Muallif Mavzu: Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 306730 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #15 : 15 Oktyabr 2006, 07:20:45 »
10-bob.

Abu Usayd rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Badr kuni bizga: «Agar dushman sizlarga yaqin kelsa, tosh birlan uringizlar, nayza va o‘qlaringizni asrangizlar!»—deb o‘rgatdilar.
Bu hadis ham lafzan va ma’nan avvalgining o‘zidur.

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alay-hissalom Uhud kuni kamonchi merganlarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilib qo‘ydilar. O’shal kuni bizlardan (musulmonlardan) 70 kishi shahid bo‘ldi, Badr kuni ersa, Payg‘ambar alaydissalom va ul zotning ashoblari mushrik-lardan 40 kishini yarador qilib, 170 kishini asir olgan erdilar, 70 kishi ersa, o‘ldirilgan erdi. Shuning uchun ham mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon (payg‘ambarimizga)- Bugungi kun Badr kunining evaziga bo‘ldi. Urush suvchelak kabidur (ya’ni, urushda goh u tomon, goh bu tomon zafar qozonadi)»,— dedi».

Abdurahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Badr kuni men jangchilar safida erdim, qarasam, o‘ng va chap yonimda ikki yosh yigit turibdi, ular menda shubha tug‘dirdi. Biri ikkinchsiga eshittirmay, mendan: «Ey amaki, menga Abu Jahlni ko‘rsating!» — dedi. Men: «Ey jiyan, uni nima qilasan?" deb so‘radim. Boyagi yigit: «Men Abu Jahlni ko‘rsam, o‘ldiraman yoki uning qo‘lida o‘laman, deb Olloh taologa ont ichganmen»,— dedi. Ikkinchi yigit ham birinchisiga eshittirmay menga shu gapni aytdi. Shunda men ularning o‘rnida bo‘lmaganimdan afsuslandim. So‘ng, men ularga Abu Jahlni ko‘rsatdim. Ikkovi Abu Jahlga burgutday tashlandi-da, uni qilich birlan urib o‘ldirdi. Bu ikki yigit Afro’ning ikki o‘g‘li erdi».
« So'nggi tahrir: 15 Oktyabr 2006, 07:57:57 muallifi Doniyor »
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #16 : 15 Oktyabr 2006, 07:21:56 »
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida o‘n kishini mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordilar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Hadda degan joyga yetganlarida, Huzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar. Mushriklar musulmoilar to‘xtab dam olgan yerdan xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!» — deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: < Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh so‘rab tushmayman »—dedilar, so‘ng: «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor qilgaysen!» — deb iltijo qildilar. Mushriklar nayza otib Osimni o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Hubayb, Zayd ibn Dasina va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar kamoplarining iplarini yechib, musulmonlarni bog‘ladilar. Shunda uchinchi kishi: «Xudo haqi, bu xiyonatning boshidur, men sizlarga aslo taslim bo‘lmagaymen, albatta men o‘limni afzal ko‘rib, sheriklarimga ibrat bo‘lgaymen!»—dedi. Mushriklar uni ko‘p majbur qilib qiynadilar, ammo ul taslim bo‘lmoqdan bosh tortdi. Badr janggidan so‘ng. mushriklar Hubayb birlan Zayd ibn Dasinani qul kilib sotdilar. Hubaybni Hars ibn Omir ibn Navfal avlodlari sotib oldi Hubayb Hars ibn Omirni o‘ldirgan bo‘lib, u Hars ibn Omirning bolalari huzurida bir necha muddat asirlikda turdi Keyin, ular otalarining qasosi uchun Hubaybni o‘ldirmoqqa qaror qildilar Shunda Hubayb Harsning qizlaridan biridan ustara so‘rab olib, tozalandi Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Hubaybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Hubaybning tizzasida o‘ltirgan holda topdi, Hubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qattiq qo‘rqqanimni sezib, Hubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman'» —dedi,— deydi ael,— Olloh nomi birlan qasamyod qilurmenkim, men Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman, qasamed qilurmenkim, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki, (shu vaqtda) Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Hubaybga Olloh taoloning o‘zi rizq qilib beryapti»,— der erdi Hubaybni qatl qilmoqqa olib chiqqanlarida, u «Ikki rak’at namoz o‘qimoqqa menga ijozat beringizlar » —dedi Unga ijozat berganla-ridan sung, ikki rak’at namoz o‘qidi, keyin «Agar sizlar meni o‘limdan qo‘rqyapti deb uylamaganingizda, men ko‘proq g‘amoz o‘qigan bo‘lardim. Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi.

