Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483243 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:05:01

Ahli Najron qissasi.

Huzayfa raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Najronning ikki sohibi — Oqib va Sayyid Rasulullohning huzurlariga muloana qilishmoqqa (har biri o‘zining haq erkanligini aytib, o‘zaro bir-birini la’natlamoqqa) kelib, biri ikkinchisiga: «Bunday qilmaylik, agar u haq payg‘ambar bo‘lsa-yu, muloana qilishsak, najot topmagaymiz ham, bizni birov oqlamagay ham!» — dedi. Keyin, ular Janob Rasulullohga: «Siz nima so‘rasangiz, beraylik, lekin siz biz birlan birga bir ishonchli kishini jo‘naqan-giz!»,— deyishdi. Ul zot: «Sizlar birlan birga eng ishonchli odamni jo‘nataman»,— dedilar-da, ashoblarini birma-bir nazardan o‘tkazgach: «Ey Abu Ubayda ibn Jarroh, turingiz o‘rningizdan!» — dedilar, Abu Ubayda turganlaridan so‘ng: «Mana shu odam butun ummatning ishonchli vakili»,— dedilar».

Huzayfa raziyallohu anhu bunday deydilar: «Najron ahli Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Bizning qavmimizga bir ishonchli kishini jo‘naqangiz!» — deyishdi. Ul zot: «Qavmingizga eng ishonchli odamni jo‘natgayman»,— dedilar. Shunda barcha sahobalar «Meni yuborsalar kerak» deb umid qilishdi. Lekin, Janob Rasululloh Abu Ubayda ibn al-Jarrohni jo‘natdilar».

Anas raziyallohu anhu: «Har bir ummatning ishonchli vakili bo‘lgay, bu ummatning ishonchli vakili Abu Ubayda ibn al-Jarroh raziyallohu anhudir»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:05:30

Ummon va Bahrayn qissasi

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Menga Rasululloh: «Agar Bahrayndan mol kelsa, senga shuncha va shuncha berardim!» — deb uch bor aytib erdilar.

Lekin, Bahrayndan mol yetib kelmasdan turib vafot etib qoldilar. Janob Rasulullohdan so‘ng, Abu Bakr xalifa bo‘ldilar, mol shu kishining davrida yetib keldi. Abu Bakr bir kishi orqali: «Janob Rasululloh kimga shu moldan beraman, deb va’da qilgan bo‘lsalar, huzurimga kelsin!» — deb e’lon qildilar. Shunda men Abu Bakrning huzurlariga kelib: «Janob Rasululloh menga: «Agar Bahrayndan mol kelsa, senga shuncha va shuncha bergayman, deb uch bor aytgan erdilar»,— dedim. Abu Bakr Janob Rasululloh va’da qilganlaricha mol berdilar. Keyin, bir muncha vaqt o‘tgach, Abu Bakr Siddiqdan o‘sha moldan yana beringiz, deb uch bor so‘radim, bermadilar. Men xafa bo‘lib u kishiga: «Huzuringizga uch marta keldim, lekin mol bermadingiz, menga mol berasizmi o‘zi yoki menga baxillik qilayotirsizmi?» — dedim. Abu Bakr: «Menga baxillik qilayotirsizmi, deding-a?! Baxillikdan yomonroq narsa bormi? — deb uch bor aytdilar, so‘ng: «Senga necha marta mol bermagan bo‘lsam, hammasini olaver!»—dedilar».

Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Men Abu Bakrning huzurlariga kelib mol so‘radim, u kishi menga: «Sana!» — dedilar, men sanab ko‘rsam, besh yuzta erkan, «Hammasini ola qol!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:05:44

65- bob. Ash’ariylar va ahli Yamanning (Janob Rasulullohning huzurlariga)
kelishi haqida


Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu Paygambar alayhissalom haqlarida rivoyat qilaturib: «Ul zot «Ash’ariylar mendan, men ersam ulardanman» deb aytganlar»,— deydilar.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Men akam birlan birga Yamandan kelib, (Janob Rasulullohning xonadonlarida) ancha turdik. Shunda Ibn Mas’ud va uning onasi birlan Rasulullohning xonadon a’zolari o‘rtasida ko‘p kirdichiqdi bo‘lib turganigini hamda ul zotning ularga ehtiejlari borligini ko‘rib, ular ham payg‘ambarimizning xonadon a’zolaridan, deb fikr qildik».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:05:54

