Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483254 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 ... 114 B


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:53:51

19-bob. Qiroatni cho‘zmoq haqida

Qatoda raziyallohu anhu aytadilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan Janob Rasulullohning qiroatlari haqida so‘radim. Anas: «Janob Rasululloh cho‘zib qiroat qilur erdilar»,— dedilar».

Qatoda aytadilar: «Anas raziyallohu anhudan: «Janob Rasulullohning qiroatlari qanday erdi?» —deb so‘ralganda, ul kishi: «Cho‘zib o‘qir erdilar»,— dedilar. So‘ng, Bismillohir rahmonir rahiymning «bismilloh» so‘zini alohida, «ar-rahmon» so‘zini alohida va «ar-rahiym» so‘zini alohida cho‘zib o‘qib ko‘rsatdilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:54:02

20- bob. Tarji’ birlan qiroat qilish haqida

Abdulloh ibn Mugaffal aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning tuyalari ustida o‘ltirib «Fath» surasini tarji’ birlan o‘qiganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:54:14

21- bob. Yoqimli ovoz birlan qiroat qilish haqida

Abu Burda aytadilar: «Payg’ambar alayhissalom Abu Musoga (yoqimli ovozlarini nazarda tutib); «Ey Abu Muso, darhaqiqat Olloh taolo tomonidan sizga dovudiylarning surnaylaridan biri ato etilgan»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:54:29

22- bob. Qur’on qiroatini boshqadan eshitmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Menga bir Qur’on o‘qib bersangiz!» —dedilar. Men: «Sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga nozil qilingan-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Men Qur’onni o‘zimdan bo‘lakdan eshitmoqni xush ko‘rurman»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:54:41

23-bob. Qur’on o‘qittiruvchining qoriga: «Bo‘ldi, yetarli!» — deb aytmog‘i haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg’ambar alayhissalom menga: «Bir Qur’on o‘qib bersangiz!»—dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga nozil qilingan-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ha, o‘qi!»—dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiyotib, «Endi, ul kun na holat paydo bo‘lur, vaqtiki biz chaqirurmiz har ummatdan guvoh va keltirurmiz sizni (ey Muhammad) ularga guvoh qilib» degan oyatga kelganimda, Janob Rasululloh: «Bo‘ldi, yetarli!» — dedilar. Men to‘xtab, ul zotga qaradim, ikki ko‘zlaridan yosh quyilar erdi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:54:55

24-bob. Qur’onning qanchasi o‘qilsa, kifoya qilur?

Olloh taoloning qavli: «Qur’ondan Olloh muyassar qilgancha o‘qingizlar!»

Ibn Shibrimma aytadilar: «Men: «Kishi namozda Qur’onning qanchasini o‘qisa, kifoya qilgay?»—deb fikr qildim. Qur’on suralari ichidan uch oyatli («Al-Kavsar») surasidan kichigini topmadim. Shunda: «Demak, uch oyatdan kam o‘qish mumkin ermas»,— dedim».

Alqama rivoyat qiladilar: «Men Abu Mas’udni Baytullohni tavof qilayotganlarida uchratib qoldim. Shunda ul kishi Janob Rasulullohning «Kimki kechasi «Baqara» surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, unga kifoya qilur» degan hadislarini zikr qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:55:11

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Otam meni tagli-taxtli bir ayolga uylab qo‘ydilar. Keyin, otam kelindan hol-ahvol so‘rab, mening xususimda ham surishtiribdilar. Shunda kelin: «Erkaklar orasida juda ajoyiblar, lekin hanuz mening to‘shagimda yotganlari yo‘q, hatto men birlan taom ham yemadilarki, hojatxonaga chiqay desalar, men kelganimdan buyon ahvol shu!» — deb javob beribdi. Otam kelinning shikoyati ko‘payib ketgandan keyin, bul haqda Payg’ambar alayhissalomga zikr qilibdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Huzurimga yuboringiz!» — debdilar. Men Janob Rasulullohga uchradim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zani qanday tutayotir-san?» — deb so‘radilar. Men: «Har kuni»,— dedim. Ul zot: «Qanchada xatm qilayotirsan?» — dedilar. Men: «Har kecha»,— dedim. Ul zot: «Har oy uch kun ro‘za tutgil, har oy bir xatm qilgil!» —dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, men bundan ko‘progiga qodirman!» —"¢ dedim. Janob Rasululloh: «Unday ersa, bir _jum’ada (haftasiga) uch kun ro‘za tutgil!» — dedilar. Men yana: «Bundan ko‘progiga ham qodirman»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, ikki kun ogiz ochib, bir kun ro‘za tutgil!»—dedilar. Men: «Bundan ko‘progiga qodirman»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday ersa, ro‘zaning afzalini — Dovud alayhissalomning ro‘zalarini tutgil, ya’ni bir kun ro‘za tutgil, bir kun ogiz ochgil, har yetti kunda bir xatm qilgil!» — dedilar. Koshkiydi, Janob Rasulullohning nasihatlarini qabul qilgan bo‘lsam! Mana, endi qaridim, quvvatdan ketdim».

