6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki baxillik qildi va beniyozlik izhor qildi...»
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul kishiki, ishonmadi yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga)
Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz «Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok qildik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoshimizga kelib o‘ltirdilar, biz atroflarida o‘ltirdik. Qo‘llarida aso bor erdi, u birlan yerni chiza turib: «Sizlardan har biringizning va har bir tirik jonning jannat va do‘zaxdagi joyi taqdir qilib qo‘yilgan hamda uning baxtlimi, badbaxtmi erkanligi ham bitib qo‘yilgan»,— dedilar. Bir kishi: «Ey Ollohning rasuli, unday ersa taqdirimizga tavakkal qilib amal qilmay qo‘ya qolaylik-da! Chunki, qaysi birimiz ahli saodatdan bo‘lsak, albatta pirovardida ahli saodatdan bo‘lurmiz va qaysi birimiz ahli shaqovatdan bo‘lsak, albatta pirovardida axli shaqovat amalini qilurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Kimki ahli saodatdan bo‘lsa, unga ahli saodat amali muyassar qilingay va kimki ahli shaqovatdan bo‘lsa, unga ahli shaqovat amali muyassar qilingay»,— dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga) ishondi ...» degan oyatni tilovat qildilar».