Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483472 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 114 B


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:04:34

76- bob. Da’vat qilingan joyga borganda makruh narsani ko‘rsa, ortiga qaytib ketadimi?

Ibn Mas’ud bir uyda surat borligini ko‘rib, ortlariga qaytib ketdilar.

Ibn Umar Abu Ayyubni uylariga da’vat qildilar. Ul kishi uyda devorga osig‘liq suratli pardani ko‘rib, qaytib ketmoqchi bo‘ldilar. Shunda Ibn Umar: «Bunga bizni xotinlar majbur qildi»,— dedilar. Abu Ayyub: «Bundan qo‘rqsam ham, sendan qo‘rqmayman! Xudo haqi, sizlar birlan bir dasturxonda o‘ltirmayman!» — dedilar-da, ortlariga qaytib ketdilar.

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz suratli bir kichik yostiq sotib oldilar. Janob Rasululloh uni ko‘rib, ichkariga kirmay, eshik ostonasida turib qoldilar. «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— ul zotning yuzlarida jirkanish alomatini ko‘rib: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa va.uning rasuliga tavba qildim, men nima gunoh qilib qo‘ydim erkan?» — dedim. Ul zot: «Anavi yostiq bu yerda nima qilib turibdi?» — dedilar. Men: «Ultirasiz va bosh qo‘yasiz, deb siz uchun sotib oldim»,— dedim. Ul zot: «Mana shu suratlarni chizganlarga qiyomat kuni qattiq azob beriladi va ularga: «O’zlaringiz bunyod qilgan narsangizga jon kirgizingizlar!» — deyiladi»,— dedilar. So‘ng, yana: «Suratlar bor uyga farishtalar kirmaydi!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:04:57

77-   bob. To‘y kuni ayolning erkaklar tepasida turib, shaxsan o‘zi ularga xizmat qilmog‘i haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Usayd uylanganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalarini to‘yga taklif qildi. Shunda u ularga taom ham keltirmadi, ularga yaqin ham kelmadi, bizga xizmatni faqat uning xotini Ummu Usaydning o‘zi ado etdi. Ummu Usayd toshdan yo‘nilgan bir togoraga xurmo solib, suvga bo‘ktirib qo‘yib, tuni birlan shunday qoldirgan erdi. Janob Rasululloh taom tanovul qilib bo‘lganlarida u o‘sha xurmolarni ezib, suvini ul zotga quyib berdi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:05:15

78-   bob. To‘ydagi mast qilmaydirgan «naqi’» va «sharob» ichimliklari haqida

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalarini o‘z to‘yiga taklif qildi. Shunda kelin bo‘lmish uning xotini ularga xizmat qilgan erdi. Sahl o‘shanda: «Bilasizlarmi, uning Janob Rasulullohga nima quyib berganini? U togorada tuni birlan ivitilgan xurmo suvini ul zotga quyib berdi»—deb aytgan erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:05:41

79-bob. Ayollar birlan murosa-yu madora qilmoqlik qamda Janob Rasulullohning «Darhaqiqat, ayol qobirg‘aga o‘xshaydi» degan qavllari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayol qobirg‘aga o‘xshaydi, agar uni to‘g‘rilayman desang, sindirib qo‘yasan va agar (shundayligicha) foydalanaveraman desang, foydalanaverasan, uning o‘zi (azaldan) qiyshiq!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:06:04

80-bob. Ayollar birlan maslahat qilmoqlik haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Kimki Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek, ayollar birlan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar. Chunki, ular qobirg‘adan yaratilgan bo‘lib, qobirg‘aning eng qiyshiq yeri — uning do‘ng joyidur. Agar uni to‘g‘rilashga harakat qilsang, sindirib qo‘yasan va agar qo‘yib yuborsang (yana qaytib o‘z holiga keladi-da), egriligicha qoladi. Bas, shunday erkan, ayollar birlan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar!».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz, Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Tag‘in, biror baloga griftor bo‘lib qolmaylik!» deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so‘z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo‘rqar erdik. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qylganlaridan so‘ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladirgan bo‘ldik».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:06:39

81-bob. Uzingizni hamda oilangizni do‘zax o‘tidan saqlangizlar!

