37- bob. Agar valiyning (qizga homiylik qiluvchi kishining yoki qizning biror yaqin kishisining) o‘zi kuyov bo‘lsa, unda u nima qilmog‘i kerak?
Mugiyra ibn Shu’ba bir ayolni (amakisining qizini)o‘ziga so‘rattirdi, u uning eng yaqin kishisi erdi. Shunda u bir kishiga (qizning o‘zidan bo‘lak yaqin kishisiga) buyurib erdi, u uni qizga uylantirib qo‘ydi. Abdurrahmon ibn Avf Ummu Hakim binti Qorizga: «Uzingni menga topshirasanmi?»—dedi. U «Ha»—deb javob berdi. Abdurrahmon unga «Bo‘ldi, senga uylandim!» — dedi. Ato qizni ishonti-rish yoki qizni o‘ziga nikohlab qo‘yishni uning qarindoshlaridan biriga buyurish maqsadida «Bo‘ldi, men seni nikohimga oldim»— dedi. Sahl rivoyat qiladiki, bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Men o‘zimni sizga bag‘ishladim!» — dedi. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi.
Oisha raziyallohu anho Olloh taoloning «Odamlar sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar, siz aytipgizki, Olloh taolo sizlarga fatvo berur» degan oyati haqida so‘zlab: «Bu oyat yetim qizlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, yetim qiz, odatda, biror kishining qo‘lida parvarish topayotgan va o‘z molini xojasining moliga qo‘shib tasarruf qilayotgan bo‘ladi. Xoja ersa unga o‘zi uylanmoqchi bo‘ladi, chunki u qizning molini qizg‘anib, uni birovga erga bergisi kelmaydi. Shul boisdan, Olloh taolo bunday kishilarni o‘z qo‘llarida parvarish topayotgan yetim qizlarga uylanmoqdan qaytardi» — dedilar.
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar:«Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, bir ayol o‘zini ul zotga bag‘ishlagani (taklif qilgani) keldi. Ul zot unga bir tikilib qarab, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, indamadilar. Shunda sahobalaridan biri «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Ul zot «Mahrga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Menda hechnarsa yo‘q»,— dedi Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk top!» — dedilar. U «Hatto temir uzuk ham yo‘q, ammo mana bu choponimni ikkiga bo‘lib, yarmini unga beraman, yarmini o‘zim olaman»,— dedi. Ul zot «Io‘q, bo‘lmaydi. Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha», — dedi. Ul zot «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga unga ega qildik!» — dedilar»