«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas,
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas »


So‘ng, Abu Sirva’a Aqaba ibn Hars o‘rnidan turib, Hubaybni o‘ldirdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonning o‘limi oldidan namoz o‘qimog‘i darkorligi Hubaybdan sunnat bo‘lib qoldi. Janob Payg‘ambarimiz ularga musibat yetgan kuni ashoblariga xabar bergan erdilar Quraysh mushriklari Osimning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarni eshitib, bunga ishonch hosil qilmoq uchun uning bir a’zosini kesib kelmoqqa odam jo‘natdi, chunki Osim Quraysh kattalaridan birini o‘ldirgan erdi. Olloh taolo Osimning jasadini himoya qilmoqqa arilar to‘dasini yubordi, mushriklar uning hech bir a’zosini kesib olishga muvaffaq bulmadilar»

Ka'b ibn Molik: «Aytishlaricha, Mirora ibn Rabi’ Al-Umariy va Hilol ibn Umayya Al-Voqifiy ikkovlari ham solih kishilar bo‘lib, Badrda shahid bo‘lgan erkanlar»,— deydilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinurki,  ul kishining otalari Abdulloh Umar ibn Abdulloh ibn al-Arqam az-Zuhriyga xat yozib, unga Subay’a binti Hars al-Aslamiyyaning huzuriga kirmoqni hamda undan Rasulullohdan fatvo so‘raganda nima deb javob qilganlari haqida bilib bermoqni buyurdi. Umar Abdulloh ibn Utbaga javob xat yozib, bunday deb xabar berdi «Subay’a binti al-Harsning aytishicha, u Baniy Omir qabilasidan bo‘lmish Badr jangi qatnashchisi Sa’d ibn Xavlaning xotini bo‘lgan. Eri Hajjat ul-Vido’da vafot qilgan. Shu vaqtda Subay’a homilador bo‘lib, erining vafotidan ko‘p o‘tmay tuqqan va nifosdan pok bo‘lishi birlanoq sovchi kutib, yasanib olgan. Shu payt uning huzuriga Abussanobiyl ibn Ba’kak kirib «Ne uchun yasanib olding, erga tegmoqchimisan? Ollohga qasamyod qilurmenkim, to‘rt oy-u o‘n kun o‘tmasidan burun erga tegmoqqa haqqing yo‘q»—dedi «Menga u shu gapni aytgandan so‘ng,— deydi Subay’a,— kiyimlarimni almash-tirdim-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul haqda fatvo bermoqlarini so‘radim. Janob Rasululloh bolamni tuqqanimdayoq halol bo‘lganimni, agar xohlasam, erga tegmog‘im mumkinligini aytib, fatvo berdilar»
« So'nggi tahrir: 15 Oktyabr 2006, 08:00:22 muallifi Doniyor »
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #17 : 15 Oktyabr 2006, 07:26:55 »
11-bob. Maloikalarning (farishtalarning) Badrda bo‘lganlari haqida

Maoz ibn Rufoa otalaridan naql qiladilar: (otalari Badr g‘azoti qatnashchisi erdilar) «Bir kuni Jabroil alayhissalom kelib, payg‘ambarimizga «Badrda qatnashgan sahobalaringiz haqida ne deysiz »—dedilar Janob Rasululloh «Ular musulmonlarning eng yaxshilaridur-lar»,— dedilar yoki shunga o‘xshash gapni aytdilar Shunda Jabroil alayhissalom «Badrda qatnashgan farishtalar ham eng yaxshi farishtalardur»,— dedilar»

 Maoz ibn Rufoa ibn Rofe' rivoyat qiladilar: «Rufo’a Badr janggi, Rofi’ ersa Aqaba voqeasi ishtirokchisi erdilar Rofi’ o‘g‘illariga «Men Aqaba voqeasi o‘rniga Badr janggida qatnashganimda ko‘proq xursand bo‘lur erdim, chunki bu haqda Jabroil alayhissalom payg‘ambarimizdan so‘raganlar» deb yuqoridagi hadisga ishora qildilar»

Yahyo ibn Muoz Rufoadan naql qilib, bir farishta payg‘ambarimizdan Badr ishtirokchilari haqida so‘raganini, Yazid ibn Hod ersa, bu farishta Jabroil alayhissalom erkanliklarini aytganligini rivoyat qiladilar

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Janob Paig‘ambarimiz otlari jilovidan Jabroil alayhissalomning Badr kuni jang libosini kiygan holda qanday yetaklab yurganlarini ko‘rsatdilar»
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #18 : 16 Oktyabr 2006, 06:42:34 »
12-bob.

