Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483412 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:44:57

43-bob. Janob Rasulullohga Xaybarda zaharlangan qo‘y berishgani haqida

Abu Hurayra aytadilarki, Xaybar fath qilingandan keyin, Janob Rasulullohga (yahudiylar) go‘shti zaharlangan bir qo‘ini hadya qiliishbdi.

Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usoma ibn Zayd ibn Horisani bir qavmga amir qilib tayinladilar. Ba’zi bir odamlar uning amir qilinganiga e’tiroz bildirdi. Shunda Janob Rasululloh «Gar uning amir bo‘lganiga e’tiroz bildirursiz, demak bundan ilgari uning otasi amir bulganiga xam e’tiroz bildirursiz. Olloh taolo haqi gar u amir qilinmoqqa munosib ko‘rilgan erkan, demak u mening uchun eng mahbub kishidur va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:46:16

45-bob. Qazo (bo‘lgan) umra haqida

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Zulqa’da oyida umra qilish uchun Makkaga jo‘nadilar. Makka ahli ikki o‘rtada shartnoma tuzilguncha, ul zotni Ka’baga kiritishdan bosh tortdi. Shartnomaga binoan musulmonlar Makkada uch kun turib qaytib chiqib ketishlari zarur erdi. Shartnoma matni yozilgach, musulmonlar uning ostiga «Bu Olloh taoloning rasuli Muhammadning qaroridur!» deb yozib qo‘yishdi. Ammo, mushriklar «Biz sizni payg‘ambar deb bilmaymiz, agar shunday deb iqror bo‘lganimizda, sizga zarracha mone’lik qilmagan bo‘lur erdik, siz paig‘ambar ermas, balki Abdullohning o‘g‘li Muhammadsiz, xalos!»—deyishdi. Janob Rasululloh «Men Olloh taoloning rasuli hamda Abdullohning o‘g‘li Muhammaddurman!» — dedilar. Keyin, Hazrat Aliga «Olloh taoloning rasuli» degan so‘zlarni o‘chirib tashlagil!»—dedilar. Hazrat Ali «Xudo haqi, aslo o‘chirmayman!» — dedilar Janob Rasululloh shartnomani o‘zlari qo‘llariga olib, yaxshi yozishni bilmasalar-da, «Muhammad ibn Abdulloh bunday deb qaror qiladi: qiniga solingan qilich birlangina Makkaga kiriladi, agar Makka ahlidan biror kishi ergashsa, uni o‘zi birlan birga olib chiqib ketmaydi, biror sahobiysi Makkada qolmoqni xohlasa, unga mone’lik qilmaydi» deb yozib qo‘ydilar. Janob Rasululloh Makkaga kirib, uch kun muhlat o‘tgach, mushriklar Hazrat Aliga kelib: «Sohibingga ayt, uch kun muhlat tugadi, bizni tark zqin!» — deyishdi. Janob Rasululloh Makkadan chiqib ketayotganlarida Hamzaning qizi «Ey amaki, ey amaki!» deb ul zotga ergashdi. Hazrat Ali qizning qo‘lidan ushlab turib Fotima alayhossalomga: «Jiyaning sen birla keta qolsin!»—dedilar. Fotima alayhossalom qizni kajavaga chiqarib oldilar. Hazrat Ali, Zayd va Ja’far uchchalalari qizni talashib tortishib qolishdi. Hazrat Ali: «Qizni men oldim, chunki u amakimning qizi!» — desalar, Ja’far: «Qiz meniki, chunki u mening amakimning qizi, xolasi ersa mening xotinim!»—derdi. Zayd ersa: «Qiz meniki, chunki u akamning qizi!»- deb talashardi. Janob Rasululloh qizni xolasiga (ya’ni, Ja’farga) hukm qildilarda, «Xola ona o‘rnidadur!» -dedilar. Keyin, Hazrat Aliga: «Ikkovimiz qarindoshmiz»,— dedilar, Ja’farga ersa: «Ikkovimiz qiyofada ham, xulqda ham o‘xshashmiz» — deb aytdilar, so‘ng Zaydga qarab: «Sen birodarimiz va mavlomizsan»,- deb qo‘ydilar. Hazrat Ali ul zotdan: «Hamzaning qizini nikohingizga olmaysizmi?» — deb so‘ragan erdilar, «U emishgan akamning qizidur»,— deb javob berdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:46:37

Ibn Umardan bunday deb naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilmoqqa chiqib erdilar, Quraysh kofirlari u kishi bilan Ka’ba o‘rtasini to‘sib qo‘yishdi. Shunda Janob Rasululloh Hudaybiyada jonliqlarini so‘yib, sochlarini oldirdilar. Keyin, kelgusi yili umra qilganda qiniga solingan qilichdan bo‘lak qurol olib kelmaslikka, Quraysh xohlagandan ortiq turmaslikka ular birlan shartnoma tuzdilar. Kelgusi yil umraga kelganlarida Makkaga kirdilar. Shartnomaga ko‘ra uch kun turganlaridan so‘ng, mushriklar chiqib ketishni buyurishdi, Janob Rasululloh chiqib ketdilar».

