Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483427 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:46:56

11-bob. Er va xotin orasining buzilishi va zarur bo‘lgan chog‘da xul’ qilmoqni ishora qiladimi?

Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar eru xotin o‘rtasining buzulmogidan qo‘rqsangizlar, ul er xonadonidan bir odil kishini va xotin xonadonidan bir odil kishini ta’yin qilingizlar!»

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Banu Mugiyra o‘z qizini Aliga nikohlab bermoqlariga ijozat so‘radilar, men sira ham ijozat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ijozat bermayman! Ali qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanmoqni istasagina ruxsat beraman, chunki qizim mening bir bo‘lagimdur, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi, unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — deb aytganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:47:08

12- bob. Cho‘rining sotib yuborilishi taloq hisoblanmaydi

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Cho‘ri Bariraga nisbatan ado etilmogi lozim bo‘lgan uchta sunnat mavjud erdi, ulardan biri — uning ozod qilinib, erini ixtiyor qilmog‘iga imkon berilganidur. Ushanda Janob Rasululloh: «Homiylik huquqi ozod qilgan shaxs qo‘liga o‘tadi»,— degan erdilar. Bir kuni ul zot hujramga kirib kelganlarida qozonda go‘sht qaynab turgan erdi. Oldilariga non va uyda mavjud bo‘lgan xurushlardan keltirildi. Ul zot: «Go‘sht qaynatib qo‘yilgan qozonga ko‘zim tushdi shekilli?» — dedilar. «Ha, qozonda go‘sht qaynatib qo‘yilgan, ammo bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan go‘shtdan, siz ersangiz sadaqa yemaysiz»,— deyishdi. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa, bizgaersaxadyadir!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:47:22

13-bob. Cho‘rining qulni tanlamog‘i haqida

Ibn Abbos: «Men uning, ya’ni Bariraning erining qul erkanligini ko‘rganman»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Men o‘shal Mugis Abdu Bani falonning, ya’ni Bariraning erining Madina ko‘chalarida Bariraning ketidan qolmay, unga yiglab yolborayotganini ko‘rib turgandekmen»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Bariraning eri qop-qora qul bo‘lib, ismi Mugis Abdunnabiy erdi. Hozir men uning Madina ko‘chalarida Bariraga ergashib yurganini ko‘rib turgandekmen»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:47:35

14- bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning‘ Bariraning eriga shafoat qilganlari haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bariraning eri qul bo‘lib, ismi Mug‘is erdi. Men uning Bariraning ketidan ergashib, yig‘lab yurganini va ko‘z yoshlarining soqoliga oqib tushayotganini ko‘rib turgandekmen. Janob Rasululloh: «Ey Abbos, Mug‘isning Bariraga bo‘lgan muhabbatidan va Bariraning Mug‘isga bo‘lgan nafratidan ajablanmaysanmi?» — dedilar. Janob Rasululloh Bariraga: «Unga qaytib tekkaningda erdi!»—dedilar. Barira: «Yo Rasulalloh, u menga shart qo‘ydi»,— dedi. Ul zot: «Chunki, men unga achinaman»,— dedilar. Barira: «Men unga muhtoj ermasman!» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:47:49

15-bob.

Asvad rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olmoqchi bo‘ldilar, shunda uning valiylari valiylik (homiylik) huquqini o‘zlarida olib qolishni shart qilib, sotmoqdan bosh tortdilar. Oisha onamiz buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni sotib olib, ozod qilaver, valoyat huquqi ozod qilgan shaxsniki-dur!»— dedilar. Bir kuni Janob Rasulullohga go‘sht keltirishdida, «Bu Bariraga sadaqa qilingan go‘shtdan»,— deyishdi. Ul zot: «Bu Bariraga sadaqa, bizga ersa hadyadir!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:48:02

