Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482644 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 114 B


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:54:10

46- bob. Xotinlikka so‘ralgan ayoldan voz kechmoqlikningtafsiri

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Men Abu Bakrni uchratib: «Agar istasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim-da, bir necha kecha kutdim. Keyin, uni Janob Rasululloh o‘zlariga so‘ratdilar. Shundan so‘ng, men Abu Bakrni uchratib qoldim, ul kishi menga: «Sening menga qilgan taklifingga ijobiy javob bermogimga faqat bir narsa mone’lik qilgan erdi, u ham bo‘lsa men Janob Rasulullohning Hafsa haqida eslaganlarini bilar erdim, men ul zotning sirlarini oshkor qilolmas erdim, agar undan voz kechganlarida, men uni qabul qilgan bo‘lar erdim!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:54:20

47- bob. Nikohdagi xutba haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mashriqdan ikki kishi kelib xutba o‘qidi. Shunda Janob Rasululloh: «Ba’zi bayonlarda sihr bordur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:54:35

48- bob. Nikohda doira chalmoq hamda ziyofat qilmoq xususida

Rabi’ binti Mu’avviz ibn Afro’ rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh menga qo‘shilmoq bo‘lib huzurimga kirganlarida, hozir sen o‘ltirganingdek to‘shagimga o‘ltir-dilar. Joriya qizlarimiz doira chalishib, Badr gazotida shahid bo‘lgan ota-bobolarim haqida yiglab kuylay boshlashdi. Ulardan biri: «Bizning oramizda payg’ambar borlar, ul zot ertangi kundan boxabarlar» — deya kuylar erdi. Shunda ul zot: «Bu qo‘shigingni bas qilgil, avvalgi qo‘shigingni aytavergil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:54:54

49- bob. Olloh taoloning «Va beringizlar xotinlarga ularning mahrlarin xursandlik ila!» hamda «Va bergan bo‘lsangizlar dastlabki xotinlaringizga ko‘p bir molni, qaytarib olmangizlar ul moldan hech bir narsani!», shuningdek «Yoki ularga biror mahr muqarrar qilmay turib» degan qavllari xususida

Sahl aytdilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Loaqal, bitta temir uzuk bo‘lsaham!»—deb aytibdilar.

Anas rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandi. Janob Rasululloh uni kuyovlik libosida ko‘rib, undan bir narsa haqida so‘radilar. U: «Men danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:55:05

50- bob. Qur’on evaziga (mahr bermay) uylantirib qo‘ymoq haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlaridagi bir qavm orasida erdim. Shunda, bir ayol o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» — deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot indamadilar. Keyin, u yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot yana indamadilar. U yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» — dedi. Ul zot: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo‘q»,— dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U borib qidirib keldi-da: «Hech narsa yo‘q, hatto temir uzuk ham topolmadim»,— dedi. Ul zot: «Qur’ondan biror narsa bilasanmi?»—dedilar. U: «Men Qur’ondan falon va falon suralarni bilaman»,— dedi. Ul zot: «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:55:24

51- bob. Mahrning na hajmi va na vazni muhim ermas! Masalan, temir uzuk

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylanayotgan bir kishiga: «Loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:55:36

52- bob. Nikohdagi shartlar

Hazrat Umar: «Ayollar farjining qonuniy halol bo‘lmog‘i nikoh shartlarining to‘la-to‘kis bajarilmog‘iga bog‘likdur!» — deydilar.

Misvar rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘z kuyovlari haqida so‘zlayotib, uning o‘zlariga munosib kuyovlik qilayotganini aytganlarini hamda unga tasannolar o‘qib, maqtaganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:55:49

53- bob. Nikohdagi makruq shartlar haqida

Ibn Mas’ud: «Ayol o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini shart qilib qo‘ymasin!» — deydilar.

Abu .Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayolning o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini talab qilmog‘i makruhdur. Bunday ayolning beti qursin! Zero, unga ham ko‘z tikkan balo bordur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:56:00

54- bob. Uylangan kishining qo‘lidagi sarig‘ dog‘ haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, uning qo‘lida bir sarig‘ narsaning dog‘i bor erdi. Ul zot undan bu dog‘ning nimaning dog‘i erkanligini so‘radilar. U bir ansoriya ayolga uylanganini aytdi. Ul zot: «Unga qancha mahr berding?» — dedilar. U: «Danakdek keladirgan oltin»,— dedi. Ul zot: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:56:12

55- bob.

Humayd raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynabga uylanganlarida har safar uylanganlarida qilganlaridek, mu-sulmonlarni ziyofat qilganlar-ku!» — dedi-da, mo‘minlarning onalari hujralariga borib, ularni duo qildi, ular ham uni duo qilishdi. Keyin, qaytib ketayotganida ikki kishini ko‘rib, yana orqasiga qaytdi. Usha ikki kishining chiqib kelayotganini men o‘zim unga xabar qildimmi yoki birov xabar qildimi, buni bilmayman».

Qayd etilgan