Anas raziyallohu aphu: «Abu Zayd o‘ldi, ammo undan zurriyot qolmadi, u Badr ishtirokchisi erdi»,— deydilar.

Ibn Xabbobdan rivoyat tsiliiurki, Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu safardan qaytib keldilar. Shunda ul kishining xotinlari qurbonlik go‘shtidan pishirilgan taom keltirdi. Abu Sa’id: «Men aniqlamagunimcha, bu go‘shtni yemayman!»— deb o‘gay akalari Qatoda ibn Nu’monning oldiga bordilar, ul kishi Badr ishtirokchisi bo‘lib: «Siz safarga ketgandan so‘ng, qurbonlik go‘shtini uch kun o‘tgach yeyishlikni man’ qiluvchi hukm bekor bo‘ldi»,— dedilar.

Zubayr ibn Avvom aytadilar: «Men Badr kuni Ubayda ibn Sa’idga ro‘baro‘ bo‘ldim, u shu qadar jang liboslariga burkanib olgan erdiki, hatto ikki ko‘zi bazo‘r ko‘rinar erdi. Uning laqabi Abu Zotil-Karsh bo‘lib, u menga: «Men Abu Zotil-Karshman!»—dedi Men unga nayza birlan hamla qilib, ko‘zini ko‘r qildim, shu ondayoq o‘ldi. So‘ng, oyog‘imni unga tirab turib nayzani tortib olmoqchi bo‘ldim-u, qiynaldim, nihoyat sug‘irib oldim, shunda nayza ikki ko‘zini ham yulib chiqdi».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #19 : 16 Oktyabr 2006, 06:42:45 »
Urvaning aytshilaricha, Janob Rasululloh Zubayrdan o‘shal nayzani so‘raganlar, Zubayr ul kishiga berganlar. Janob Rasulullohning vafotlaridan so‘ng, Zubayr nayzani qaytarib olganlar. Keyin, uni Hazrat Abu Bakr so‘rab oldilar, ul kishidan keyin Umar raziyallohu anhu, keyin ersa Usmon raziyallohu anhu o‘z xalifalik davrlarida so‘rab olib saqlaganlar. Usmon raziyallohu anhu qatl qilinganlaridan keyin, nayza Ali raziyallohu anhuning xonadonlarida qoldi. So‘ng, uni Abdulloh ibn Zubayr so‘rab olib, qatl qilingunlarigacha o‘zlarida saqladilar.

Badr ishtirokchisi bo‘lmish Uboda ibn As-Somit raziyallohu anhu rivoyat tsiladilarki, Janob Rasululloh: «Menga bay’at qilingizlar!» - deb aytibdilar.

Paygambarimizning jufti xalollari — Oisha onamizdan rivoyat tsilurlarki, Badr ishtirokchisi bo‘lmish Abu Huzayfa Solim degan yigitni asrab olib, unga jiyanlari Hind binti Valid ibn Utbani nikohlab berdilar. Solim ansoriylardan bo‘lgan bir ayolning quli bo‘lgan erdi. Shuningdek, Janob Rasululloh ham Zaydni asrab olgan erdilar. Johiliyat davrida asrandi bola asrab olgan kishining o‘g‘li deb hisoblanar va asrab olgan kishi o‘lsa, unga merosxo‘r ham bo‘lardi. Qachonki, Olloh taolo «Asrandilarni o‘z otalari nomi birla atanglar!» degan oyatni tushirgandan keyin, Abu Huzayfaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga keldi va: «Ey Ollohning rasuli! Erim Abu Huzayfa meni asrandi o‘g‘lim Solimdan rashk qilyapti»,— dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, Solimni emizgil!»— dedilar. Xotin: «Solimning soqoli chiqib yotibdi-ku! — deb e’tiroz bildirdi. Janob Rasululloh: «Uni emizgil, mahram bo‘lib qolgaysan, ering ham rashk qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Abu Huzayfaning chehrasi yorishdi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #20 : 16 Oktyabr 2006, 06:48:47 »
Rabi binti Mu’avviz aytadilar: «Men kelin bo‘lib tushirilgan kechaning ertasiga ertalab Janob Rasululloh kirib keldilar-da. men solgan to‘shakka xuddi siz o‘ltirganingizdek o‘ltirdilar. Qizchalar ersa, doira chalishib, Badrda vafot qilgan otalarini eslashardi, ularning bittasi: «Oramizda Janob Payg‘ambar borlar, ertaga nima bo‘lishini ham biladilar» — deb kuyladi. Shunda Janob Rasululloh: «Bunday deb aytmagil, avvalgi marsiyangni aytavergil!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasulullohning do‘stlari, u kishi birlan birga Badrda ishtirok qilgan kishi — Abu Talha raziyallohu anhu Janob Rasulullohning «Qaysi bir uyda it bo‘lsa yoki jonli narsaning surati bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirmaydi-lar» deb aytganlari haqida xabar berdilar».

