Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482747 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:01:28

1- bob. Ahlu ayoliga xarj (nafaqa) qilmoqlik haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Eng yaxshi sadaqa — kishining o‘zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir (ya’ni, kishining o‘zidan keyin merosxo‘rlariga qoldirgan narsasi eng yaxshi sadaqa bo‘lib, u xoh moddiy va xoh ma’naviy boylik bo‘lsin, merosxo‘rlar unga tayangan holda birovlarga sarg‘aymay kun kechiradilar), baland qo‘l (mehnatkash qo‘l) past qo‘l (tilamchi qo‘l) dan afzaldur. Eng avvalo, o‘zing boqadirgan (o‘zingga qaram) kishilarga xarj (nafaqa) qilgil, (chunki) xotin: «Yo meni to‘ydir yoki meni taloq qil!» — deydi, qul ersa: «Avval meni to‘ydir, so‘ng ishlat!» — deydi, farzand ersa: «Meni (o‘zing) to‘ydir, meni kimga (ishonib) tashlab qo‘yyapsan?!» — deydi». Odamlar: «Ey Abu Hurayra, bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganmisiz?»—deyishdi. Abu Hurayra: «Yo‘q, bu Abu Hurayraning bisotidan»,— dedilar (kesatib).

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng yaxshi sadaqa — kishining o‘zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir va eng avvalo o‘zing boqadirgan kishilarga (axlu ayolingga) xarj qilgin!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:01:47

2- bob. Kishining o‘z ahlu ayoli uchun bir yilga yetadirgan yegulikni zaxira qilib qo‘ymog‘i haqida va ahlu ayolga qanday nafaqa qilinadi?

Mu’ammar rivoyat qiladilar: «Savriy menga: «Ahlu ayoli uchun bir yillik yoki bir necha oylik yegulik zaxira qilib qo‘yadirgan kishi haqida eshitganmisan?» —dedi. Lekin, men bu haqda hech narsa eslay olmadim. Keyin, men Ibn Shihob az-Zuhriy bizga Molik ibn Avsdan, ul kishi ersalar Hazrat Umar raziyallohu anhudan naql qilib aytib bergan (quyidagi) bir hadisni xotirladim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Nazirdagi xurmozor hosilini sotib, axlu ayollari uchun bir yillik yegulik zaxira qilib qo‘yar erdilar».

