Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483231 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 114 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:27:56

«AL-JOSIYA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Va halok etmish bizni faqat zamona»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo: «Odamiyzod zamonni so‘kib, menga ozor berur, vaholanki zamon men o‘zimman, barcha ishlar mening qo‘limda bo‘lib, kecha birlan kunduzni almashtirurman»,— deydi».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:28:09

«AL-AHQOF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Va ul odamiki, der o‘z ota-onasiga: «Tuf sizlarga, va’da qilursizlarmi mangaki, man qabrdan chiqarilurman? Holbuki, har qancha jamoat o‘tdilar, mandan avval». Ikkisi faryod qilurlar Ollohga, (derlar): «Afsus holingga, iymon keltirgil, Ollohning qayta tirilmoq haqidagi va’dasi albatta qaqdur!», keyin ul derki, «.Bu avvalgilardan qolgan bir afsonalardur»

Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Marvon Mu’oviya tomonidan Hijozga hokim etib tayinlangan erdi. U bir kunl odamlarni yig‘dida, ularga xutba o‘qib Yazid ibn Mu’oviya haqida yaxshi so‘zlarni gapirdi, otasi o‘rniga endi unga bay’at qilishga da’vat qildi. Shunda Abdurrahmon ibn Abu Bakr Marvonga gapirayotib Yazid haqida haqoratli so‘zlarni aytdi. Marvon uni ushlashga buyurgan erdi, u qochib Oisha onamizning uylariga kirib oldi, Marvon uni tuta olmay: «Bu bola shundayki, uning haqida Olloh taolo va ul odamiki, der o‘z ota-onasiga: «Tuf sizlarga, va’da qilursizlarmi mangaki, man (ul dunyoda qayta) qabrdan chiqarilurman?...» degan oyatni nozil qilgan»,— dedi. Buni eshitib, Oisha raziyallohu anho hijob (parda) orqasidan: «Olloh taolo mening pokligim xususidagina oyat nozil qilgandur, bundan bo‘lak bizning haqimizda hech narsa nozil qilmagandur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:28:28

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Keyin, vaqtiki ular ko‘rdilar ul azobniki, bulut suratida kelur o‘z vodiylari tomon, dedilar: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yog‘in berur». Yo‘q-yo‘q, bu o‘zlaringiz tezroq kelishini xohlagan bir bo‘rondurki, unda dardli azob bordur!»

Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kichik tillari ko‘rinadirgan darajada qattiq kulganlarini sira ham ko‘rmaganman, ul zot faqat tabassum qilib qo‘yardilar, xolos. Agar shamol essa yoki bulutni ko‘rsalar, yuzlarida xavotirlik sezilar erdi. Bir kuni men: «Yo Rasulalloh, odamlar bulutni ko‘rsalar, yomgir yogur degan umidda xursand bo‘lurlar, sizning ersa bulutni ko‘rganingizda xavotir bo‘lganingizni ko‘rurman»,— dedim. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Ey Oisha, kelayotgan bulut o‘zi birlan azob olib kelmayotganmikan, deb xavotir olurman, chunki bir qavm bo‘ron (shamol) yuborilib azoblangan, ular ersa azobni ko‘rib: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yomgir berur»,— deganlar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:29:01

«ALLAZIYNA KAFARUU» YoKI «MUHAMMAD» SURASI

Olloh taoloning qavli: «Va qirqursizlar (uzursizlar) qarindoshlik aloqalaringizni"¦»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo yaratish ishidan forig‘ bo‘lgach, bachadon Olloh taoloning belbog‘idan tutdi. Olloh taolo unga: «Qo‘yib yubor!» —dedi. Bachadon: «Qon-qarindoshlik aloqalarining uzulmog‘idan asramog‘ingni tilaydirganning joyi hali shu bo‘ldimi?» — dedi. Olloh taolo «Agar men qon-qarindoshlik aloqalarini mustahkamlaganlarni yarlaqasam-u, uni uzganlardan ersa, rahmatimni forig‘ tuqam, rozi bulgaymi-san» — dedi. Bachadon «Ha, yo parvardigorim, rozidurman!» — dedi Olloh taolo «Shunday qilgumdur!» — dedi»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh qarindoshlik munosabatlari haqida so‘zladilar, so‘ng «Agar istasangizlar, mana bu «Bas, agar sizlar hukumatga ega bo‘lsangizlar, (amalu boylikka xirs qo‘yib) mamlakatda buzg‘unchilik qilursizlar va qirqursizlar qarindoshlik aloqalaringizni» degan oyatni o‘qingizlar!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:29:31

«AL-FATH» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz ato etdik sizga bir ravshan fathni (zafarni)...»