Husayn ibn Ali rivoyat tsiladilarki, Hazrat Ali bunday deb aytgan erkanlar: «Badr janggida menga berilgan g‘animatlar (o‘ljalar) orasida bir tuya ham bor erdi, uni Janob Rasululloh o‘lja taqsimlayotgan vaqtlarida menga bergan erdilar. Men Janob Rasulullohning    qizlari    Fotimaga    uylanadigan    bo‘lganimda,    Baniy    Qaynuqo’ qabilasidan bo‘lmish bir bo‘yoqchi men birlan birga bo‘yoqchilar huzuriga borib, ulardan menga isiriq olib berishni va’dalashdi. Undan nikoh to‘yimda foydalanmoqchi erdim. Ikki tuyam ansoriylardan birining uyi yonida cho‘kkan erdi. Men egar-jabduqlarni olib, tuyalarimning yoniga bordim. Ne ko‘z birlan ko‘rayki, ikki tuyam o‘rkachi kesilgan, qorni yorilgan, jigari qirqib olingan holda yotardi Bu manzarani ko‘rib dahshatga tushdim, «Buni kim qildi?» — deb so‘radim. Shunda odamlar menga bunday deyishdi: «Hamza ibn Abdulmuttalib shunday qildi. U bir necha ichuvchi ansorlar birlan mana bu uyda o‘ltiribdir. Yonida qayna (qo‘shiqchi ayol) va yaqin do‘stlari ham bor. Qayna ashula aytayotib. «Ey Hamza, semiz tuya so‘ya olurmisan?!»—dedi g‘amza qilib. Shunda Hamza darhol o‘rnidan turdi-da, tuyalarning o‘rkachini kesdi, qornini yerib jigarini qirqib oldi». Men Janob Rasulullohning huzurlariga bordim, nyolarida Zayd ibn Horisa o‘ltirgan erkanlar. Janob Rasululloh ne maqsadda kelganimni so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh Bugun Hamza menga qattiq tajovuz qildi, tuyalarimning o‘rkachini kesib, qornini yorib, jigarini qirqib oldi, o‘zi bir necha aroqxo‘rlar birlan bir uyda o‘ltiribdi»,— dedim. Janob Rasululloh ridolarini keltirishni buyurdilar, so‘ng uni kiyib, piyoda yo‘lga tushdilar. Men va Zayd ibn Horisa ortlaridan ergashdik. Janob Rasululloh Hamza va boshqa aroqxo‘rlar o‘ltirgan uyga borib, ichkariga kirishga ruxsat so‘radilar. Ijozat bo‘lgach, ichkariga kirdilar va Hamzani qilgan ishi uchun malomat qila boshladilar. Shu payt Hamza mastlikdan qizargan ko‘zlari birlan Janob Rasulullohning avval yelkalariga. keyin yuzlariga tikildi, so‘ng: «Siz kim bo‘libsiz, mening otamning qulisiz, xolos!» — dedi. Janob Rasululloh Hamzaning qattiq mastligini, unga nasihat befoyda erkanini bilib, orqalari birlan ohista qaytib chiqib ketdilar, biz ham birga chiqdik».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #21 : 16 Oktyabr 2006, 06:49:17 »
Ibn Mu’atstsal rivoyat tsiladilarki, Hazrat Ali Sahl ibn Hanifning Badr ishtirokchisi erkanligini aytibdilar. Hazrat Ali Sahl ibn Hanifdan 5 yoki 6 yosh katta erdilar.

