotirjamlikni, Tirik bormiz, senga jon fido doim. Nido qilsalar, biz hamisha tayyor, Motonat ato et bizga ey tangrim' Kofirlar maydonda panoh qidirur, Bizga panoh berur Ollohu karim'»

Janob Rasululloh: «Bu g‘azalni aytgan kim ?» — dedilar. Omir ibn al-Akva’, deb javob berishdi. Janob Rasululloh «Olloh taolo Omirni rahmat qilsin!» — deb duo qildilar. Shunda bir kishi: Yo Rasulalloh, duoingiz sharofati birlan Omirga (jannat) vojib bo‘ldi, koshki erdi bizga ham shuni tilasantiz »—dedi So‘ng, biz Xaybarga kelib, uni qamal qildik. Bizni ochlik qattiq qiynardi. Xayriyatki, Olloh taolo inoyat qilib Xaybar fath qilindi. Shu kuni kechqurun juda ko‘p olov yoqildi. Janob Rasululloh «Anavi olovlar nechun yeqildi?» deb so‘radilar Odamlar «Go‘sht pishirmoq uchun yoqildi , deyishdi. Janob Rasululloh «Qandai go‘shtni » - deb so‘ragan erdilar, «Xonaki eshak go‘shtini», — deb javob berishdi. Jaiob Rasululloh «Qozonlarni ag‘darib, sindirib tashlangiz» — dedilar Bir odam «Qozonlarni ag‘darib, so‘ng yuvsak bulmaydimi?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Yoki shundai qilingizlar»— deb qozonlarni yuvib pok qilishga ijozat berdilar.

Qavm saflanganda Omir bir yahudiining boldirini mo‘l qilich soldi, lekin qilichi kaltaligidan tig‘i o‘zining tizza kuziga tegib, shu birlan uldi. Janob Rasululloh (jangdan so‘ng) meni ko‘rib qo‘limdan tutgan holda «Senga ne bo‘ldi »—dedilar. Men: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, odamlar «Omirning butun amali habata bo‘ldi»,— deyishyapti , — dedim. Janob Rasululloh «Kimki shunday degan ersa bekor aytibdi! Omirga bu o‘limda ikki ajr bor, (Rasululloh ikki barmoqlarini jam’ qilib ko‘rsatdilar) u haqiqiy mujohidlarcha jihod qildi, bunday xislatli odam arablar orasida kamdir»- dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:38:21

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kilidilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga kechasi keldilar. Ul zotning odati shariflari shunday erdiki, biror qavmning ustiga kechasi bostirib kelsalar, g‘orat qilmay, tong otguncha kutardilar. Bu safar ham shunday qildilar. Tong otganda yahudiylar zambilu ketmonlarini ko‘tarib ekinzorlariga chiqdi, birdan Janob Rasululloxni ko‘rib qolib «Xudo haqqi ana Muhammad, ana Muhammad, ana lashkar!»—deb baqira boshladi. Janob Rasululloh «Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, qo‘rqqanidan bir-birini ogohlantiruvchilarning tongi omadsiz bo‘lur'» —dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Biz Xaybarda tongni qarshiladik Xaybar ahli ekinzorlariga chiqib, Payg‘ambar alayhissalomni ko‘rishlari bilanoq «Ana Muhammad, ana Muhammad, ana lashkar'» — deya sarosimaga tushishdi. Janob Rasululloh «Ollohu akbar' Xaybar xarob buldi, biz biror qavmning yeriga kelib tushsak dahshatga tushib bir-birini ogohlantiruvchilarning tonggi omadsiz bo‘lur»— dedilar. Keiin biz eshak go‘shtini pishirayotgan erdik, ul zotning jarchilari «Olloh taolo va uning rasuli eshak go‘shtini harom qilgandir, chunki u iflosdur'» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:38:47

