Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482627 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:38:59

113-bob. Ayolchalish erkaklarning ayol huzuriga kirmog‘i man’ qilingani haqida

Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Salamaiing uyida o‘ltirgan erdilar, u yerda bir xunasa ham bor erdi. Usha xunasa Ummu Salamaning birodari Abdulloh ibn Abu Umayyaga: «Agar Olloh taolo ertaga sizlarga Toifni fath qilib bersa, men senga G’aylonning qizini ko‘rsataman, u to‘rttasi   birlan   ilgari   surilib,   sakkiztasi   birlan   tisariladi»,—   dedi.   Janob Rasululloh: «Buni uyingizga kiritmangizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:39:23

114- bob. Ayolning habashlarga yoki shu kabi kishilarga shunchaki qaramog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men masjidda nayzabozlikni mashq qilayotgan habashlarga qarab turganimda Janob Rasulullohning meni kiyimlari birlan pana qilib turganlarini ko‘rdim, keyin zerikkunimcha tomosha qildim, chunki men hali o‘yin-kulgiga to‘ymagan bir yosh qizaloq erdim».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:39:35

115-bob. Ayollarning hojatga chiqishlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida Savda binti Zam’a tashqariga chiqdi. Hazrat Umar uni ko‘rib, tanidilar va unga: «Sen, xudo haqi, ey Savda, bizdan berkinolmaysan!» — dedilar. Savda ortiga qaytib, Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, bo‘lgan gapni aytdi. Shunda ul zot mening hujramdagi kechki ovqatni tanovul qilayotgan bo‘lib, qo‘llaridagi sho‘rvaga bir qarab qo‘yib, so‘ng nigohlarini yuqoriga qaratdilar-da: «Olloh taolo sizlarga (ayollarga) hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqqa ijozat berdi», — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:39:55

116- bob. Ayolning masjid va shu kabi joylarga chiqmoqqa eridan ijozat so‘ramog‘i haqida

Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangizning xotiningiz masjidga chiqmoqqa sizdan izn so‘rasa, unga mone’lik qilmangiz!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:40:09

117-bob. Erkakning o‘zi birlan emishgan ayollarning huzuriga kirmog‘i va ularga qaramog‘i mumkinligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Emishgan amakim kelib, huzurimga kirmoqqa izn so‘radilar, men Janob Rasulullohdan so‘ramagunimga qadar, ul kishiga ruxsat bergim kelmadi. Janob Rasululloh kelganlarida ul zotdan shu haqda so‘radim. Ul zot: «U sening amakingdur,unga ruxsat bergil!»—dedilar. Men: «Yo Rasulalloh,meni bu kishining xotini ermas, akasining xotini emizgandur!»— dedim. Ul zot: «U senga amaki bo‘ladi, huzuringga kiraversin!»—dedilar. Bu voqea biz ayollarga hijob (parda) tortilgandan so‘ng ro‘y bergan bo‘lib, bildimki tugushganlarga harom qilingan narsa emishganlarga ham harom qilingan erkan».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:40:25

118-bob. Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni eriga ta’rifu tavsif qilmasin!

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni shoyad eri unga qarasa, deb eriga ta’rifu tavsif qilmasin!» — dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:40:39

119-bob. Bir kishining «Bu kecha albatta xotinlarimni ziyorat qilgayman!» deb aytgani haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: «Bu kecha albatta yuzta xotinni ziyorat qilgayman, har biri Olloh taolo yo‘lida jang qiladirgan bir o‘gil tugib bergay!» — dedilar. Shunda farishta ul kishiga: «Inshoolloh, deb ayt!» — dedi, ammo ul kishi buni unitib, aytmadilar. Keyin, xotinlarini ziyorat qildilar,  ammo ulardan bittasigina tugdi,  u ham bo‘lsa,  chala. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar «inshoolloh» deganlarida, (qasamlarini) buzmagan bo‘lardilar va tilaklarining ro‘yobga chiqishidan qattiq umidvor bo‘lsalar bo‘lar erdi!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:40:55

120- bob. Agar kishi uzoq vaqt uyida bo‘lmagan bo‘lsa, «Oilam menga xiyonat qilmayaptimikan?» degan yomon o‘y birlan kechasi kelib eshikni taqillatmasin!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kishining to‘satdan kechasi safardan kelib eshigini taqillatmog‘ini makruh ko‘rar erdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz uzoq vaqt uyingizda bo‘lmagan bo‘lsangiz, to‘satdan kechasi kelib eshigingizni taqillatmangiz!» —dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:41:10

121-bob. Bola ko‘rmoq (farzandli bo‘lmoq) ishtiyoqi

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdim. Ortimizga qarab yo‘lga chiqqanimizda imillab ketayotgan tuyamni tezlatdim, shunda bir kishi ketimdan ulovda yetib keldi, o‘girilib qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. «Namuncha sho-shilmasang!»—dedilar. «Chillali kuyovman»,— dedim. «Bokira qizga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. «Juvonga»,— dedim. «Agar bokira qizga uylanganingda erdi, bir-biringiz birlan vaqtxushlik qilar erdingizlar!» — dedilar. Yetib kelgach, uy-uyimizga kirmoqchi bo‘ldik. Shunda ul zot: «Kech bo‘lguncha kutingizlar, keyin kirasizlar, chunki ayollaringiz o‘ziga oro berib olsin, sizlar ham soch-soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar. So‘ng, ul zot menga qarab: «Ey Jobir, fikru o‘yingda jimo’ bo‘lsin!» (ya’ni, «Farzandli bo‘lmog‘ing kerak!»)— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:41:24

122-bob. Safardan qaytgan erkaklar soch-soqollarini tarashlab, ayollar ersa to‘zigan sochlarini tarab olsinlar!

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdik. Ortimizga qaytib, Madinaga yaqinlashganimizda imillab yurayotgan tuyamni tezlashtirdim. Shunda ortimdan bir kishi ulovda yetib kelib, qo‘lidagi nayza (aso) birlan tuyamni bir nuqib erdi, sen bilgan eng yaxshi tuyalar kabi gijinglab ketdi. Ugirilib qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh, men hali chillasi chiqmagan kuyovman!» — dedim. Ul zot: «Uylandingmi?»— dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bokiragami yoki juvongami?» — dedilar. Men: «Juvonga»,— dedim. Ul zot: «Bokiraga uylanganingda erdi, o‘zaro dilxushlik qilgan bo‘lar erdingizlar!» — dedilar. Yetib kelgach, uy-uyimizga kirib ketayotgan erdik, ul zot: «Kechgacha oshiqmangizlar, keyin kirasizlar, toki ayollaringiz to‘zigan sochlarini tarab, sizlar ersangiz soch-soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan