«AL-MUDDASSIR» SURASI
Yahyo ibn Abu Kasir aytadilar: «Men Abu Salama ibn Abdurrahmondan Qur’ondan birinchi bo‘lib nima nozil bo‘lgani haqida so‘radim. Ul kishi «Yo ayyuhal-muddassir» — deb javob berdilar. Men «Axir, ko‘pchilik «Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaqa» deb aytishadi-ku?!»—dedim. Abu Salama bunday dedilar: «Men ham Jobir ibn Abdullohdan shul haqda so‘raganimda siz aytgan gapni aytgan erdim, shunda Jobir «Men sizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne degan bo‘lsalar, shuni gapirib berurman, ul zot bunday degan erdilar»,— dedilar: «Men Hiro’ tog‘idagi g‘orda e’tikofga o‘ltirdim. E’tikofimni tugatganimdan so‘ng, pastga tushdim. Shunda qulog‘imga bir ovoz chalindi, o‘ng yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, chap yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, ro‘paramga qarasam ham xech kim yo‘q, keyin ortimga burildim, hech kim yo‘q. Nihoyat boshimni tepaga ko‘targan erdim, bir narsani ko‘rdim. Xadichaning oldiga keldim-da, unga «Meni o‘rab qo‘yingizlar, ustimdan sovuq suv quyingizlar!»—dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi va ustimdan sovuq suv quyishdi. So‘ng, «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz va rabbingizni ulug‘langiz!» degan oyat nozil bo‘ldi».
Olloh taoloning «... turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz...» hamda «va rabbingizni ulug‘langiz!» degan qavli haqida
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.