Anas ibi Molik bunday deydilar «Bir kishi kelib «Men eshak go‘shti yedim»,— dedi Janob Rasululloh indamdilar. Ikkinchi bir odam kelib u ham «Men eshak gUshti yedim»,— dedi, Janob Rasululloh unga ham iidamadilar. Uchinchi odam kelib «Men eshak go‘shtini tashlab yubor-dim»,— dedi Shundan keyin, Janob Rasululloh jarchiga buyurdilar VA odamlarga «Olloh taolo va uning rasuli sizlarni eshak gushti yeyishdan qaytaradi!» — deb e’lon qildi. Eshak go‘shti to‘la qozonlar ag‘darib tashlandi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Paig‘ambar alayhissalom subh namozini g‘ira-shirada Xaybarga yaqin joyda o‘qidilar, keyin «Ollohu akbar! Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, daxshatdan bir-birini ogohlantiruvchilarning tonggi qayg‘uli buladi» — dedilar. Tong otgach, bundan bexabar yahudiilar ko‘chalarda yura boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning urushga yaroqlisini o‘ldirdiilar, bola-chaqa va xotinlarini asir qildilar Asirlar orasida Safiiya ham bor bo‘lib, uni Dihya al-Kalbii o‘ziga cho‘ri qilib oldi. Keyin uni Janob Rasulullohga xadya kildi. Ul zot uni ozod qildilar, bu unga mahr bo‘ldi, keyin unga uylandilar. Abdulaziz ibn Suhayb Sobitga «Ey Abu Muhammad, sen Anasdan «Payg‘ambarimiz unga qanday mahr berganlar» deb so‘raganmiding?» — dedi, u shunda bosh irg‘ab tasdiqladi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:38:56

Abdulaziz ibn Suhayb bunday deydilar: «Payg‘ambar alaihissalom Safiyyani asir olib, keyin uni ozod qilgach, nikohlariga oldilar. Sobit Anasdan «Janob Rasululloh Safiyyaga qanday mahr berganlar?» — deb so‘raganda, u kishi «Janob Rasululloh unga ozodlikni mahr qilib bergan-lar»,— deb javob berdi».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat kiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklar birlan to‘qnashdilar, o‘rtada qattiq jang bo‘ldi. Janob Rasululloh o‘z askarlarini ortga qaytarganlarida dushman ham o‘z qarorgohiga qaytdi. Janob Rasulullohning askarlari ichida bir odam bor erdi, u dushmanga omonlik bermay, qaysi joyda ko‘pchilikdan ajrab qolgan dushman bo‘lsa, o‘shani qiyrataverdi. Keyin, o‘sha odamni maqtab «Bugun jangda falonchidan ko‘ra ko‘proq jonbozlik ko‘rsatgan kishi bulmadi'» — dsyishdi. Shunda Janob Rasululloh «Ammo, bu odamning o‘zi do‘zax ahlidandur »— dedilar. Qavmdan bir kishi «Men shu odamga hamroh bo‘layin-chi, nima yomonlik qilar erkan » — deb u birlan birga jangga kirdi, to‘xtasa, to‘xtadi, tez yursa, tez yurdi. Bir payt o‘sha maqtalgan odam yarador bo‘ldi, keiin og‘riqqa chidamay, o‘limini tezlashtirish uchun qilichining dastasini yerga qo‘yib, tig‘ini ko‘ksiga tiradi-da, og‘irligini gashlab, o‘zini o‘zi halok qildi. Orqasidan borgan boyagi kishi Janob Rasulullohning qoshlariga kelib «Men guvohlik berurmanki, darhaqiqat siz Ollohning rasulisiz!»—dedi. «Nima bo‘ldi?» — deb so‘radilar Janob Rasululloh «Siz hozirgina bir kishini ahli do‘zax degan erdingiz. Bu gap ko‘pchilikka malol kelgan erdi. Men Janob Rasulullohning bashoratlari hikmatini bilib olayin, deb u birlan birga jangga kirgan erdim. U yarador bo‘lgach, o‘limini tezlatish uchun qilichini yerga qo‘yib, tig‘ini ko‘ksiga tiradi-da, o‘zini o‘zi o‘ldirdi» — dedim. Shunda Janob Rasululloh «Darhaqiqat, ba’zi kishi boshqalarning ko‘z oldida ahli jannatlarning amalini bajaradi, ammo o‘zi ahli do‘zax bo‘ladi va ba’zi kishi odamlarning ko‘z oldida ahli do‘zaxlarning amalini bajaradi, ammo o‘zi ahli jannat bo‘ladi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:39:09

