Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483503 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:10:06

69- bob. Ka’b ibn Molik hadisi va Olloh taoloning «(G’azotdan) qolib ketgan uch kishi (Ka’b ibn Molik, Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya)ga ham...» degan qavli haqida

Ka’b ibn Molik bunday deydilar: «Men Tabuk va Badr gazotidan tashqari, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birortasiga bormay qolmaganman. Ushanda Badr gazotiga bormagani uchun biror kishiga dashnom bermagan erdilar, chunki Janob Rasululloh Quraysh karvonini qo‘lga tushirmoq bo‘lib chiqqan erdilar, Olloh taolo ersa ularni kutilmaganda dushmanga ro‘baro‘ qilib qo‘ygan erdi. Men, Laylat ul-Aqaba kechasi islomga sadoqat bildirib ahdu paymon qilganimizda, Janob Rasululloh birlan birga bo‘lganman va men bu fazlni Badrda ishtirok etishdan ko‘ra afzalroq deb bilurman, garchi Badrni odamlar ko‘proq tilga olsalar-da!

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:10:18

Tabuk g‘azoti xususiga kelsak, oziq-ovqatim, ulovim hamda quvvatim ham yetarli bo‘lib, undan qolmog‘imga hech bir uzrli sababim yo‘q erdi. Ilgarilari hech qachon mening qo‘limda bir vaqtning o‘zida ikkita tuya bo‘lgan ermas, g‘azot vaqtida ersa doimo ikkita tuyam jihozi birlan tayyor turar erdi. Janob Rasululloh, odatda, bundan ilgarigi g‘azotlarda ko‘p narsalarni sir tutar erdilar, bu gal ersa havoning issiqligi, yo‘lning uzoqligi va dushmanning behisob erkanligini musulmonlarga ochiq aytib, yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmoqni amr qilgan erdilar. Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqqanlarning soni ham ko‘p erdi, ularning sonini hatto hisobchilar ham bilmas erdi (taxminan, yetmish ming). Odamning ko‘pligidan, agar ulardan birortasi g‘azotdan o‘zini olib qochishni xohlasa, «Olloh taolo vahiy birlan rasuliga xabar qilsagina mening qochganimni bilishlari mumkin» deb o‘ylar erdi. Janob Rasulullohning mazkur g‘azotga chiqqan paytlari mevalar g‘arq pishgan va daraxtlar soyasi rohatijon bo‘lgan bir payt erdi.

Janob Rasululloh musulmonlarga safar taraddudini ko‘rmoqlikni amr qildilar, men ham ertalab ular birlan birga tayyorgarlik ko‘rib, kechki payt uyga qaytdim, ammo hech narsaga qo‘lim bormadi. Uzimga-o‘zim: «Tayyorgarlik ko‘r, sen safar qilmoqqa hammadan qodirroqsan!»—deb yurgan chog‘imda musulmonlarning safar tadoriki tugab, Janob Rasululloh tezda yo‘lga chiqdilar. Mening tayyorgarligim ersa hamon bitmas erdi. «Mayli, bir-ikki kun kechiksam ham ularga yetib olgayman» — deb o‘zimga dalda berar erdim. Yana bir-necha kun shu ahvolda yurdim, so‘ng «Endi jo‘nayin, lashkarni topayin!» deb azm qildim-u, ammo o‘zimni majbur qilolmadim.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:10:26

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jo‘nab ketganlaridan keyin ko‘chalarga chiqib, odamlar aro kezdim, ammo ming nadomatlar bo‘lsinkim, o‘zimni xafa qiladirgan holatdan bo‘lak holatga, ya’ni gunohkorligidan bo‘yni xam yoki Olloh taolo ma’zur tutgan zaif kishilardan bo‘lak odamga ko‘zim tushmas erdi.

Janob Rasululloh yo‘lda meni eslamabdilar, faqat Tabukka yetib olganlaridan so‘ng, ko‘pchilik oldida: «Ka’b nechun bunday qildi erkan?» — deb so‘rabdilar. Shunda Banu Salama qabilasidan bir kishi: «Yo Rasulalloh, u g‘azotga bormoqchi bo‘lganida choponining ikki yoni ikki biqiniga mahliyo bo‘lib, mahkam ushlab qolgan!»—debdi. Maoz ibn Jabal unga javoban: «Qanday yomon gap aytding! Olloh taolo haqi, biz Ka’bni faqat yaxshi odam deb bilurmiz!» — debdilar. Janob Rasululloh buni eshitib sukut qilibdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:10:58