Molik ibn Avs ibn al-Hadason rivoyat qiladilar. «Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im menga aytib bergan bir hadisda meros xususida eslatib o‘tgan erdi. Keyin, men uning uyiga bordib , shul haqda undan so‘radim. Ul menga bunday deb aytdi: «Men Xazrat Umarning huzurlariga kirmoq niyatida uydan chiqdim. Huzurlarida o‘ltirganimda eshikbonlari Yarfo qoshlariga kelib: «Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’dda ishingiz bormi, ular huzuringizga kirmoqqa ijozat so‘rayotirlar?»— dedi Hazrat Umar: «Ha»,— dedilar-da, ularga ruxsat berdilar. Ular ichkariga kirib salom berishdi, so‘ng o‘ltirishdi. Birozdan so‘ng, Yarfo yana qoshlariga kelib: «Ali va Abbosda ham ishingiz bormi?» — dedi. Hazrat Umar. «Ha»,— dedilar-da, ularga ruxsat berdilar. Ikkalalari ichkariga kirib salom berib o‘lti rishgach, Abbos: «Yo mo‘minlar amiri! Men birlan mana bu kishi (ya’ni, Hazrat Ali) o‘rtamizdagi masalani hal qilib bersangiz!»—dedi. Shunda Hazrat Umarning huzurlaridagilar, ya’ni Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Yo mo‘minlar amiri! Ular ikkisi o‘rtasidagi masalani hal qilib, birini ikkinchisidan xalos qilingiz!» — deyishdi. Hazrat Umar ularga: «Ogoh bo‘lingizlar, yeru osmonlar mavjudligi irodasiga bogliq bo‘lmish Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz meros qoldirmagaymiz, biz qoldirgan narsa — sadaqadur!» deb aytganlarini bilurmisizlar? Ul zot «Biz» deganlarida o‘zlarini nazarda tutganlar»,— dedilar. Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Ha, shunday deb aytganlar!» — deyishdi. Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini bilurmisizlar?» — dedilar. Ular ikkalalari: «Ha, shunday deb aytganlar!» — deyishdi. Hazrat Umar bunday dedilar: «Men sizlarga ana shu masala (meros) xususida so‘zlab berayin: Darhaqiqat, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga maxsus (alohida) bir mol ato etgan erdikim, buni u ilgari ul zotdan o‘zgalarga ato etmagan erdi. Olloh taolo: «Olloh taolo o‘z Rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol uchun sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singan ermas), lekin Olloh taolo o‘zi istagan bandalariga payg’am-barlarini hukmdor qilgaydur. Olloh taolo har narsaga qodirdur!»— deydi. Bu o‘lja (mol) xolis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamniki erdi. Xudo haqi, shunga qaramay Janob Rasululloh uni sizlarsiz yolgiz o‘zlari tasarruf qilganlari yo‘q, undan sizlarga ham ulush ajratdilar. Mana endi, undan ana shul (sizlar talab qilib kelgan) molgina qoldi, xolos. Janob Rasululloh yil bo‘yi ana shu mol (er-suv) orqasidan ahlu ayollarini boqar va ehtiyojlaridan ortiqchasini Olloh taolo yo‘lida ehson qilar erdilar. Ul zot umrlari bo‘yi shul yo‘sinda ish tutib kelgan   erdilar.    Olloh   taolo   nomi   birlan   sizlardan   o‘tinib   so‘rayman!    Shuni bilurmisizlar?». Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Ha»,— deyishdi. So‘ng, Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan ikkalangizdan o‘tinib so‘rayman! Shuni siz ikkingiz ham bilurmisizlar?»—dedilar. Ular ikkalalari: «Ha»,— deyishdi. Shundan so‘ng, Hazrat Umar bunday deb gaplarida davom etdilar: «Keyin, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamni huzuriga chorladi. Shunda Hazrat Abu Bakr as-Siddiq: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vorislari mendurman!» — dedilar-da, o‘shal xolis molni o‘z qo‘llariga olib, uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kabi tasarruf qildilar. Siz ikkingiz bo‘lsangizlar, «Abu Bakr unday va bunday qildi» deb gapirib yuribsizlar, vaholanki ul kishi uni halollik birlan tasarruf qildilar. So‘ng, Olloh taolo Hazrat Abu Bakr as-Siddiqni ham o‘z huzuriga chorladi. Shunda men: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Hazrat Abu Bakr as-Siddiqning vorislari mendurman!» deb uni o‘z qo‘limga oldim, mana ikki yildurki, uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Hazrat Abu Bakr as-Siddiq kabi tasarruf qilib kelmoqdaman. Keyin, siz ikkingiz huzurimga keldingizlar, ikkingizning ham so‘zingiz bir, ishingiz bir! Sen (Abbos) akangning o‘g‘lidan qolgan nasibangni talab qilib kelgansan, mana bu (Ali) ersa xotinining otasidan qolgan nasibasini talab qilib kelgan. Mening qat’iy so‘zim budur: agar istasangizlar, Janob Rasululloh, Hazrat Abu Bakr va men kabi tasarruf qilmoqlik sharti birlan uni sizlarga topshirgayman, aks holda bu haqda menga og‘iz ochmangizlar! Agar sizlar: «Shartingizga ko‘ndik, uni bizga topshiringiz!» — desangizlar, uni shu shart birlan sizlarga topshirayin. Ey (Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’d), shu shart birlan uni mana bu ikkalasiga topshirayinmi?». Ular: «Ha»,— deyishdi. Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Uni sizlarga shu shart birlan topshiraverayinmi?» — dedilar. Ikkalalari: «Ha»,— deyishdi. Hazrat Umar: «Lekin, keyinchalik bu haqda boshqacha hukm chiqarmog‘imni iltimos qilsangizlar, bilingizlarki yeru osmonlarning mavjudligi irodasiga bog‘liq zot haqi, qiyomatga qadar ham bundan o‘zgacha hukm chiqarmagayman! Agar mazkur shartni bajarmoqqa ojizlik qilib qolsangizlar, uni menga qaytarib beringizlar, men sizlarni undan xalos qilgayman!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:02:10

3- bob. Olloh taoloning qavli: «Va onalar o‘z bolalarini butun ikki yil emizsinlar, bu hukm ul odam uchundurki, sut emizmoq muddatini tamom qilmoqchidur («Olloh taolo  qilib turgan amallaringizni ko‘rib turur» degan qavligacha)

Olloh taolo: «Uni (bolani) (qorinda) ko‘tarib yurish va uni (emizib) sutdan chiqarish (muddati) o‘ttiz oydur»,— deydi.

