Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482600 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:54:35

35-   bob. Eri uch taloq qilgan ayol iddadan so‘ng bir boshqa erga tegsa-yu, eri unga yotolmasa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziy bir ayolga uylanib, keyin uni taloq qildi.

Xotin boshqa erga tekkach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, keyingi erining jimo’ga zaiflik qilayotgani hamda uning olati popuk singari lapashang erkani haqida gapirdi. Janob Rasululloh unga: «To keyingi ering sening va sen uning asaldonidan zavq olmaguningizcha, avvalgi eringga halol bo‘lmaysan!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:54:50

36-   bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul xotinlaringizdanki, noumid bo‘libdirlar hayzdan (ya’ni, hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan xotinlaringizdan) shubqa qilsangizlar...»

Mujohid: «Agar sizlar xotinlaringiz hayz ko‘radilar-mi, yo‘qmi, bilmasangizlar, ul holda hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan xotinlar uchun idda muddati uch oydur»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:55:05

37-   bob. Olloh taoloning qavli: «Va qorinlarida bolasi bor xotinlarning iddasi bolasini tug‘ishidur»

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasiga mansub Subay’a ismli bir ayolning eri bo‘lib, u vafot etib qoldi. Subay’a eridan homilador erdi. Uni Abussanobil ibn Bi’kak o‘ziga xotinlikka so‘ratdi, Subay’a unga tegishga rozilik bermadi. Odamlar unga: «Xudo haqi, iddani oxiriga yetkazmaguningcha, unga tegmoging durust ermas!» — deyishdi. Shunda Subay’a o‘n kuncha kutib, so‘ng Janob Rasulullohning huzurlariga keldi, ul zot unga: «Tegaber!» — dedilar».

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Ubaydulloh ibn Abdullohning otalari Ibn al-Arqamga maktub yo‘llab, Janob Rasululloh Subay’aga qanday fatvo berganlarini uning o‘zidan so‘rab bilib berishni iltimos qildilar. Subay’a: «Ul zot menga tugishim birlan erga tegmogim mumkinligini aytib fatvo berdilar» — deb javob qilibdi».

Misvar ibn al-Maxrama rivoyat qiladilar: «Subay’a al-Aslamiyya eri vafot qilgach, bir necha kun o‘tkazib Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, erga tegishga ijozat so‘radi. Ul zot unga ijozat berib erdilar, erga tegib ketdi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:55:41

38- bob. Olloh taoloning qavli: «Va taloq berilgan xotinlar uch hayz o‘tguncha o‘zlarin boshqa nikoxdan saqlasinlar!»

Ibrohim idda vaqtida erga tekkan ayol (ya’ni, eri tomonidan raj’iy taloq — idda ichida yana qaytarib olsa bo‘ladirgan taloq qilingan ayol) haqida so‘zlab: «U (keyingi) eri uyida uch bor hayz ko‘rib, oldingi eridan uzil-kesil ajraldi. Uning bu hayzi keyingi eri uchun hisobga o‘tmaydi, u yana boshqa idda saqlaydi»,— deydilar. Zuhriy: «U ayol bir bor idda saqlasa, kifoya qiladi»,— deydilar. Zuhriyning bu gaplari Sufyon uchun ayni muddaodur».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:56:14

39-   bob. Fotima binti Qays qissasi va Olloh taoloning qavli: «Va qo‘rqingizlar parvardigoringiz bo‘lmish Olloh taolodan, chiqarmangizlar ularni o‘z uylaridan va ular o‘zlari ham chiqmasinlar agar aniq bir hayosiz ish qilmasalar va bu narsalar Olloh taolo muqarrar qilgan cheklovlardur va kimiki Olloh, taoloning cheklovlariga tajovuz qilur, ul albatta o‘z joniga zulm qilgan bo‘lur, ul xotin bilmaski, shoyad Olloh taolo paydo qilur taloqdan so‘ng biror ishni (ya’ni, shoyad Olloh taolo ularning o‘rtalarida sulh paydo qilsa)... Joy beringizlar ularga o‘zlaringiz turgan yerlaringizdan qudratlaringizga muvofiq va ozor bermangizlar ularga ularni siqiltirmoqlaringiz uchun va agar ular homilador bo‘lsalar, bas nafaqa berib turingizlar ularga to bolalarin tug‘ib olgunlariga qadar («tanglikdan keyin yengillikni paydo qilur» degai qavligacha) («At-Taloq» surasi)

Molik rivoyat qiladilar: «Yahyo ibn Sa’id ibn al-Os Abdurrahmon ibn al-Hakamning qizini taloq qilib erdi, Abdurrahmon qizini uyiga ko‘chirib olib keldi. Mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anho Madina amiri Marvonga odam yuborib, «Olloh taolodan qo‘rqgil, uni uyiga qaytargil!» deb aytishni buyurdilar».

