Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bag‘rimda zrkanliklarida jon taslim qildilar, men Janob Rasulullohdan keyin barcha mo‘minlarga ham shunday tez (oson) jon taslim qilmoqlik nasib bo‘lmog‘ini ravo ko‘rgayman!»
Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Janob Rasulullohning huzurlaridan (ul zot xastalanib o‘lim tushagida yotgan erdilar) tashqariga chiqdilar. Shunda odamlar ul kishidan «Ey Abulhasan, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ahvollari qanday?»—deb so‘rashdi. Hazrat Ali: «Olloh taologa shukur, sog‘ayib qoldilar!» — dedilar. Shunda, Abbos ibn Abdulmuttalib qo‘llaridan tutib, ul kishiga: «Siz, xudo haqi uch kundan so‘ng, asoning quli bo‘lursiz (ya’ni, qo‘lingizga aso tutib, tobut oldida borgaysiz) Men ersam, xudo haqi, Janob Rasulullohni mana shu dardlari olib ketadi, deb o‘ylayman, men Abdulmutalib avlodlarining o‘lim oldidagi qiyofasini yaxshi bilurman. Biz birlan birga ul zotning huzurlariga yuringiz, so‘raylikchi, o‘zlaridan keyin kimni xalifa qilib qoldirmoq niyatida erkanlar. Agar bizni xalifa qilmoqchi ersalar, buni bilib qo‘yaylik, basharti bizdan boshqalarni tayi nlamoqni iroda qilgan ersalar, bundan ham voqif bo‘lib qo‘yaylikki, bizga bu haqda vasiyat qilsinlar!» — dedi. Hazrat Ali unga: «Biz, xudo haqi, agar ul zotdan xalifalik xususida so‘rasak, bizga javob qilmaydilar-da, odamlar ul zot vafot qilganlaridan so‘ng, bizga xalifalikni berishmagay, men bunday deb so‘ramagayman!» — dedilar».