Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483413 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 114 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:37:06

3-bob. Olloh taoloning qavli: «Lot va Uzzo... (nomli butlar) xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi?»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki Lot va Uzzoni tilga olib qasam ichgan ersa, (darhol) «Lo iloha illalloh» deb ayqin, kimki sherigiga «Kel, qimor o‘ynaylik!» degan ersa, (darhol) sadaqa qilib yuborsin!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:37:41

4- bob. Olloh taoloning qavli: «... va boshqa uchinchi (but) Manot...»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Mushallal degan yerdagi Manotga sig‘inuvchi kishilar Safo va Marva o‘rtasini tavof qilmas erdilar. Olloh taolo «Albatta, Safo birlan Marva Olloh buyurgan ibodatgohlardandur» degan oyatni nozil qilgach, Janob Rasululloh va musulmonlar ul yerni tavof qila boshladilar».

Sufyon: «Manot Kadid degan joyning Mushallal mavzesiga o‘rnatilgan erdi»,— deydilar.

Oisha onamiz: «Safo va Marva haqidagi oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan. Ular va g‘assonliklar musulmon bo‘lishlaridan avval Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar»,— deydilar.

Oisha onamiz: «Ansorlar ilgari Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar. Manot — Makka birlan Madina orasidagi bir butning nomi bo‘lib, ansorlar: «Yo Rasulalloh, biz ilgari Manotni ulug‘lab, Safo va Marvani tavof qilmas erdik»,— deyishgan erdi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:38:00

5- bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, sizlar Ollohga sajda va ibodat qilingizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Van-Najm» surasini o‘qib sajda qildilar, ul zot birlan birga musulmonlar ham, mushriklar ham, jinlaru odamlar ham sajda qilishdi»

Abdullhu ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Eng birinchi nozil bo‘lgan sajda oyatli sura— «Van-Najm» surasidir. U nozil bo‘lganda Janob Rasululloh darhol sajda qildilar, shunda ul zotga ergashib ortlarida turgan kishilar ham sajda qildi, ammo bir kishi sajda qilmadi. Ushal kishi yerdan bir siqim tuproq olib o‘shanga sajda qildi. Keyinchalik, men uning kofir holda o‘ldirilganini ko‘rdim. Uning nomi Umayya ibn Xalaf erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:43:23

«IQTARABATIS-SO’ATU» YoKI «AL-QAMAR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Oy ikkiga bo‘lindi va agar kofirlar ko‘rsalar ham biror mo‘‘jizani, yuz o‘gururlar»


Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning davrlarida Oy alohida-alohida ikki qismga bo‘lindi. Bir qismi tog‘ ustida, ikkinchi qismi ersa uning ro‘parasida turdi. Shunda Janob Rasululloh barchaga: «Guvoh bo‘lingizlar!»—dedilar».

Abdulloh bunday deydilar: «Oy ikkiga bo‘lindi, shunda biz Janob Rasululloh birlan birga turgan erdik. U alohida-alohida ikki qismga ajraldi. Janob Rasululloh bizlarga: «Guvoh bo‘lingizlar, guvoh bo‘lingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:43:31

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida Oy ikkiga bo‘lindi»,— deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ahli Makka Janob Rasulullohdan mo‘‘jiza ko‘rsatishni talab qilishdi. Shunda ul zot mo‘‘jiza tariqasida Oyni ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar».

Anas: «Oy teng ikkiga bo‘lindi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:44:17

2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Kema) suzar erdi ko‘z oldimizda bir intiqom sifatida ul odam uchunki, qadrlanmadi va batahqiq qoldirdik ul voqeani ibrat qilib, bormi nasihat olguvchi?»

Qatodo raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taolo Nuhning kemasini salomat saqladiki, hatto uni mana shu ummatning dastlabki kishilari ham ko‘rdilar».

Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» («nasihat olguvchi bormi?») deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:44:33

3- bob. Olloh taoloning qavli: «Biz Qur’onni nasihat (ibrat) olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihat olguvchi bormi?»

Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:45:19

4-bob. Olloh taoloning qavli: «Tomiri ila sug‘urilgan xurmo daraxtlari kabi (odamlarni uchirib ketar erdi), bas nechuk bo‘libdur mening azobim va ogohlantirishim?!»

Abu Ishoq bunday deydilar: «Bir odam Asvaddan «Fa-hal min muddakir»mi yoki «muzzakir»mi?»— deb so‘radi. Asvad «Men Abdullohning «min muddakir» deb o‘qiganlarini eshitganman, ul kishi «Payg’ambar alayhissalomning «min muddakir» deb o‘qiganlarini eshitgan erkanlar»,— dedi»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:45:32

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular tikondan qo‘ra yasovchining sanchilgan yog‘ochlari kabi bo‘lib qoldilar. Biz Quronni nasihat olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihag olguvchi bormi?»

Abdullohniig rivoyatlariga qaraganda, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir»—deb «dol» birlan qiroat qilganlar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:45:47

6-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan, erta tongda ularga barqaror azob yetib keldi. Endi mening azobimni va ogohlantirishimni bir tatib ko‘ringizlar!»

Abdulloh rivoyat qiladilarki, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir» — deb «dol» harfi birlan qiroat qilgan erkanlar

Qayd etilgan