Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483511 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:49:32

20-bob. Yo‘qolgan odam va yo‘qolgan molning hukmi

Ibn al-Musayyab: «Agar er jang vaqtida dom-daraksiz yo‘qolib qolsa, xotini bir yil uni kutadi. Ibn Mas’ud bir cho‘rini sotib olgan erdilar, bir yilga qadar uning egasini   izlab   topolmadilar.   Keyin,   bir-ikki   dirhamdan   ajratib,   sadaqa   qila boshladilar-da: «Yo parvardigoro, bu falonchiga (ya’ni, cho‘rining topilmagan egasiga) berishim kerak bo‘lgan qarzim uchundur!» — der erdilar hamda bizga: «Topilmaga nisbatan shunday ish tutingizlar!» — deb tayinlar erdilar».

Zuhriy asirga tushib qolgan kishi haqida: «Uning qaerdaligi ma’lum bo‘lsa, xotini erga tegmaydi, uning moli ham taqsimlanmaydi. Agar er dom-daraksiz yo‘qolib keqa, xotini bir yil kutadi»,— deydilar.

Munba’isning mavlosi Yazid rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohdan yo‘qolgan (topib olingan) qo‘y haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni o‘zingga olaver, chunki u seniki yoki biror birodaringniki yoki bo‘rinikidur!» — dedilar. Keyin, topib olingan tuya haqida so‘rashdi. Shunda ul zot qattiq g‘azablandilar, hatto yuzlari qizarib ketib: «U birlan ishing bo‘lmasin, uning ozuqa va suvi o‘zi birlan, agar och qolsa, egasi topib olguncha suv ichib, o‘t yeb yuraveradi!» — dedilar. So‘ng, topib olingan hamyon haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni ochib, ichidagini ko‘r, so‘ng bir yil davomida uni topib olganing haqida ovoza qil, agar egasi chiqmasa, uni molingga qo‘shib yuboraver!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:50:00

21- bob. Zihor va Olloh taoloning «Olloh taolo uning sen birlan aytishib aytgan so‘zini eshitdi («Kimning qurbi yetmasa, oltmish miskinni to‘yg‘azsin!» degan qavligacha)» degan qavli xususida

(«Zihor — kishining o‘z xotiniga: «Sen mening uchun onamning beli kabidursan!», ya’ni «Onamning beliga minmogim mumkin bo‘lmaganidek, endi seni ham mina olmayman!» deb aytmogidur. Shunday deb xotinidan arazlagan er, yarashganidan so‘ng, ichgan ontiga kafforat bermogi lozimdur).

Molik raziyallohu anhu Ibn Shihobdan qulning zihori xususida so‘radilar. Ul kishi: «Ozod kishining zihori kabidur»,— dedilar.

Molik: «Xotinini zihor qilgan qul ichgan onti kafforatiga ikki oy ro‘za tutib beradi»,—deydilar.

Hasan: «Ozod kishining ozod xotinini zihor qilmogi birlan qulning cho‘rini zihor qilmogi o‘rtasida hech qanday farq yo‘qdur»,— deydilar.

Ikrima: «Agar kishi cho‘risini zihor qilsa, hechqisi yo‘q, chunki zihor kishining o‘z xotiniga nisbatan shar’iy hukmga egadur»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:50:20

22- bob Taloq qilganini yoki biror narsani tasdiqlayotganini yohud biror narsadan qaytarganini yoinki biror narsa xususida amr qilganini ishora birlan anglatmoq haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (mayyitga ovoz chiqarmay) to‘kilgan ko‘z yoshi uchun azoblamaydi, ammo u mana bu (birlan dod-voy solingani) uchun azoblaydi» — deb tillariga ishora qildilar».

Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga «yarmini ol!» degan ma’noda (qo‘llari birlan) ishora qildilar

Asmo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz o‘qidilar. Men Oishaga: «Odamlarga ne bo‘ldi?»—dedim. U boish birlan Quyoshga ishora qildi. Men «(Qiyomat) alomatimi?»— dedim. U namozda turgan holda gapimni ma’qullab bosh irgadi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:50:31

Anas: «Janob Rasululloh Abu Bakr as-Siddiqqa («Beri kelingiz!» deb) qo‘llzri birlan ishora qildilar»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Gunohi yo‘q!» deb qo‘llari birlan ishora qildilar»,— deydilar