Bir kuni men Janob Rasulullohning qaytib kelayotganlarini eshitib, «Ertaga ul zotning g‘azablaridan qanday qutilsam erkan?» degan o‘y birlan yolg‘on-yashiq gaplarni to‘qiy boshladim, uyimdagilardan ham mening gaplarimni tasdiqlamoqlarini so‘radim. «Janob Rasululloh qaytib kelib, soyai muboraklarini solibdilar» degan xabarni eshitishim birlanoq, to‘qib qo‘ygan bor yolg‘on-yashiq gaplarim miyamdan chiqib ketdi va men ul zotning g‘azablaridan yolg‘on-yashiq gaplar birlan qutula olmasli-gimni tushunib yotdim-da, haqiqatni aytmoqqa qaror qildim. Odatda, ul zot safardan qayqalar, avval masjidga kirib, safardan omon-eson qaytganlari shukronasiga ikki rak’at namoz o‘qir erdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib o‘ltirardilar. Bu gal ham shunday qilganlarida g‘azotdan qolganlar huzurlariga kelishib, ul zotdan uzr so‘rab ont icha boshlashdi, bundaylar sakson nechta erdi. Janob Rasululloh ularning ko‘pchilik oldida aytgan uzrlarini qabul qildilar, so‘ng ularni bay’at qildirib, gunohlarini Olloh taolodan so‘radilar, qalblaridagi sir-asrorlarini ersa yaratganning o‘ziga havola qildilar. Keyin, men ham qoshlariga borib salom bergan erdim, g‘azab aralash tabassum qildilar-da, «Beri kel!»—dedilar. Men ro‘paralariga borib o‘ltirdim. Ul zot: «Nechun g‘azotga bormading, buning uchun tuya ham sotib olgan erding-ku!» — dedilar. Men: «Ha, shunday! Olloh taolo haqi, agar men sizdan bo‘lak odamning qoshida bo‘lganimda, uzr aytibgina qutilib ketgayman, deb o‘ylagan bo‘lur erdim, ammo men bunday qilmoqchi ermasman. Lekin, xudo haqi, agar hozir sizga yolg‘on vaj ko‘rsaqam-u, siz ishonib meni kechirsangiz, Olloh taolo meni deb sizdan darg‘azab bo‘lgay va agar haqiqatni ayqam, mening haqimda yomon fikrda bo‘lgaysiz, ammo men Olloh taoloning mag‘firatidan umidvorman. Xudo haqi, mening hech bir uzrli vajim yo‘q erdi, siz birlan bormay, bu yerda qolgan chog‘imda mendan kuchli va boyroq odam yo‘q erdi!» —dedim. Ul zot: «Haq gapni aytding, endi Olloh taolo sening xususingda hukm chiqarguncha bu yerdan nari ket!»— dedilar. Men o‘rnimdan turdim. Shunda Banu Salama qabilasi kishilari ketimdan ergashib kelayotib: «Xudo haqi, biz sening ilgari bunday gunox qilmaganingni bilurmiz, sen ham boshqalar singari uzr aytib qo‘ya qolganingda, ul zot qabul qilib, Olloh taologa sening uchun istig‘for aytar erdilar» — deya menga shu qadar tanbih berishdiki, hatto ul zotning qoshlariga qaytib borib, avvalgi yolg‘on-yashik vajimni aytmoqchi bo‘ldim. Men ulardan: «Mendan bo‘lak biror kishi ham o‘z gunohini bo‘yniga oldimi?» — deb so‘radim. Ular: «Ha, ikki kishi sen kabi gunohini tan olib erdi, ularga ham senga aytgan gaplarini aytdilar»,— deyishdi. «Kim o‘sha ikki kishi?» — deb so‘radim.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:11:26