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Barchangiz homiy va mas’uldursizlar. Imom (rahbar) ham homiy hamda mas’uldur, er (erkak) o‘z oilasiga homiy va mas’uldur, xotin erining uyiga homiy va mas’uldur, qul xojasining moliga homiy va mas’uldur, zero barchangiz homiy va barchangiz mas’uldursizlar!»

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:06:59

82- bob. Oila birlan yaxshi muomala qilmoqlik haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Un bitta ayol o‘z erlari xususidagi gaplarni zarracha yashirmasdan oshkor qilishga kelishib olishib, bir yerga to‘planishdi. Birinchi ayol: «Mening erim tuya yanglig‘ tirraqi, yengil bo‘lib — chaqqonmas, semiz bo‘lib — polvonmas!»—dedi. Ikkinchi ayol: «Men erimning sirini oshkor qilmasligim u yoqda tursin, hatto shunday oshkor qilayki, uning bor nuqsonlarini aytib, astar-avrasini chiqarib yuboray!» — dedi (ya’ni, u shugina bir gapi birlan erining kim erkanligini bildirib qo‘ya qoldi) Uchinchi ayol: «Mening erim xudbin, unga bitta so‘z ko‘plik va yarimta so‘z kamlik qiladi»,— dedi. To‘rtinchi ayol: «Mening erim tihomalik bir notavon bo‘lib, na issiq va na sovuq, na tasqara va na jirkanarlidir»,— dedi. Beshinchi ayol «Mening erim, uyga kirganda qoplon kabi uzala tushib dong qotib uxlaydi, ko‘chaga chiqqanda arslon kabi qutirib ketadi (yoki arslonni ko‘rganda dahshatga tushgan kishi kabi pisib qoladi)»,— dedi. Oltinchi ayol: «Mening erim ovqat yesa, biqinidan, suv ichsa, tomog‘idan ko‘rinadirgan bir odam bo‘lib, oilasining na ovqatidan va na suvidan xabar oladi, bola-chaqasining ahvoli nima kechayotir, zarra parvosiga kelmaydi»,— dedi. Yettinchi ayol: «Mening erim o‘ta nimjon bo‘lib, bo‘lar bo‘lmasga dardga chalinaveradi, tegsang, chochilib ketadigandek!» — dedi. Sakkizinchi ayol: «Mening erim quyondek tezotar va moldek sassiq»,— dedi. To‘qqizinchi ayol «Mening erim ustundek baland, tepalikdek salobatli, qurumdek qop-qora va xonanishindir»,— dedi. Uninchi ayol: «Mening erim o‘zi xon, ko‘lankasi maydon, ta’rifi ortiqroqdur bundan ming chandon, qo‘ra ichra tuyalari ko‘pdur, ammo yaylovda oz — bir necha to‘pdur, bu sho‘rlik tuyalar gar soz ovozini eshiqalar, halok bo‘ldik, deb o‘ylagaylar»,— dedi. Un birinchi ayol bunday dedi: «Mening erim Abu Zar’ ikki qulog‘imni isirg‘a birlan bezab, ikki bilagimni tiqmachoqdek qilib semirtirdi, meni maqtab keriltirdi, meni o‘zining ash-Shiqqadagi qo‘ylari hamda yilqi-yu, tuyalari o‘rnida ko‘rdi. Men uning huzurida yomonlik ko‘rmadim, yeb-ichib, huzur-halovatda yashadim. Uning onasi Ummu Abu Zar’ ersa, ichi to‘la qarg‘ish, uyi bedarvoza bir xotindur. O’g‘li Ibn Abu Zar’ — ko‘rpa-yostig‘i juldur, o‘zi bir echki qo‘lini yesa, arang to‘yadi. Qizi Binti Abu Zar’ — ota-onasining g‘irt o‘zi, semizligidan kuylagiga sig‘maydi, bor zahrini cho‘risiga sochadi. Cho‘risi ersa, gapimizni ko‘chaga tashimaydi, o‘g‘ritomoq ermas, uyimizni oyoqosti ham qilmaydi. Bir kuni Abu Zar’ suv to‘la meshdek jussasini so‘lqillatib ko‘chaga chiqdi-da, ikki o‘g‘ilchasi birlan kelayotgan bir ayolni uchrat-di. Ayolning bolalari onasining pinjida o‘ynashayotgan ikki qoplonchadek ikki dona anorni o‘ynashar erdi. Abu Zar’ meni taloq qilib, o‘sha ayolga uylandi. Keyin, men bir erkakka tegib oldim. U men birlan bearmon dom olishdi, menga ilgari bilmagan lazzatlarni, erdan ayolga lozim bo‘lgan barcha rohatlarni baxsh etdi. U menga: «Bori-yo‘g‘imni sen Ummu Zar’ga bag‘ishladim!»— dedi. Agar u menga ato etgan narsalarni jamlab, Abu Zar’ning (barcha idishlariga, hatto) eng kichik idishiga ham solsang, to‘lib-toshib keqa kerak!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Habashlar nayzabozlikni mashq qilayotgan erdilar, shunda Janob Rasululloh meni begona ko‘zdan pana qilib turdilar, men tomosha qildim. Biroz tomosha qilgach, ichkariga kirib ketdim, o‘shanda men o‘yin-kulgi qiladirgan yoshdagi bir qizaloq erdim»