Abdurrahmon ibn al-Qosim rivoyat qiladilar: «Urva ibn az-Zubayr Oisha raziyallohu anhoga: «Al-Hakamning qizi bo‘lmish Fotimaning eri uch taloq qilgach, uyidan chiqib ketganini ko‘rmaysizmi?!»—dedi. Oisha raziyallohu anho: «Juda ham yomon ish qilibdi!» —dedilar. Urva: «Fotimaning «Bu voqea oshkor qilinsa, menga yaxshi bo‘lmaydi!» — deb aytganini eshitmadingizmi?»—dedi».

Hishom: «Oisha raziyallohu anho (Fotimani) nihoyatda qattiq ayblab: «Fotima bir vahshiy hayvon yanglig ish tutibdi, bu unga xatarnokdur. Shul boisdan ham, Janob Rasululloh uni nazar-pisand qilmadilar»,— deb aytibdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:56:30

40-   bob. Agar taloq qilingan ayoldan erining uyidagilar: «Eri unga tashlanadi» — deb xavotir olishsa yoki: «Uning o‘zi bizga behayo gaplar gapiradi» — deb cho‘chishsa...

Urva: «Oisha raziyallohu anho Fotimaning bu qilmishini qoraladilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:56:47

41- bob. Olloh taoloning qavli: «Va halol ermas ular uchun bachadonlaridagi Olloh taolo yaratgan hayzu homilani yashirmoqlari»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganlarida Safiyya hayz ko‘rib qolib, o‘z chodiri ostonasida gamgin o‘ltirardi. Ul zot Safiyyaga: «Nechuk bema’nilik! Endi sen bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, Nahr kuni tavof qilganmiding?»—dedilar. Safiyya: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Unday bo‘lsa, yo‘lgachiq!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:57:06

42- bob. Olloh taoloning qavli: «Va ularni shu idda ichida qaytarib olmoqqa erlari boshqalardan ko‘ra ko‘proq haqlidurlar». Er xotinini, agar uni bir yoki ikki taloq qo‘ygan bo‘lsa, qanday qaytarib oladi?

Hasan: «Ma’qil singlisini erga berib erdi, eri uni taloq qildi»,— deydilar.

Hosan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ma’qil ibn Yasorning singlisi bir kishiga turmushga chiqib erdi, u uni taloq qildi. Keyin, uni to iddasi tugaguncha tashlab qo‘yib, yana o‘ziga xotinlikka so‘radi. Shunda Ma’qil bunga qarshilik qilib: «Uni iddasi tugamasidan burun qaytarib olish imkoniga ega bo‘la turib, o‘z holiga tashlab qo‘ydi, endi uni o‘ziga yana xotinlikka so‘ratadimi?!» — dedi-da, kuyovi birlan singlisining yarashib ketishiga mone’lik qildi. Shu asnoda Olloh taolo Janob Rasulullohga «Va qachon xotinlarni taloq qilsangizlar va ularning iddalari tamom bo‘lsa, endi ul xotinlarni o‘z erlarining nikohlariga kirmoqlariga mone’lik qilmangizlar, vaqtiki ular shariatga muvofiq o‘zaro rozi bo‘lsalar va bu nasihat sizlardan shundog‘ odamga qilinurki, ul odam Olloh taolo va qiyomat kuniga iymon keltirur, bu narsa sizlar uchun ziyoda safolik va ziyoda poklikdur va Olloh taolo bilur va sizlar bilmassizlar!» degan oyati karimani nozil qildi. Janob Rasululloh Ma’qilni chaqirib, unga shu oyatni qiroat qilib berdilar, Ma’qil kuyovi birlan singlisiga mone’lik qilishdan to‘xtab, Olloh taoloning amriga bo‘yin egdi».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning o‘g‘li xotinini hayz ko‘rgan holida bir taloq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga xotinini qaytarib olmoqni, so‘ng hayzdan poklanib, yana hayz ko‘rib, yana poklangunicha uyida saqlab turmoqni, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib taloq qilmoqni amr qildilar. Olloh taolo ayollarni taloq qilishda rioya qilmoqni amr qilgan idda mana shu iddadur. Abdulloh, agar o‘zlaridan bu haqda so‘rashsa: «Agar uch taloq qilgan bo‘lsang, xotining toki boshqa erga tegib chiqmagunicha, senga haromdur!» —deb aytar erdilar. Ibn Umar: «Agar bir yoki ikki bor taloq qilgan bo‘lsang, Janob Rasululloh bunday holda nima qilmoqni menga amr qilganlar»,— deydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:57:19