16- bob. Olloh taoloning «Mushrik ayollarni ular mo‘mina bo‘lmagunlariga qadar nikohingizga olmangizlar! Mushrik ayoldan, agar u sizga yoqib qolgan bo‘lsa ham, cho‘ri yaxshidur!» degan qavli haqida

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar, agar nasroniy ayolni yoki yahudiy ayolni nikohlab olmoq haqida so‘rashsa: «Olloh taolo mushrik ayollarni mo‘minlarga harom qildi, men (mushrik) ayolning Olloh taoloning bandalaridan biri bo‘lmish Isoni rabbim, deb shirk keltirganidan ko‘ra og‘irroq gunohini bilmayman!»—der erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:48:19

17- bob. Musulmon bo‘lgan mushrik ayollarni nikohlab olmoq va ularning iddalari haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mo‘minlarga nisbatan ikki xil mavqeda erdilar. Harb qabilasi mushriklari mo‘minlarga, mo‘minlar ersa ularga qarshi urush qilishar erdi. Ahd qabilasi mushriklari ersa mo‘minlarga qarshi urush qilishmas, mo‘minlar ham ularga qarshi urishmas erdilar. Agar Harb qabilasidan biror ayol musulmonlar tomoniga o‘qa, to hayz ko‘rib, hayzdan poklanmagunicha, nikohga olinmas erdi, agar hayzdan poklansa, uni nikohga olmoqlik ruxsat etilar erdi. Ushal ayol, agar eri ham musulmonlar tomoniga o‘qa-yu, lekin o‘zi hanuz biror mo‘minga nikohlanmagan bo‘lsa, eriga qaytarilar erdi. Basharti, mushriklarning birorta quli yoki cho‘risi musulmonlar tomoniga o‘qa, u ozod deb hisoblanib, musulmonlar tomoniga o‘tgan ozod mushriklarga nisbatan qanday muomala qilinsa, unga ham shunday muomala qilinar erdi».

Mujohid: «Agar Ahd qabilasi mushriklarining birorta quli yoki cho‘risi musulmonlar tomoniga o‘qa, qaytarib bermay, narxini to‘lashar erdi»,— deydilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar. «Qurayba binti Abu Umayya Umar ibn al-Xattobning huzurlarida erdi, keyin uni taloq qildilar. Unga Muoviya ibn Abu Sufyon uylandi. Abu Sufyonning qizi Ummulhakam ersa Iyoz ibn G’anam al-Fahriyga tekkan bo‘lib, keyin uni taloq qildi. Unga Abdulloh ibn Usmon as-Saqafiy uylandi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:48:43

18- bob. Eri zimmiy yoki Harb qabilasiga mansub bo‘lgan mushrik yohud nasroniy ayollar musulmon bo‘lsa...

Ibn Abbos: «Agar nasroniy ayol eridan bir soat ilgari musulmon bo‘lsa ham, eriga (umuman) haromdur!» — deydilar.

Ibrohim as-Soigrivoyat qiladilar: «Odamlar Atodan: «Ahd qabilasiga mansub bir ayol musulmon bo‘ldi, keyin u iddalik vaqtida eri ham musulmon bo‘ldi, u uning xotini bo‘lib qola oladimi?»—deb so‘rashdi. Ato: «Io‘q, aslo! Endi, o‘shal xotin erining qayta nikohlab olmog‘ini hamda boshqa mahr bermog‘ini istashi kerak bo‘ladi»,— dedilar».

Mujohid: «Agar er xotini musulmon bo‘lib, idda saqlayotgan vaqtda islomni qabul qilsa, unga uylanadi»,— deydilar.

Olloh taolo: «Na (musulmon bo‘lgan) xotinlar (kofir) erlariga v na (kofir) erlar (musulmon bo‘lgan) xotinlariga halol bo‘lurlar!» — deydi.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:48:55

Qatoda bir vaqtda musulmon bulgan majusiy eru xotin xususida suzlab: «Ular nikohlanadilar. Agar ulardan biri ikkinchisidan ilgari musulmon bo‘lsa, musulmon bo‘lgani musulmon bo‘lmaganidan yuz o‘giradi, demak musulmon bo‘lmagan er uchun musulmon bo‘lgan xotiniga yo‘l yo‘qdur!» — deydilar.

Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Men Atoga: «Bir mushrik ayol musulmonlar tomoniga o‘tdi, eri undan xul’ (mahr evaziga taloq bermoqlikni) talab qiladimi? Chunki, Olloh taolo: «Ular bergan narsalarni o‘zlariga qaytarib beringizlar!»—deydi-ku?!» — dedim. Ato: «Io‘q, chunki bu Janob Rasululloh birlan Ahd qabilasi o‘rtasida kelishib olingan erdi»,— dedilar».

Mujohid: «Buning hammasi Janob Rasululloh birlan Quraysh qabilasi o‘rtasidagi sulhda qayd etilgan»,— deydilar.

Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning xotinlari Oisha onamiz bunday dedilar: «Agar ayollar islomni qabul qilib Janob Rasulullohning huzurlariga kelishsa, ularni qaytarib yubormay imtihon qilib ko‘rardilar. Chunki, Olloh taolo: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarning huzuringizga mo‘min ayollar kelishsa, ularni (kofirlarga qaytarib bermay) imtihon qilib ko‘ringizlar!» — deydi. Mazkur ayollardan qaysi biri o‘shal imtihondan o‘tgan bo‘lsa, demak u og‘ir sinovdan o‘tgan bo‘lar erdi. Janob Rasululloh ayollarni gapga solib, iymonlari haqiqiy erkanligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga: «Sizlarga ruxsat, boringizlar, men sizlarni bay’at qildirib (iymonlaringizning rost erkanligiga ont ichirib) bo‘ldim!» — der erdilar. Xudo haqi, Janob Rasulullohning qo‘llari biror begona ayolga tekkan ermas, ul zot ularga faqat so‘z birlan murojaat qilar erdilar! Xudo haqi, Janob Rasululloh begona ayollarga Olloh taolo o‘zlariga amr qilgan narsa birlangina, ya’ni so‘z birlangina murojaat qilar erdilar! «Sizlarni bay’at qildirib bo‘ldim!» deb so‘z birlan murojaat qilganlari buning dalilidur».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:49:17

19-bob. Olloh taoloning «Xotinlariga yaqin bormaslikka qasam ichadirgan odamlar uchun to‘rt oy muhlat berilur, bas agar (shul muddatda) qayqalar, Olloh taolo buyuk mag‘firat sohibi, nihoyatda rahimdil zotdur! Va agar taloq qilmoqni qasd qilsalar, albatta Olloh taolo eshitguvchi, bilguvchidur!» degan qavli xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarini iylo’ qildilar, ya’ni bir oy birga turmayman, deb ont ichdilar. Oyoqlari yorilib (sinib) ketgan bo‘lib, boloxonalarida yolgiz o‘zlari yigirma to‘qqiz kun turdilar. So‘ng, xotinlari huzuriga kirdilar, shunda ular: «Yo Rasulalloh, bir oyga qasam ichib erdingiz-ku?!» — deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur!» —dedilar».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu iylo’ haqida so‘zlab, «Erlar Olloh taolo amriga muvofiq xotinlarni idda muddatlari tugagandan so‘ng, yaxshilik ila nikohda saqlab turmoqlari yoki taloq qilmoqqa azm qilmoqlari lozim bo‘ladi»,— deydilar».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Agar xotinini iylo’ qilganiga to‘rt oydan oshsa, uni taloq qilguniga qadar uyida ushlab turadi. Bunda, to taloq qilguniga qadar xotini taloq hisoblanmaydi»,— deydilar. Bu haqda Xazrat Usmon, H,azrat Ali, Abu Dardo’, Oisha onamiz hamda Janob Rasulullohning o‘n ikki sahobalari ham aytishgan».

Qayd etilgan