Hazrat Umar raziyallohu anhudan nakl tsilinadiki, u kishining qizlari Hafsa binti Umar avval Xanis ibn Huzofaning xotini erdi. Xanis ibn Huzofa Janob Rasulullohning ashoblaridan bo‘lib, Badrda ishtirok qilganlardan erdi. U kishi Madinada vafot qilib, Hafsa tul qolganlarida Umar raziyallohu anhu Hazrat Usmonga kelib: «Agar xohlasangiz, Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman»,— dedilar. Hazrat Usmon: «Men o‘ylab ko‘rayin»,— deb javob berdilar. «Men bir kun kutdim,— deydilar Hazrat Umar,— keyingi kun Hazrat Usmon: «Buguncha uylanmay turishga qaror qildim»,— deb uzr aytdilar. Keyin, Abu Bakr Siddiqqa uchradim-da, u kishiga: «Agar xohlasangiz, Hafsani sizga nikohlab berayin»,— dedim. Abu Bakr ersa. hech qanday javob qilmadilar. Men Abu Bakrdan qattiq g‘azablandim. Bir kecha kutdim. Uchinchi kun Janob Rasululloh Hafsaga sovchi yubordilar, men uni ul zotga nikohlab berdim. Keyin, Abu Bakr menga kelib: «Siz menga «Hafsani nikohlab berayin» deganingizda, men javob qilmadim, siz mendan qattiq g‘azablangan bo‘lsangiz kerak, shundaymi?»—dedilar. Men: «To‘g‘ri»,— dedim. Abu Bakr: «Men taklifingizga rozi bo‘lardim-u, lekin Janob Rasululloh qizingizga uylanmoq niyatida erkanliklarini aytgan erdilar, men bu sirni sizga ocha olmadim. Agar Janob Rasululloh unga xaridor bo‘lmaganlarida, men olgan bo‘lardim»,— dedilar».

Abu Mas’ud al-Badriy rivoyat tsiladilarki, Janob Rasululloh: «Erkak kishining o‘z oilasiga qiladirgan sarfi ham sadaqadur»,— degan erkanlar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #22 : 16 Oktyabr 2006, 06:49:42 »
Urva ibn Az-Zubayr xalifa Umar ibn Abdulazizga bunday deb hikoya tsiladilar: «Mug‘iyra ibn Shu’ba Kufa shahrining amiri bo‘lgan paytda bir kun asr namozini kechiktirdi. Shunda Badr ishtirokchisi bo‘lmish Abu Mas’-ud Uqba ibn Amr al-Ansoriy uning huzuriga kirib, bunday dedi: «Yaxshi bilasizki, Janob Rasulullohning huzurlariga Jabroil alayhissalom tushib, namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh ham ul zot birlan birga besh vaqt namoz o‘qidilar, keyin Hazrat Jabroil Rasulullohga: «Sizga shunday namoz o‘qish buyurildi»,— dedilar». (Bu hadisning ma’nosi shuki, har bir namoz o‘z vaqtida o‘qilishi kerak).

Abu Mas’ud al-Badriydai nakl kilinadiki, Janob Rasululloh bunday degan erkanlar: «Baqara» surasining oxirida ikki oyat bor, kimki shu ikki oyatni kechasi o‘qisa, unga kifoya qiladi (Bu ikki oyatning savobi ulug‘ligiga ishoratdur). Oyatlar quyidagicha: «Omanar-rasulu bimo unzila ilayhi mirrabbihi val-mu’minun kullun omana billohi va maloikatihi va kutubihi va rusulihi, lo nufarriqu bayna ahadim-mirrusulih va qolu sami’no va ata’no g‘ufronaka rabbano va ilaykal-masir.

Lo yukallifullohu nafsan illo vus’aho, laho mo kasabat va alayho moktasabat, robbano lo tuoxizno in nasiyno av axta’no, rabbano va lo tahmil alayno isran kamo hamaltahu alallaziyna min qablino, rabbano va lo tuhammilno mo lo toqata lano bih va’fu anno vag‘fir lano varhamno, anta mavlono, fansurno alal-qavmil-kofirin»

(Oyatlarning mazmuni: «Payg‘ambar o‘ziga parvardigori tomonidan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar ham hammalari Olloh taologa va uning farishtalari, kitoblari hamda elchilariga iymon keltirdilar. (Ular derlarki): «Biz Olloh taolo elchilarining hech birini ajratmasmiz, Ey rabbimiz, biz eshitdik va itoat etdik, sening mag‘rifatingni tilarmiz va sening dargohingga qaytmoqlik bordur!» va (yana) derlarki: «Olloh taolo hech kimga qudrati yetmaydirgan narsani buyurmas, kishining yaxshiligi ham, yomonligi ham o‘ziga bo‘lur. Ey rabbimiz, agar (biror hukmingni) unitib yo xato qilib qo‘ysak, bizni kechirgil! Ey rabbimiz, bizga bizdan ilgarigilarga yuklaganing kabi og‘ir yuk yuklamagil! Ey rabbimiz, bizga qudratimiz yetmaydirgan yukni ham yuklamagil, bizni kechirgil, mag‘firat qilgil va rahm etgil, sen bizning xojamiz erursan, bizni kofirlar ustidan g‘olib qilgil!»).
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #23 : 16 Oktyabr 2006, 06:49:57 »
Mahmud ibn Rabi’adan naql kilinadiki, Janob Rasulullohning Badr ishtirokchisi bo‘lgan ashoblaridan biri Atbon ibn Molik bir kuni Jonob Rasulullohning huzurlariga keldi...

