Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483263 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 114 B


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:10:33

19- bob. To‘rttadan ziyod xotinga uylanilmaydi. Olloh taolo: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— degan

Ali ibn Xusayn raziyallohu anhu: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— dedilar. Olloh taolo: «(Farishtalarning ham) ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan qanotlari bor-dur»—deydi, ya’ni «ikkita, uchta va to‘rtta».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimaning mazmuni shuki, yetim qiz o‘z xojasining nazoratida (qo‘l ostida) bo‘ladi, xojasi uning moliga ega bo‘lib olmoq niyatida unga uylanadi, keyin unga na yaxshi muomala qiladi va na uning moli xususida adolat qiladi, bas bundaylar ta’blari suygan boshqa xotinlardan ikkitasi, uchtasi va to‘rttasiga uylansinlar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:10:57

20- bob. «Va sizlarni emizgan onalaringizni...» va (sizlar birlan) emishganlarni va nasab jihatidan ta’qiqlanganlarni (nikohingizga olmog‘ingiz) haromdur!

Janob Rasululloh Oisha onamizning huzurlarida erkanliklarida Oisha onamiz bir kishining Hafsa raziyallohu anhoning huzuriga kirmoqqa ijozat so‘rayotganini eshitib-dilar. Oisha onamiz bunday deydilar: «Shunda, men: «Yo Rasulalloh! Anavi kishi hujrangizga kirmoqqa izn so‘rayotir»,— dedim. Ul zot: «Kimligini ko‘rib turibman, u Hafsaning emishgan amakisi bo‘ladi»,— dedilar. Men: «Agar shunday bo‘lsa, u holda uning emishgan amakisi mening ham huzurimga kirishi mumkin erkan-da?» — dedim. Ul zot:

«Ha, tug‘ishganlik nimani man’ qilsa, emishganlik ham shuni man’ qiladi»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohga: «Hamzaning qiziga uylanmaysiz-mi?» — deyishdi. Ul zot: «Ul qiz mening emishgan akamning qizlari bo‘ladi!»—dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:11:22

Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedi. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?» — dedilar. U: «Ha, men sizga qarshilik qilmayman, mening baxtimga singlim ham sherik bo‘lmog‘ini istayman!» —dedi. Ul zot: «Bu menga sira ham mumkin ermas!» — dedilar. U: «Biz sizni Ummu Salamaning qiziga uylanmoqchisiz, deb yuribmiz!»—dedi. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Hatto u mening qo‘limda tarbiyalanmayotgan qiz bo‘lganida ham bu menga mumkin ermas. Axir, u mening emishgan akamning qizi-ku! Men birlan Abu Salamani Suvayba emizgan-ku! Menga qizlaringizni ham, singillaringizni ham taklif qilmangizlar!» — dedilar. Urva bunday deydilar: «Suvayba Abu Lahabning cho‘risi bo‘lib, u uni ozod qilgan erdi, keyin Suvayba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni emizdi. Abu Lahab o‘lgach, uning oila a’zolaridan biri uni tushida ko‘rdi. U tushida Abu Lahabga: «Qanday savobli ishlaring borligini bilding?» — dedi. Abu Lahab: «Sizlarni tark etgach, Suvaybani ozod qilganimdan bo‘lak biror savobli ishim borligini ko‘rmadim!» — dedi».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:11:43

21-bob. «Ikki yil emizgandan so‘ng, emizish yo‘q!» degan shaxs xususida. Olloh taolo:
«(Va onalar o‘z bolalarini) butun ikki yil davomida emizsinlar, bul hukm emizish muddatin nihoyasiga yetkazmoqni istaganlar uchundur»,— deydi («Al-Baqara» surasi, 233- oyat). Kam va ko‘p (oz va ko‘p muddat) emizishga nima mone’lik qiladi?


Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaning hujrasiga kirib kelganlarida uning huzurida bir kishi o‘ltirgan erdi. Shunda ul zotning yuzlari o‘zgargandek bo‘ldi, go‘yoki uni yoqtirmagandek bo‘ldilar. Oisha buni sezib: «Bu mening (emishgan) ukam!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ukalarimdan biri, deb hisobladingmi? Emishganlik ochlikdan sut emadirgan go‘daklik chog‘idadur!»—dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:12:33

22- bob Emishgan erkak xususida

Urva bunday deydilar «Abulqu’aysning birodari Oishaning huzurlariga kelib, ichkariga kirmoqka izn so‘radi. U Oishaning emishgan amakilari bo‘lib, bu voqea «Hijob» oyati nozil bo‘lgandan keyin sodir bo‘lgan erdi «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— mening ul kishiga ruxsat bergim kelmadi, keyin Janob Rasululloh kelganlarida qilgan ishimni aytdim. Janob Rasululloh ul kishiga ruxsat bermog‘imni amr qildilar»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:12:54

23- bob Emizgan ayolning guvohligi haqida

Ubayd ibn Abu Maryam rivoyat qiladilar: «Uqba bunday dedi: «Men bir ayolga uylandim. Keyin, bir qora xotin huzurimizga kelib «Men ikkalangizni ham emizganman»,— dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga borib «Yo Rasulalloh, men falonchi qizi falonchiga uylanib erdim, bir qora xotin huzurimizga kelib, ikkalamizni ham emizganini aytdi, lekin u yolg‘on gapiryapti»,— dedim. Shunda ul zot yuzlarini teskari o‘girib oldilar, men ro‘paralariga aylanib o‘tib, yana «U yolg‘onchi!» — dedim. Ul zot «U birlan qandai yashaysan? Axir, ikkalangizni ham emizganligini ta’kidlayapti-ku! Uni qo‘ygil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:13:38

24- bob Qaysi ayollarga uylanmoq halol va qaysi ayollarga uylanmoq haromdur?

Olloh taoloning qavli: «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz va qizlaringiz va singillaringiz va ammalaringiz va xolalaringiz va birodarlaringiz qizlari va singillaringiz qizlari va sizlarni emizgan onalaringiz (ya’ni, enagalaringiz) va emishgan singillaringiz va xotinlaringiz onalari va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari (ya’ni, o‘gay qizlaringiz) va agar sizlar ularning onalari ila birga yotmagan bo‘lsangizlar, ul holda sizlarga bu gunoh bo‘lmas va shuningdek, o‘z pushtlaringizdan bo‘lgan o‘g‘illaringiz xotinlariga uylanmoqlaringiz va ikki singilni (opa-siigilni) bir nikoxda jam’ qilmoqlaringiz ham sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur, darqaqiqat Olloh taolo mag‘firat qilguvchi, nihoyatda shafqatli zotdur!» («An-Niso» surasi, 23-oyat)

Anas raziyallohu anhu Olloh taoloning «Va erli xotinlar ham (sizlarga xarom qilindi), (kofirlarning sizlar gazotda asir olib) mulkingizga aylangan xotinlari bundan mustasnodur» degan oyati karimasi xususida gapirib: «Kishi o‘z joriyasini o‘z qulidan tortib olsa, hechqisi yo‘q, ammo mushrika ayollarga, ular mo‘mina bo‘lmagunlariga qadar, uylanmangizlar!» —deydilar.

Ibn Abbos «Onasi, qizi va singlisiga uylanmoq harom qilingani kabi, to‘rttadan ortiq ayolga uylanmoq ham haromdur!» — deydilar.

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:13:59

Ibn Abbos «Nasabdosh ayollardan yetti nav’iga (ona, qiz, singil, amma, xola, birodarlar qizi, singillar qizi) va emishganlardan yetti nav’iga (emizgan enaga, emishgan singil, qaynona, o‘gay qiz, kelin, qaynsingil, kelinoyi) uylanmoq haromdur»,— dedilar, so‘ng Olloh taoloning «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz» deb boshlanadirgan oyati karimasini qiroat qildilar.