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdagi kishining ov qilmogi haqida gapirayotib! «Birortangiz «Hamla qilgil!» deb unga buyurdingizmi yoki o‘ljaga ishora qildingizmi?» — dedilar. Odamlar «Io‘q»,— deyishdi. Ul zot «Unday bo‘lsa, yeyaveringizlar!» —dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baytullohni tavof qildilar, har gal rukn oldiga kelganlarida unga (asolari birlan) ishora qilib qo‘yib, takbir aytar erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:50:46

Zaynab rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ya’juj va Ma’juj oldidagi to‘siq mana shuncha va mana shuncha ochildi va to‘qson foiz boylandi (ya’ni, o‘n foiz bo‘shatildi)»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam (Janob Rasululloh): «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordur. Musulmon bandaning namoz o‘qib turgan vaqti o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindur, bordi-yu to‘g‘ri kelib qolsa, banda Olloh taolodan nimaiki so‘rasa, tilagi mustajob bo‘lgaydur»,— dedilar-da, muborak qo‘llari birlan o‘shal vaqtning qisqaligiga ishora qildilar»

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik vaqtlarida bir yahudiy bir joriyaga tajovuz qilib, uning isirg‘asini tortib oldi-da, boshini tosh birlan urib yordi. Joriyani qarindoshlari Janob Rasulullohning huzurlariga ramaqijon holda keltirishdi, u so‘zlay olmas erdi. Ul zot: «Seni falonchi o‘ldirdimi?» —deb yahudiydan bo‘lak bir odamning ismini aytdilar. Joriya «yo‘q» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Ul zot. «Seni falonchi o‘ldirdimi?»—deb yana boshqa bir odamning ismini aytdilar. Joriya yana «yo‘q» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Ul zot: «Unda, falonchi o‘ldirdimi?» — deb uni o‘ldirgan yahudiyning ismini aytdilar. Joriya bu safar «Ha» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘shal yahudiyni olib kelmoqni amr qildilar, uni olib kelishgach, boshini ikki tosh orasiga qo‘ydirib, majaqlattirdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:50:58

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mashriqqa ishora qilib: «Fitna o‘sha tomondan chiqadi!»—deb aytganlarini eshitdim».

Abdulloh ibi Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Quyosh botgach, bir kishiga: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber (ya’ni, talqonga suv yoki sut aralashtirib ber)!»—dedilar. Boyagi kishi: «Yo Rasulalloh, biroz ko‘qangiz bo‘lardi!»—dedi. Biroz yurishgach, ul zot yana: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber!»— dedilar. Boyagi kishi bu gal ham: «Yo Rasulalloh, yana biroz kuqangiz (kechroq og‘iz ochsangiz) bo‘lardi, og‘iz ochishingizga hali vaqt erta-ku!»—dedi. Yana biroz yurilgach, ul zot uchinchi bor: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber!»—dedilar. U ulovidan tushib, Payg‘ambarimiz alayhissalomga talqon qorib berdi, ul zot uni ichib og‘iz ochdilar. Keyin, mashriqqa qo‘llari birlan ishora qilib: «Agar tunning (qorong‘ulikning) o‘shal tomondan bosib kelayotganini ko‘rsangizlar.ro‘zador og‘iz ochaveradi»,—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:51:08

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasulullohsallallohu alayhi vasallam: «Bilolning nidosi (azoni) birortangizga saharlikni man’ qilmaydi, chunki u saharlikka turgan kishining bomdodgacha mizg‘ib olmog‘iga hali vaqti borligini ma’lum qiladi. Bu uning bomdodga chaqirib azon aytgani ermas»,—dedilar-da, Hazrat Bilolning azonlari birlan bomdod azoni oraligida biroz mizg‘ib olmoqqa vaqt borligini anglatish maqsadida ikkala qo‘llarini ko‘tarib, birini ikkinchisidan uzoqroqqa cho‘zdilar».

Abu Hurayra raziyallouu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Baxil birlan qo‘li ochiq odam ko‘kragidan to bo‘g‘zigacha temir jubba (sovut) kiyib olgan ikki kishiga o‘xshaydi. Qo‘li ochiq odam bir narsa ehson qildi deguncha, sovutining halqalari bo‘shashib, badanidagi sovut izlari yo‘qolgaydir. Ammo, baxil odam sadaqa qilmoqchi bo‘lishi birlanoq, jubbasining har bir halqasi ko‘kragu bo‘ynini tobora ko‘proq qisa boshlagay, u harchand chiranmasin, jubba kengaymagay»,— dedilar-da, bo‘g‘izlariga barmoqlari birlan ishora qildilar»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:51:27

