30- bob. Raji’, Ra’l, Zakvon, Bi’ri Ma’una g‘azotlari hamda Uzal, Qorra, Osim ibn Sobit, Xubayb va uning ashoblari haqidagi hadislar
Osim ibn Amr rivoyat qiladilarki, Raji’ gazoti Uhud janggidan keyin sodir bo‘lgan erkan.
Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida bir guruh kishilarni mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordidar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Xadda degan yerga yetganlarida Xuzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar, Mushriklar musulmonlar to‘xtab dam olgan yerda xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni-qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!»—deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: «Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh tilab tushmayman» — dedilar, so‘ng «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor kilgaysen » — deb iltijo qildilar Mushriklar Osim birlan yana olti kishini otib o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Xubayb, Zaid va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar ularni qurolsizlan-tirgach, kiyimlarini yirtib, oyoq-qo‘llarini bog‘ladilar. Shunda musulmonlardan uchinchi kishi (Abdulloh ibn Toriq) «Xudo haki, bu xiyonatning boshidur!»~deb ular birlan birga ketishdan bosh tortdi. Mushriklar uni o‘sha joyning o‘zida o‘ldirishdi, Xubayb birlan Zaydni ersa Makkaga olib borib qul qilib sotishdi. Xubaybni Xars ibn Omirning o‘g‘illari sotib olishdi. Hubayb Hars ibn Omirni Badrda o‘ldirgan erdi. Shuning uchun uning o‘g‘illari Xubaybni biroz muddatdan so‘ng o‘ldirmoqqa qaror qildi-lar. Buni sezgan Xubayb Harsning qizidan ustara so‘rab olib, poklandi. Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Xu-baybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Xubaybning tizzasida o‘ltirgan holda ko‘rdi, Xubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qo‘rqib ketganimni sezib, Xubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman » — dedi,— deydi ayol,— Olloh taolo nomi birlan qasamed qilurmenki, men Xubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman Qasamed qilurmenki, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki shu vaqtda Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Xubaybga Olloh taoloning o‘zi buni rizq qilib beryapti» — der erdi. Xubaybni qatl kilmoqqa olib chiqqanlarida, u « ikki rakat namoz o‘qimog‘imga ijozat beringiz-lar » — dedi. Namozni o‘qib bo‘lgach- «Ulimdan qo‘rqqanidan namoz o‘qiyapti, demaganingizda erdi, ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lur erdim - deb aytdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonga o‘limi oldidan namoz o‘qimoq sunnat bo‘lib qoldi Xubaib «Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin'»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi
«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas, Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas. Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga, Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas» Keyin, Uqba ibn Hars Xubaybning oldiga bordi-da, uni o‘ldirdi. Osim Quraysh kattalaridan birini Badrda o‘ldirgan erdi.Shu boisdan Osimning o‘ldirilganini eshitgan Quraysh bunga ishonch hosil qilish uchun uning biror a’zosini kesib kelmoqqa odam yubordi. Shunda Olloh taolo bulutdek asalarilar to‘pini yo‘lladi, Quraysh mushriklari Osimning jasadiga yaqinlasha olmadi, arilar Osimni himoya qildi»