Abdulloh ibn Ja’far bir vaqtning o‘zida Alining qizlari birlan (uning onasidan bo‘lak) ayollariga uylanganlar. Ibn Sirin «Buning hechqisi yo‘q»,— deydilar Hasan ersalar, avval buni «makruh» deb, keyin «buning zarari yo‘q» deb aytganlar. Hasan ibn Hasan ibn Ali bir kechada amakining (onasi boshqa-boshqa) ikki qiziga uylanganlar Jobir ibn Zayd buni qarindoshlik munosabatlariga putur yetkazishi mumkinligidan «makruh» deb, «Aslida bunga ta’qiq yo‘q, chunki Olloh taolo (24- oyatda) «Mana shulardan boshqa ayollarga uylanmog‘ingiz sizlarga halol qilindi» — «degan»,— deydilar. Ikrima Ibn Abbosdan naql qilib: «Agar kishi o‘z xotinining singlisi birlan zino qilgan bo‘lsa, unga xotini harom bo‘lib qolmaydi» — deydilar. Abu Ja’far bola birlan uynashgan kishi xususida: Agar u bolaning ortiga kiritgan bo‘lsa bolaning onasiga uylana olmaydi»,— deydilar. Ikrima ibn Abbosdan naql qilib «Agar kishi qaynsinglisi birlan zino qilib qo‘ysa, unga xotini harom bo‘lmaydi» — deydilar. Abu Nasrdan zikr qilinishicha, Ibn Abbos «Xotini harom bo‘ladi»,— deb aytgan erkanlar. Imron ibn Husayn, Jobir ibn Zayd, Hasan va ba’zi iroqliklar «Xotini harom bo‘ladi»—deyishgan erkan. Abu Hurayra «Harom bo‘lmaydi, jimo’ qilaveradi» — deydilar. Hazrat Ali «Harom bo‘lmaydi, bu haqda oyat nozil qilingan»,— deydilar.

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 16:14:53

25- bob Olloh taoloning «Va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari...» degan qavli xususida

Ibn Abbos «Ad-Duxuul va al-masiys va al-limos — jimo’ qilishlikdur. Agar kimki: «Bolamning qizi»,—desa, demak u ham o‘z qizidek bo‘lib, unga uylanmog‘i haromdur»,— deydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Habibaga: «Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!»—deb aytganlar. Shuningdek, o‘g‘illarning bolalarining xotinlari ham o‘g‘illarning xotinlari kabi bo‘lib, uylanmoqqa haromdur. Ugay qiz, agar o‘gay otaning qo‘l ostida parvarish topmayotgan bo‘lsa ham, o‘gay otaning unga uylanmog‘i haromdur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z o‘gay qizlarini uni boqishni o‘z zimmasiga olgan kishiga berganlar. Ul zot qizlarining qizini «qizim» deb ataganlar».

Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi sizga darkormi?» — dedim. Ul zot: «Xo‘sh, uni nima qilaman?» — dedilar. Men: «Nikohingizga olasiz»,— dedim. Ul zot: «Shuni xohlaysanmi?» — dedilar. Men: «Sizga bu xususda mone’ligim yo‘q, sizga yetishib erishgan baxtimga singlim ham (menga) sherik bo‘lsa, deyman!» — dedim. Ul zot: «Unga uylanmog‘im mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Men eshitdimki, uylanarmishsiz»,— dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qizigami?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Ugay qizim bo‘lmaganida ham bu menga mumkin ermas, chunki Suvayba meni va uning otasini emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar».

Hishom: «Usha qiz Abu Salamaning gavhari erdi»,—deydilar.

Qayd etilgan


Laylo  22 Oktyabr 2006, 14:16:30

26- bob. Ikki singilni (opa-singilni) bir nikohda jam’ qilmoqlaringiz qam sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur...»

Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedim. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?»—dedilar. Men: «Ha, sizga bul xususda qarshilik qilmayman, men singlimning baxtimga sherik bo‘lmog‘ini xohlayman!»—dedim. Ul zot: «Bu menga mumkin ermas»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «gavhar» qiziga uylanmoqchisiz deb gapirib yuribmiz»,— dedim. Ul zot: «Abu Salamaning qiziga?»—dedilar, Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Hatto u mening qo‘l ostimda parvarish topmayotgan bo‘lganida ham, bu menga mumkin ermas, chunki u mening emishgan akamning qizi bo‘lib, Suvayba men birlan Abu Salamani emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan