Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483538 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:27:22

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga g‘azotga chiqdik, olti kishi erdik, bittagina tuyamiz bor erdi, ketidan ergashib borar erdik. Oyoqlarimiz qavarib ketgan erdi. Mening ham oyoqlarim qavarib, tirnoqlarim ko‘chib ketgandi. Oyoqlarimizga latta o‘rab olgan erdik. Shu boisdan ham bu g‘azot «Zoturriqo’» («Lattali») g‘azot deb nomlandi».

Abu Muso shunday deb rivoyat qildilar-da, so‘ng: «Qilgan ishimni aytmasam bo‘lar erdi» — dedilar, 6u birlan go‘yoki qilgan amali solihlarini oshkor qilib qo‘yganlari uchun o‘zlaridan norozi bo‘ldilar.

Solih ibn Xavvot Zoturriqo’da Janob Rasululloh birlan birga gazotda bo‘lgan kishidan eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom shu kuni xavf namozi o‘qidilar. Avval bir guruh Janob Rasululloh birlan birga namozga saf tortdi, ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turdi Janob Rasululloh birinchi guruh birlan birga bir rakat o‘qib, tik turdilar, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rakatni o‘qib, namozni tugatdi. Keyin, ular borib dushman birlan yuzma-yuz turdilar. Shunda ikkinchi guruh kelib Janob Rasulullohga iqtido qildi, ul zot qolgan ikkinchi rakatni o‘qib bo‘lib, o‘ltirdilar, jamoat ersa o‘zi mustaqil namozni o‘qib tugatdi. So‘ng, Janob Rasululloh ular birlan birgalikda salom berdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:27:50

Imom Molik: «Xavf namozini mana shu yo‘sinda o‘qimoqlik afzaldir» — deydilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Banu Anmor g‘azoti vaqtida xavf namozi o‘qidilar»

Sahl ibn Abu Xasma (xavf namozini o‘qish tartibi haqida) bunday deydilar: «imom qibilaga qarab tik turadi, shunda bir guruh imom birlan birga namoz o‘qiydi, ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turadi. Imom dastlabki guruh birlan birga birinchi rak’atni o‘qib, o‘rnida tik turadi, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rak’atni tugatgach, dushman ro‘parasida turgan ikkinchi guruh birlan o‘rin almashadi. So‘ng, ikkinchi guruh kelib imomning qolgan ikkinchi rak’atiga iqtido qiladi, imom ular birlan namozni tugatib, o‘ltiradi, ammo qavm turib ikkinchi rak’atni ham o‘qib, keyin imom birlan birga salom beradi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:28:01

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Najd tomonga g‘azotga bordim. Dushman birlan yuzma-yuz bo‘ldik, ularning ro‘parasida saf tortdik»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalaridan nakl hiladilar: «Raso‘lulloh sallallohu alayhi va sallam ikki guruhdan biriga imomlik qildilar, ikkinchi guruh ersa dushman ro‘parasida turdi Bir raka’tdan so‘ng, birinchi guruh dushman ro‘parasiga borib turdi. Ikkinchi guruh kelgach, Janob Rasululloh ular birlan ham bir rak’at o‘qidilar-da, salom berdilar. Ikkinchi guruh qolgan rak’atni o‘zi o‘qib oldi, so‘ng o‘rniga birinchisi kelib, u ham qolgan rak’atni o‘qib oldi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:28:11

Jobir ibn Abdulloh raziyallozhu anhuning aytishlaricha, ul kishi ham Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga g‘azotga borib qaytgan erkanlar. Shunda bir daraxtzor vodiyga yetganlarida issiq haddan ortiq kuchayib ketibdi. Janob Rasululloh shu yerda tushibdilar, odamlar ham o‘zlarini daraxtlar soyasiga olishibdi. Janob Rasululloh bir serbarg daraxt tagiga joylashib, qilichlarini shoxga ilib qo‘yibdilar. «Endigina ko‘zimiz ilingan erkan,— deydilar Jobir,— shu vaqt Janob Rasululloh bizni chaqirib qoldilar, kelsak, u kishining yonlarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday dedilar: «Mana bu odam men uxlab yotganimda qilichimni qinidan sug‘uribdi. Uyg‘onsam, qilich yalang‘ochlangan, menga: «Seni mendan kim saqlay oladi?!» — deb do‘q urdi. Men unga: «Olloh!» — degan erdim, u yerga o‘ltirib qoldi». Janob Rasululloh o‘sha odamni jazolamadilar».

