Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483548 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:52:03

25-bob. Li’on qiluvchiga ont ichirmoq xususida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi xotinini qazaf qildi. Janob Rasululloh ansoriy birlan xotiniga qasam ichirib, so‘ng ularni ajratib yubordilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:52:15

26- bob Avval erkak li’on qiladi!

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya xotinini qazaf qildi, so‘ng kelib rost aytayotganini gapirib qasam ichdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?» — dedilar. Shunda xotin ham o‘rnidan turib rost gapirayotganiga qasam ichdi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:52:29

27-bob. Li’on va li’ondan so‘ng xotinini taloq qilgan kishi haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiyning huzurlariga kelib: «Ey Osim, nima deysiz, bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud boshqa biror chora ko‘riladimi? Iltimos, shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab bilib bersangiz!» — dedi. Osim shul xususda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot bunday masala to‘g‘risida javob bergilari kelmay, Osimni shunday uyaltirdilarki, ul kishi hatto savol berganlariga ming pushaymon yedilar. Osim uylariga qaytib kelganlarida Uvaymir kelib: «Ey Osim, Janob Rasululloh sizga nima deb javob qildilar?» — dedi. Osim: «Menga yaxshilik qilmading! Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bergilari kelmadi»,— dedilar. Uvaymir: «Xudo haqi, o‘zim so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Osimning huzurlaridan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga yo‘l oldi, yetib borganida ul zot odamlar davrasida o‘ltirgan erdilar. Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud biror boshqa chora ko‘riladimi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sening va umr yo‘ldoshing xususida oyat nozil bo‘ldi, borib xotiningni olib kelgil!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bir-birini (masjid-da) mulo’ana qilishdi, shunda men Janob Rasulullohning huzurlaridagi odamlar orasida erdim. Ikkalasi mulo’ana qilishib bo‘lishgach, Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar uni nikohimda olib qolsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman!» —dedi-da, Janob Rasulullohning amr qilmoqlarini kutmay, uni uch taloq qildi. Ibn Shihob: «Ushal yil — mulo’ana qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:52:44

28- bob. Masjidda mulo’ana qilmoq xususida

Bu yerda Sahl ibn Sa’d as-So’idiyning yuqoridagi rivoyatlari takroran keltirilgan.

Ibn Shihob bunday deydilar: «Usha ikki eru xotindan so‘ng, bir-birini mulo’ana qiluvchilarni ajratib yuborish sunnat bo‘lib qoldi. Agar ayol homilador bo‘lsa, bolasi nasab xususida onasiga da’vo qilar erdi. Keyin, ayolning merosi xususida sunnat (qonun) joriy qilinib, ayol Olloh taolo farz qilgancha bolaga meros qoldiradirgan va bola onadan meros oladirgan bo‘ldi».

Sahl ibn Sa’d bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal xotin qizg‘ish, pak-pakana bola tug‘sa, xotin rost gapirib, eri unga tuhmat qilgan, deb hisoblayman, basharti u qop-qora, ko‘zlari katta-katta bola tug‘sa, unda eri rost gapirib, xotini bolani birovdan orttirgan bo‘ladi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:52:58

29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortani dalil-isboqiz rajm qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deganlari haqida

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar. «Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir eru xotinning o‘zaro mulo’ana qilganligi haqida gapirdi. Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, so‘ng uyiga ketdi. Uyida o‘ltirganida bir kishi huzuriga kelib, xotinini bir begona erkak birlan tutib olganini aytib shikoyat qildi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga o‘zim balo orttirib o‘ltiribman!»— dedi-da, boyagi kishini ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi va ul zotga xotinini tutib olgan kishi xususida so‘zlab berdi. Bu kishi sarg‘ish, qotma, sochlari muloyim va silliq erdi. Xotinining o‘ynashi ersa qorachadan kelgan, semiz kishi erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh qilgaysan!»—dedilar. Keyin, o‘shal ayol eri belgilarini aytgan kishiga o‘xshash bola tug‘ib qo‘ydi. Janob Rasululloh ularni li’on qildilar. Bir kishi Ibn Abbosga majlisda: «Janob Rasululloh «Birortani dalil-isboqiz rajm (toshbo‘ron) qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deb shu ayol haqida aytganmilar?»—dedi. Ibn Abbos: «Io‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:53:16

