Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482628 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 114 B


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:32:14

«IZO JOA NASRULLOHI» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Agar sizga Ollohning madadi va fathi kelsa» surasi nozil bo‘lgandan keyin, hamma namozlarida «Subhonaka rabbano va bihamdika, Ollohummag‘fir liy», — der erdilar» (ma’nosi «Ey rabbimiz, poklik senga xosdur, senga hamd ayturman, ey Olloh, meni mag‘firat qil»).

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, namozlarining ruku’i va sujudlarida «Ey rabbimiz, poklik senga xosdur, senga hamd ayturman, ey Olloh, meni mag‘firat qil» deb juda ko‘p aytar, suradagi oyatning ma’nosini ta’vil qilar erdilar»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:32:25

1- bob Olloh taoloning qavli: «Va odamlarning Ollohning diniga guruh-guruh bo‘lib kirayotganlarini ko‘rsangiz...»

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Umar raziyallohu anhu sahobalardan «Izo joa nasrullohi val-fathu» surasidan murod nedur?» — deb so‘radilar. Hammalari «Shaharlar va qasrlarni fath etish (zabt etish)» —deb javob berishdi. Umar raziyallohu anhu «Ey Ibn Abbos, bul xususda siz ne deysiz?» — deb so‘raganlarida, ul kishi «Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ajallarining yaqinligi ishora qilinayotir»,— dedilar»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:32:34

Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizga qamd aytish birlan uni ulug‘langiz, unga istig‘for aytingiz, albatta u tavbalarni qabul qilguvchidur»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bir kuni Badr qatnashchilari bo‘lmish yoshi ulug kishilarning suhbatiga meni ham olib kirdilar. Ultirganlarning ba’zilarining dili ranjib «Mana bu bolani ne uchun bizning davramizga olib kirdingiz, bunday bolalar bizlarda ham bor erdi!» — deyishdi. Umar raziyallohu anhu «Olib kirganimning sababi shulki, uning ilmu fazlini bir ko‘rib qo‘ysangizlar!» — dedilar. Keyin, Hazrat Umar bir kuni ularni o‘z uylariga taklif qildilar, men bildimki, bugun meni ularga bir ko‘rsatib qo‘ymoqchilar. Umar raziyallohu anhu barcha o‘ltirganlarga «Izo joa nasrullohi val-fathu» surasi haqida ne deysizlar?» —deb savol berdilar. Ba’zilar «Agar nusrat topsak va biror shaharni fath qilsak, Ollohga hamd va istigfor aytishni Olloh bizga buyurur»,— deyishdi. Ba’zilar ersa, sukut saqlab biror so‘z aytishmadi Shunda, Umar raziyallohu anhu «Ey Ibn Abbos, siz ham shunday degaysizmi?»—dedilar. Menga. Men: «Yo‘q»,— dedim. Hazrat Umar: «Unday ersa, siz ne degaysiz?» — dedilar. Men: «Bu birlan Olloh taolo o‘z Rasuliga «Agar sizga Ollohning madadi va fathi kelsa, ajalingiz yaqindur, bas parvardigoringizga hamd aytish birlan uni uluglangiz, unga istig‘for aytingiz, albatta u tavbalarni qabul qilguvchidur» — deb ma’lum qilur»,— dedim. Hazrat Umar «Men ham bu surani siz aytgandrk tushunurman»,— dedilar»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:32:57

«TABBAT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Ey Muhammad, o‘zingizga yaqin qarindoshlaringizni va ulardan o‘zingizga muxlis bo‘lganlarini ogohlantiringiz!» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Safo tog‘i ustiga chiqib: «Yo sabohohu!» — deb nido qildilar. Shunda Quraysh ahli «Bu kim bo‘ldi erkan?» — deb Janob Rasulullohning tevaraklariga kelib to‘planishdi. Janob Rasululloh ularga: «Aytingizlarchi, agar men sizlarga «Mana shul tog‘ ortidan dushman otliqlari chiqib, sizlarga hujum qilmoq niyatidadur» deb xabar qilsam, menga ishonursizlarmi?» — dedilar. Ular «Biz sizning yolg‘on so‘zlaganingizni sira bilmasmiz!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, men sizlarni kelgusi qattiq azobdan ogoh qilurman!» — dedilar. Shunda Abu Lahab «Qurib ketgur, shunga chaqirdingmi bizni?!» —deb qarg‘ab erdi, Olloh taolo «Sindi Abu Lahabning ikki qo‘li va halok bo‘ldi o‘zi va saqlab qololmadi uni bundan uning moli va ul narsaki, kasb qildi» degan surani nozil qildi»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan

Olloh, taoloning qavli: «Tez fursatda u alangali o‘tga kirur»

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:33:10

«IXLOS» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Olloh taolo aytadiki, «Odam farzandi meni yolg‘onchi qildi, u bunday qilmasligi kerak erdi! U meni haqorat qildi, u bunday qilmasligi kerak erdi! U o‘lganidan so‘ng qayta tiriltirilmog‘iga ishonmay, meni yolg‘onchi qilur. Vaholanki, ilgari insonni yaratganim keyin uni qayta tiriltirmog‘imdan osonroq bo‘lmagan. Uning meni haqorat qilganiga kslsak, u: «Ollohning bolasi bor»,— deydi. Vaholanki, men yakkayu yagoka, abadiy, tug‘magan va tug‘ulmagan hamda tengi yo‘q zotdurman!»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:33:25

