Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482303 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:13:14

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Eron podshohi) Xusrav birlan (Vizantiya podshohi) Qaysarga maktub yuborganliklari haqida

Ibn Abbos bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiyga maktub berib, uni Bahrayn boshlig‘iga topshirmoqni amr qildilar, Bahrayn boshlig‘i maktubni Xusravga berdi. Xusrav uni o‘qib ko‘rgach, yirtib tashladi. Menimcha, Ibn Musayyab aytgandiki, Janob Rasululloh xusraviylarni duoi bad qilib, Olloh taolodan ularning o‘zlarini ham burda-burda qilib yirtib tashlamoqni iltijo qilibdilar».

Abu Bakra rivoyat qiladilar: «Olloh taolo men Janob Rasulullohdan eshitgan bir so‘z birlan menga manfaat yetkazgan erdi. Men Jamal kunlari Jamal ashoblari birlan urushmoq uchun yo‘lga chiqib, ularga yetib olay deganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fors ahli Xusrav qizini o‘zlariga podshoh qilib olibdilar, o‘z ishini xotin kishiga topshirib qo‘ygan qavm sira muvaffaqiyat qozonmagay!» — deb erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:13:22

Soib ibn Yazid bunday deydilar: «Esimda, bir kuni men g‘ulomlar birlan birga Janob Rasulullohni kutib olmoq uchun Saniyat ul-Vido’ga chiqib erdim. Shunda Sufyon menga: «Bolalar birlan birga qayoqqa ketayotirsan?»—deb erdi».

Soib yana bunday degan erkanlar: «Esimda, bir kuni men bolalar birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytib kelayotgan Janob Rasulullohni kutib olmoq uchun Saniyat ul-Vido’ga chiqib erdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:13:41

71-bob. Janob Rasulullohning kasallanib vafot etganlari va Olloh taoloning «Sen mayyiqan va ular ham mayyitdurlar, so‘ng sizlar Qiyomat kuni rabbingizning huzurida xusumatlashgaysizlar» degan qavli xususida

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafotlari arafasida kasal bo‘lib yotgan vaqtlarida: «Yo Oisha! Xaybarda tanovul qilgan taomimning dardini shu vaqtgacha tortayotirman, hozir nafasimning Qisilayotganini o‘shal zahardan, deb bilaman»,— dedilar».

Ummulfazl binti al-Xars rivoyat kiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shom namozida «Va-l-Mursaloti urfan»ni o‘qiganlarini eshitdim, so‘ng to vafot etgunlariga qadar biz birlan namoz o‘qimadilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:13:52


Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Ibn Abbosni bir guruh keksalar davrasiga olib borgan erdilar, ularning orasida o‘ltirgan Abdurrahmon ibn Avf Hazrat Umarga: «Bu bolani bizning davramizga olib kelmangiz, o‘zimizda ham bunday bolalar yetarli!» — dedi. Hazrat Umar: «Uning bilimini bir sinab ko‘rsangizlar!» — dedilar-da, Ibn Abbosdan «Izo joa nasrullohi val-fathu...» surasining ma’nosini so‘radilar. Ibn Abbos: «Bu surada Olloh taolo Janob Payg‘ambarimizga umrlari tugab qolganligini ma’lum qilayotir»,— dedi. Hazrat Umar: «Buning ma’nosini men ham sen kabi tushungan erdim»,— dedilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Panjshanba kuni Ibn Abbos: «Panjshanba kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dardlari og‘irlashganda nimalar degan erdilar, bilasizlarmi?» — dedi, so‘ng o‘z savoliga o‘zi bunday deb javob qildi: «Janob Rasululloh: «Menga qog‘oz-qalam keltiringizlar, men sizlarga bir vasiyat yozib berayki, uni o‘qigach, sira yo‘ldan adashmagaysizlar!»— dedilar. Shunda sahobalar, ul zotning huzurlarida tortishish odobdan bo‘lmasa-da, o‘zaro tortishib qolishib: «Qo‘yaveringizlar, ul zot alahlayaptilar!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Menga qarshilik qilmangizlar, aytadirgan vasiyatimni aytib olay, bu sizlarga yaxshiroq bo‘lgay!» — dedilar-da, «Arabistondan mushriklarni quvib chiqaringizlar, mehmonni men siylagandek siylangizlar...» deb vasiyat qildilar, so‘ng jimib qoldilar. Uchinchi vasiyatlarini ham aytgan bo‘lishlari kerak, lekin men unutdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:14:21