30-bob. Li’on qilingan ayolning mahri haqida

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga: «Bir kishi xotinini qazaf qildimi?» — dedim. Ibn Umar: «Janob Rasululloh Uvaymir al-Ajaloniy birlan uning xotinini ajratib yubordilar. Ul zot ularga uch bor: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on gapirayotganingizni bilib turibdi, qaysiningiz tavba qilgaysiz?» — dedilar. Shunda ikkalasi ham tavba qilmoqdan bosh tortib erdi, ularni ajratib yubordilar»,— dedi».

Ayyub bunday deydilar: «Amr ibn Dinor menga: «Sen ana shu hadisdagi bir (muhim) narsani tushirib qoldiryapsan. Ushanda uning eri: «Bergan mahrim nima bo‘ladi?» — degan erdi. Janob Rasululloh: «Senga mahrni qaytarib bermaydi, agar sen xotining xususida rost gapirgan bo‘lsang ham, bergan mahring xotiningning avratidan foydalanganing uchun unda qoladi, agar tuhmat qilgan bo‘lsang, senga mahrning qaytarib berilmasligi o‘z-o‘zidan ma’lumdur» — deb javob qilgan erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:53:28

31-bob. Imomning mulo’ana qilinayotganlarga: «Ikkingizdan biringiz yolg‘on gapirayotirsiz! Qaysi biringiz tavba qilgaysiz?» — deb aytgani haqida

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umardan li’on qilinganlar haqida so‘radim. Ibn Umar bunday dedi: «Janob Rasululloh li’on qilinayotganlarga: «Sizlarning hisob-kitobingiz Olloh taologa havola! Ikkingizdan biringiz yolg‘on so‘zlayotirsiz. Endi, sening uchun xotiningga yo‘l yo‘q!» — dedilar. Erkak: «Unga bergan mahrim nima bo‘ladi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Mahr senga qaytarilmaydi. Agar xotining xususida rost aytgan bo‘lsang ham, uning avratidan foydalanganing uchun mahr unda qoladi. Basharti, yolg‘on gapirgan bo‘lsang, shundog‘ ham mahr senga qaytarilmasligi ayondur»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:53:42

32-bob. Li’on qilingan eru xotinni ajratib yuborish haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir eru xotinni ajratib yubordilar, er xotinni qazaf qilgan bo‘lib, ularning ikkalasiga ont ichirdilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlardan bo‘lmish bir eru xotinni li’on qilib, keyin ularni ajratib yubordilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:53:58

33-bob. Bola li’on qilingan ayolniki bo‘ladi!

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir eru xotinni li’on qildilar, shunda er bolani tan olmadi. Ul zot ularni ajratib, bolani ayolda qoldirdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:54:15

34- bob. Imomning «Yo parvardigoro, (qaysi biri haq, qaysi biri nohaq erkanligini) o‘zing ayon qilgaysan!» deb aytmog‘i haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida li’on qilingan bir eru xotin haqida gap ketdi. Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, uyiga ravona bo‘ldi. Keyin, unga qavmdosh bir kishi uning huzuriga kelib, xotini birlan bir begona erkakni tutib olganini aytdi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga-o‘zim tashvish orttirib o‘ltiribman-a!» —dedi-da, boyagi odamni ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi, ul zotga xotinini begona erkak birlan tutib olgan kishi haqida so‘zlab berdi. Bu kishi sargish, qotma va sochlari muloyim erdi, xotinining o‘ynashi ersa, qorachadan kelgan, semiz, gavdali, sochi jingalak erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh (ayon) qilgaysan!» — dedilar. Keyin, o‘shal xotin yuqorida belgilari aytilgan o‘ynashiga o‘xshash bola tugib qo‘ydi. Janob Rasululloh eru xotinni li’on qildilar». Bir kishi majlisda Ibn Abbosga: «Janob Rasululloh «Agar birortani dalil-isboqiz rajm qiladirgan bo‘lsam, shu xotinni rajm qilgan bo‘lar erdim!» deb shul xotin haqida aytganlarmi?» — dedi. Ibn Abbos: «Yo‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi».

Qayd etilgan