Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483232 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:36:06

105- bob. Kishining ba’zi xotinlarini ba’zisidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rmog’i haqida

Ibn Abbos Hazrat Umarning Hafsaning huzuriga kirib: «Ey qizginam, qo‘shningning balandparvoz, yolg‘on-yashiq gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — dedim, so‘ng bu gapimni ul zotga aytib berib erdim, tabassum qilib qo‘ydilar» — deb aytganlarini eshitgan erkanlar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:36:22

106- bob. Uzida yo‘q narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatishning hamda  kundoshning o‘zini birovlarga eri oldida e’tibori bordek qilib ko‘rsatishining makruhligi haqida

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir ayol: «Yo Rasulalloh, mening kundoshim bor, agar men o‘zimni erim menga bermayotgan narsaga to‘ygandek qilib ko‘rsaqam, menga gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Ul zot: «Uziga berilmagan narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatuvchi shaxs — birovning ikkita ko‘ylagini kiyib olgan odam kabidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:36:40

107- bob. Rashk haqida
Mugiyra rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda: «Agar men bir begona kishini xotinim birlan ko‘rib qolsam, uni qilich beti birlan ermas, tig‘i birlan urib, chopib tashlayman!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sa’dning rashkidan ajablandingizlarmi? Men Sa’ddan, Olloh taolo ersa mendan ham ko‘proq rashklidur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq kishi yo‘qdur, shul boisdan ham ul buzuqliklarni harom qildi, shuningdek Olloh taolodan ko‘ra madhni yoqtiradirganroq kishi ham yo‘qdur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Muhammad ummati! Olloh taolodan ko‘ra, agar u o‘z bandasining zino qilayotganini ko‘rsa, ko‘proq rashk qiladirgan shaxs yo‘qdur! Ey Muhammad ummati! Agar men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:36:53

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq shaxs yo‘qdur'» — dedilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, Olloh taolo rashk qilgay va Olloh taoloning rashki mo‘min banda Olloh taolo harom qilgan narsalarni qilganda tug‘yon urgaydur!» —dedilar»

Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo rivoyat qiladilar: «Zubayr menga uylandi. Uning suv tortadirgan tuyasi-yu, otidan bo‘lak hech vaqosi yo‘q erdi. Men otiga yem berar, tuyasi yordamida suv tortar va qo‘l tegirmonda don yanchib, xamir qilar erdim. Lekin, men  (hali) yaxshi non yopolmas erdim, ansoriya qo‘shnilarimdan biri yopib berar erdi. Ikkalamiz ham pokdomon ayollar erdik. Men yanchilgan donni boshimga qo‘yib, Zubayrning Janob Rasululloh in’om qilgan yeridan asl qo‘shnimning yeriga olib chiqar erdim, qo‘shnim ersa mendan uchdan bir farsax narida turar erdi. Bir kuni donni boshimga qo‘yib ketayotgan erdim, yo‘lda Janob Rasulullohni bir guruh ansorlar birlan uchratib qoldim. Ul zot meni qoshlariga chaqirdilar, keyin kaftlariga tuplab, meni opichib olmoqchi bo‘ldilar. Men erkaklar birlan birga ketishdan uyalib, Janob Rasulullohga Zubayr va uning rashki haqida eslatdim, chunki erim o‘ta rashkli odam erdi. Janob Rasululloh mening hayo qilganimni bilib, yo‘llarida davom etdilar. Keyin, men Zubayrning oldiga borib, unga: «Men boshimga donlarni qo‘yib ketayotgan erdim, Janob Rasulullohni bir guruh sahobalari birlan uchratib qoldim. Shunda ul zot tiz cho‘kib meni opichlab olmoqchi bo‘ldilar, men uyalib ko‘nmadim. So‘ng, ul zotga sizning rashkli erkanligingizni bildirdim»,— dedim. Erim: «Xudo haqi, boshingdagi doningni ko‘tarib olsalar, mayli-ya, ammo seni yuking birlan opichib olganlarida mening sha’nimga og‘ir bo‘lar erdi!»— dedi. Shundan keyin, (otam) Abu Bakr bir xizmatkor yubordilar, u meni ot boqish yumushidan ozod qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:37:04

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan birining huzurida erdilar. Bir payt, mo‘minlarning onalaridan biri bir likopchada ul zotga taom kiritdi. Shunda Janob Rasululloh qaysi xotinlarining huzurida o‘ltirgan bo‘lsa-lar, o‘sha xotinlari taom keltirgan xizmatkorning qo‘liga urib erdi, likopcha tushib ketib, chilparchin bo‘ldi. Janob Rasululloh likopcha siniqlarini birlashtirdilar, so‘ng sochilib ketgan taomni yig‘ishtirib, unga soldilarda: «Onalaringiz rashk qildi!» — dedilar. Keyin, xizmatkorni to‘xtatib, unga hozir o‘zlari uyida o‘ltirgan xotinlarining likopchalaridan birini berib yubordilar, singan likopchani ersa likopchani sindirgan xotinlarinikida qoldirdilar».