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Urva ibn Zubayr birlan masjidga kirdim, Oisha raziyallohu anhonichg hujralarida Abdulloh ibn Umar o‘ltirgan erkan. Urva: «Janob Rasululloh necha marta umra qilganlar?» — deb so‘radi. Abdulloh: «To‘rt marta, shundan biri rajab oyida»,— deb javob berdi. Shunda biz Oisha onamizning e’tiroz bildirganlarini eshitdik Urva: «Eshityapsizmi, ey mo‘minlar onasi! Abu Abdurrahmon: «Janob Rasululloh to‘rt bor umra qilganlar, biri rajab oyida» — deyapti»,— dedi. Oisha onamiz: «Janob Rasululloh doim u birlan birga umra qilganlar, o‘zi yaxshi biladi, rajabda xech qachon umra qilgan ermaslar»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:46:50

Ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh umra qilayot"an paytlarida mushrik bolalar ozor yetkazmasin, deb ul zotni himoya qilib yurar zrdik»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sulh tuzilgan yili Makkani tavof qilgani kelganlarida sahobalarga: «Lo‘killab yuguringizlar, mushriklar kuch-quvvatingizni ko‘rib qo‘ysinlar!»—dedilar. Mushriklar ularni Qu’ayqi’on tog‘i tomonida turib tomosha qilur erdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:46:59

Ibn Abbos: « Payg‘ambar alayhissalom Maymuna raziyallohu anhoga ehromdaliklarida uylanib, ehromdan chiqqach, qo‘shilganlar. Maymuna onamiz Sarif degan joyda vafot etganlar»,— deydilar.

Ato va Mujohid: «Janob Rasululloh Maymunaga qazobo‘lgan umra vaqtida uylanganlar»,- deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:47:27

46- bob. Shom shaharlaridan biri bo‘lmish Muta g‘azoti

(Bu g‘azot ham islom yo‘lida qilingan katta g‘azotlardan biri bo‘lib, unda ko‘plab musulmonlar shahid bo‘lgan. Voqea bunday bo‘lgan: Payg‘ambar alayhissalom Busro viloyatining hukmdoriga xat yozib, al-Horis ibn Umayrni elchi qilib yuboradilar. U Mutaga kelganda shahar hokimi Sharhabil ibn Amr G’assoniy ushlab o‘ldiradi. Buning xabari Janob Rasulullohga yetgach, Zayd ibn Horisa boshchiligida uch ming askarni Sharhabilga qarshi yuboradilar-da, ularga: «Agar Zaydga biror hodisa bo‘lsa, Ja’far, unga ham biror hodisa bo‘lsa, Abdulloh ibn Ruvoha boshliq bo‘ladi. Elchimiz o‘ldirilgan joygacha boringizlar, avval ularni islomga chaqiringizlar, musulmon bo‘lsalar, urushmangizlar, agar rad qilsalar, urushingizlar!» —dedilar. Musulmonlar kelayotganining xabari yetishi birlan Sharhabil ularga qarshi yuz ming, Shom podshosi Hiraql ham yuz ming qo‘shin yubordi, ikki yuz ming kofirga uch ming musulmon yuzma-yuz bo‘ldi. Natijada Zayd ham, Ja’far ham, Abdulloh ham halok bo‘lib, musulmonlar qocha boshladilar, ularni kofirlar ta’qib qilib, ko‘plarini qirib tashladi. Nihoyat, bayroqni Xolid ibn Valid qo‘lga olib, tadbir birlan askarlarning o‘rnini almashtirdi: o‘ng qanotni chapga, chap qanotni o‘ngga, ilg‘or qismni orqaga, orqa qismni ilg‘or o‘rniga olib, dushmanga tashlandi. Kofirlar bularni tanimay musulmonlarga madad keldi, deb diliga qo‘rquv tushib, qocha boshladi. Musulmonlar ularni ta’qib qilib, misli ko‘rilmagan darajada katta talafot yetkazdilar, minglab kofirlar qirilib ketdi. Bu jangda ko‘rsatgan katta mahorati uchun Xolid ibn Validni Janob Rasululloh «Sayfulloh», ya’ni «Ollohning qilichi» deb nomladilar).