Zayd ibn Aslam rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarlaridan birida kechasi yo‘lda ketayotgan erdilar, Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu ham ul zot birlan birga erdilar. Shunda Hazrat Umar Janob Rasulullohdan bir savol so‘radilar, ammo ul zot javob qilmadilar. Hazrat Umar ikkinchi bor so‘radilar, ul zot yana javob bermadilar, uchinchi bor so‘raganlarida ham indamadilar Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu xayolan «Onang sendan ajrab qolgur, ey Umar! Janob Rasulullohdan uch bor so‘rading, ammo ul zot senga javob kilmadilar»,— deb qo‘ydilar. Hazrat Umar bunday deydmlar «Keyin, men tuyamni tezlatib odamlar tomon ilgarilab ketdim, «Mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi!» deb xavotirlandim Ko‘p o‘tmay, xabarchining meni chaqirganini eshitdim «Uzim haqimda oyat nozil bulishidan qo‘rqqan erdim-a!» — dedim-da, Janob Rasulullohning qoshlariga kelib salom berdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bu kecha menga shunday bir sura tushirildiki, bu sura men uchun quyosh charaqlab turgan bu dunyodan mahbubroqdur!»— dedilar, keyin «Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath (g‘alaba) ato qildik» deb tilovat qildilar»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu «Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath (g‘alaba) ato qildik» degan oyat Hudaybiyya g‘alabasi haqidadur»,— deydilar.

Abdulloh ibn Mugaffal rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fathi kuni «Al-fath» surasini chiroyli ovoz birlan qiroat qildilar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:30:05

1- bob Olloh taoloning qavli: «(Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath ato qildik), toki Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni mag‘firat qilsin va sizga o‘z ne’matini mukammal qilib, sizni siroti mustaqimga hidoyat qilsin...»

Mugiyra bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namozda shunchalik uzoq turardilarki, hatto oyoqlari shishib ketar erdi. Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni magfirat qilgan-ku, nechun o‘zingizni bunchalar qiynaysiz?» — deyishganda, ul zot «Olloh taoloning shu mehribonchiligiga shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»— dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namozda shu qadar ko‘p qiyomda turardilarki, hatto oyoqlari yorilib ketardi. Men «Yo Rasulalloh, nechun bunday qilursiz, axir Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni  mag‘firat qilgan-ku!» — deganimda,  ul zot «Shukr  qilguvchi  banda bo‘lmayinmi?» — dedilar. Ul zot vazminlashib qolganlaridan keyin, o‘ltirib namoz o‘qiydirgan bo‘ldilar, ruku’ qilmoqchi bo‘lganlarida turib qiroat qilardilar, keyin ruku’ga egilardilar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:30:17

2- bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar  yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik...»

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qur’ondagi «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik» degan oyat Tavrotda quyidagicha «Ey payg‘ambar, darhaqiqat biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi, ogohlantiruvchi va ummiylarga himoya qilib yubordik, siz mening bandam va rasulimsiz, men sizni «vakilim» deb atadim, (mening vakilim ersa) dag‘al va qo‘pol so‘z ermas, bozorlarda baqirib-chaqirib yurmagay, yomonlikka yomonlik birlan javob bermagay, balki afv etguvchi va kechirguvchidur, Olloh uning jonini olmagaydur, tokim ul yo‘ldan ozgan millatni «Lo iloha illalloh» degizib, to‘g‘ri yo‘lga solmaguncha va bu so‘z ila so‘qir ko‘zlarni, kar quloklarni va qulf qalblarni ochmaguncha».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:30:42

3- bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlarning dillariga orom tushirgan zot Olloh taolodur»