Zahdam rivoyat qiladilar: «Abu Muso Yamanga kelganda Jarm qabilasi unga izzat-hurmat ko‘rsatdi. Biz Abu Musoning oldida o‘ltirgan erdik, u tovuq go‘shti tanovul qilayotib bir kishini taomga taklif qildi. Lekin, u «Men tovuqning iflos narsa yeganini ko‘rganman» deb unamadi. Shunda Abu Muso: «Men Rasulullohning ham tovuq go‘shti yeganlarini ko‘rganman» — deb uni yana dasturxonga taklif qildi. «Men buni hech qachon yemagayman!» deb qasam ichganman»,— dedi u. Shunda Abu Muso: «Bu yoqqa kelgil, qasam haqida senga bir rivoyatni aytib berayin, voqea bunday bo‘lgandi», — dedi: «Biz bir necha ash’ariylar Janob Rasulullohning huzurlariga bordik-da, u kishidan ulov so‘radik. Janob Rasululloh ulov bera olmasliklarini aytdilar. Biz yana so‘radik, shunda ul zot: «Olloh haqi, sizlarga ulov bera olmayman!» — deb qasam ichdilar. Shu asnoda bir necha tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasululloh ulardan beshtasini bizga bermoqni amr qildilar. Biz tuyalarni olgach: «Janob Rasulullohni g‘aflatda qoldirdik, bizni deb qasam ichganlarini unutib qo‘ydilar, endi biz sira ham najot topmagaymiz!» — dedik. So‘ng, men ul zotning qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, siz bizga ulov yo‘q, deb qasam ichgan erdingiz, lekin keyin ulov berdingiz-ku?!»—dedim. Rasululloh: «Ha, to‘g‘ri, lekin men tokim avvalgi qasamimni kafforatini berib halollab olmagunimcha, biror boshqa qasamni afzal ko‘rsam, qasam ustiga qasam ichmagayman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:06:15

Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Rasulullohning huzurlariga Banu Tamim ahli keldi. Janob Rasululloh: «Ey Banu Tamim, bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Banu Tamim ahli: «Nima haqda bashorat qilgan bo‘lsangiz, o‘shaning o‘zini beringiz!» — dedi. Bu gapdan ul zotning yuzlari o‘zgarib ketdi. Keyin, yamanliklar kirib keldi. Janob Rasululloh ularga: «Banu Tamim ahli qabul qilmagan bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Yamanliklar: «Yo Rasulalloh, qabul qildik!»— deb javob qilishdi».

Abu Mas’uddan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom «Iymon o‘sha yerda!» deb Yaman tarafga ishora qildilar-da: «Jafo va berahmlik shaytonning ikki shoxi chiqadirgan tarafda, (sharqda) yashaydirgan, tuyalarning ketidan qolmaydirgan baqiroqlarda, ya’ni Rabiy’a va Muzar qabilalaridadur»,~dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:06:24

Abu Hurayra raziyallouu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Yaman ahli huzuringizga keldi, ularning dillari yumshoq, qalblari muloyimdur. Mustahkam iymon ham, mukammal hikmat ham Yamandadur, takabburlik va xudbinlik ersa tuya ashoblarida, bosiqlik va viqor ersa qo‘y ahllaridadur»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom: «Iymon Yamanda, fitna ersa mana bu yoqda bo‘lib, u yerdan shaytonning shoxi chiqadi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:06:36

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Rasululloh: «Huzuringizga Yaman ahli keldi. Ularning dillari nozik, qalblari muloyim bo‘lib, fiqh ham, hikmat ham Yamandadur»,— dedilar».

