Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483184 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 ... 114 B


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:04:57

10-bob. Yosh bokira qizlarni erga bermoq xususida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr Siddiqdan Oishani o‘zlariga nikohlab bermoqlarini so‘radilar. Abu Bakr Siddiq ul zotga «Darhaqiqat, men sizning birodaringizman!» — dedilar. Ul zot «Siz Olloh taoloning dini va Kitobi bo‘yicha mening birodarimdursiz, shul boisdan Oisha mening uchun haloldur!» —dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:05:38

11-bob. Kimga uylanmoq kerak va qanday ayol uylan-moqqa yaxshiroqdur?

Abu Qurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tuya minadirgan ayollar yaxshiroqdurDuraysh o‘z ayollarini yoshlikdanoq bolajon va eriga mehribon qilib tarbiyalaydi»,—dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:06:12

12-bob. Cho‘ri saqlamoq va cho‘risini ozod qilib, keyin unga uylangan shaxs xususida

Abu Burda otalaridan naql qshadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimda-kim qo‘lidagi cho‘risiga mukammal ta’lim berib, axloq-odob o‘rgatib, so‘ng uni ozod qilib, unga uylansa, ikkita savob olgay, ahli kitoblardan bo‘lmish qaysi bir odam o‘z payg‘ambarlariga hamda menga iymon keltirsa, unga ham ikkita savob tekkay,qaysidir mamluk o‘z valiysining haqini hamda Olloh taoloning haqini ado eqa, u ham ikkita savob olgay»,— dedilar».

Anas raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar birlan Madina oralig‘ida uch kun qolib, Safiyyaga uylandilar. Men musulmonlarni Janob Rasulullohning ziyofatlariga taklif qildim. Dasturxonga qo‘yishga na non va na go‘sht bor erdi. Janob Rasululloh: «Boriga qanoat qilingizlar!» — dedilar. Keyin, dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ tortildi, shul tariqa ziyofatlari bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar: «Safiyya mo‘minlarning onalaridan biri bo‘larmikan yoki cho‘rilardan biri bo‘larmikan?» — deyishdi. Keyin, ular yana: «Agar uni hijob (parda) ichiga olsalar, demak u mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ladi, aks holda cho‘rilaridan biri bo‘ladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh Safiyyaning kajavasi ketlaridan yo‘lga tushganda, u birlan odamlar orasiga parda tortib qo‘ydilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:06:30

13-bob. Cho‘rining ozod qilinganligini unga berilgan mahr, deb hisoblagan kishi
haqida


Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyani ozod qildilar va uning ozod qilinganligini unga berilgan mahr o‘rnida ko‘rdilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:06:51

14- bob. Muhtoj (og‘ir ahvolda qolgan) kishini uylantirish xususida. Olloh taolo: «Agar faqir bo‘lsalar, Olloh o‘z fazlidan ato etib, ularni boy qiladi»,— deydi.

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Bir ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, o‘zimni sizga bag‘ishlagani kel-dim!»—dedi. Janob Rasululloh unga qarab bir o‘qrayib qo‘ydilar-da, boshlarini quyi tushirdilar. Ayol, Janob Rasulullohning o‘zi xususida biror qarorga kelmaganlarini ko‘rgach, o‘ltirdi. Shunda Janob Rasulullohning sahobalaridan biri o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Mahr uchun biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, hech vaqom yo‘q!»—dedi. Ul zot: «Uyingga borgin-da, mahrga yaragulik biror narsa topib kel!» — dedilar. U uyiga borib, qaytib keldi-da: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, hech narsa topolmadim!» — dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bir temir uzuk bo‘lsa ham, olib kel!» — dedilar. U yana borib, qaytib keldi-da: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, hatto bitta temir uzuk ham topolmadim, ammo mening mana bu izorim (ishtonim) bor»,— dedi. Uning ridosi (badanning beldan tepa qismini berkitadirgan kiyim) bo‘lmay, faqat izori bor erdi, demak u mahrga izorining yarmini berishi kerak erdi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahrga berasan? Agar uni sen kiysang, ayolingga undan hech vaqo qolmaydi va agar uni ayoling kiysa, senga undan hech vaqo qolmaydi»,— dedilar. Boyagi sahoba uzoq vaqt o‘ltirib qoldi. Keyin, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, uning mung‘ayib o‘tirganini ko‘rdilar-da, uni qoshlariga chaqirdilar. U qoshlariga kelgach: «Qur’ondan nimalarni bilasan?»—dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — deb o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh: «Ularni yoddan qiroat qila olasanmi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ketaver, Qur’ondan yod bilgan surala-ringni mahr qilib, bu ayolni senga olib berdim!» —   dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:07:49

15-bob. Din borasida tenglar haqida.

 Olloh taolo: «Va uldur ul zotiki, yaratdi suvdan odamizodni keyin qildi uni nasab va kuyovlik sohibi va sening parvardigoring qodirdur» (ya’ni, maniydan insondek bir izzatli maxluqni yaratdi, keyin undan naslu nasab va kuyovlik aloqalarini vujudga keltirdi, birgina ojiz insondan jamoalar paydo qildi») («Al-Furqon» surasi, 54- oyat)