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taoloning omonatini topshirmoqqa hozir bo‘lganlarida uyda bir qancha kishilar bor erdi. Janob Rasululloh ularga: «Beri kelingizlar, sizlarga bir vasiyatnoma yozib berayki, uni o‘qigach, sira yo‘ldan adashmagaysizlar!» — dedilar. Shunda ba’zilar: «Janob Payg‘ambarimizni dard yengib qo‘yibdi, axir sizlarda Qur’oni Karim mavjudku, bizga Ollohning Kitobi kifoya qilgay!»— deyishdi. Natijada, uydagi kishilar o‘rtasida ixtilof chiqib, o‘zaro tortishib qolishdi. Ulardan biri «Tepalariga yaqinroq boringizlar, sizlarga vasiyatnoma bitib bergaylar, keyin yo‘ldan adashmagaysizlar!» desa, yana biri buning aksini aytar erdi. Huda-behuda gaplar ko‘payib, tortishuv kuchaygach, Janob Rasululloh: «Turingizlar, chiqib ketingizlar!»— deb amr qildilar».

Ubaydulloh bunday deydilar: «Ibn Abbos: «Bu qanday kulfat bo‘ldiki, ularning huda-behuda gaplari va ixtiloflari Janob Rasulullohning vasiyatnoma bitib bermoqlariga imkon bermadi!»—deb aytar erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:14:32

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fotima alayhossalomga dillaridagi bir gapni aytib erdilar, ul muhtarama yig‘lab yubordilar, keyin yana bir gapni aytib erdilar, kulib yubordilar. Shunda biz ul muhtaramadan buning boisini so‘radik. Ul muhtarama: «Janob Rasululloh avval menga vafotlari arafasidagi xastalik chog‘larida olamdan o‘tajaklarini aytdilar, men yig‘lab yubordim, keyin o‘z ahllaridan birinchi bo‘lib ul kishiga ergashajagimni ma’lum qildilar, men kulub yubordim»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Payg‘ambar ikki dunyodan birini ixtiyor qilmaguncha, o‘lmaydi, deb eshitgan erdim. Keyin, Janob Rasululloh vafotlari arafasida xastalanib yotgan chog‘larida buni o‘zlaridan eshitib, haqiqat erkanligiga amin bo‘ldim. Ul zot «Ma’al-laziyna an’amallohu alayhim» degan oyati karimani o‘qidilar, shunda «U dunyoni ixtiyor qilibdilar» deb o‘yladim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:14:43

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh o‘zlarini u dunyoga olib ketgan xastalik chog‘larida nuqul «Fi-r-Rafiq-il-a’lo!» der erdilar» (Qastaloniyning aytishlaricha, «Ar-Rafiq al-a’lo» iborasini bir necha ma’noda talqin qilish mumkin bo‘lib, ba’zi ulamolar: «Osmoniylardan ham yuqoriroqda maskan tutgan anbiyolar jamoasi nazarda tutilgan»,— deyishsa, ba’zilari: «O’z bandalarining do‘sti bo‘lmish Olloh taolo nazarda tutilgan»,— deyishadi).

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sog‘-salomat yurgan kezlarida: «Payg‘ambarlar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, vafot etmaydi, avval unga jannatdagi joyi ko‘rsatiladi, so‘ng u bu dunyodan voz kechib, oxirat dunyosini ixtiyor qiladi»,— der erdilar. Ul zot xastalanib, Azroil huzurlariga kelganda, boshlari mening tizzamda bo‘lib, hushlaridan ketgan erdilar. Uzlariga kelgach, ko‘zlarini uyning shiftiga tikkanlaricha: «Ollohumma, fi-r-Rafiq-il-a’lo» («Yo Ol-loh, meni Buyuk do‘st bo‘lmish o‘zingga yetishtirgil!») — dedilar. Men: «Demak, bizni ko‘ngillari xushlamayotir, sog‘-salomat yurgan kezlarida aytgan gaplari shu erkan-da!»— deb xayolimdan o‘tkazdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:14:54

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr Rasulullohning huzurlariga kirdi. Shunda men ul zotning boshlarini ko‘kragimga suyab o‘ltirgan erdim, Abdurrahmon ersa qo‘lidagi misvok birlan tishini tozalar erdi. Janob Rasululloh unga bir nazar tashlab erdilar, men undan misvokni olib, uchini sindirib tashladim, so‘ng suvini silkitib pokizaladim-da, ul zotga uzatdim, u birlan tishlarini tozaladilar. Men ul zotning shunga qadar bunchalik o‘ta xafsala birlan tish tozalaganlarini ko‘rmagan erdim. Janob Rasululloh tishlarini tozalab bo‘lishlari birlanoq qo‘llarini ko‘tarib uch bor «Yo Olloh, meni Buyuk do‘st bo‘lmish o‘zingga yetishtirgil!» — dedilar-da, olamdan ko‘z yumdilar, boshlarini bag‘rimga bosgancha qoldim».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lsalar, muavvizotni o‘qib o‘zlariga o‘zlari dam solar, qo‘llariga ham dam solib badanlariga surtar erdilar. Dardlari og‘irlashib qolganda ersa, men o‘zim muavvizotni o‘qib ul zotga dam solar, nafi tegsin, deb o‘zlarining qo‘llari birlan badanlarini silar erdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:15:21

Ibod ibn Abdulloh ibi az-Zubayr bunday deydilar «Oisha raziyallohu anho Janob Rasulullohning xastalangan vaqtlarida orqalariga suyanib turib «Yo Olloh, meni mag‘firat qilgil, menga rahm qilgil va meni do‘stga yetishtirgil!» — deb aytganlarini quloq tutib eshitgan erkanlar»

Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u dunyoga olib ketgan xastalik vaqtlarida «Olloh taolo o‘z payg‘ambarlari qabrlarini masjid    qilib    olgan   yahudiylarni    la’natlasin!»—    deb    erdilar,    agar    shunday demaganlarida erdi, men ul zotning qabrlarini hashamatli qilib qo‘ygan bo‘lur erdim, ammo ul zot aynan shunday qilinishidan xavotir olganlar»,— dedilar Oisha raziyallohu anho»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:15:31

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xastalanib, dardlari og‘irlashib qolganda barcha jufti halollaridan mening hujramda yotmoqlari uchun ijozat so‘radilar, ular rozi bo‘lishgach, ikki kishi — Abbos ibn Abdulmuttalib va yana bir odam qo‘ltiqlagan holda oyoqlarini zo‘r-bazo‘r sudrab mening hujramga chiqdilar»

Ubaydulloh bunday deydilar: «Men Oisha raziyallohu anho aytgan gaplarni Abdullohga aytgandim, u mendan «Oisha raziyallohu anho nomini tilga olmagan o‘shal ikkinchi odamning kimligini bilasanmi? — deb so‘radi. Men «Yo‘q»,— dedim Abdulloh ibn Abbos «Ushal odam Ali ibn Abu Tolib erdilar. Oisha raziyallohu anho «Janob Rasululloh hujramga kirganlarida dardlari yana ham og‘irlashdi. Shunda «Yettita og‘zi ochilmagan meshda ustimdan suv quyingizlar!»—deb amr qildilar, ul zot odamlar qoshiga chiqib, ularga pand-nasihat qilmoqni iroda qildilar, shekilli. Biz ul zotni o‘zlarinish jufti halollaridan biri bo‘lmish Hafsaning tog‘orasiga o‘tqazib qo‘idik, so‘ng «Bo‘ldi, yetarli!» demagunlaricha o‘shal yettita meshda ustilariga suv quya boshladik Keyin, turib odamlar qoshiga chiqdilar, ularga imomlik qilib namoz o‘qidilar va xutba qildilar» — deb aytar erdilar» — dedi».

Qayd etilgan