Aytishlaricha, Abdulloh har kuni kunduzi Qur’onning yettidan bir qismini o‘z ahllaridan biriga o‘qib berar erkanlar. Buni kechasi o‘zlariga oson bo‘lsin uchun qilar erkanlar. Ozgina quvvatlanib olmoqni istasalar, bir necha kun ro‘za tutmas, keyin ersa ro‘za tutmagan kunlarining miqdoricha yana ro‘za tutar erkanlar, chunki «Janob Rasulul-lohning tavsiyalariga zid ish qilib qo‘ymokdan qo‘rqar erkanlar. Ba’zilar uch kunda, ba’zilar besh kunda, ko‘pchilik ersa, yetti kunda xatm qilar erdi, deyishadi.

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:55:28

25-bob. Qur’on qiroati vaqtida yig‘lamoq haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bir Qur’on o‘qib bersangiz!»—dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga tushirilgan-ku?!» — dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Qur’onni o‘zimdan bo‘lakdan eshitmoqni xushlayman»,— dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiyotib, «Endi, ul kun ne holat paydo bo‘lur, vaqtiki biz chaqirurmiz har ummatdan guvoh va keltirurmiz sizni ularga guvoh qilib» degan oyatga yetganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To‘xta, yetarli!»—deb amr qildilar. Qarasam, Janob Rasulullohning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:55:52

26- bob. Qur’on qiroati birlan riyo qilguvchi, Qur’on qiroati birlan tirikchilik qilguvchi hamda Qur’on qiroati birlan maqtanguvchi shaxslar haqida

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb eshitdim: «Zamon oxirida shunday bir qavm kelurki, o‘zlari yosh, aqllari past bo‘lib, Ollohning kalomidan, rasulullohning so‘zlaridan gapirurlar, islomdan ersa o‘q kamondan qanday otilsa, shunday tez chiqurlar, ularning iymonlari tomoqlaridan nariga o‘tmagay. Ularni qaerda ko‘rsangizlar, o‘ldiringizlar, chunki ularni o‘ldirgan odamga qiyomatda ulug ajr bordur!»

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Men Janob Rasulullohdan eshitgan erdim, bunday degan erdilar: «Sizlarning ichingizdan shunday bir qavm chiqurki, ular o‘zlarining namozlari birlan namozlaringizni tahqir qilurlar, ro‘zalari birlan ro‘zalaringizni tahqir qilurlar, amallari birlan amallaringizni tahqir qilurlar. Qur’on o‘qisalar, qiroatlari tomoqlaridan nariga o‘tmagay, dindan o‘q kamondan otilgandek tez chiqurlar, o‘qning tigiga qarasalar, ovdan nishon yo‘q, kamonga qarasalar, unda ham hech vaqo yo‘q, ipiga qarasalar ham, hech narsa yo‘q, keyin o‘q otildimi-yo‘qmi, shak qila boshlagaylar» (Mazkur hadisda bora-bora insonlarda, ayniqsa yoshlarda e’tiqodning yo‘qolib ketishi, qalbda samimiy iymonning kamayishi nazarda tutiladi. Odamlarning xo‘jako‘rsinga qiladirgan ibodatu tilovati Ollohning huzurida hech qabuliyatga ega ermasligi bekor ketgan va nishonga tegmagan o‘qqa misol qilinadi).

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:56:08

27- bob. Dilingizni (xayolingizni) bir joyga yig‘ib Qur’on o‘qingiz!

Jundub ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom: «Dilingizni jamlab Qur’on o‘qingiz, agar dilingiz faromush bo‘lsa, turib ketingiz!»—dedilar».

Abdullohdan nakl qilinadiki, ul kishi bir odamning qiroatini eshitib qoldilar. Abdulloh o‘shal odam qiroat qilgan surani Janob Rasulullohdan o‘rganib, boshqacha uslubda qiroat qilur erdilar. «Men o‘shal odamni qo‘lidan ushlab Janob Rasulullohning qoshlariga olib bordim,— deydilar. Abdulloh,— shunda ul zot: «Ikkovingiz ham chiroyli o‘qiyotirsiz, shunday o‘qiyveringizlar!» —dedilar. Agar yanglishmasam, ul zot yana: «Sizlardan ilgarigi qavm ixtilof qilgan erdi, ixtiloflari ularni halok qildi» — deb ham aytdilar».

Qayd etilgan