Ular: «Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya»,— deyishdi. Bular solih kishilar bo‘lib, Badr qatnashchisi va boshqalarga namuna bo‘larli fazilatga ega kishilar erdi. Menga bu ikkisining nomini zikr qilishgach, boyagi muddaomdan qaytdim. Janob Rasululloh Tabuk g‘azotidan qolgan biz uchchalamiz birlan musulmonlarning gaplashmoqlarini man’ qildilar. [Olloh taolo bular to‘g‘risida quyidagi oyatni nozil qilgan: «(Jihoddan) qolgan munofiqlar Ollohning rasuliga osiylik qilib (uylarida) qolganlaridan xushnud bo‘ldilar va ular Olloh yo‘lida molu jonlarini tikib jihod qilmoqni istamadilar va (o‘zaro): «Bunday issiqda urushga bormangizlar!» — dedilar. Siz aytingizki, «Agar ularning fahmlari yeqa, jahannam otashi (bundan) behad issiqroq-dur!]». Odamlar bizdan yuz o‘girishib, gaplashmay qo‘yishdi, hatto men dunyoga kelganimdan pushaymon bo‘lib ketdim. Bu axvol ellik kun davom etdi. Mening ikki sherigim (Murora va Hi-lol) uylaridan tashqariga chiqolmay qolishdi, tinmay yig‘lashardi. Men bo‘lsam, qavmni sog‘inib, ular birlan gaplashmoqqa intilar, masjidga chiqib birgalikda namoz o‘qir va bozorlarni aylanib yurar erdim, ammo hech kim men birlan gaplashmas erdi. Har safar namozga borganimda Janob Rasulullohg‘a salom berardim-da, ichimda «Salomimga alik olib lablarini qimirlatarmikanlar» deb umidvor bo‘lar erdim, so‘ng yonlariga yaqinroq borib namoz o‘qiyotib, muborak yuzlariga o‘g‘rincha tikilar erdim. Bir kuni namozga kelsam, oldimdan chiqib qoldilar, u kishiga qaragan erdim, mendan yuzlarini o‘girib oldilar, bu mening jon-jonimdan o‘tib ketib, amakimning o‘g‘li bo‘lmish Abu Qatodaning uyiga tomon ravona bo‘ldim, u mening uchun boshqalardan ko‘ra mahbubroq erdi. Uyiga kirgach, unga salom berdim, lekin u, xudo haqi, alik olmadi. Shunda men unga: «Ey Abu Qatoda, Olloh taologa yolborib so‘rayman, mening Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rishimni bilasanmi, o‘zi?!» — dedim. Men boyagi gapimni yana takrorladim, yana indamadi, yana takrorladim, yana indamadi. So‘ng, shunday deb qayta murojaat qilgan erdim, u: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilgay!» — deb qo‘ydi. Shunda ko‘zimdan yosh tirqirab ketdi, uyidan otilib chiqib ketdim. So‘ng, Madina bozorida ketayotgan erdim, bu yerga taom sotgani kelgan Shom ahlidan bo‘lmish bir kishini ko‘rib qoldim, u odamlarga: «Kim menga Ka’b ibn Molikni topib bera oladi?» — der erdi. Odamlar men tomonga ishora qila boshlashdi, u oldimga kelib G’asson podshohi yo‘llagan bir maktubni menga topshirdi, unda «Ammo ba’d, menga ma’lum bo‘ldiki, sohibing senga jafo qilayotgan ermish, Olloh taolo seni inson kamsitiladirgan va uning haq-huquqi toptaladirgan dargoh uchun yaratgan ermas, kelgil, haqiqat biz tarafdadur, biz senga hamdardmiz! G’assoniylar podshohi bo‘lmish kamina sen Ka’bni, barchani sendan yuz o‘girtirgan payg‘ambarga «bir dars» bo‘lmog‘i uchun, islomdan qaytadi, degan fikrdaman» deb yozilgan erdi. Maktubni o‘qigach: «Bu ham balolardan biridur!» — dedim-da, u birlan tandirni tayammum qildim, ya’ni tandirga tutantiriq qildim. Ellik kundan qirq kuni o‘tgach, ul zot bir odam orqali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolingdan o‘zingni chetga olmog‘ingni amr qiladilar»,— dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:11:39