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:09:12

83- bob Kishining o‘z qiziga uning eri xususida pand-nasihat qilmog‘i

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men ancha vaqt Hazrat Umardan Janob Rasulullohning ayollaridan ikkitasi xususida so‘ramoqchi bo‘lib yurdim-u, lekin so‘ray olmadim. Olloh taolo ular haqida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar .» degan oyati karimasini nozil qilgan erdi. Hazrat Umar haj qilganlarida men ham birga haj qildim. Hajdan qaytayotib bir yerga kelganda, chekkaga chiqdilar, men ham meshchadagi suvni olib chekkaga chiqdim. Ul kishi hojatdan bo‘shalib qaytgach, qo‘llariga suv quyib berdim, tahorat oldilar. So‘ng, men ul kishidan «Yo mo‘minlar amiri, Olloh taolo Janob Rasulullohning ayollaridan ikkitasi xususida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar..» degan oyati karimasini nozil qilgan erkan, ular kimdurlar'»—deb suradim. Hazrat Umar: «Vo ajabo! Shuni ham bilmaysanmi, ey Ibn Abbos?! Ular — Oisha birlan Hafsa-dur»,— dedilar! Keyin, Hazrat Umar bunday deb gaplarida davom etdilar: «Men va mening bir ansoriy qushnim Baniy Umayya ibn Zayd qabilasida erdik. Ular Madina akobirlaridan erdilar. Men va qo‘shnim navbatma-navbat Janob Rasulullohniig huzurlariga borib turar erdik, bir kun u borar erdi va bir kun men borar erdim. Men borib kelsam, o‘shal kun Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiy va u yerda bo‘lgan boshqa voqealar haqida unga so‘zlab berar erdim. U borib kelganda ham xuddi shunday qilar erdi. Biz qurayshliklar ayollarimizdan ustun turar erdik. Ansorlar huzuriga kelsak, ularning ayollari erkaklaridan ustun erkan. Natijada, bizning ayollarimiz ularning ayollaridan «ta’lim» ola boshlashdi. Bir kuni xotinimga baqirib erdim, u ham menga baqirib javob qildi. Men: «Gap qaytarma!» — dedim. Xotinim: «Mening og‘zimga urmangiz, xudo haqi, Janob Rasulullohning xotinlari ham ul zotga gap qaytarishadi, Ul zot bugun kechgacha ularning biridan arazladilar»,— dedi. Bundan men qattiq xavotirga tushdim-da, xotinimga: «Ulardan qaysi biri shu ishni qilgan bo‘lsa, albatta badnom bo‘ladi!» — dedim. Keyin, kiyinib qizim Hafsaning huzuriga yo‘l oldim, yetib borgach, ichkariga kirdim-da, unga: «Ey Hafsa, bugun Janob Rasululloh birortangiz birlan kechgacha gaplashmayman, dedilarmi?» — dedim. Qizim: «Ha», — dedi. Men: «Ishonchimni oqlamading, baxtingni boy berding! Olloh taolo Janob Rasulullohning g‘azablari tufayli darg‘azab bo‘lsa, omon qolasizlarmi? Halok bo‘lasan! Janob Rasululloh birlan zinhor aytishma, ul zotga zarracha gap qaytarma, arazlama, nimaiki miyangga kelsa, mendan so‘ra, qo‘shningning yolg‘on-yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — dedim.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:09:39