Alqamadan naql qilinadi: «Biz Ibn Mas’ud birlan birga o‘ltirgan erdik, Xabbob kelib Ibn Mas’uddan: «Ey Abdurrahmonning otasi, bu yigitlar ham siz qiroat qilgandek qiroat qila olgaylarmi?» — deb so‘radi. Ibn Mas’ud: «Agar xohlasangiz, birortasiga buyuraman, sizga qiroat qilib beradi»,— dedilar. Xabbob rozilik bildirganlaridan so‘ng, Ibn Mas’ud: «Ey Alqama, o‘qi!»—deb buyurdilar. Shu yerda o‘ltirganlardan biri — Zayd ibn Hudayr e’tiroz bildirib: «Alqamaga qiroat qilishni buyurayotirsiz, ammo sheriklarimiz ichida mening qiroatim yaxshiroq ermasmi?»—dedi. Ibn Mas’ud unga: «Agar xohlasang, Rasulullohning uning qavmi haqida nima deganlari birlan sening qavming haqida nima deganlarini aytib beraman»,— dedilar. Keyin, men «Maryam» surasidan ellik oyatni o‘qib berdim. Ibn Mas’ud: «Qiroati qanday, yoqdimi?» —deb so‘radilar. Xabbob: «Qiroatni juda bopladi!»—deb xursandlik izhor etdi. Ibn Mas’ud ham faxrlanib: «Men nimani qiroat qilsam, bu ham o‘shani qiroat qiladi»,— dedilar, keyin Xabbobga qarab uning qo‘lidagi tillo uzukni ko‘rib qoldilar-da: «Bu uzukni tashlab yuborish vaqti kelmadimi?»—deb so‘radilar. Xabbob: «Bugundan keyin bu uzukni mening qo‘limda ko‘rmaysiz» — deb barmoqlaridan chiqarib otib yubordilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:07:04

Davs va Tufayl ibn Amr ad-Davsiy qissasi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tufayl ibn Amr Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib: «Davs qabilasi endi halok bo‘ldi, osiylik qilib bu yerga kelishdan bosh tortdi, Olloh taologa iltijo qilib ularni duoi bad qilingiz!»— dedi. Rasululloh aksincha: «Ey Olloh, Davsni Xidoyat qilgin, huzurimizga kelishga dillarini moyil qilgin!»— deb duoi xayr qildilar».

Abu .Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelayotib quyidagi baytni aytdim:

Uzayding qanchalar, ey tun, qilib, menga mashaqqatlar, Va lekin, men kufur iskanjasiga tushmasam, bas!» Keyin, qarasam, qulim yo‘q, orqada qolib ketibdi. Janob Rasulullohning huzurlariga borib, ul zotga bay’at qilayotgan erdim, ichkaridan qulim chiqib keldi. Janob Rasululloh: «Ey Abu Hurayra, mana quling!»—dedilar. Men darhol: «Uni Olloh rizoligi uchun ozod qildim!»—dedim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:07:23

66- bob Tay qabilasi vakillari qissasi va Adiy ; ibn Hotim haqidagi hadis

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar «Biz Tay qabilasi vakillari Hazrat Umarning huzurlariga keldik Shunda Hazrat Umar har bir qabila vakilini birma-bir nomini aytib chaqirdilar. Men Hazrat Umarga «Ey mo‘minlar amiri, meni tanimayotirsizmi?»— dedim. HazratUmar «Ha, tanidim. Sen bularning kofirlik vaqtida musulmon bo‘lgansan, bular islomdan yuz o‘girganlarida sen islomga kirgansan, bular xiyonat qilganlarida sen vafo qilgansan, bular tan olmaganlarida sen tan olgansan!» — dedilar. Men «Undoq ersa sizdan xafa bo‘lmagayman!» — dedim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:07:36

67- bob Hajjat ul-Vido’ (Xayrlashuv haji) haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Hajjat ul-Vido’da Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqdik. Hammamiz umraga ehrom bog‘ladik. Keyin, Rasululloh «Kimki jonlig‘ olib kelgan bo‘lsa, umra birlan hajga ehrom bog‘lasin, ikkovini ado qilmaguncha ehromdan chiqmasin!» — deb buyurdilar. Men Rasululloh birlan birga Makkaga keldim, hayz ko‘rganim uchun Baytullohni tavof qilolmadim, Safo va Marva o‘rtasida sa’y ham qilolmadim. Rasulullohga bu haqda shikoyat qilgan erdim, ul zot menga «Sochingni yoyib taragin-da, umra o‘rniga hajga ehrom bog‘lagin!»— deb buyurdilar. Men aytganlaridek qildim. Hajni ado qilganimizdan keyin, ul zot meni (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr birlan birga Tan’imga jo‘natdilar, men u yerda umra qildim. Rasululloh: «Mana shu qazo bo‘lgan umrang o‘rniga»,— dedilar. Umraga ehrom bog‘lagan boshqa kishilar ersa Baytullohni tavof qilib, Safo birlan Marva orasida sa’y qilishdi, keyin ehromlarini yechishdi. Hajdan so‘ng, Minodan qaytganlaridan keyin, yana qayta Baytullohni tavof qilib, hajni yakunlashdi. Ammo, birvarakayiga haj ham umraga niyat qilganlar Baytullohni bir marta tavof qilishdi».

Qayd etilgan