Ibn Umar raziyallohu anhu shahidlarni oralab yurib Ja’farning jasadi ustida to‘xtadilar, sanab ko‘rsalar, Ja’farning badanida ellikta jarohat bor erkan, lekin birontasi ham orqa tomondan urilgan ermas erdi»,— deydilar Nofi’.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:47:36

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Muta g‘azotida Zayd ibn Horisani askarlarga amir etib tayinladilar-da: «Agar Zayd o‘ldirilsa, o‘rniga Jafar, u ham o‘ldirilsa, o‘rniga Abdulloh ibn Ruvoha amir bo‘ladi»,— dedilar. Men ham shu g‘azotda ular birlan birga erdim. Ja’farni qidirib o‘liklar orasidan topdik, uning jasadida to‘qsondan ortiq qilich va naizaning zarbi bor erdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Zayd, Ja’far va Ibn Ruvohaga ne bo‘lajagini ular o‘ldirilgani haqida xabar kelmasidan burun bunday deb bashorat qildilar: «Bayroqni Zayd qo‘liga oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng Ja’far oldi, shahid bo‘ldi, keyin ibn Ruvoha oldi, shahid bo‘ldi, (shunda ikki ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi), so‘ng bayroqni Ollohning qilichlaridan biri quo‘liga olib erdi, musulmonlar g‘alaba qozondilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:47:50

Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Janob Rasulullohga Ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning o‘limi haqidagi xabar kelganda yuzlaridan xafaliklari bilinib turardi, men eshikning tirqishidan qarab turgandim. Bir odam kelib «Ey Ollohning rasuli, Ja’farning xotinlari yig‘idan to‘xtamayotir»,— dedi. Janob Rasululloh unga xotinlarni yig‘idan to‘xtatishni buyurdilar. Haligi odam qaytib kelib, ular ishidan to‘xtamayotganini aitdi. Uchinchi bor buyurdilar, u yana qaytib kelib, yig‘idan tuxtash o‘rniga badtarroq o‘kirishayotganini aytdi. Janob Rasululloh darg‘azab bo‘lib: «Unday bo‘lsa, og‘ziga tuproq to‘ldirgin!»—dedilar. Shunda o‘sha odamni chaqirib «Burning tuproqqa ishqalgur, nima ish qilyapsan, nimaga Rasulullohning tashvishlarini kuchaytiryapsan!»—deb urishib berdim».

Omir raziyallohu anhu aytadilarki, Abdulloh ibn Umar qachon Ja’farning o‘g‘li Abdullohni ko‘rib qolsalar, unga «Assalomu alaykum, ey ikki qanotlining o‘g‘li»—deb salom berardilar (Ja’far Mutada shahid bo‘lganlaridan keyin, Janob Rasululloh uning jannatda maloikalar birlan uchib yurganini ko‘rganlar)

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:48:16

Xolid ibn Valid: «Muta g‘azotida mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi, faqat Yaman qilichi butun qoldi»,— deydilar.

Bu yerdagi hadis ham Xolid ibn Validdan marviy bo‘lib, yuqoridagi hadisni takrorlaydi.

Nu’mon ibn Bashir bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ruvoha kasal bo‘lib hushidan ketdi, buni ko‘rgan opasi Umra: «Voy ishongan tog‘im, voy belimning quvvati!» — deb yig‘lay boshladi. Abdulloh hushiga kelgach «Mening haqimda nima deb yig‘lagan bo‘lsangiz, o‘sha ondayoq «Hali sen shundaymisan?!»—deb meni mulzam qilishdi»,— dedi norozi bo‘lib»

Nu’mon ibn Bashir: «(Avvalgi hadisda aytilganidek) Abdulloh ibn Ruvoha kasal bo‘lib hushini yo‘qotganda opasi Umra yig‘lagani uchun o‘ziga kelgach, norozilik bildirgan erdi, shu boisdan ham Abdulloh o‘lganda opasi yig‘lamadi»,— deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:48:52

47- bob Payg‘ambar alayhissalomning Juhayna qabilasi hurqalariga Usoma ibn Zaydni yuborganlari haqida

Usoma ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni Juhayna qabilasining hurqa qavmiga yubordilar, biz ularga tongda hujum qilib tor-mor qildik. Men va bir ansoriy dushmandan birining iziga tushib, qurshab olgan paytimizda u: «Lo iloha illalloh» deb iymon keltirdi, shu ondayoq ansoriy undan qo‘lini tortdi, men bo‘lsam, uni nayza birlan urib o‘ldirib qo‘ydim. G’azotdan qaytganimizda Janob Rasulullohga bu haqda aytishib erdi, ul zot menga «Ey Usoma, «Lo iloha illalloh» degandan keyin ham o‘ldirdingmi?!»—dedilar. Men «Axir, u joni shirinlik qilib shunday dedi-da!» — dedim Janob Rasululloh. «Shunday qildingmi-a'»—deb shunchalik ko‘p takrorladilarki, «Usha kundan oldin musulmon bo‘lmagan bo‘lsam, qanday yaxshi erdi-ya» deb orzu qildim»

Qayd etilgan