Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483259 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:07:44

Ato ibn Abu Raboh raziyallohu anhu Ibn Abbos raziyallohu anhuniig Baytullohni tavof qilgach, ehromdan chiqqanlarini rivoyat qilibdilar. Ibn Jurayj: «Ibn Abbos nimaga asoslanib shunday qildi erkan?» — deb Atodan so‘rabdilar, u kishi: «Ibn Abbos Qur’oni Karimning «Summa mahilluho ilal-baytil-atiq», ya’ni «Ehromli kishining ehromdan chiqadirgan joyi ulug‘ Ka’badur» degan oyati mazmuniga va Rasulullohning Hajjat ul-Vido’da tavofdan keyin ehromdan chiqishni amr qilganlariga asoslangan»,— deb javob beribdilar: «Ehtimol, tavofdan keyin (Arafada vuquf qilgandan keyin) bu mumkin bo‘lar?»—deb so‘raganlarida, Ato: «Ibn Abbos buni Arafadan oldin ham, keyin ham mumkin deb hisoblar erdi»,— deb javob beribdilar.

Abu Muso al-Ash’arii bunday deydilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomga Batho degan joyda yetib oldim. Rasululloh «Hajga niyat qildingmi?»—deb so‘radilar. Men «Ha»,— dedim. «Nima deb ehrom bog‘lading?»—dedilar. Men: «Rasululloh nima deb ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham shunday deb ehrom bog‘ladim»,— dedim. Rasululloh: «Unday ersa, Baytullohni tavof qilgil, Safo birlan Marva oralig‘ida sa’y qilgil, keyin ehromingni yechgil!» — dedilar. Men tavof qilib, Safo birlan Marva oralig‘ida sa’y qildim, keyin Qays qabilasidan bir ayol boshimni boqib, bitlarini tozalab qo‘ydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:08:18

Payg’ambar alayhissalomning jufti halollari Hafsa raziyallohu anhoning aytishlariga qaraganda, Rasululloh Hajjat ul-Vido’ yili (tavof va Arafa vuqufidan keyin) hamma xotinlariga ehromdan chiqishni buyuribdilar. Shunda Hafsa onamiz «Uzingizning ehromdan chiqmog‘ingizga nima mone’lik qilayotir?» — deb so‘raganlarida, ul zot «Sochimni yopishtirib olganman, tuyamga qurbonlik alomatini osib qo‘yganman, uni so‘ymasdan turib ehromimni yecha olmayman»,— deb aytibdilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Hajjat ul-Vido’da Rasulullohdan Xas’am qabilasidan bo‘lgan bir ayol fatvo so‘radi. Shunda Fazl ibn Abbos Janob Rasulullohning tuyalariga mingashib olgan erdi. Ayol «Yo Rasulalloh, Olloh taoloning hajni farz qilgan vaqti otamning keksayib tuyada o‘ltirolmaydirgan bo‘lib qolgan paytlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men u kishining o‘rinlariga haj qilsam bo‘lurmi? — dedi. Rasululloh «Albatta, bo‘lur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:08:37

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh Fath yili Makkaga kirib keldilar. Qasvo nomli tuyalariga Usomani mingashtirib olgan erdilar, Bilol, Usmon, Ibn Talha ham birga kelishayotgan erdi. Tuya Baytullohning yonginasida cho‘ktirildi. Rasululloh Usmonga kalitni keltirishni buyurdilar. Baytullohning eshigi ochilib, Rasululloh Usoma, Bilol va Usmon birlan birgalikda ichkariga kirdilar. Eshikni ichkarisidan berkitib olishib, uzoq muddat turishdi Keyin, Janob Rasululloh chiqdilar, odamlar shoshilib ichkariga kirishdi. Men hammadan oldin kirdim-da, eshik orqasida turgan Biloldan: «Rasululloh qaerda namoz o‘qidilar?»—deb so‘radim. Bilol «Rasululloh oldingi mana bu ikki ustun o‘rtasida, orqalarini eshikka, yuzlarini ersa eshik ro‘parasidagi devorga qaratib namoz o‘qidilar»,— dedi. Baytullohning ichida oltita ustun bor erdi. Ushanda men Biloldan ul zotning qancha namoz o‘qiganlarini so‘rashni unutibman. Janob Rasulullohning o‘sha namoz o‘qigan joylariga qizil marmar yotqizilib belgilab qo‘yilgan».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:08:46

