Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483386 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 114 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:32:06

«AL-HUJUROT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ovozlaringizii payg‘ambar ovozidai baland ko‘tarmangizlar!»


Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ikki yaxshi odam, ya’ni Abu Bakr birlan Umar halok bo‘lishlariga oz qoldi. Ikkovlari Janob Rasulullohning huzurlarida ovozlarini baland ko‘tarib yuborishdi. Sababi, ul zotning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan otliqlar kelishgan erdilar. Abu Bakr Siddiq Aqra’ ibn Hobisni, Hazrat Umar ersalar boshqa bir kishini ularga amir etib tayinlashni taklif qildilar. Shunda Abu Bakr Siddiq Hazrat Umarga: «Doim siz menga qarshi ish tutursiz!» — dedilar. Hazrat Umar: «Sizga qarshi ish tutmoqni xohlaganim io‘q!» — dedilar. Natijada, ikkovlari ham baland ovoz birlan tortishib ketishdi. Shul asnoda Olloh taolo «Ey mo‘minlar ovozlaringizni payg‘ambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar!» degan oyatni nozil qildi»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:32:29

Ibn Zubayr « Mana shu oyat nozil bo‘lgandan keyin, Umar raziyallohu anhu Janob Rasulullohga pichirlab gapiradirgan bo‘lib qoldilar, hatto ul zot ko‘pincha tushunmay qolib, qayga-qayta so‘rar erdilar»,— deydilar. Ammo, Ibn Zubayr bobolari Abu Bakr haqlarida bunday gapni gapirmadilar»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Sobit ibn Qaysni qidirib qoldilar. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, men u haqda bilib kelgayman!» — deb chiqib ketdi-da, Sobitning uyiga bordi. Sobit uyida boshini quyi egganicha o‘ltirgan erdi. Boyagi kishi Sobitdan «Ne bo‘ldi?»—deb so‘radi. Sobit: «Yomon bo‘ldi»— deb, o‘zining Janob Rasulullohning oldilarida baland ovoz birlan gapirib yuborganini, shu sababli butun amallari habata bo‘lganini, o‘zi ersa do‘zax ahlidan bo‘lib qolganini aytdi. Keyin, haligi odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, bor gapni xabar qildi. .Janob Rasululloh haligi odamni yana Sobitning uyiga junatayotib «Siz do‘zax ahlidan ermas, balki jannat ahlidan erkansiz, deb unga ayt!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:32:58

Aboulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelgan erdi. Shunda Abu Bakr Siddiq «Bularga Qaqo ibn Mu’abbadni amir qilsangiz!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu ersalar «Aqra’ ibn Hobisni amir qilsangiz!» — dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Hazrat Umarga e’tiroz bildirib: «Doim menga qarshi ish qilursiz!»—dedilar.

Umar raziyallohu anhu «Men sizga qarshi ish qilishni xohlaganim yo‘!»— dedilar. Natijada, ikkoalari gap talashib, ovozlari baland ko‘tarilib ketdi. Shu haqqa Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh va uning payg‘ambari huzurida (ulardan ilgari) gapirmangizlar!» degan oyatni nozil qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:33:13

«QOF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Jahannam: «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — deydi»


Abu Hurayra raziyallohu anzhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Jahannamga «To‘ldingmi?» —deyilgay, shunda u «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — degay. Parvardigor («Bo‘ldi, qolmadi» degan ma’noda) qadamini jahannam ustiga qo‘ygachgina, u «Yetarli, yetarli!» — deb aytgay».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:33:27

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Jannat birlan do‘zax o‘zaro gap talashishdi. Do‘zax «Men takabburu zo‘ravonlar uchun yaratilganman»,— dedi. Jannat ersa «Menga faqat odamlarning kuchsizlari-yu mazlumlari kirgay»,— dedi. Olloh taolo jannatga «Sen mening rahmatimsan, sening vositang ila istagan bandamga rahmat qilurman»,— dedi. So‘ng, do‘zaxga «Sen mening azobimsan, istagan bandamga sening vositang ila azob berurman»,—deb aytdi. Jannatning ham, do‘zaxning ham o‘z to‘ldirguvchilari bordur. Ammo, do‘zax, toki Olloh taolo uning ustiga qadamini qo‘ymas erkan, to‘lmagay Olloh taolo oyog‘ini qo‘ygach, do‘zax «Yetarli, yetarli!» — degay-da, og‘zini yopib olgay. Olloh taolo biror maxluqiga ortiqcha azob berib zulm qilmagay. Ammo, jannat xususiga kelsak, (u solih bandalarga to‘lib-toshib keqa ham, qabul qilavergay), hatto Olloh taolo qo‘shimcha yana bir jannat barpo qilgay»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:34:26