Jobir ibn Abdullou raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatga kirdim (yoki jannatga keldim), u yerda bir qasrni ko‘rib. «Bu kimning qasri?»—deb so‘radim. «Umar ibn al-Xattobniki»,— deyishdi. Keyin, men unga kirmoqchi bo‘ldim, ammo kirmog‘imga (ey Umar), faqat sening rashkchi erkanligingni bilganim mone’lik qildi»,— dedilar Xazrat Umar. «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar! Yo Nabiyyalloh, sizdan rashk qilamanmi?!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir payt, biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, ul zot bizga. «Bir mahal, men uxlab yotgan erdim, o‘zimni jannatda ko‘rdim. Bir ayol bir qasrning yonida yuvinib turgan erkan. «Bu qasr kimniki?»—dedim. «Bu Umarniki»,— deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkanligini eslab, u yerdan ortimga qaytib ketdim»,— dedilar. Hazrat Umar shu yerda o‘ltirgan erdilar, yig‘lab yubordilar, so‘ng: «Sizdan rashk qilamanmi, yo Rasulalloh?!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:37:16

108- bob Ayollar rashki va g‘azabi xususida.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga. «Men sening mendan mamnun bo‘lganingni ham, mendan dargazab bo‘lganingni ham darhol bilib olaman»,— dedilar. Men: «Buni qaerdan bilasiz?» —dedim. Ul zot. «Agar mendan mamnun bo‘lsang, «Yo‘q, Muhammadning parvardigori haqi!» deb aytasan va agar mendan darg‘azab bo‘lsang, «Yo‘q, Ibrohimning parvardigori haqi!» deb aytasan»,— dedilar. Men: «Ha, shunday, xudo haqi, yo Rasulalloh! Mamnun bo‘lganimda faqat sizning ismingizni aytaman»,— dedim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohni Xadichadan rashk qilganchalik hech bir ayoldan rashk qilmaganman, chunki ul zot Xadichani ko‘p eslab, ko‘p maqtar erdilar. Jannatda Xadicha uchun shakar qamishdan qasr bunyod qilib qo‘yilganligini uning o‘ziga bashorat qilmoqni Olloh taolo Janob Rasulullohga vahiy qilgandi.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:37:29

109-bob. Kishining o‘z qizini rashk va insof qilib  himoya etmog‘i haqida

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh minbarda turib: «Hishom ibn al-Mugiyra qabilasi ahli o‘z qizini Ali ibn Abu Tolibga bermoqchi bo‘lib mendan izn so‘radi. Men ruxsat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ruxsat bermayman, faqat Ali ibn Abu Tolib qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanishni istasagina ruxsat beraman! Chunki, qizim mening bir bo‘lagim bo‘lib, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi va unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:37:50

110-bob. Erkaklar kamayib, ayollar ko‘payadi

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hali sen erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketganidan bir erkakning ortidan qirqta ayolning lazzattalab bo‘lib yurganlarini ko‘rasan!» — dedilar».

Apas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men sizlarga o‘zim shaxsan Janob Rasulullohdan eshitgan shunday bir hadisni aytib berayki, uni mendan bo‘lak biror kishi sizlarga aytib bermaydi! Men ul zotning mana bunday deganlarini eshitganman: «Qiyomatning belgilaridan biri shuki, ilm (islom dini ilmi) oradan ko‘tarilib, jaholat kuchayadi, zino, ichkilikbozlik avjga chiqadi hamda erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketadi, hatto ellikta ayol uchun bitta homiy (erkak) to‘gri keladi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:38:07

111-bob. Erkak birlan ayol mahram bo‘lsalargina yolgiz qola oladilar! Eri uyida bo‘lmagan ayolning huzuriga kirmoq haqida

Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarning huzuriga kirishdan o‘zingizni tiyingizlar!» — dedilar. Shunda ansorlardan biri: «Yo Rasulalloh, qayinlarni (ya’ni, erning otasi va erning o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlarini) nazarda tutyapsizmi?»—dedi. Janob Rasululloh: «Qaynlar — o‘limdur!» — dedilar (ya’ni, bu yerda erning otasi va ernish o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlari nazarda tutilib, ular uning ayoliga mahramdurlar va u birlan yolgiz qolish ularga ruxsat etiladi. Shu boisdan ham, agar ular mazkur ayol birlan yolgiz qolishdan tiyilmay, uning huzurida bemalol o‘ltiraversalar, birdamas-birda gunoh sodir bo‘lmogi mumkin, bu ersa dinni halokatga olib keladi)».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Erkak birlan ayol faqat mahram birlangina yolgiz qola oladilar!» - dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Xotinim haj qilmoqqa chiqib erdi, men falon va falon gazotga yozilib (boraman deb niyat qilib) qo‘ydim»,— dedi. Ul zot: «Ortingga qaytib, xotining birlan haj qilgil!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:38:40

112-bob. Erkak birlan ayolning odamlar huzurida chekkaga chiqib so‘zlashmog‘ining joizligi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot (huzurlaridagi kishilar ko‘z oldida; u birlan chekkaga chiqdilar-da, unga: «Sen mening uchun (ansoriya ayollar ichidagi) eng suyukli odamsan!» — dedilar».

Qayd etilgan