Payg’ambar alayhissalomning zavjalari Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Hajjat ul-Vido’da ul zotning boshqa xotinlari Safiyya binti Huyay hayz ko‘rib qoldi. Rasululloh: «Safiyya bizni yo‘ldan qoldiradigan bo‘ldi-da!» —dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh! Safiyya Arafa vuqufidan keyin Baytullohni tavof qilgan»,— dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, hechqisi yo‘q!» —dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Hajjat ul-Vido’da suhbatlashib o‘ltirar erdik, Payg‘ambar alayhissalom ham oramizda erdilar, ammo Hajjat ul-Vido’ning o‘zi nima erkanligini bilmas erdik. Janob Rasululloh minbarga chiqib, Olloh taologa hamdu sano aytdilar, keyin Masih Dajjol haqida uzoq gapirib, so‘ng: «Olloh taolo qaysi payg‘ambarni yubormasin, u o‘z ummatini Dajjoldan ehtiyot bo‘lmoqqa chorlagan. Nuh ham, undan keyingi payg‘ambarlar ham o‘z ummatlarini ogohlantirganlar. Dajjol sizlarning orangizdan chiqadi. Uning haqidagi gaplarni bilib qo‘ymogingiz lozim. Rabbingiz, takror aytaman, rabbingiz bir ko‘zi ko‘r ermas, Dajjolning ersa o‘ng ko‘zi ko‘r bo‘lib, so‘linqiragan uzum donasi kabidir. Ogoh bo‘lingizlarki, Olloh taolo bugungi kunni, ushbu shaharni va ushbu oyni muqaddas qilgani yanglig‘ bir-birlaringizning qoningizni to‘kmog‘ingizni, mol-mulkingizga ko‘z olaytirmog‘ingizni harom qildi, buni tushuntira oldimmi?» — dedilar. Sahobalar: «Ha, tushuntira oldingiz!»— deyishdi. Janob Rasululloh yana gaplarida davom etib: «Ey Olloh, guvoh bo‘l, ey Olloh guvoh bo‘l, ey Olloh guvoh bo‘l! Bilib qo‘yingizlar, mendan keyin bir-biringizning bo‘ynin-gizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — dedilar». Zayd ibn Arqam: «Payg‘ambar alayhissalom o‘n to‘qqiz marta g‘azot qilganlar. Hijratdan keyin, Hajjat ul-Vido’ yili bir marta haj qilganlar, boshqa haj qilmaganlar»,—deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:08:59

Jarrir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hajjat ul-Vido’da menga odamlarni tinchlantirishni buyurdilar-da: «Mendan keyin bir-biringizning bo‘yningizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — dedilar».