Jobir raziyallohu anhu yana bunday deb rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zoturriqo’ga yo‘l oldik. Bir sersoya daraxt yoniga yetib kelib, uni Janob Rasulullohga qoldirdik. Shu asnoda bir mushrik kelib qoldi, Janob Rasulullohning qilichlari ersa daraxt shoxida osig‘liq turar erdi. U qilichni qinidan sug‘irib oldi-da, ul zotga: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q»,— dedilar. U: «Mendan seni kim himoya qila olardi?'»—dedi Ul zot: «Olloh'»— dedilar. Keyin, Janob Rasulullohning sahobalari do‘q qilib uni quvib yuborishdi. Birozdan so‘ng, namozga (salot ul-xavfga) takbir aytildi. Ul zot bir guruh birlan birga ikki rak’at va yana bir guruh birlan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunday qilib, Janob Rasululloh to‘rt rak’at, qavm ersa ikki rak’at namoz o‘qidi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:28:31

Abu Bishr: «Janob Rasulullohga tahdid qilgan kishining ismi G’avras ibn al-Hars bo‘lib, u mana shu g‘azotda Muhoribi Xasfa mushriklariga qarshi urushgan»,— deydilar.

Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Naxlda bo‘ldik, ul zot u yerda xavf namozi o‘qidilar», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullox birlan birga Najd gazoti vaqtida    xavf     namozi     o‘kidim»,-deydilar.     Darhaqiqat,     Abu     Hurayra    Janob Rasulullohning huzurlariga Xaybar kunlari kirib kelgan erdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:28:48

34-bob. Banu Mustaliq, ya’ni Muraysi’ g‘azoti haqida

Ibn Ishoq: «Banu Mustaliq gazoti oltinchi hijriy yilda bo‘lgan»,— deydilar.

Muso ibn Uqbaning aytishlaricha ersa, bu gazot hijratning to‘rtinchi yili sodir bo‘lgan ermish.

Zuhriy raziyallohu anhuning aytiitaricha, Muraysi’ gazoti vaqtida Oisha onamizga tuhmat qilingan erkan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:28:56

Ibn Muhayriz bunday deydilar. «Men masjidga kirib Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhuni ko‘rdim, yonlariga o‘ltirdim-da, ayolni homilador qilib qo‘ymaslik uchun maniyni tashqariga to‘kish haqida suradim. Shunda Abu Sa’id bunday dedilar: «Biz Janob Rasululloh birlan» birga Banu Mustaliq gazotiga chiqdik. Bir necha arab ayollarini asir oldik. Bo‘ydoqlik qattiq ta’sir qilib xotinlarni ko‘nglimiz tusab qoldi. Biz maniyni tashqariga to‘kmoqchi bo‘ldigu, ammo: «Janob Rasulullox oramizda mavjud bo‘laturib, so‘ramasdan bunday qilmaylik!» — dedik-da, ul zotdan shu haqda so‘radik. Janob Rasululloh bizga: «Bunday qilmasligingiz lozim, Olloh taolo qiyomatgacha dunyoga keladirgan tirik jonni allaqachon yaratib qo‘ygan!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:29:04

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga gazotga chiqdik. Kun qattiq isib ketib, serdaraxt bir yerga yotganda Janob Rasululloh ulovdan tushdilar. So‘ng, uning soyasiga o‘ltirib, qilichlarini daraxt shoxiga ilib qo‘ydilar, odamlar ham daraxtlar soyasiga o‘zlarini oldilar. Bir vaqt Janob Rasululloh bizlarni chaqirib qoldilar, borsak, u kishining oldilarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday dedilar: «Men uyquda erkanimda mana bu odam kelib qilichimni qinidan sugurib olibdi, men uygonib qarasam, qilich yalangochlab tepamda turgan erkan. U menga: «Seni mendan kim qutqara oladi?!» — dedi. Men unga: «Olloh!»—deb javob berdim. U qilichni qiniga soldi-yu, yerga o‘ltirib qoldi, o‘sha mana shu odamdir»,— dedilar. Lekin, Janob Rasululloh unga jazo bermadilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:29:15

35- bob. Anmor g‘azoti haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Anmor gazoti vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyaga mingan holda yuzlarini mashriq tomonga qarata nafl namoz o‘qiganlarining guvohi bo‘lganman»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:29:37

36- bob. Tuhmat haqidagi hadis

Al-Ifk va al-Afk so‘zlari an-Najas va an-Najis so‘zlariga muvofiq keladi. Kimki «afakahum» deb ayqa, «ularni iymondan qaytardi, ularni yolgonchi qildi» degan bo‘ladi, oyatda «Qaytarilgan kishi undan yuz o‘giradi» deyilgani kabi.

