Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482608 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:26:31

Alqama raziyallohu anhu Abdulloh haqlarida bunday deydilar: «Abdulloh ovqatlanib o‘ltirgan erdi, huzuriga Ash’as kirib kelib: «Axir, bugun ashuro oyi-ku?!» —dedi. Abdulloh: Ashuro oyida ramazon haqida oyat nozil bo‘lmasidan burun ro‘za tutilar erdi, ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil bo‘lgach, bu oyda ro‘za tutmoqlik tark etilgan, beri kel, ovqatlan!» — dedi».

Oisha raziyallohu taolo anho rivoyat  qiladilar:  «Biz Quraysh  ahli johiliyat davrida ashuro oyida ro‘za tutar erdik, Janob Rasululloh ham tutar erdilar. Madinaga kelganlarida ashuro ro‘zasini tutdilar, boshqalarga ham tutmoqni amr qildilar. Olloh taolo ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil qilib, uni farz qilgach,  ashuro oyida ro‘za tutilmaydirgan bo‘ldi. Ashuro ro‘zasini xohlaganlar tutib, xohlamaganlar tutmas erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:26:49

12-bob. Olloh taoloning «Bir necha sanoqli kunlar sizlardan kimki bemor bo‘lsa yoki  safarda bo‘lsa, boshqa kunlar hisobiga (ro‘zani) to‘ldirgaysiz, (ro‘za tutmoqka) qodir  kishilar ersa, bir miskinni tuydirarlik taom fidya qilgaylar, kimiki o‘z rag‘bati ila yaxshilik  qilsa, bu uning o‘zi uchun yaxshidur va agar bilsangizlar, ro‘za tutmoqlaringiz o‘zlaringiz uchun yaxshidur» degan qavli xususida

Ato raziyallouu anhu. «Olloh. taolo aytganiga binoan, kishi kasal bo‘lib, sillasi quriganda ro‘zasini buzgay»,— dedilar.

Hasan va Ibrohm bola emizuvchi hamda homilador ayol xiqida so‘zlab: «Agar ular ikkisi o‘zlaridan yoki bolalaridan xavotirlansalar, ro‘zalarini buzib, keyin qazosini tutaveradilar, ammo keksa odam ro‘za tutmoqqa qudrati yetmasa.. Masalan: Anas keksayib qolgach, bir-ikki yil davomida har kuni bir miskinga non, go‘sht berib, Olloh aaoloning «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar .» degan qavlini qiroat qilib, ruza tutmay yuraverdilar, bundaylar ersa ko‘p erdi»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:27:04

Ato raziyallohu anhu Ibn Abbosniig «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar ersa, bir miskinni tuydirarlik taom fidya kilgaylar» degan iyatni qiroat qilganini eshitdilar. Ibn Abbos: «Vu oyat bekor qilingan ermas. agar keksa kishi yeki keksa ayol ro‘za tutmoqqa kodir bo‘lmasalar, har bir ro‘za tutilmagan kun badaliga bir miskinni chuydirmogi lozim bo‘ladi, Olloh taolo «Sizlardan qaysi biringiz (ramazon) oyining shohidi bo‘lsangiz, uning ro‘zasini tutingiz!» deb aytgan»,— dedilar.

Nofi’ bunday deydilar. «Ibn Umar raziyallohu anhu «...bir miskinni to‘ydirarlik taom fidya qilgaylar...» deb qiroat qildilar-da, «Bu oyat mansux qilingan»,— dedilar».

Salama ibi al-Akva’ rivoyat qiladilar: «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar ersa, bir miskinni to‘ydirarlik taom fidya qilgaylar» degan oyat nozil bo‘lganda fidya berib ro‘za tutmay yuradiganlar chiqib qoldi, shunda mazkur oyatdan keyingi oyat nozil bo‘lib, avvalgisini mansux qildi».

Abu Abdulloh: «Bukayr Yaziddan ilgari vafot qildi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:27:20

Olloh taoloning qavli: «Ro‘za kechalarida xotinlaringizga yaqinlik qilmoqlaringiz sizlarga halol qilindi, ular sizlarga libosdurlar va sizlar ham ularga libosdursizlar (ya’ni, erkagu ayol tunda suhbat qurganda libos yanglig bir-birlarining bo‘yinlaridan quchoqlaydilar), Olloh taologa ma’lumdurki, sizlar o‘zlaringiz o‘zlaringizga xiyonat qilur erdingizlar, bas u tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi, endi sizlar ularga yaqinlik qilaveringizlar va Olloh taolo o‘zlaringizga yozgan narsani (farzandlarni) so‘rangizlar!».