Men: «Uni taloq qilayinmi, nima qilayin?»— dedim. Ul zot: «Yo‘q, aksincha, undan o‘zingni olib qochib yurgil, unga qo‘shilmay turgil!» — dedilar, ikki sherigimga ham shunday deb odam yubordilar. Men xotinimga: «Ota-onangning uyiga borgil, Olloh taolo bu ish yuzasidan o‘z hukmini chiqarguncha ular birlan birga tura turgil!» — dedim. Hilol ibn Umayyaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasu-lalloh, Hilol ibn Umayya yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan bir keksa odamdur, uning (mendan bo‘lak) qarab turadirgan kishisi yo‘qdur, unga xizmat qilmog‘imni  man’  qilurmisiz?»—dedi  Ul zot «Io‘q,  lekin u  birlan  yotmagil!» — dedilar. Ayol «Xudo haqi uning biror narsa qilmoqqa majoli kelmaydi, xudo haqi, usha kundan shu vaqtgacha tinmay yig‘lamoqda!»— dedi. Oila a’zolarimdan biri menga «Hilol ibn Umaiyaning xotini Janob Rasulullohdan eriga xizmat qilmoqqa ijozat olgani kabi siz ham o‘z xotiningizga ijozat so‘rasangiz-chi!» — dedi. Men «Xudo haqi, men Janob Rasulullohdan xotinim menga xizmat qilmog‘i uchun ruxsat so‘ramagayman, agar ijozat so‘rasam, ul zotning qanday javob qilmoqlari menga qorong‘udir!» — dedim. Men o‘shanda kuchga tulgan yigit erdim Nihoyat, Janob Rasulullohning odamlarning biz birlan gaplashmog‘ini man’ qilganlariga ellik kun bo‘ldi. Bomdod namozini o‘qib bo‘lganimda elliginchi kunning tonggi ham otdi, men ersam uylarimizdan birining orqasida, Olloh taolo zikr qilganidek, jonim ham, jahon ham ko‘zimga ko‘rinmagan bir holda o‘ltirar erdim, nogahon Sal tog‘ining cho‘qqisidan «Ey Ka’b ibn Molik, xursand bo‘lgil!» degan baland ovozni eshitdim. Darhol, mukka tushib sajda qildim Bildimki, xursand bo‘ladirgan kun ham kelibdi, demak Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallom bomdod namozi vaqtida Olloh taoloning bizni mag‘firat qilganining xabarini ma’lum qilibdilar. Shundan keyin, namozxonlar bizni mamnun qilmoqqa otlanib, ikki sherigimga xushxabar yetkazgali odam yuborishibdi. Mening huzurimga ham bir kishi ot choptirib kelib qoldi, lekin chopar qanchalik harakat qilmasin, baribir ovoz otdan tezlik qilgandi. Huzurimga kelgan choparning xushxabar aytgan ovozini eshitishim birlanoq, kiyimimni yechdim-da, unga kiydirib qo‘ydim. Xudo haqi, mening o‘sha kiyimimdan bo‘lak kiyimim yo‘q edi, keyin birovdan qarzga kiyim oldim-da, uni kiyib Janob Rasulullohning huzurlariga oshiqdim. Odamlar yo‘l-yo‘lakay meni Olloh taoloning mag‘firati birlan tabriklashar va menga «Olloh taoloning mag‘firati senga muborak bo‘lsin!»— deyishar erdi. Nihoyat, men masjidga kirib bordim, Janob Rasululloh o‘ltirgan erkanlar, atroflarida tumonat odam Talha ibn Ubaydulloh o‘rnidan turib tezda oldimga keldi-da, qo‘l berib meni tabrikladi. Xudo haqi, undan bo‘lak muhojirlardan birortasi o‘rnidan turib meni tabriklamadi, men abadul-abad Talhaning bu muruvvatini unutmagayman! Keyin, men Janob Rasulullohga salom berganimda, ul zot mamnunliklaridan chehralari balqigan holda «Onadan tug‘ilganingdan beri o‘zingga muyassar bo‘lmagan bugungidek xayriyatdan xursand bo‘lgil!» — dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:11:51