(Imom Buxoriy bu va bundan oldingi hamda keyingi hadislarni, ularning mazmunidan qat’iy nazar, roviylarning Badr ishtirokchisi ekanliklari uchungina keltirganlar).

Abdulloh ibn Omir ibn Rabi’a rivoyat kiladilarki, Xalifa Umar ibn Xattob Qudoma ibn Maz’unni Bahraynga hokim qilib yubordilar. U Badr ishtirokchilaridan bo‘lib, Xazrat Umarning o‘g‘illari Abdulloh va qizlari Hafsaga tog‘a erdi.

Rofi’ ibn Xudayj Badr ishtirokchisi bo‘lmish ikki amakilaridan naql kilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ekinzorlarni ijaraga berib foyda olmoqdan qaytarganlar»,— debdilar. Shunda roviylardan biri bo‘lmish Solim ibn Abdullohga: «Siz ham ekinzorlarni ijaraga berib foydalanasiz-ku?!»— deyishibdi. Solim: «Ha, Rofi’ning o‘zi ham bu ishni ko‘p qilardi»,— debdilar.

Abdulloh; ibn Shaddod: «Men Rufo’a ibn Rofi’ al-Ansoriyni ko‘rdim, u kishi Badr ishtirokchisi erdilar»,— deydilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #24 : 16 Oktyabr 2006, 06:50:28 »
Badr ishtirokchisi bo‘lmish Amr ibn Avf rivoyat kiladilarki, payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam Abu Ubayda ibn Jarrohni Bahraynga soliq yig‘ib kelmoqqa yubordilar. Chunki, Janob Rasululloh Bahrayn birlan sulh tuzib, u yerga Alo ibn al-Hazramiyni amir etib ta’yinlagan erdilar. Abu Ubayda Bahrayndan ko‘p mol birlan qaytib keldi. Bu xabarni eshitgan ansoriylar bomdod namozini o‘qib bo‘lib, Janob Rasulullohga ro‘para bo‘ldilar. Janob Rasulullox. ularni ko‘rib kuldilar-da: «Abu Ubaydaning ko‘p mol birlan qaytganini eshitibsizlar-da!»—dedilar. Hammalari baravariga' «Ha, eshitdik, yo Rasulalloh!» — deb javob berdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Xursand bo‘lingizlar, Ollox taolo muyassar qiladirgan narsaga umid qilingizlar, lekin Ollox taologa qasamyod qilamanki, sizlarning kambag‘allashmog‘ingizdan ermas, boyib ketmog‘ingizdan, boylikka mehr qo‘ymog‘ingizdan qo‘rqaman. Chunki, sizdan oldingi qavmlar ham boyib, boylikka mehr qo‘ygandan so‘ng, boylik ularni xalok qilgan erdi»,— dedilar.

Nofi’ rivoyat kiladilarki, Ibn Umar raziyallohu anhu har qanday ilonni ko‘rsalar, o‘ldirar edilar. Abu Luboba al-Badriy raziyallohu anhu Janob Rasulu.llohning uylarda yashovchi jinlarni o‘ldirmoqdan qaytarganlari haqidagi hadislarini aytganlaridan keykn. Ibn Umar ham uy ilonlarini o‘ldirmaydigan bo‘ldilar. (Chunki odamlarninig uyida yashovchi oq rangli yoki kichkina ilonlar jinlar toifasidan erkanligi aytiladi).
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #25 : 16 Oktyabr 2006, 06:50:38 »
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansoriylardan bir necha kishi Janob Rasulullohdan izn so‘rab, bunday dedilar: «Yo Rasulalloh, ijozat bersangiz, jiyanimiz Abbosning fidyasidan kechsak!». Janob Rasululloh: «Olloh taologa qasamyod qilurmenki, bir dirdam ham kechmaysizlar!»—dedilar (Badr janggida asirga tushgan makkalik mushriklarning har biridan jarima olib, qo‘yib yuborishga qaror qilingan erdi. Shu asirlar orasida Janob Rasulullohning amakilari Abbos ham bor erdilar. Hazrat Umarning Abbosning qo‘l-oyog‘larini mahkamroq bog‘laganlarini Janob Rasululloh ko‘rib, kechasi birlan uxlamay chiqdilar Bundan xabar topgan ansorlar kechasi Abbosning qo‘l-oyog‘larini yechib yuborib, buni Rasulullohga aytdilar. Shunda Janob Rasulullohning bir oz chehralari yorishganini ko‘rgan ansorlar: «Abbosni butunlay ozod qilsak, Janob Rasululloh xursand bo‘larkanlar» — deb o‘ylab, fidya olmay qo‘yib yubormoqqa izn so‘rashdi, ammo Janob Rasululloh qarorni buzmadilar).

