97- bob Safarga chiqmoqchi bo‘lganda xotinlari o‘rtasida qur’a tashlamoq haqida
Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarga chiqsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar erdilar. Bu safar ham qur’a tashlab erdilar, qur’a Oisha birlan Hafsaga chiqdi. Odatda, Janob Rasululloh tun bo‘lsa, Oisha birlan suhbatlashgani borar erdilar. Hafsa Oishaga «Sen mening tuyamga va men sening tuyangga minib olsam-chi, nima qilishlarini bir ko‘rar erdik!» — dedilar. Oisha: «Bo‘pti!»—dedilar. Keyin, Ja-nob Rasululloh Oishaning tuyasi oldiga kelib, unda Hafsa o‘ltirganini ko‘rdilar-da, unga salom berib qaytib ketib qoldilar. Odamlar Hafsaning tuyasini cho‘ktirishdi. Oisha Janob Rasulullohni ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydilar-da, atrofga alanglay boshladilar. Odamlar Oishaning tuyalarini cho‘ktirganda ul muhtarama oyoqlarini o‘tlar orasiga tiqib turib «Yo parvardigoro, shu yerdan bir chayon yoki ilon chiqarib meni chaqtirgil, men ul zotga biror narsa deyolmayman!» — dedilar».