Men «Bul xushxabar sizdanmi yoki Olloh taolodanmi?» — dedim. Ul zot «Yo‘q, aksincha, Olloh taolodandur!» — dedilar. Agar Janob Rasululloh xursand bo‘lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz buni yaxshi bilar erdik Ro‘paralariga kelib o‘ltirgach «Yo Rasulalloh, mag‘firat qilinganim shukronasiga Olloh taolo birlan uning rasuli sallallohu alayhi va sallam yo‘liga mol-mulkimdan sadaqa qilayinmi?»—dedim. Ul zot «Mol-mulkingning bir qismini olib qol, bu senga yaxshi bo‘lgay!»—dedilar. «Bo‘lmasa, men Xaybardagi mulkimni olib qolgayman» deb xayolimdan o‘tkazdim-da, ul zotga «Yo Rasulalloh, Olloh taolo rost so‘zlaganim hamda dildan tavba qilganim uchun menga najot bergan erkan, men o‘la-o‘lgunimcha faqat rost gapirgayman!» — dedim. Xudo haqi, Janob Rasulullohga shunday deganimdan buen Olloh taoloning musulmonlardan biror kishini rost so‘zlagani uchun baloga giriftor qilganini bilmayman! Janob Rasu-lullohga shu gaplarni aytgan kunimdan hozirgacha yolg‘on gapirmoqqa qasd qilmadimki, yolg‘on so‘zlamaganim Olloh taoloning meni baloga giriftor qilganidan yaxshiroqdur! Darhaqiqat, men qolgan umrim davomida Olloh taolodan meni yelg‘on gapirmog‘imdan asramog‘ini iltijo qilgayman. Olloh taolo o‘z rasuliga «Olloh payg‘ambarni, muhojiru ansorlarni mag‘firat qildi ( rostgo‘ylar birlan birga bo‘lingizlar!» degan qavligacha)» degan oyati karimasini nozil qilgandur. Olloh taolo haqi rabbim meni islomga hidoyat qilganidan buyongi eng ulug‘ nemat ul zotga sadoqatimdur! Janob Rasulullohga yolg‘on gapirmaslikka dildan azm qilurman, aks holda, bilurmanki, Olloh taolo yolg‘on gapirganlarni halok qilgani yanglig‘ halok bo‘lgayman. Olloh taborak va taolo «Sizlar (g‘azotga bormagan munofiqlarning) oldiga (g‘azotdan) qaytib kelganingizda ular «Endi bizdan yuz o‘girishsa kerak» deb huzuringizda Olloh taologa qasam ichurlar. Ammo, sizlar ulardan yuz o‘giringizlar, ular nopok bo‘lib, joylari jahannamdurki, bu qilmishlari uchun jazodur. Ular sizlarni rozi qilmoq uchun qasam ichurlar, lekin sizlar rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan sira rozi bo‘lmas!» — degandur. Biz uch kishi ulardan, ya’ni qasam ichgan, ul zotga bay’at qil-gan va bay’atlari ul zot taraflaridan qabul qilingan hamda Olloh taologa istig‘for aytgan kishilardan ajrab, xilof ish qildik. Shunda ul zot bizning masalamizni Olloh taoloning hukmiga topshirdilar. Shul boisdan Olloh taolo «Va alas-salosatillaziyna xullifuu», ya’ni «Xilof qildirilgan uch kishiga ham» deb bizni alohida zikr qildi. Bu yerdagi «Xilof» so‘zi g‘azotdan qolish ermas, balki ul zotning bizni qasam ichib uzr aytgan va uzri qabul qilingan kishilardan ajratib qo‘yishlari va masalamizni Olloh taologa havola qilishlari erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:12:05

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Madina birlan Shom o‘rtasidagi)
Hijrga borganliklari haqida


Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrdan o‘tib ketayotib: «Uzlariga zulm qilganlarning uylariga kira ko‘rmangizlarki, ular giriftor bo‘lgan, falokatga sizlar ham giriftor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar!» — dedilar. So‘ng, boshlarini o‘rab olib, tuyalarini vodiyga chiqquncha choptirib ketdilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrga birga borgan sahobalariga: «Olloh taoloning azobiga duchor bo‘lgan anavilarning uylariga kira ko‘rmangizlar, aks holda ular giriftor bo‘lgan falokatga sizlar ham duchor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:12:20

70-bob.

Mugira ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi-bir hojatlarini chiqarmoq uchun nari ketdilar. Qaytib kelganlaridan keyin, qo‘llariga suv quyib bermoqqa o‘rnimdan turdim. Bu Tabuk g‘azotida bo‘lgan erdi, shekilli. Yuzlarini yuvgach, bilaklarini yuvaman, deb erdilar, choponlarining yengi torlik qilib qolib, qo‘llarini yeng ichidan chiqarib oldilar. Bilaklarini yuvgach, mahsilariga mash tortdilar».

Abu Humayd bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytdik, Madinaga yaqinlashganimizda ul zot: «Bu Tobadur (ya’ni, Madina), mana bu ersa Uhud tog‘idur, u bizni sevadi, biz ham uni sevamiz!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:12:30

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotidan qaytdilar, Madinaga yaqin qolganda: «Madinada shunday qavmlar borki, ular sizlar kabi ko‘p yo‘l yurib, sizlar kabi vodiylarni kesib o‘tishmagan, aks holda ular sizlar birlan birga bo‘lgan bo‘lur erdilar!» — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, Madinadek bir tabarruk joyda shunday qavmlar bormi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ha, Madinada shunday qavmlar bor, ular qandaydir vajga ko‘ra (g‘azotdan) qolganlar»,— dedilar».

Qayd etilgan