Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482725 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:22:01

3-bob.

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Surai «Baqara» dagi) «ila shayotiynihim» iborasi «munofiq va mushrik bo‘lmish o‘z sheriklari birlan» degani, «Muhiytun bil-kofiriyna» jumlasi «Olloh taolo kofirlarni Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatu dini birlan qurshab olgandur» degan mazmunda, «alal-xoshi’iyna»— «mo‘minlarga», «bi-quvvatin» ersa «bor kuchi birlan» demakdur».

Abuloliya bunday deydilar: «(Surai «Baqara»dagi) «marazun» so‘zi «shak» demakdur, undan keyingi («fa-zodahumullohu marazan» — «Olloh taolo ularning shaklarini yanada ziyoda qildi» degan) jumla ersa qolganlarga bir ibratdur. «Lo shiyata» degani «dog‘siz, aybsiz» deganidur»

Mujohiddan bo‘lak bir tafsirchi bunday deydilar: «Yasuumuunakum» degani «Sizlarga xo‘jayinlik qilur erdilar» degan ma’nodadur».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:22:11

Ba’zi mufassirlar: «Yeyiladigan donlar (Al-Hubu-ub)ning barchasi bug‘doydur»,— deydilar.

Qatoda: «Fa-bouu» degani «qaytdilar» degani»,—deydilar.

Boshqa bir mufassir: «Yastaftihuuna» degani «madad so‘raydilar» degani, «sharuu» degani «o‘ylamay-netmay sotdilar» degani»,—deydilar.

Olloh taolo: «Bila turib Ollohga shirk keltirmangizlar!»— deydi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:22:28

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat kiladilar; «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Qanday gunoh Olloh taolo dargohida eng og‘ir gunoh?» deb so‘radim. Ul zot: «Uzingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!» — dedim-da, «Undan so‘ng qaysi?» deb so‘radim. Ul zot: «Ovqatimga sherik bo‘lmasin, deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!»—dedim-da, «Undan keyinchi?»— dedim. Ul zot bunday dedilar: «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilishmog‘ingdur. Olloh taolo bul xususda: «Biz sizlarga bulutni soyabon qilib berdik va biz o‘zlaringizga rizq qilib bergan ne’matlarning pokizasidan yengizlar, deb mann va salvoni (osmondan) sizlarga tushirdik va ular bizga zulm qilmadilar va lekin o‘zlariga zulm qilur erdilar»,— degan».

Mujohid: «Mann — ko‘rinishi limonga o‘xshash shirin meva, salvo — qush»,— deydilar.

Sa’id ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mann zamburug‘i va uning suvi ko‘zga davodur» deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:22:56

4- bob.

Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga: «Mana bu shaharga (qishloqqa) kiringizlar!» — dedikmi, bas, ul yerda xohlagan joyingizda istaganingizcha yengizlar va sajda qilgan holda eshikka (darvozaga) kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar, biz xatolaringizni mag‘firat qilurmiz va yaxshilarga ziyoda karam qilurmiz!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Sajda qilgan holda darvozaga kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar!» deb Banu Isroilga aytildi, shunda ular ketlarini yerda sudrab kirib borishdi-da, mag‘firat tilash o‘rniga, ya’ni «hitta» deyish o‘rniga «hinta» (bug‘doy) deb aytishdi».

Olloh taoloning qavli: «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «Ushal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh, taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb aytgil!»

Ikrima: «Jabr, Mik va Asrof (Jabroiyl, Mikoiyl va Asrofiyl) — Iyl (ya’ni, Olloh) ning qullari»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:23:11

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom kuzgi shudgor qilayotib, Janob Rasulullohning kelayotganlarining daragini eshitdi. Janob Rasululloh kelib, unga: «Men sendan payg‘ambarlargina biladirgan uch narsa haqida so‘rayman Qiyomatning dastlabki alomatlari qanday? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom qaysi? Nima sababdan farzand otasi yoki onasiga tortadi (o‘xshab qoladi)?»—dedilar. Abdulloh ibn Salom: «Ha, bilaman, farishtalardan bo‘lmiga va yahudiylarga dushman o‘shal zot (ya’ni, Hazrat Jabroil).» deya «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «O’shal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb aytgil!» degan oyati karimani tilovat qildi. So‘ng, u: «Qiyomatning dastlabki alomati shulki, alanga ko‘tarilib, Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan odamlarni to‘plagay, jannat ahlining dastlabki taomi ersa, nahangning jigar o‘simtasidir, farzandning otasi yoki onasiga tortib qolishining boisi — agar erkakning suvi ayolning suvidan ildamlik qilsa, onasiga tortadi»,— dedi. Keyin, u: «Ollohdan bo‘lak tangri yuqligiga, sizning Olloh taoloning rasuli erkanligingizga shahodat keltiraman! Yo Rasulalloh, yahudiylar betayin qavm bo‘lib, agar ular mening islomga kirganimni siz ulardan mening haqimda so‘ramasingizdan ilgari sizdan bilib olishsa, meni badnom qilgaylar»,— dedi. Shul asnoda yahudiylar kelib qolishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ulardan «Abdulloh (ibn Salom) oralaringizda qanday mavqega ega?» — deb so‘radilar. Ular: «U bizning eng yaxshi odamimiz va eng yaxshi odamimizning farzandidur hamda u bizning ulug‘imiz va ulug‘imizning farzandidur!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh ibn Salomning islomni qabul qilganini bildingizlarmi» — dedilar. Ular: «Olloh taolo uni bundan o‘z panohida asrasin!» — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom chiqib kelib: «Ashhadu anlo iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi!»—dedi. Ular «U bizning eng yomon odamimiz va eng yomon odamimizning farzandidur!» — deb uni badnom  qilishdi. Abdulloh ibn Salom: «Yo Rasulalloh, men mana shundan cho‘chigan erdim!» —dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:23:34