Ibn Abu Bakra rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hajjat ul-Vido’da: «Zamon Olloh taolo yeru osmonlarni yaratgan kundagidek aylanib turibdi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, shundan to‘rt oyi muqaddas oylardur. Uchtasi ketma-ket: Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, to‘rtinchisi ersa Jumod va Sha’bon oylarining o‘rtasiga joylashgan Rajab — Muzar oyidur»,— dedilar, so‘ng: «Hozir qaysi oy?» —deb so‘radilar. «Olloh va uning rasuli biluvchiroq!» — dedik. Shunda Rasululloh sukut qildilar, biz hozirgi oyning nomini biror boshqa nom birlan ataydilarmikin, deb o‘yladik. «Zulhijja ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha»,— dedik. «Bu qaysi shahar?» — deb so‘radilar. Biz: «Olloh va uning rasuli biluvchiroqdur!»—dedik. «Bu muqaddas shahar ermasmi?»—dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» — dedik. «Bugun qanday kun?» — dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli biluvchiroqdur!» — dedik. Ul zot biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb xayol qildik. «Nahr kuni ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» — dedik. Shundan so‘ng, ul zot: «Mana shul muqaddas oydagi kuningiz va mana shul muqaddas shahringiz haqqi-hurmati, bir-biringizning qoningizni to‘kmoq, mol-mulkingizni talamoq, or-nomusingizni poymol etmoq sizlar uchun haromdur! Bir kuni Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgaysizlar, o‘shanda qilgan amallaringiz haqida so‘ragaydur, mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar, bu yerda hozir bo‘lganlar, bo‘lmaganlarga gaplarimni yetkazinglar, chunkim o‘zi eshitgan kishidan ko‘ra, birovdan eshitgan kishi yodida saqlovchanroq bo‘lgay!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:09:09

Toriq ibn Shihob rivoyatp qiladilar: «Yahudiylardan biri Hazrat Umarga: «Agar o‘sha oyat bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘sha kunni bayram qilib olar erdik!»—dedi. Hazrat Umar: «Qaysi oyat?»—dedilar. «Bugun men sizlarga diningizni mukammal qilib berdim, ne’matlarimni bisyor qildim va islomning sizlar uchun din bo‘lmog‘ini iroda qildim» degan oyatdir»,— dedi. yahudiy. Hazrat Umar: «Bu oyatning qaysi joyda nozil bo‘lganini aniq bilmayman, lekin u nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Arafotda turgan erdilar»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqdik, ba’zimiz umraga va ba’zimiz hajga va yana ba’zimiz birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytgan erdik. Janob Rasululloh hajga talbiya aytgan erdilar. Lekin, hajga yoki birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytganlar Nahr kuniga qadar ehromlarini yechmadilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:09:17

Omir ibn Sa’d otalari haqida naql qiladilar: «Janob Rasululloh Hajjat ul-Vido’ paytida meni ko‘rgani kirdilar, men xastalanib, o‘lim to‘shagida yotgan erdim. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, og‘ir yotib qoldim, men ersam badavlat kishiman, birgina qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘q, molimning uchdan ikkisini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Unday ersa uchdan birini sadaqa qilaveray»,— dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan bir... uchdan bir ham ko‘plik qiladi, merosxo‘ringni tilamchi qilib qoldirganingdan ko‘ra boyroq qilib qoldirganing ma’qulroqdur. Olloh taoloning rizoligi uchun qilgan har bir sadaqang uchun ajru savob olgaysan, hattoki xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun ham!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, o‘rtoqlarimdan keyin qolarmikanman?» — dedim. Janob Rasululloh: «Urtoqlaringdan keyin qolib Olloh taoloning roziligi uchun amali solihlar qilolmasang kerak, ehtimol qolarsan va sening xayrli amallaringdan musulmonlar naf ko‘rib, kofirlar zarar topar?! Yo Olloh, sahobalarimning hijratlarini bexatar qilib, ortlariga qaytarmagaysan!»— dedilar. Ammo, afsuski, Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib qolib, Janob Rasululloh unga ko‘p achindilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:09:27

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar»,— deb aytgan erkanlar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar, sahobalaridan ayrimlari ersa sochlarini qisqartirishdi. Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishicha, u eshakka minib kelayotganida Janob Rlsululloh odamlar birlan birga Minoda namoz o‘qib turgan erkanlar, eshak namozxonlar safini oralab o‘tib ketibdi. So‘ng, Abdulloh eshakdan tushib namozxonlar safiga borib turibdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:09:43