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil qilgach, odamlar ramazon davomida eyollari birlan jimo’ qilmasliklari lozim erdi, shundai bo‘lsada ba’zilar o‘zlariga xiyonat qilishar erdi. Keyin, Olloh taolo «Olloh taologa ma’lumdurki, sizlar o‘zlaringiz o‘zlaringizga xiyonat qilur erdingizlar, bas u tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi» degan qavlini nozil qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:27:52

13- bob Olloh taoloning «... va tongning oq ip qora ipdan aniq farqlanadirgan paytigacha yeb-ichingizlar, so‘ng kechgacha ro‘za tutingizlar va ularga (ayollarga) masjidlarda e’tikofda o‘ltirganingizda yaqinlik qilmangizlar, bular Olloh taoloning ta’qiqlovchi chegaralari bo‘lib, zinhor ularga yaqin bora ko‘rmangizlar, Olloh taolo shu tariqa odamlarga o‘z ko‘rsatmalarini bayon qilur, shoyad ular taqvo qilsalar deb» degan qavli haqida

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Adiy ba’zi kechalar bir chatim oq va bir chatim qora ipni olib, ularga nazar tashlab qo‘yar, lekin sira ham ajrata olmas erdi. Bir kuni tong otgach, Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, yostig‘im ostiga oq va qora ip qo‘yib qarayman, lekin sira ham ularni ajrata olmayman!» —dedi. Ul zot «Agar yostig‘ing keng (katta) bo‘lsa-yu, ostiga oq va qora ip qo‘yib qarasang, farqlay olmagaysan (oq va qora ipdan maqsad, tong va kechqurundur)»,— dedilar»

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, «oq ipu qora ip» nima degani, bu yerda haqiqatan ham oq va qora ip haqida gapirilayaptimi?» — dedim. Ul zot «Agar ip deb o‘ylagan bo‘lsang, kallavaram erkansan!»—dedilar, so‘ng «Aslo unday ermas, ular tun qorong‘uligi-yu, kun yorug‘ligidur»—deb aytdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:28:10

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Olloh taoloning «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichingizlar» degan qavli nozil bo‘ldi, lekin «tongdan boshlab (tongning oq ip qora ipdan farqlanadirgan paytigacha)» degan qavli hanuz nozil bo‘lmagan erdi. Shunda, odamlar ro‘za tutmoqchi bo‘lsalar, oyoqlariga oq va qora ip bog‘lab olib, to ularni bir-biridan ajratadirgan bo‘lgunlaricha yeb-ichaverdilar. Keyin, Olloh taolo «tongdan boshlab (tongning oq ip qora ipdan farqlanadirgan paytigacha)» degan qavlini nozil qildi. Bundan odamlar bildilarki oq ip va qora ipdan maqsad, subxdan kechqurungacha erkan. Olloh tolo Uylarga orqa tomondan (yoki tomdan oshib) kirmoqlaringiz yaxshi amal ermas, balki kishining Olloh taolodan taqvo qilgani yaxshi amaldur, uylaringizga eshik orqali kiringizlar, Olloh taolodan taqvo qilingizlar, shoyad najot toisangizlar!» — deydi (kadimgi arablar ehromga kirgandan so‘ng, yana uylariga kirmoqchi bo‘lsalar, eshik qolib, tomdan oshib tushar yoki uyning orqa tomonidan kirar erdilar va buni yaxshi amal, deb e’tiqod qilar erdilar)»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:28:18

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladiyaar: «Arablar johiliyat davrida ehrom bog‘lasalar, uylariga tomdan oshib tushar erdilar Keyin, Olloh taolo «Uylarga orqa tomondan (yoki tomdan oshib) kirmoqlaringiz yaxshi amal ermas, balki kishining Olloh taolodan taqvo qilgani yaxshi amaldur, uilaringizga eshik orqali kiringizlar», shuningdek «Va fasod qolmaguncha hamda Olloh taoloning dini qoim bo‘lmaguncha ularga karshi urushingizlar, agar ular dushmanlik qilmoqdan qayqalar, zolimlarga nisbatangina adovat bordur!» degan qavlini nozil qildi»