5-bob. Olloh taoloning «Biz qaysi oyatni bekor qilurmiz yo unutdirurmiz...» degan
qavli xususida


Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deydilar «Ubay bizga («Baqara» surasini) qiroat qilmoqni o‘rgatdi. Shunda Hazrat Ali bizning xayu o‘qiganimizni aytdilar. Ubay «Men bu surani Janob Rasulullohning o‘zlaridan tula o‘rganib olganman, uni chala yod olgan ermasman, Olloh taolo «Biz qaysi oyatni mansux (bekor) qilurmiz yo unutdirurmiz» degan»,— dedi»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:23:47

6-bob. Olloh taoloning «Va ular: «Olloh taoloning farzandi bordur»,— derlar»
degan qavli xususida


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Olloh taolo bunda: dedi»,— dedilar. «Odam bolasi menga tuhmat qildi, u bunday qilmasligi lozim erdi, (Odam bolasi) meni haqorag qildi, u bundai qilmasligi lozim erdi! Ammo, menga tuhmat qilgani xususiga kelsak, u meni ilgarigi holiga qaytarolmaydi, deb ta’kidlaydi Ammo, meni haqorat qilgani xususiga kelsak, «Olloh taoloning bolasi bor, u o‘ziga juft va bola qila oladi»,— deydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:24:00

7-bob. Olloh taoloning «Ibrohim Maqomini doimiy ibodatgoh qilib olingizlar!»
degan qavli xususida


Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bunday dedilar: «Olloh taolo mening uch iltijomni ro‘bga chiqardi. 1) «Yo Rasulalloh, Ibrohim Maqomini ibodatgoh qilib olsangiz erdi!» deb aytganimda 2) «Yo Rasulalloh, huzuringizga yaxshi ham, yomon ham kirib turadi mo‘minlarning ayollarini hijob (chochvon, parda) kiyishga amr qilsangiz erdi!» deb aytganimda Olloh taolo «Hijob oyatini nozil qildi 3) Keyin, men Janob Rasulullohning ba’zi ayollariga dashnom berganlarini eshitib qolib, ularning xuzuriga kirdim-da «Olloh taolo birlan uning rasulini o‘zlaringizdan afzal, deb bilsangizlar erdi!» — dedim. Shunda ul zotning ayollaridan biri kelib, mesha «Ey Umar hatto Janob Rasulullohning og‘izlaridan ayollariga nisbatan sen aytgan so‘zlar chiqmagan erdi!» — dedi. Shunda Olloh taolo: «Uning parvardigori, agar u sizlarni taloq qilsa, o‘rningizga sizlardan yaxshiroq muslima xotinlarni unga juft qilib qo‘yishga qodirdur!» degan oyati karimasini nozil qildi»

Olloh taoloning qavli: «Ibrohim va Ismoil Ka’ba devorlarini ko‘tarayotganda «Ey bizning parvardigorimiz, qabul etgil bizlardan (bu xizmatni), darhaqiqat sengina eshitguvchi, bilguvchidursan!» deb aytur erdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:24:08

Oisha raziyallohu taolo anho bunday deb xabar beradilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmingning Ka’bani (qayta) qurishayotib, Ibrohim alayhissalom qo‘iib ketgan poydevorlarni pasaytirib qo‘yishganini kurmaysanmi!» — dedilar. Men «Yo Rasulalloh, Ibrohim alayhissalomning poydevorlarini asliga keltirib qo‘ymaysizmi?»—dedim. Ul zot: «Qavming kufrdan qaytib, endigina islomga kirmagan bo‘lganida, shunday qilgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar «Oisha raziyallohu anho bu hadisni Janob Rasulullohdan eshitgan bulsalar-da, men «Janob Rasululloh Ka’ba devorlari Ibrohim alayhissalom qurganlaridek qilib qayta qurilmagani uchungina hijr (devor) yonidagi ikki ustunni silab tavof qilmaganlar»,— deyolmayman»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:24:23

8-bob. Olloh taoloning «Ollohga va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» deb aytingizlar!» degan qavli xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kitob axli Tavrotni ibroniycha qiroat qilib, uni islom ahliga arabcha tafsir qilishar erdi. Janob Rasululloh «Kitob ahliga ishonmangizlar ham, ularni yolg‘onchi demangizlar ham, ularga «Olloh taologa va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» — deb aytingiz-lar!» — dedilar»

Qayd etilgan