68- bob. Tabuk, ya’ni Al-Usra g‘azoti haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urtoqlarim meni Janob Rasulullohdan ulov so‘ramoqqa yuborishdi, ul zo t Al-Usra qo‘shini, ya’ni Tabuk g‘azoti haqida tashvishlanib o‘ltirgan erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh! Urtoqlarim meni ulov so‘rab kelgil, deb xuzuringizga yuborishdi»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, birorta ham  ulov   bera  olmayman!»  —  dedilar   g‘azablanib,   lekin  nega  g‘azablanganlarini bilolmadim. So‘ng, Janob Rasulullohning rad etganlaridan xafa bo‘lib hamda «Ul zot mendan biror narsa xususida xafa bo‘lganmikanlar?» deb xavotir olib ortimga qaytdim-da, bo‘lgan voqeani ularga so‘zlab berdim. Hech qancha vaqt o‘tgan yo‘q erdi, Bilolning: «Ey Abdulloh ibn Qays!»—deb chaqirganini eshitib qoldim. Men unga: «Ha»,— dedim. U: «Janob Rasululloh seni chorlayotirlar»,—dedi. Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, menga: «Manavi tuyalarni o‘rtoqlaringga olib bor-da, «Bularni Olloh taolo (yoki Rasululloh) minib ketishingiz uchun sizlarga berdi» deb aytgil, so‘ng minib ketaveringizlar!»— dedilar. Tuyalarning soni oltita bo‘lib, ularni hozirgina Sa’ddan sotib olgan erdilar. Men tuyalarni o‘rtoqlarimning oldiga olib bordim-da, ularga: «Bularni Janob Rasululloh minib ketishingiz uchun sizlarga berdilar, lekin men, xudo haqi, birortangizni Janob Rasulullohning haqiqatan ham menga shunday deganlarini eshitgan odamning oldiga olib bormoqchiman, tag‘in ul zot aytmagan gapni bizlarga aytdi, deb o‘ylamangizlar!»—dedim. Ular: «Biz seni haqgo‘y, deb bi-lurmiz, ammo, mayli, sen aytganingcha bo‘la qolsin!»— deyishdi». Abu Muso bir necha o‘rtoqlarini Janob Rasulullohning avval «Ulov yo‘q» deb, so‘ng ulov berganlarining shohidi bo‘lgan kishilar qoshiga olib bordi, ular Abu Muso o‘z o‘rtoqlariga aytgan gaplarni aynan takrorlashdi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:09:53

Mus’ab ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotiga ketayotib Hazrat Alini o‘rinbosar qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda Hazrat Ali: «Meni bolalaru xotinlarga bosh qilib qoldirmoqchimisiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Muso alayhissalom (o‘z birodarlari) Horunni (Fir’avn huzuriga ishonchli) vakil qilib yuborganlari kabi, sen ham bu yerda mening ishonchli kishim bo‘lib qolmog‘ingga rozi ermasmisan? Bu yerda ishonchli vakilim bo‘libgina qolmog‘ing mumkin, chunki mendan keyin payg‘ambar bo‘lmagay!»—dedilar».

Safvon ibn Ya’lo otalaridan nakl qiladilarki, u kishi: «Men Janob Rasululloh birlan birga Al-Usra g‘azotida ishtirok qildim»,— debdilar. Ato aytadilarki, Ya’lo: «Ushal g‘azot mening eng umidbaxsh amallarimdandur!» — der erkanlar. Ato Safvonga aytgan erkanlarki, Ya’lo: «Mening bir yollanma xizmatkorim bo‘lar erdi, u bir kishi birlan urishib qolib, biri ikkinchisining qo‘lini tishlab olgan erdi»,— der erkanlar. Ato: «Menga Safvon kim kimning qo‘lini tishlab olganini aytgan erdi, men esimdan chiqaribman»,— deydilar. Safvon bunday deydilar: «Qo‘li tishlangan kishi tishlab olgan kishining og‘zidan,qo‘lini tortib olganda uning kurak tishi tushib ketdi, shunda ikkalasi Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi, tishi tushib ketgan kishining og‘zidan qon oqib turardi. Janob Rasululloh unga: «Ayg‘ir kabi chaynagin, deb qo‘lini og‘zingga tiqibdimi?!» — dedilar».

Qayd etilgan