Miqdod ibn Amr al-Kandiy (bu kishi Baniy Zuhra qabilasiniig ittifoqchisi, Badrda Janob Rasulullox birlan birga bo‘lgan) rivoyat qiladilar: «Men bir kuni Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, aytingchi, men bir kofirga yo‘liqib qolsam-u, u birlan jang qilsam, shunda u mening bir qo‘limni qilich birlan chopib tashlasa, keyin bir daraxtning panasiga yashirinib: «Men musulmon bo‘ldim»,— desa, shu gapidan keyin men uni o‘ldirsam bo‘ladimi yoki yo‘qmi?» — dedim. «Uldirmaysan»,— dedilar Janob Rasululloh. «Axir u mening qo‘limni chopib tashlagandan so‘ng kalima keltirdi-ku?!»— dedim men taajjublanib. Janob Rasululloh: «Baribir uni o‘ldirmaysan, agar o‘ldirsang, u sening uni o‘ldirmasingdan avvalgi holatingga tushadi, sen ersang, uning kalima keltirmasidan avvalgi holatiga tushasan!»—dedilar».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #26 : 16 Oktyabr 2006, 06:50:47 »
Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Badr urushi kuni Janob Rasululloh: «Abu Jahlga nima bo‘lganini kim ko‘rib keladi »—dedilar. Shunda Ibn Mas’ud (jang maydoniga) borib ko‘rdilarki, Afro’ning ikki o‘g‘li uni qilich birlan chopib tashlabdi, u o‘lim talvasasida erdi. Ibn Mas’ud: «Ey Abu Jahl, bu senmi-san?»—deb xitob qildilar. Abu Jahl: «Uldirgan ki-shingizdan ulug‘roq kishi bormi?!» — deb kinoya qildi. Abu Mijlaz aytadilarki, Abu Jahl: «Qaniydi, meni mana shu dehqonlardan bo‘lak kishilar o‘ldirgan bo‘lsa!» — deb afsus qildi (Abu Jahl shunday takabbur erdiki, hatto qotillari oddiy mehnatkash bo‘lganidan afsuslandi)».

Hazrat Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasululloh vafot etganlarida men Abu Bakrga: «Yuringiz, birodarlarimiz bo‘lmish ansorlar oldiga boraylik!» — dedim. Yo‘lda bizga ulardan ikki solih kishi uchradi. Men ular haqida Urva ibn az-Zubayrga aytganimda, u bu ikki kishining biri Uvaym ibn So’ida, ikkinchisi Ma’n ibn Adiy bo‘lib, ular Badr ishtirokchilari erkanliklarini aytdi».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #27 : 16 Oktyabr 2006, 06:52:12 »
Qays ibn Abu Hozim aytadilar: «Badr ishtirokchilariga har yili besh mingdan nafaqa berib turilardi. Hazrat Umar: «Men bundan buyon har bir Badr ishtirokchisining oladigan haqini yanada oshiraman»,— dedilar.