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot o‘n to‘rt kechalik oyga qarab bunday dedilar: «Albatta, sizlar ul dunyoda rabbingizni xuddi mana shu oyni ko‘rgandek ko‘rursizlar. Uni ko‘rishda bir-biringizga xalal bermagaysizlar. Agar quyosh chiqishidan va botishidan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslikka qodir bo‘lsangizlar, o‘qingizlar!». Keyin ul zot «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!» degan oyatni tilovat qildilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh menga hamma namozlardan so‘ng tasbih aytmoqni buyurdilar»,— deydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:35:30

1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, hujralar ortidan turib sizni chaqiradirgan kimsalarning ko‘plari albatta aqlsiz kimsalardur»
«AT-TUR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga kasalligimdan shikoyat qilib erdim, «Ulovda odamlarga ergashib Ka’bani tavof qilaver!» deb buyurdilar. Shunda men tavof qildim, ul zot ersalar Baytullohning bir chekkasida «Vat-Tur va kitobim mastur» surasini qiroat qilib namoz o‘qidilar».

Jubayr ibn Mut’imning otalari rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning shom namozida «Vat-Tur» surasini qiroat qilganlarini eshitdim. Ul zot «Balki ular hech narsadan (o‘z-o‘zidan) yaralib qolgandirlar-a' Balki ular o‘zlari yaratguvchimikanlar-a?! Balki osmonlar birlan Yerni ular yaratgandirlar-a?! Balki ular ishonmaslar? Balki parvardigoringizning xazinalari ularning qoshlaridadur-a?! Yoki ular butun borliqni boshqarib turguvchimikanlar-a?!» degan oyatga kelganlarida qalbim uchib chiqib ketishiga oz qoldi!»

Sufyon raziyallohu anhu «Janob Rasulullohning shomda «Vat-Tur» surasini o‘qiganlarini Zuhriydan men ham eshitganman, ammo qolgan gaplarni eshitmaganman»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:35:48

«VAN-NAJM» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Masruq rivoyat qiladilar «Men Oisha onamizdan «Ey onajon, Muhammad sallallohu alaihi va sallam parvardigorlarini ko‘rganmilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz «Sening gapingdan sochim tikka bo‘ldi. Uchta gapdan xabaring yo‘q erkanda? Kim senga: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam parvardigorlarini ko‘rganlar»,— desa, g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar, keyin ushbu «Eng o‘tkir ko‘zlar ham uni ko‘rmagay, ammo ul ularni ko‘rib turgay va ul har qanday to‘siqdan o‘tguvchi va har qanday ishdan xabardor zotdur» degan oyatni, so‘ng «Biror inson Olloh birlan yuzma-yuz gaplasha olmas, u faqat vahiy orqaligina gaplashur yoki hijob (parda) orqasidan turib gaplashur» degan oyatlarni o‘qidilar. So‘ng, so‘zlarida davom etib «Kimki senga «Janob Rasululloh ertaga bo‘ladirgan ishni bilurlar»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar-da, «Biror jon ertaga ne ish qilmog‘ini bilmas» degan oyatni o‘qidilar. Keyin, yana so‘zlarida davom etib: «Kimki senga «Janob Rasululloh Olloh buyurgan narsani yashirgan»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!» — dedilar-da, «Ey payg‘ambar, rabbingizdan o‘zingizga yetkazilgan narsalarni yetkazingiz!» degan oyatni o‘qidilar. «Lekin,— dedilar Oisha onamiz, — ul zot Hazrat Jabroilni ikki bor asl qiyofalarida ko‘rganlar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:36:19

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, payg‘ambarga ikki kamon oraligida, balki undan pastroq yaqin keldi»

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Hazrat Jabroilni ko‘rganlar, ul kishining olti yuzta qanotlari bor erkan».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:36:32

2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, payg’ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini (belgi, alomatlarini) ko‘rdi»

Abdulloh ibn Mas’ud: «Darhaqiqat, payg‘ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi» degan oyatni tafsir qilib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Jabroilning) yashil qanotlarini ko‘rdilar, u butun ufqni to‘sib turardi»,— deydilar.

Qayd etilgan