Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483509 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 114 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:45:59

7-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga o‘xshashlarni halok qildik, bundan biror ibrat olguvchi bormi?»

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga «Fa-hal min muzzakir» — deb «zol» harfi birlan o‘qib berdim. Shunda ul zot «Fa-hal min muddakir» — deb dol birlan o‘qi!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:46:10

8-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Badr kuni chodirda turgan hollarida bunday dedilar: «Yo Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Yo Olloh, agar istasang, bugundan keyin ibodat qilinmagaysan (ya’ni, agar istasang, ertagayoq butun bandalaringni halok qilgaysan, o‘zingga ibodat qilguvchilarni qoldirmagaysan)!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Ollohning rasuli, bo‘ldi, kifoya, rabbingizdan ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar. Janob Rasululloh ersalar sovutda bo‘lsalar ham, irgib turdilar-da «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar!»—deya tashqari chiqdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:46:28

9- bob Olloh taoloning qavli: «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!»

Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men mo‘minlarning onasi Oishaning oldilarida erdim. Shunda, ul muhtarama «Muhammad sallallohu alayhi va sallamga Makkada «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!» degan oyat nozil bo‘lganda men yosh qizaloq erdim, o‘ynab yurar erdim»,— dedilar»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Badr kuni chodirda turib bunday dedilar: «Ey Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Ey Olloh, agar xohlasang, bugundan keyin butunlay ibodat qilinmaysan!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Olloh-ning rasuli, bo‘ldi, yetarli, rabbingizga ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar.

Keyin, Janob Rasululloh sovut kiygan holda tashqariga chiqayotib, «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar, balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat qattiqroq va achchiqroqdur!» degan oyatlarni o‘qidilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:46:48

«AR-RAHMON» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ul ikki jannatdan pastroqda yana ikki jannat bordur»


Abdulloh ibn Qays raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari kumushdan yasalgan va yana ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari tilladan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilib turgay».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:47:17

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Chodirlarda asralgan hurlar bor»

Abdulloh ibn Qaysning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda ichi g‘ovak marvariddan qilingan chodirlar bor, uning kengligi oltmish mildur. Ul chodirlarning har bir burchida istiqomat qilguvchi (hurlar) bo‘lib, biri ikkinchisini ko‘rmaydi, ularni mo‘minlar tavof qilib yuradirlar. Ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa narsalari kumushdan yasalgan, yana ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa narsalari ersa oltindan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilgay».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:47:33

«AL-VOQI’A» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

«... va uzun soya ostida...»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir daraxt bor, otliq uning soyasida yuz yil yurib ham poyoniga yetolmaydi. Agar xohlasangizlar: «Uzun soya ostida» degan oyatni o‘qingizlar!»—dedilar». Undagi «Odamlar orasida shunday kishilar borki... Odamlar orasida shunday kishilar borki...» degan oyatlar shunday ketma-ket nozil bo‘la boshladiki, hatto odamlar: «Bu sura bittamizni ham qoldirmay birma-bir zikr qilsa kerak» — deb o‘ylashdi»,— dedilar. Men ul kishidan «Anfol» surasi haqida ham so‘radim, uning Badr janggi haqida nozil bo‘lganini aytdilar. Keyin, «Al-Hashr» surasi xususida ham so‘ragan erdim, uning Baniy Nazir qabilasi to‘g‘risida nozil bo‘lganini aytdilar».

Sa’id boshqa bir hadisda: «Al-Hashr» surasi bu «Nazir» surasidur»—deb aytganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:48:17

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul xurmo daraxtiki, kesdingizlar...»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Nazir xurmozorlarini yondirdilar, kesdilar. Bu xurmozorlar Buvayrada erdi. Shunda Olloh taolo «Ul xurmo daraxtiki, kesdingizlar yo qoldirdingizlar uni o‘z tomirlarida turgan holda, har ikkisi ham Ollohning izni ila nofarmonlarni rasvo qilmog‘i uchun bo‘ldi» degan oyatni nozil qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:48:48

2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul molniki, beurush berdi Olloh o‘z rasuliga»

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Baniy Nazirning mollari Olloh taolo o‘z payg‘ambariga ulardan urushsiz olib bergan mollar bo‘lib, unga musulmonlar na ot va na tuyalarini choptirib erishgan ermas erdilar. Shuning uchun ham bu mollar Janob Rasulullohga xos bo‘lib, undan o‘z ahllariga bir yillik nafaqa berdilar. Qolgan qurol-yarog‘ va otlarni Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq uchun asrab qo‘ydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:52:57

«AL-HASHR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhuga «Tavba» surasi haqida gapirdim. Shunda Ibn Abbos: «Bu sura oshkor (sharmisor) qilguvchi suradur.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:53:55

Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar sizlarga nimaiki keltirsa, olingizlar!»

Alqama rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Olloh taolo husn uchun badaniga (igna birlan) surat chizdirgan va chizgan ayollarni, yuzining mo‘ylarini qirdirgan ayollarni, kurak va qoziq tishlari orasini egovlatib kengaytirgan ayollarni, ya’ni Olloh yaratganini o‘zgartirgan ayollarni la’natladi»,— dedilar. Bu gap Baniy Asad qabilasidan bo‘lgan bir ayolga yetib bordi Uni Ummu Ya’qub deyishar erdi. Ushal Ummu Ya’qub Abdullohning huzurlariga keldi-da, ul kishiga «Men eshitdimki, siz unday va bunday ayollarni la’natlabsiz, to‘grimi?»—dedi. Abdulloh: «Janob Rasululloh la’natlaganlarni nechun men la’natlamayin, axir Olloh taolo ham o‘z Kitobida ularni la’natlagan-ku!» — dedilar. Ummu Ya’qub «Olloh taolo haqi, ikki lavh (er va osmon) oraligidagi jamiki yozuvlarni o‘qib chiqib ham bunday gapni topolmadim!» —dedi. Abdulloh: «Olloh taolo haqi, agar haqiqatan ham axtarib ko‘rganingda erdi, «Rasululloh Olloh taolodan sizlarga nimaiki keltirgan ersa, barchasini qabul qilingizlar va nimadan qaytargan ersa, o‘sha ishni qilmangizlar!» degan so‘zlarni o‘qigan bo‘lur erding!» — dedilar. Ummu Ya’qub «Ha, buni o‘qiganman»,— dedi. Abdulloh: «Janob Rasululloh Olloh taoloning aytgan shu qavliga ko‘ra o‘sha ishlardan qaytarganlar»,— dedilar. Ummu Ya’qub «Lekin, o‘zingizning xotinlaringiz shu ishlarni qilishsa kerak, deb o‘ylayman»,— dedi. Abdulloh «Unday ersa, uyimga borib xotinlarimni ko‘rgil!» — dedilar. Ummu Ya’qub Abdullohning uylariga borib xotinlarini ko‘rdi, ularning badanlarida o‘zi istagan narsani topmadi».

Abdulloh «Agar ayollar mazkur ishlarni qilsalar, biz ularni taloq qilar erdik»— deydilar.

Abdulloh; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sochiga ulama taqqan ayollarni la’natlagan erdilar»,— deydilar

Qayd etilgan