43-bob. Hayz ko‘rgan holida taloq qilingan ayolni qaytarib olmoq xususida

Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat Umar shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot: «Ug‘lingga borib ayt, xotinini qaytarib olsin, so‘ng hayzdan poklanib, yana hayz ko‘rib, yana poklangunicha uyida saqlab tursin, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin!» —deb amr qildilar. Men Ibn Umarga: «Keyin, u o‘sha taloqqa binoan iddada o‘ltiradimi?» — dedim. U: «Nima, sen qarib miyasi aynib qolgan, deb o‘yladingmi?!» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:57:33

44-bob. Eri vafot etgan ayol to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi!

Zuhriy: «Eridan yosh tul qolgan ayol pardoz-andoz ashyolaridan foydalanadi, deb o‘ylamayman, chunki u iddadadir»,— deydilar.

Nofi’ Zaynab binti Abu Salama uaqida rivoyat qiladilar: «Zaynab bunday dedi: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari bo‘lmish Ummu Habibaning huzurlariga otalari Abu Sufyon vafot etganda kirdim. Shunda Ummu Habiba upa-elik keltirmoqni buyurdilar-da, uni yuzlariga surtdilar. So‘ng: «Xudo haqi, agar men Janob Rasulullohning: «Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan ayolning mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdur, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi» — deb aytganlarini eshitganim uchungina shunday qildim, aslida upa-elikka ehtiyojim yo‘q erdi!» — dedilar. Keyin, men Zaynab binti Jahshning huzuriga akasi vafot qilganda kirdim. Shunda u ham upa-elik keltirmoqni buyurib, undan yuziga surtdi. So‘ng: «Ammo, xudo haqi, men Janob Rasulullohning minbarda turib: «Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan ayol uchun mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i halol ermas, eri vafot qilsagina to‘rt oyu o‘n kun motam qiladi» — deb aytganlarini eshitmaganimda bunday qilmas erdim, aslida upa-elikka uncha xushim yo‘qdur!—dedi». Zaynab: «Men Ummu Salamaning bunday deb aytganlarini eshitgan erdim»,— dedi: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Qizim eri vafot qilib, tul qoldi, yig‘layverganidan ko‘zi shishib ketdi, davo maqsadida ko‘ziga surma qo‘ysa, bo‘ladimi?» — dedi. Janob Rasululloh ikki yoki uch bor: «Io‘q!» — dedilar (bundan ayonki, eri o‘lgan azador ayol ko‘zi og‘risa ham, surmadan foydalanishi mumkin ermas). So‘ng, ul zot yana: «Chunki, eri o‘lgan ayolning azadorlik muhlati to‘rt oyu o‘n kundur. Johiliyat davrida birortangizning eringiz vafot qilsa, yilning boshida tezak otar erdingiz»,— dedilar». Humayd bunday deydilar: «Men Zaynabga: «Nechun yilning boshida tezak otadi?»—dedim. Zaynab bunday dedi: «Ayol, agar eri vafot qilsa, bir uychaga kirib, eng yomon kiyimini kiyib olardi-da, bir yil davomida upa-elikni qo‘liga olmay u yerda yotar erdi. So‘ng, unga bir mochaxar yoki sovliq yohud qush olib kelib berishar erdi. Ayol uni bir narsa birlan yirta-yirta, oxiri uni o‘ldirar erdi. Keyin, u uychadan tashqariga chiqar erdi. Shunda uning qo‘liga tezak tutqazishar va u tezakni (bir yil davomida ko‘rgan kunim shu tazakdan yaxshiroq erdi, deb) irg‘itib yuborar erdi. Keyin, u pardoz-andoz yoki biror boshqa narsani xohlagandan so‘ng, (uyiga) qaytarilar erdi». Molikdan, Olloh taolo ul kishini rahmat qilsin, «Bir narsa birlan yirta-yirta» nima degani?» — deb so‘rashdi. Ul kishi: «Bir narsa birlan terisini shiladi»,— dedilar».

Qayd etilgan