Abu Hurayra roziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xaybar g‘azotida ishgirok qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari birlan birga yurgan kishilardan biri haqida «Bu odam do‘zaxiydur!»—dedilar. Lekin, o‘sha odam shunday qattiq jang qildiki, a’zoi badani jarohatga to‘lib ketdi. Odamlar buni kurib Janob Rasulullohning boyagi so‘zlariga shubha bildirishlariga oz qoldi. Xaligi odam ersa ko‘p o‘tmay jarohatlari og‘rig‘iga chidayolmay, o‘qdonidan bir o‘q olib, o‘zini o‘zi otib o‘ldirdi. Bundan qattiq ta’sirlangan odamlar «Yo Rasulalloh! Olloh taolo so‘zingizni haqiqatga chiqardi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldir-di»,— deyishdi Janob Rasululloh «Ey Bilol, o‘rningdan turgil, jannatga faqat mo‘min kishigina kiradi, deb e’lon qilgil! Olloh taolo osiy bandasini ibrat qilib ham dinga madad bergay!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga g‘azotga borganlarida odamlar bir vodiyga kelib tushdilar-da, ovozlarini baland ko‘tarib «Ollohu akbar, Ollohu akbar, lo iloha illallohu val-lohu akbar »—dedilar. Janob Rasululloh ularga «Ovozlaringizni pasaytiringizlar, sizlar bu yerda yo‘q zotga yoki garangga takbir aytayotganingiz yo‘q, sizlar eshituvchi, yaqin, doim o‘zlaringiz birlan birga bo‘lgan zotga da’vat qilyapsizlar!»—dedilar. Ushanda men Janob Rasulullohning tuyalariga mingashib olgan erdim, mening «Lo havla va lo quvvata illo billohil-aliyyil-azim!» deganimni eshitib: «Ey Abdulloh ibn Qays!» — dedilar, men «Labbayka yo Rasulalloh»—dedim. Janob Rasululloh «Men senga jannat xazinalaridan bo‘lmish bir kalimani o‘rgataymi » —dedilar. Men «Yo Ra-sulalloh, sizga ota-onam fido bo‘lsin, albatta o‘rgating!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh «Lo havla va lo quvvata illo billohil-aliyyil-azim» dur»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:39:24

Yazid ibn Abu Ubayd bunday deydilar «Men Salama ibn al-Akva’ning boldirida jarohat o‘rnini ko‘rib: «Ey Abo Muslim, bu jarohat o‘rni qaerdan kelgan » — deb so‘ragan erdim, u «Bu jarohatni Xaybar janggida orttirganman, o‘shanda odamlar «Salama yaralanibdi»,— deb gapirishgan erdi. Men Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga borgandim, jarohatimga uch marta dam urib qo‘ygan zrdilar, hanuzgacha oyog‘im og‘rimaydi»,— dedi».

Bu yerdagi hadis ham yuqoridagi hadislarni takrorlaydi.

Ibn Imron rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu jum’a kuni ko‘pchilik odamlarning taylason (yahudiy millatiga xos bo‘lgan kiyim) kiyib olganini ko‘rib (norozi ohangda) «Xrzir bular Xaybar yahudiylariga o‘xshab qolibdi'»—dedi»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:39:35

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu Xaybar safarida Janob Rasulullohdan orqada qolgan erdilar, ko‘zlari og‘rir erdi. Uz-o‘zlariga «Men Janob Rasulullohdan orqada qolayotirman»,— dedilar-da, tezroq yurib Rasulullohga yetib oldilar Xaybar fath qilingan kundan avvalgi kechada dam olayotgan vaqtimizda Janob Rasululloh «Ertaga bayroqni Olloh taolo va uning rasuli yaxshi ko‘radirgan kishi oladi, Xaybar o‘sha odamning boshchilshida fath qilinadi»,— dedilar. Shunda har birimiz «Usha odam men bo‘lsam erdi!» — deb umid qildik. Lekin u Hazrat Ali erkanlar, Xaybar ertasiga u kishi boshchiligida fath qilindi»