23- bob. Li’on va Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Va ul odamlariki tuhmat qilurlar xotinlariga, agar bo‘lmasa alarning guvohlari o‘zlaridan bo‘lak, bunday odamning guvohligi shulki, to‘rt marta xudoga qasamyod qilib: «Albatta, men rost aytayo-tirman!» — der»

Agar soqov er xotinini yozma yoki tushunarli imo-ishora birlan qazaf qilsa (zinokorlikda ayblasa), uning qazafi tili sog‘ kishining qazafi birlan barobardur. Chunki, Janob Rasululloh faroiz borasida ishoraga ijozat berganlar, buni ayrim hijozliklar va ulamolar ham tasdiqlashadi. Olloh taolo: «Keyin, Maryam bola tarafiga ishora qildi, ular: «Biz nechuk beshikda yotgan bolaga so‘zlay olamiz?» — dedilar»,— deydi. Zahhoq: «Imo-ishorasiz qazaf qilmog‘i darkor»,— deydilar. Ayrim kishilar: «Agar soqov imo-ishora birlan qazaf qilsa, xotiniga hadd jazosi berilmaydi ham, ular li’on qilinmaydilar ham» — deb, so‘ng: «Yozma yoki imo-ishora birlan taloq qilmoqlik joizdur va taloq birlan qazaf o‘rtasida farq yo‘qdur» — deb ta’kidlashadi. Shunga binoan, agar ular qazaf faqat og‘zaki ma’lum qilinadi»—deydirgan bo‘lsalar, demak taloq ham faqat og‘zaki ma’lum qilinsagina, joiz bo‘lishini ularga aytmoq kerak bo‘ladi, aks holda taloq ham, qazaf ham botil bo‘lib, soqovning xotini ham, o‘zi ham mulo’ana qilinadi. Sha’biy va Qatoda: «Agar (soqov) barmoqlari birlan «Sen taloqsan!» deb ishora qilsa, ishorasiga asosan xotini undan ajratiladi»,— deyishadi. Ibrohim: «Soqov er, agar o‘z qo‘li birlan qazafnoma yozib bersa, qabul qilmoq lozimdur»,— deydilar. Hammod: «Soqov va garang, agar boshi birlan qazaf qilganini ishora qilsa, joizdur»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning eng yaxshi hovlisi (xonadoni) haqida sizlarga xabar berayinmi?» — dedilar. «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Banu an-Najjor, so‘ng ulardan keyingi Abd al-Ashhal, so‘ng ulardan keyingi Banu al-Hars ibn al-Xazraj, so‘ng ulardan keyingi Banu So’ida»,— dedilar. Keyin, qo‘llari birlan bir tomonga ishora qilib, barmoqlarini juftladilar-da, tosh otgandek harakat qildilar, so‘ng: «Ansorlarning barcha hovlilarida yaxshilik mavjuddur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:51:40

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomat mana bu mana bunga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik yaqin erdi» — deb ko‘rsatgich barmoqlari birlan o‘rta barmoqlari orasini birlashtirdilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oy mana buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni o‘ttiz kun bo‘ladi»,— dedilar. So‘ng: «Oy mana buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi» — deb ham aytdilar. Ya’ni, ba’zi oy o‘ttiz kun va ba’zi oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi, deb aytmoqchi bo‘ldilar».

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘llari birlan Yaman tomonga ishora qilib: «Iymon o‘shal tarafda!»—deb ikki bor aytdilar, so‘ng: «Lekin, og‘ir vaqtlar boshlanib, tuyakashlar bag‘ri tosh bo‘lib ketadi, shayton shoxi — Rabiy’a va Muzar qabilalari ham o‘sha tomondan chiqadi»,— dedilar».

Sahl rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan yetimparvar ikkimiz jannatda mana bunday birga bo‘lamiz» — deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarining orasini biroz ochib ko‘rsatdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:51:51

24-bob. Agar kishi bolasidan tonib arz qilsa...

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, mening bolam qop-qora!» — dedi. Ul zot: «Tuyalaring bormi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Rangi qanaqa?»—dedilar. U: «Qizg‘ish»,— dedi. Ul zot: «Ularning orasida kulrangi bormi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «U qaerdan kelib qoldi?»—dedilar. U: «Menimcha, nasliga tortgandur?»— dedi. Ul zot: «O’g‘ling ham nasliga tortgan bo‘lsa kerak!»—dedilar».

Qayd etilgan