Hishom ibn Urvaning otalari bunday degan erkanlar: «Men yosh bola bo‘la turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oisha raziyallohu anhoga: «Olloh taoloning «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur (udumlaridandur), bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh-«ermas» degan oyati haqida nima deysiz? Men Safo va Marvani tavof qilmagan odam gunohkor bo‘lmaydi, deb hisoblayman»,— dedim. Oisha onamiz: «Aslo unday ermas, agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof qilmasa ham, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular (musulmon bo‘lmoqlaridan avval) Manot degan butga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ular Safo va Marvani tavof qilmoqqa botinishmas erdi. Islom joriy bo‘lib, musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Janob Rasulullohga shul haqda savol berishdi. Shunda Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oraligida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimani nozil qildi»,— dedilar»