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar- «Ikki kishi Ibn az-Zubayr fitnasi vaqtida Ibn Umarning huzuriga kelib «Odamlar kanday ishlar qilishdi siz bo‘lsangiz, payg‘ambarimizning do‘stlari bo‘la turib indamay o‘ltiribsiz, ularga qarshi kurashishingizga sizga nima mone’lik qiladi?» — deyishdi. Ibn Umar «Olloh taoloning o‘z birodarlarim qonini to‘kmoqni man qilgani mone’lik qiladi!» — dedi. Ular «Olloh taolo «Va fasod qolmaguncha ularga qarshi urushingizlar!» deb aytmaganmi, axir?'» — deyishdi. Ibn Umar «Biz fitna qolmaguncha va Olloh taolo dini qoim bulguncha urushdik, nima, endi sizlar yana fitna sodir bo‘lib, Olloh taoloning dini barbod bulguncha urush qilmoqchimisizlar?!» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:28:29

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Ibn Umarning qoshiga kelib «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo yulida jihod qilmay bir yil haj va bir yil umra qilganingizning boisi nima? Bu haqda Olloh taolo nimani iroda qilganini bilaman!» — dedi. Ibn Umar «Ey jiyanim, islom besh narsa asosida qurilgan. Olloh taolo birlan uning rasuliga iymon keltirmoq, besh vaqt namoz o‘qimok, ramazon ro‘zasini tutmoq, zakot bermoq va Baytullohga haj qilmoq», — dedi. Boyagi kishi: «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo o‘z Kitobida «Agar ikki guruh mo‘minlar o‘zaro urushsalar, oralarini kelishtirib qo‘yingizlar, basharti o‘shal guruhlardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, tajovuz qilgan guruhga qarshi Olloh taoloning amriga itoat qilgunlarigacha va fitna qolmaguncha urush qilingizlar!» deb aytganini eshitmaganmisiz?» — dedi. Ibn Umar: «Biz Janob Rasulullohning zamonlarida shunday qilgan erdik, o‘sha vaqtlarda islom hali zaif bo‘lib, odam o‘z dini xususida fitna qilsa, yo uni o‘ldirishar yohud unga azob berishar erdi. Endi bo‘lsa, islom kuch-quvvatga to‘lgan bo‘lib, fitna sodir bo‘lmaydi»,— dedi. Boyagi odam: «Ali va Usmon haqida nima deysiz?» — dedi. Ibn Umar: «Usmon xususiga kelsak, Olloh taolo ul kishini afv qildi, ammo sizlar uni afv qilmoqdan bosh tortdingizlar. Ali to‘g‘risida gapiradirgan bo‘lsam, u Janob Rasulullohning amakilarining o‘g‘li bo‘lib, unga o‘z qizlarini berganlar»,— dedi-da, qo‘li birlan bir tomonga ishora qilib: «Mana bu ko‘rib turganingiz o‘shaning uyi bo‘ladi!» — deb aytdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:28:44

14-bob. Olloh taoloning qavli: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar, yaxshilik qilingizlar, zero Olloh taolo yaxshilik qilguvchilarni sevgay»

Huzayfa: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar ..» degan oyati karima nafaqa to‘g‘risida nozil bo‘lgan»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:28:57

15-bob. Olloh taoloning «Bas, sizlardan birortangiz kasal bo‘lsa yoki uning boshida ozor  yetkazuvchi narsa bo‘lsa...» degan qavli haqida

Abdulloh ibn Ma’qil raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Kufa masjidida Ka’b ibn Ujraning huzurida o‘ltirib, ro‘za fidyasi to‘g‘risida so‘radim. Ka’b bunday dedilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomching huzurlariga bir xizmat birlan borgan erdim. Shunda boshimdagi bitlar yuzimga to‘kilib turgan erdi. Buni ko‘rib Janob Rasululloh: «Bitlar senga bunchalik azob berayotganini bilmagan erkanman, bir qo‘y topa olasanmi?»— dedilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Unday bo‘lsa, sochingni oldir-da, keyin uch kun ro‘za tutgil yoki olti miskinni to‘yg‘azgil, har bir miskinga yarim so’ taom bergil!»—dedilar. Quyidagi «Kimki umra birlan haj ham qilib savob topmoqchi bo‘lsa, o‘zi muyassar bo‘lgan qurbonlikni so‘ysin» degan oyat mening haqimda nozil bo‘lgan bo‘lsa ham, barchangizga taalluqlidur».

Qayd etilgan