Jubayr ibn Mut’im aytadilar: «Otam Mut’im: «Men Janob Rasulullohning shom namozida «Vat-Turi» surasini o‘qiganlarini eshitdim, mening qalbimda iymonning mustahkam o‘rin olishiga birinchi sabab shu bo‘ldi»,— degan erdilar. Janob Rasululloh otam haqida: «Agar Mut’im ibn Adiy tirik bo‘lib, Badrda asir tushgan kofirlarni afv etilishini so‘raganda, men ularni uning ixtiyoriga topshirgan bo‘lardim!»—deganlar».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #28 : 16 Oktyabr 2006, 06:52:26 »
Sa’id ibn Musayyab bunday deydilar: «Birinchi fitnaning sodir bo‘lishi birlan, ya’ni Hazrat Usmonning o‘ldirilishi birlan Badr ishtirokchilaridan birortasi qolmadi (Hazrat Usmon o‘ldirilganlaridan so‘ng ham Ali, Talha, Zubayr va boshqa ko‘plab Badr ishtirokchilari uzoq vaqt yashaganlar. Shuning uchun ham «Birortasi qolmadi» degan gapdan «Ularning halokati boshlandi» degan ma’no tushuniladi). Ikkinchi fitna sodir bo‘lishi     birlan,     ya’ni     Harra     voqe’asi     sodir     bo‘lishi     birlan     Hudaybiyya ishtirokchilaridan birortasi qolmadi. (Harra — Madina tashqarisidagi bir joy bo‘lib, hijratning 63- yili Mu’oviyaning o‘g‘li Yazid askarlari birlan bo‘lgan jangda muhojirlar va ansoriylardan 700 kishi halok bo‘lgan. Hudaybiyya — Makka atrofida joylashgan joy nomi. Hijratning 8- yili payg‘ambarimiz ko‘plab sahobalari birlan Makkaga Ka’ba ziyoratiga yo‘l olganlar. Hudaybiyya degan joyga kelib tushganlarida Makka kofirlari elchi yuborib, musulmonlar birlan sulh tuzganlar. Bu sulh sharti bo‘yicha Janob payg‘ambarimiz ashoblari birlan bu yil Makkaga kirmay qaytib ketishlari, kelasi yilda ersa Qurayshlar Makkani musulmonlar ziyorati uchun bo‘shatib berishlari kerak erdi, Janob Rasululloh bunga rozi bo‘lganlar). Keyin, uchinchi fitna sodir bo‘ldi, oradan ko‘p o‘tmay odamlarga tinchlik, farovonlik yetdi (Hijratning 130-yili, Marvon ibn Hakamning xalifalik davrida Madinadan Abu Hamza ismli kishi chiqib, Madina, Makka va Toif amiri bo‘lgan Abdulvohid ibn Sulaymon birlan hokimiyat talashdi va Makkani bosib oldi. Bu xabar xalifaga yetgach, Abdulmalik ibn Muhammad boshchiligida 4 ming kishilik qo‘shin yubordi. Xalifa qo‘shini birlan bo‘lgan jangda Abu Hamza va uning butun askarlari qirib tashlandi)».

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat tsiladilar: -Men Ummu Mistah birlan yonma-yon ketayotgan erdim, oyog‘i toyilib ketib, «Noumid bo‘lgur, Mistah!» deb o‘z o‘g‘lini qarg‘adi. Men: «Qanday yaramas so‘z aytding-a, Badr ishtirokchisi bo‘lgan kishini shunday qarg‘aysanmi?»—deb uni koyidim. Shunda Ummu Mistah mening haqimda ba’zilar tuhmat qilishayotganini, tuhmatchilardan biri ersa o‘zining o‘g‘li erkanligini so‘zlab berdi».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #29 : 16 Oktyabr 2006, 06:52:44 »
Ibn Shihob rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh Badrda o‘ldirilib, jasadlari chuqurga tashlangan kofirlarga xitob qilib: «Ey kofirlar, Olloh taolga sizlarga va’da qilgan narsaning rost erkanligini ko‘rdingizlarmi?»—dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, o‘liklarga gapiryapsizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh «Xozir bular men aytayotgan gaplarni sizlardan yaxshiroq eshitib turishibdi»,— deb javob berdilar. Badrda ishtirok qilib, o‘lja olgan qurayshiylarning jami 81 kishi erdi. Lekin, Urva ibn az-Zubayr: «Ularga o‘ljalar taqsimlab berildi, ularning soni ersa, 100 kishi erdi»,— derdilar. Ammo. Olloh taolo eng biluvchidur!».

Hishom ibn Urva otalaridan naql tsilib: «Badr kuni muhojirlarga 100 ta o‘lja bo‘lib berildi»,— deydilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1274
Ko'rilgan: 573797
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:24:13
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (2-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1106
Ko'rilgan: 315966
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:13:41
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 958
Ko'rilgan: 323612
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:04:32
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad

Muallif UmarbekBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1153
Ko'rilgan: 391129
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 22:38:47
muallifi AbdulAziz
Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 676
Ko'rilgan: 165481
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:44:50
muallifi AbdulAziz