Barro raziyallohu anhu aytadilir: «Payg‘ambar alayhissalomning ashoblaridan biri Qur’on o‘qir erdilar, hovlida ul kishining otlari bog‘liq turgan erdi. Nogahon, ot bezovta bo‘la boshladi. Sahobiy chiqib qarasalar, hech narsa yo‘q, ammo ot bezovtalanaverdi. Ertalab ul kishi Janob Rasulullohga voqeani aytgan erdilar, ul zot. «Bu Qur’on birlan tushgan oromdur (sakinatdur)»,— dedilar («Sakinat»— o‘shal otmi hurkitib yuborgan «orom» bo‘lib, aytishlaricha u yuzi inson yuzi singari bo‘lmish bir yengil shaboda yoki mo‘minlar qalbiga orom beruvchi farishta erkan)».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:31:19

4- bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar daraxt tagida sizga bay’at  qilayotganlarida Olloh ulardan rozi bo‘ldi»

Jobir ibn Abdulloh; «Biz Hudaybiyya kuni bir ming to‘rt yuzta erdik»,— deydilar.

Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu: «Men daraxt ostida bay’at qilganlardan erdim. Ushanda Payg‘ambar alayhissalom tosh otish va g‘uslgohda siyishdan qaytardilar»,— deydilar (Tosh otishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘pdir. Chunki, u birlan ovni urib bo‘lmaydi, dushmanni o‘ldirib ham bo‘lmaydi. Ammo, u odamning biror yerini yorishi, ko‘zini ko‘r qilishi mumkin. Janob Rasululloh insonga zarar yetkazish ehtimolidan tosh otishni nahiy qildilar. G’usl qiladirgan joyga bavl qilishdan qaytarganlarining boisi shulki, agar yer qattiq bo‘lsa, siydik kishining o‘ziga sachraydi).

Sobit ibn Zahhokning aytishlaricha, ul kishi daraxt ashoblaridan erkanlar (Hudaybiiya vodiysidagi bir daraxt tagida hozir bo‘lgan musulmonlar, ya’ni, bir yarim ming sahoba Payg‘ambar alayhissalomga qo‘l berishib, to boshlariga o‘lim soati kelguniga qadar ul zotga sodiq bo‘lishga qasamyod qildilar. Qur’on ersa ularning payg‘ambar orqali Olloh taologa bay’at qilganlarini uqdiradi va bu bay’at islom tarixida «Bay’aturrizvon», ya’ni Olloh mo‘minlardan rozi bo‘lgan bay’at, deb nomlangan).

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:31:35

Habib ibn Abu Sobit: «Men bir narsani so‘rash uchun Abu Voilning oldiga borgan erdim, u: «Biz Siffayn degan joyda erdik»,— dedi (Siffayn — Furot daryosining vodiysi bo‘lib, shu joyda Hazrat Ali birlan Muoviya o‘rtasida katta jang bo‘lgan). Bir kishi kelib Ali raziyallohu anhudan: «Ollohning Kitobiga da’vat qiladirgan kishilarning gapiga ne deysiz?» — deb so‘radi. Hazrat Ali: «Qur’on oyatiga da’vat qilgan kishining gapini darhol qabul qilurman»,— dedilar. Shunda Sahl ibn Hanif: «Nafsingiz    yo‘liga    yurmangizlar,    ya’ni    aql    birlan    ish    tutingizlar, bizning Hudaybiyyadagi ishimizni, ya’ni Payg‘ambar alayhissalom birlan mushriklar o‘rtasida sulh tuzilganini bilursizlar. Agar urush qilmoqni istaganimizda erdi, urushgan bo‘lur erdik»,— dedi. Shul asnoda Hazrat Umar kelib, Janob Rasulullohga. Bizning ishimiz haq, ularning ishi ersa botil ermasmi? Bizdan o‘lganlar jannatda, ulardan o‘lganlar do‘zaxda bo‘lmaydilarmi?»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, shunday bo‘lgay!» — dedilar. Hazrat Umar: «Unda nechun Olloh taolo bizga hukm qilib turgan bir paytda ortga qaytgaymiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Xattobning o‘g‘li, men Ollohning rasulidurman, Olloh ersa meni hech qachon mag‘lub qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Umar alam birlan Abu Bakrning oldilariga keldilar-da, ul kishiga: «Ey Abu Bakr, bizlar haq, ular ersa botil ermasmi?» — dedilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu aihu: «Ey Umar ibn al-Xattob, ul zot Ollohning rasulidurlar, Olloh ersa ul kishini sira mag‘lub qilmagay!» — dedilar. Shunda «Al-Fath» («Zafar») surasi nozil bo‘ldi»

Qayd etilgan