O’sha paytlarda biz: «G’asson podshohi bizga qarshi urush qilmoq taraddudida otlarini taqalamoqda» — deb xavotirlanib gapirib yurar erdik. Bir kuni ansoriy do‘stim o‘z navbati bo‘yicha Janob Rasulullohning huzurlariga borib, kechki payt qaytib keldi-da, eshigimni qattiq taqillatdi. Shunda, «Biror gunoh qilib qo‘yiptimikan?» deb qo‘rqib, darhol oldiga chiqdim. U menga: «Bugun bir ulkan voqea sodir bo‘ldi!» — dedi. Men: «Nima gap o‘zi, G’asson podshohi bostirib keldimi?» — dedim. U: «Yo‘q, aslo, bundan ham badtar va dahshatliroq, Janob Rasululloh xotinlarini taloq qilibdilar!»—dedi. Men: «Hafsa ishonchimni oqlamadi, baxtini boy berdi. Shunday bo‘lmasaydi, deb xayolimdan o‘tkazgan erdim-a!» — dedim-da, kiyinib olib Janob Rasululloh birlan birga bomdod namozini o‘qidim. Keyin, Janob Rasululloh boloxonalariga kirib, unda yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Men Hafsaning huzuriga kirsam, yig‘lab o‘ltiribdi, unga: «Seni yig‘latayotgan narsadan ehtiyot bo‘lmog‘ingni aytmaganmidim?! Mana, endi nima bo‘ldi?! Janob Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?»—dedim. U: «Bilmayman, ul zot hov anavi boloxonada yolg‘iz o‘zlari o‘ltiribdilar»,—dedi. Men tashqariga chiqib, minbar oldiga bordim, qarasam bir to‘da odamlar uning atrofida o‘ltirishibdi, ba’zisi yig‘layapti, men ham ular birlan biroz o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar meni mag‘lub qildi-da, Janob Rasululloh o‘ltirgan boloxona oldiga bordim. Qora xizmatkorlariga: «Umarga ichkariga kirmoqqa ijozat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. Xizmatkor ichkariga kirib, Janob Rasululloh birlan so‘zlashib qaytib chiqdi-da: «Janob Rasulullohga sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Men, noiloj, boyagi minbar atrofida o‘ltirgan odamlar yoniga borib o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar yana meni mag‘lub etib, xizmatkor oldiga bordim-da, unga: «Umarga izn berasizmi, deb so‘rab chiq!»— dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Men, noiloj, yana boyagi minbar atrofidagi odamlar oldiga borib o‘ltirdim. So‘ng, qalbimdagi hislar yana meni mag‘lub etib, xizmatkor oldiga bordim-da: «Umarga ruxsat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Endigina ortimga qaytib ketayotgan erdim, nogahon xizmatkor meni chaqirib: «Ul zot sizga ijozat berdilar»,— dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga kirsam, ul zot bo‘yra ustida yotibdilar, bo‘yra biqinlariga botib ketibdi. Boshlariga ichiga pohol tiqilgan teridan qilingan yostiq qo‘yib olibdilar. Men ul zotga salom berdim-da, tik turganimcha: «Yo Rasulalloh, xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Ul zot menga qarab: «Io‘q»,— dedilar. Men: «Ollohu akbar!» — dedim, so‘ng o‘sha tik turgan holimda: «Yo Rasulalloh, agar mening gaplarimga quloq osmog‘ingizni lozim topsangiz, tinglangiz! Sizga ma’lumki, biz Quraysh jamoasi xotinlarimizdan ustun turar erdik, Madinaga kelsak, bul yerdagi qavm ayollari erkaklaridan ustun erkan»,— dedim. Janob Rasululloh bu gapimni eshitib tabassum qildilar. Keyin, men yana davom etib: «Yo Rasulalloh, agar bilsangiz, men Hafsaning huzuriga kirib, unga: «Qo‘shningning yolg‘on-yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — deb aytdim»,— dedim. Shunda ul zot yana bir tabassum qilib ko‘ydilar. Men tabassum qilganlaridan foydalanib, o‘ltirib oldim-da, uylariga ko‘z yugurtirdim. Olloh taolo haqi, uylarida uchta oshlanmagan teridan bo‘lak biror ko‘zga ilinadirgan narsa ko‘rmadim! Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilib, duo qilingiz, ummatingizga ne’matlarini bisyor qilsin! Olloh taolo Fors va Rum ahliga ne’matlarini bisyor qilgan, ularga mol-dunyo bergan, ular ersalar unga ibodat qilmaydilar»,— dedim. Janob Rasululloh yonboshlab yotgan erdilar, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar-da: «Yo Ibn al-Xattob, rost aytding! Darhaqikat, bu qavmlar barcha ne’matlarni mana shu dunyoda olmoqqa oshiqdilar»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, mening uchun Olloh taolodan mag‘firat tilangiz!» — dedim. Ushanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari haqlarida Hafsa Oishaga gap tarqatganda xotinlaridan yigirma to‘qqiz kun arazlagan erdilar. Janob Rasululloh Olloh taolo o‘zlariga tanbih berganda xotinlaridan qattiq xafa bo‘lganlaridan: «Men ular huzuriga bir oy kirmayman!» — deb aytgan erdilar. Yigirma to‘qqiz kun o‘tgach, Janob Rasululloh Oishaning hujrasiga kirib, u birlan so‘zlasha boshladilar. Shunda Oisha: «Yo Rasulalloh, siz bizning huzurimizga bir oy kirmayman, deb ont ichgan erdingiz, vaholanki mening hisobimga ko‘ra, yigirma to‘qqiz kun o‘tkazib kirdingiz!»—dedi. Janob Rasululloh: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur», dedilar. Darhaqiqat, o‘sha oy yigirma to‘qqiz kun erdi. Oisha: «Keyin, Olloh taolo tanlash ixtiyori berilganligi haqida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh ayollaridan eng birinchi bo‘lib men birlan, so‘ng boshqa ayollari birlan gaplasha boshladilar»,— deydilar. Ul zotning boshqa ayollari ham, Oisha kabi: «Bir oy kirmayman deb, yigirma to‘qqiz kunda kirdingiz-ku?!» — deyishdi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:10:30

84-bob. Ayolning ro‘za tutmoqqa xohish bildirib eridan ruxsat olgachgina ro‘za tutmog‘i haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayol erining iznisiz ro‘za tutmaydi!» — dedilar».

Qayd etilgan