Ibn Shihob ushbu hadisni Urva ibn Zubayr, Sa’id ibn Musayyab, Alqama ibn Vaqqos va Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan naql qiladilar: «Munofiqlar paygambarimizning zavjai mutahharalari Oisha raziyallohu anho haqlarida bo‘hton to‘qidilar, bu bo‘hton haqidagi hadisni Urva, Sa’id, Alqama, Ubaydulloh rivoyat qilib berdi. Bularning ba’zilari Oishaning o‘zlaridan, ba’zilari ersa roviylardan eshitgan bo‘lsa-da, juda ishonchli qilib aytdi. Men Oishaning o‘zlaridan eshitib rivoyat qilgan barcha kishilarning gapiga e’tibor berib quloq soldim, shunda roviylardan eshitib rivoyat qilgan kishilarning qadisi yuqoridagilarning hadisini tasdiq qildi. Ular rivoyat qilishlaricha, Oisha bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachonki safarga borishni xohlasalar, qur’a tashlar erdilar, qur’a qaysi xotinlariga chiqsa, o‘sha birlan birga safarga borar erdilar. Banu Mustaliq gazotiga ketayotib ham qur’a tashladilar, shunda qur’a menga chiqdi. men Janob Rasululloh birlan birga safar qildim. Bu vaqtda «Hijob oyati» nozil bo‘lgan bo‘lib, men tuyaga ortilgan kajavada yurardim. Janob Rasululloh g‘azotdan qaytayotib, Madinaga ikki manzil yul qolganda «Karvon dam olsin!» deb izn berdilar. Izn berilgandan so‘ng, men kajavadan tushib, lashkardan uzoqlashdim-da hojatga o‘ltirdim, keyin karvon yoniga kelgach, ko‘ksimni ushlasam, ziforiy munchog‘im yo‘q (Zifor — Yamandagi bir qishloq nomi), uzilib tushib qolibdi. Izimga qaytib borib, munchog‘imni qidira boshladim, uni topgunimcha ko‘p vaqt ushlanib qoldim. Bu orada karvon jo‘naydigan bo‘lib qolib, mening kajavamni tuyaga yuklaydirganlar kelib uni yuklab jo‘natibdilar, ichida meni bor deb o‘ylashibdi. Usha vaqtlarda xotinlar yengil bo‘lardi, semirmas erdi, badanlarini go‘sht qoplamas erdi, chunki oz ovqat yer erdi. Shu boisdan kajavani ko‘targan kishilar ichida odam bormi, yo‘qmi sezmay tuyaga yuklab yuborganlar, buning ustiga men u vaqtda jussasi kichik yosh qizcha erdim. Tuyani haydab, jo‘nab ketishavergan. Keyin, men munchog‘imni topib, kajavam turgan joyga borsam, lashkar allaqachon jilgan, birorta chaqiruvchi ham, unga javob beruvchi ham qolmabdi. «Men turgan yerimda kuqam, ular meni yo‘qligimni bilib, izlab qaytib kelishar» degan umitda erdim. Usha yerda o‘ltirib, uxlab qolibman. Safvon ibn Mu’attal as-Sulamiy lashkar ortidan kuzatib boruvchi etib tayinlangan erdi. Bir vaqt kelib qarasa, yerda bir odam uxlab yotibdi. U meni tanib (chunki, u meni hijobga kirmasimdan avval ko‘rgan erdi) oldimga kelganda, uyg‘onib ketdim, darhol ro‘molim birlan yuzimni to‘sdim. Olloh taolo haqi, bir og‘iz ham so‘zlashmadik, uning «Inno lillohi va inno ilayhi roji’uun» (ya’ni, «Hammamiz Ollohning bandasimiz va uning huzuriga qaytib boramiz») degan so‘zidan boshqa so‘zini eshitmadim. Safvon tezda tuyasini cho‘ktirib, oldingi oyog‘ini ushlab turdi, men unga minib oldim. Uzi ersa tuyani yetaklab ketdi, kun qizigan paytda lashkar orasiga kirib bordik, ular endigina manzilga yetib olishgan erkan. Shu voqeadan keyin, mening haqimda ba’zi kishilar tuhmat qilib yuzi qaro bo‘ldi. Eng katta tuhmatchi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi».

Qayd etilgan