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni «Men ertaga mana shu bayroqni shunday bir odamga beramanki, Olloh taolo uning qo‘li birlan Xaybarni fath qiladi, o‘sha odam Ollohni va uning rasulini yaxish ko‘radi Olloh va uning rasuli ham uni yahshi ko‘radi» - dedilar. Odamlar «Bayroq kimga berilar erkan?» deb tun bo‘yi o‘ylab chiqishdi. Tong otganda hammalari Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, «Shoyad, bayroq menga berilsa!» deb umid qilishdi. Lekin, Janob Rasululloh «Ali ibn Abu Tolib qaerda?»—deb so‘radilar. Odamlar « Yo Rasulalloh, ko‘zlari og‘riyapti»,— deyishdi Janob Rasululloh «Odam yuborib, chaqiringiz-lar!» — dedilar. Hazrat Ali kelganlaridan keyin, Janob Rasululloh u kishining ko‘zlariga tupurib, haqlariga duo qildilar, Ali ko‘z og‘rshidan mutlaqo xalos bo‘ldilar. So‘ng, Janob Rasululloh Hazrati Aliga bayroqni berdilar. Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, men yahudiilarga qarshi bizdek musulmon bo‘lgunlaricha urushaveraman!»—dedilar. Janob Rasululloh «Boringiz, Xaybarning bir chekkasiga tushib, avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng Olloh taolo nelarni buyurganini ularga tushuntiringiz!. Siz sababli Olloh taolo bir odamga hidoyag qilsa, sizga bu «Humrun-ni’am»dan yaxshiroqdur!»— dedilar». («Humrun-ni’am»— eng chiroili guyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar uchun faxr hisoblangan).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:39:53

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xaybarga keldik. Olloh taolo inoyati birlan Xaybar qal’asi zabt etilganidan keiin, Janob Rasulullohga asira Safiyyaning go‘zalligi haqida gapirishdi. U yosh kelinchak bo‘lib, eri jang paytida halok bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh uni o‘zlariga tanlab oldilar. So‘ng, uni olib Sahbo qo‘rg‘oniga borganlarida iddadan chiqdi. Janob Rasululloh uni nikohlariga olib, kichik bir dasturxon yozdilar, unga xurmo yog‘i aralashtirilgan taom qo‘ydilar-da, menga «Atrofingdagilarni chaqir!»—dedilar. Mana shu dasturxon Safiyyaga uylanganlari uchun to‘y ziyofati bo‘ldi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Xaybar yulida Safiyya birlan uch kun birga bo‘lib, unga qo‘shildilar. Safiyya ham hijob kiyish buyurilgan ayollardan erdilar. (Xijob kiyish, ya’ni barcha a’zolarii berkitadigan keng libos kiyish faqat hur ayollarga buyuriladi. Safiyya ham cho‘ri ermas, balki onalarimizdan hisoblanadi)».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:40:18

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Janob Rasululloh Xaybar birlan Madina o‘rtasida Safiyyaga qo‘shilib, uch kecha birga bo‘ldilar Men musulmonlarni to‘y ziyofatiga taklif etdim. Janob Rasululloh Bilolga dasturxon yozishni buyurdilar, unga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘ydilar, ammo non va go‘sht yo‘q erdi. Musulmonlar «Safiyya Rasulullohga cho‘ri bo‘ldimikin yoki mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ldimi-kin?. Agar Janob Rasululloh unga hijob kiydirsalar, u onalarimizdan biri, agar hijob kiydirmasalar, cho‘rilari bo‘ladi»,— deb o‘zaro so‘zlashishdi. Jo‘nayotgan paytimizda tuyalarining ustiga joy tayyorlab atrofiga hijob tortdilar».

Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anzhu bunday deydilar. «Biz Xaybarni qamal qilib turgan erdik, bir odam yog‘ to‘la bir meshni yerga tashladi. Men uni olish uchun yugurib borgan erdim, qarasam oldimda Janob Rasululloh turibdilar, men u kishidan uyalib ketdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:40:30

Ibn Imron rivoyat qiladilar «Paig‘ambar alayhissalom Xaybar kuni sarimsoq piyoz va eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar». Sarimsoq yeyishdan qaytarganlarini Nofi’, eshak go‘shti yeyishdan qasharganlarini ersa Solim ham rivoyat qilganlar

Ali ibn Abu Tolibraziyallohu anhu bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni ayollarni mut’a qilishdan va eshak go‘shti yeyishdan qaytardi-lar» (Mut’a — biror ayolni ma’lum muddatga va kelishilgan mablag‘ evaziga o‘z nikohiga olish. Keyinchalik, buning makruhligiga fatvo berilgan bo‘lib, faqat shiy’a mazhabida mavjud).

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishni man’ qildilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanan.

Qayd etilgan