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Badr g‘azotida bo‘lgan Abu Huzayfa Solimni o‘ziga o‘g‘il qilib olib, uni akasining qizi Hind (binti al-Valiyd ibn Utba ibn Rabiy’a)ga uylantirib qo‘ydi. U bir ansoriyning xotinining mavlosi erdi. Shuningdek, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Zaydni o‘zlariga o‘g‘il qilib olgan erdilar. Johiliyat davrida odamlar o‘g‘il qilib olingan bolani o‘sha o‘g‘il qilib olgan odamning ismi birlan, ya’ni «Ey falonchining o‘g‘li» deb chaqirishar erdi. Keyin, Olloh taolo «Ularni (o‘g‘il qilib olingan bolalarni) o‘z otalarining ismi birlan chaqiringizlar!...» degan oyati karimasini nozil qildi. Abu Huzayfa ibn Utbaning xotini Sahla binti Suhayl ibn Amr al-Qurayshiy (keyinroq, al-Omiriy) Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, biz Solimni bola, deb hisoblar erdik, bu haqda Olloh taolo o‘z oyati karimasini nozil qilganini endi bildim»,— dedi-da, bo‘lgan voqeani aytib berdi».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zibo’a binti az-Zubayrning huzuriga kirib: «Menimcha, sen haj qilmoqchiga o‘xshaysan?»
—   dedilar. Zibo’a «Olloh taolo haqi, bunga kasalligimdan bo‘lak mone’lik yo‘q » — dedi. Janob Rasululloh unga «Hajga niyat  qilavergil-da, «Yo parvardigoro, o‘zing meni qimirlay olmaydirgan qilib qo‘ygan joyimda (kasal qilib yotqizib qo‘ygan joyimda) hajimni qabul qilgaysan!» — deb iltijo qilgil!» — dedilar. Bu ayol Miqdod ibn al-Asvadning xotini erdi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:08:14

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Ayolga uning quyidagi to‘rt narsasi uchun uylanasan molini, zotini, jamolini va diynini deb. Agar (o‘z diningdan chiqib boshqa) dindagi ayolga uylansang, xayriyatga erishmaysan!» — dedilar».

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mana bu masala xususida nima deysizlar?»—deb so‘radi. Ular (sahobalar) «Agar biror ayolni xotinlikka so‘ragan bo‘lsa, unga uylanmog‘i lozim, agar shafoat talab qilinsa, shafoat qilmog‘i darkor va agar birov gapirsa, eshitmog‘i lozim»,— deyishdi. Keyin, u indamay faqir musulmonlarning oldiga borib «Mana bu masalaga nima deysizlar?» — deb so‘radi. «Agar biror ayolni xotinlikka so‘ragan bo‘lsa, uylanmasa ham bo‘ladi, agar shafoat talab qilinsa, shafoat qilmasa ham bo‘ladi va agar birov gapirsa, eshitmasa ham bo‘ladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh «Bu (Din xususida barchani barobar ko‘rgan odam) — yer yuzi to‘la ana shundaylardan ham yaxshiroqdur!» — dedilar»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:08:42

16- bob Boylik borasida tenglar va kambag‘al ayollarga uylanish xususida

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar «Ey jiyanim, yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘ladi, u ersa qizning jamoli va moliga ega bo‘lib olmoqchi bo‘ladi-da, unga kam mahr berib uylanmoqqa intiladi. Shul boisdan ular (valiylar) yetim qizlarga uylanmoqdan qaytarildilar, ammo yetim qizlarga insof qilib, mahrini to‘la-to‘kis bersalar, ularga uylanishlari mumkin bo‘ldi, aks holda ulardan bo‘lak ayollarga uylanish buyurildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan fatvo so‘rashib erdi, Olloh taolo «Va ey habib, odamlar sizdan xotinlarni nikohlariga olmoq xususida fatvo surarlar («nikohlaringizga olmoqchi bo‘lasizlar ularni» degan qavligacha)» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taolo ularga «Agar yetim qiz go‘zal va badavlat bo‘lsa, to‘la mahr bermay unga uylanishga intildingizlar, agar xunuk yoki kambag‘al bo‘lsa, ularni qo‘yib, boshqa ayollarga uylandingizlar»,— dedi. Yetim qizlarni kambag‘al yoki xunuk, deb ularga uylanmaganlaridan keyin, ularning husni va jamoli uchun ham uylanmoqlariga yo‘l yo‘qdur. Ammo, ularga insof qilib, to‘la-to‘kis mahr bersalar, uylanmoqlari mumkindur»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:09:37

17-bob. Xotindan sodir bo‘ladirgan baxqizlik xususida. Olloh taolo: «Darhaqiqat, xotinlaringizdan va bolalaringizdan ayrimlari sizga dushmandur!»—deydi

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Baxqizlik xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar».

Ibn Umar: «Odamlar Janob Rasulullohning huzurlarida baxqizlik xususida so‘zlashdi. Shunda, ul zot «Agar biror narsada baxqizlik bo‘lsa, u ham xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar».

Sahl ibn Sa’d bunday deydilar. «Janob Payg‘ambarimiz alayhissalom «Agar biror narsada (baxqizlik) bo‘lsa, u ham otda, xotinda va xonadondadur»,— dedilar».

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar. «Payg‘ambarimiz alayhissalom «Uzimdan keyin erkaklarga xotinlardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim»,—dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:10:05

18-bob. Qo‘l ostidagi ozod ayol xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Cho‘ri) Bariraga nisbatan uch sunnatni ado etmog‘im kerak erdi, men uni ozod qilib, so‘ng eri huzuriga borish yoki qolish ixtiyorini o‘ziga berdim. Janob Rasululloh: «Uni ozod qilaver, unga homiylik huquqi ozod qilgan shaxsning qo‘liga o‘tadi»,— degandilar. Bir kuni Janob Rasululloh hujramga kirib keldilar, shunda qozon ostiga o‘t qalangan erdi. Ul zot taom hidini sezib: «Qozon ko‘rinmaydimi?» — dedilar. Men: «Bariraga sadaqa qilingan go‘shtni (qozonga solib qo‘yganman), darvoqe siz sadaqa yemaysizku!» — dedim. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan, bizga ersa hadyadur»,— dedilar».

Qayd etilgan