«FALAQ» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ubay ibn Ka’bdan «Muavvizatayn» (ikki «Qul a’uuzu») to‘grisida so‘ralganda, ul kishi: «Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rasam, ul zot: «Menga shunday deyildi»,— dedilar. Shundan buyon biz ham Janob Rasululloh aytganlaridek aytamiz»,— dedilar.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:33:50

«AN-NOS» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Zarr ibn Hubaysh aytadilar: «Men Ubay ibn Ka’bga: «Ey Abu Munzir, birodaringiz Ibn Mas’ud («Mu’avvizatayn» haqida) shunday va shunday dedilar»,— dedim. Ubay ibn Ka’b: «Men ham Janob Rasulullohdan so‘raganimda, ul zot: «Menga shunday deyish buyurildi, men shunday dedim»,— dedilar. Shundan buyon biz ham Janob Rasululloh aytganlaridek aytamiz»,— deb javob berdilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:34:13

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QUR’ON FAZILATLARI KITOBI

1- bob. Vahiy qanday nozil bo‘ldi? Dastlab nozil bo‘lgan oyatlar haqida


Oisha raziyallohu anho va Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomga Makkada ham o‘n yil va Madinada ham o‘n yil davomida Qur’on nozil bo‘ldi».

Abu Usmon raziyallohu anhu aytadilar: «Menga xabar berilishiga qaraganda, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohning qoshlariga keldilar. Shunda ul zotning huzurlarida Ummu Salama raziyallohu anho ham bor erdilar. Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga gapira boshladilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam (jo‘rttaga): «Bu kishi kim?» — deb Ummu Salamadan so‘radilar. Ummu Salama: «Bu kishi Dihya (Dihyatul-Kalbiy)»,— dedilar. Hazrat Jabroil ketganlaridan so‘ng, Ummu Salama: «Xudo haqi, men boyagi kishini, toki Janob Rasulullohning Hazrat Jabroil kelib ketganlari haqida xutba qilayotganlarini eshitgunimcha, Dihya deb o‘yladim»,— deydilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:34:23

Ubay: «Bu hadisni kimdan eshitdingiz»—deb Abu Usmondan so‘rasalar, ul kishi: «Usoma ibn Zayddan eshitdim» — deb javob qilibdilar.

Abu Hurayra raziyallohu aihu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Payg‘ambarlarning hammalariga ham vahiy yuborilgandur, unga insonlar iymon keltirgandurlar. Shuningdek, Olloh taolo menga ham vahiy yuborgandur. Men umid qilurmanki, qiyomat kuni menga ergashganlarning soni ularga ergashganlardan ko‘proq bo‘lgay!»—dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vafotlari arafasida shul qadar ketma-ket vahiy yubordiki, uning soni butun payg‘ambarlik davrlarida kelgan vahiylardan ko‘proq erdi».

Jundub raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lib, bir yoki ikki kecha o‘rinlaridan turmadilar. Shunda bir ayol keldi-da, (Hazrat Jabroilning kelmay qolganlariga ishora qilib) «Ey Muhammad, shaytoning seni tark qilgan ko‘rinur» — deb erdi, Olloh taolo «Parvardigoringiz sizni tark qilgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q» degan oyatni nozil qildi»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:34:42

2- bob Qur’onning Quraysh ahli tilida — arab tilida nozil qilinganligi haqida

Usmon raziyallohu anhu Zayd ibn Sobit, Sa’id ibn al-Os, Abdulloh ibn az-Zubayr va Abdurrahmon ibn al-Harsga Qur’on suralarini mushaflarga ko‘chirmoqni amr qildilar va «Agar sizlar Zayd ibn Sobit birlan Qur’onning biror arabcha so‘zida ixtilof qilib qolsangizlar, (uni o‘zgartirmay) Quraysh ahli tilida yozaveringizlar, chunki Qur’on ularning tilida nozil qilingan»,— dedilar. Ular shunday qilishdi»

Safvon ibn Ya’loning xabar berishlariga qaraganda, ul kishi: «Koshkiydi, men Rasulullohga vahiy nozil bo‘layotganini ko‘rsam!»—deb orzu qilur erkanlar. Vaqtiyki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ji’rona degan joyda erdilar, ul zotning tepalariga soya qilsin uchun bir libos to‘sib qo‘yilgan erdi, yonlarida sahobalari ham bor erdilar. Shul payt o‘ziga xushbo‘yliklar sepib olgan bir odam kelib «Yo Rasulalloh, bir odam chakmon kiyib, ehrom bog‘lasa-yu, keyin o‘ziga xushbo‘yliklar sepsa, bo‘lurmi?» — deb so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom bir soatcha vahiy kelmog‘ini kutdilar so‘ng ul zotga vahiy keldi. Shunda Umar raziyallohu anhu Ya’loga «Kel!» —deb ishora qildilar. Yalo kelib, boshlarini Janob Rasulullohga soya qilib turgan libos ostiga kiqdilar-da, Janob Rasulullohning yuzlari qizarib ketganini ko‘rdilar. Ul zot yana birmuncha vaqt xirillagan holda yotdilar, so‘ng vahiydan forig‘ bo‘ldilar-da: «Hozirgina menga umra to‘g‘risida savol bergan kishi qaerda?»— deb so‘radilar. Savol bergan kishi qidirib topib keltirildi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga «Uzingga sepgan xushbo‘ylikni uch marta yuvib tashla, so‘ng chakmoningni yechgil-da, hajingga qanday ehrom boglasang, umrangga ham shunday ehrom boglagil!» — dedilar».

Qayd etilgan