Olloh taolo: «(Taloq qilingan xotin homilador bo‘lsa, to tug‘ib olguncha uni boqib turingizlar, keyin u sizlarni yuz-xotir qilib bolani emizsa, buning uchun ham unga haq to‘langizlar va bu to‘g‘rida qoidaga muvofiq o‘zaro maslahat qilingizlar) va agar kelisha olmasangizlar, ul holda bolani boshqa bir xotin emizib berur, xarj qilsin rizqi ulug‘ odam rizqining ulug‘ligiga yarasha va kimning rizqi oz bo‘lsa, qudrati yetgancha xarj qilsin. Olloh taolo hech kimga o‘zi unga ato etgandan ortiq xarj qilmoqni yuklamas, oz fursatda Olloh taolo paydo qilur tanglikdan keyin yengillikni!» —deydi.

Yunus Zuhriydan naql qiladilar: «Olloh taolo: «(Taloq qilingan) onaga bolasi tufaylidan ozor berilmasin!» — deydi va bu ersa onaga: «Sen bolani emizmaysan!»— deb aytmoqligingizdur. Vaholanki, bola uchun o‘z onasidan ko‘ra butun vujudi birlan ko‘krak berguvchi zot bo‘lmay, u boshqa ayoldan ko‘ra unga mushfiqroq va mehribonroqdur. Taloq qilingan ayol, sobiq eri Olloh taoloning amriga muvofiq boqib turgandan keyin, bolani emizishdan bo‘yin tovlamasligi lozim va bolaning otasi ham: «Bolani sen emizmaysan, uni boshqa bir enagaga topshiraman!»—deb bolaning onasiga ozor bermasligi kerak. Ammo, ota va ona o‘zaro rozilik birlan bolani boshqa bir emizguvchiga topshirsalar, ularga gunoh bo‘lmas. Agar ular o‘zaro kelishib bolani sutdan chiqarmakchi bo‘lsalar, buning uchun ham gunohkor bo‘lmagaylar!».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:02:26

4- bob. Eri (ma’lum sabablarga ko‘ra) uyida mavjud bo‘lmagan ayolning va bolalarning nafaqasi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba kelib: «Yo Rasulalloh, erim Abu Sufyon mumsik odam, uning molidan xarj qilib uydagilarga yedirsam, gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Ul zot: «Insofan, yetarlicha olsang, mayli!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol eri ishlab topib kelgan narsalardan uning buyrug‘isiz (oshkora, yaxshi niyatda) nafaqa (sadaqa) qilsa, bundan tegadirgan savobning yarmisi erinikidir»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:02:38

5- bob. Ayolning o‘z eri uyida mehnat qilmog‘i haqida

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga yorguchok, (qo‘l tegirmoni)ni aylantiraverib qo‘llari shilinib, qavarib ketganidan shykoyat qilgali keldilar, (xizmatkor so‘ramoqchi erdilar), ammo ul zotni uchratolmay, gaplarini Oisha onamizga tayinlab, uylariga qaytib ketdilar. Keyin, Oisha onamiz ul zot kelganlarida Fotima alayhossalomning ne sababdan kelib ketganlarini ma’lum qildilar. Hazrat Ali bunday deydilar: «Janob Rasululloh uyimizga kelganlarida Fotima birlan men o‘ringa kirib yotgan erdik, o‘rnimizdan turmoqchi bo‘lganimizni ko‘rib: «Joyingizda yotaveringizlar!» — dedilar-da, men birlan qizlari Fotima o‘rtamizga kelib o‘ltirdilar, hatto men qornimga tegib ketgan muborak oyoqlarining sovqotib ketganini his qildim. So‘ng, bizga: «Mendan talab qilgan narsangizdan ko‘ra yaxshiroq narsa haqida sizlarga aytaymi? Agar o‘ringa kirib yoqangizlar, o‘ttiz uch marta «Subhonolloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulilloh» va o‘ttiz to‘rt marta «Ollohu akbar» deb aytingizlar, bu sizlar uchun xizmatkor talab qilganingizdan ko‘ra yaxshiroqdur!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:02:54

6-bob. Ayolning xizmatkori xususida

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom Janob Rasulullohning huzurlariga xizmatkor so‘rab kelganlarida, ul zot: «Xizmatkor so‘raganingdan ko‘ra o‘zing uchun xayrliroq narsa haqida aytaymi? Uyquga ketishingdan burun o‘ttiz uch marta «Subhonolloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulilloh» va o‘ttiz to‘rt marta «Ollohu akbar» deb aytgil!»—dedilar. Sufyon bunday deydilar: «Ulardan biri o‘ttiz to‘rt marta bo‘lib, ul zot shunday deb amr qilganlaridan buyon ularni biror kecha aytmay qo‘yganim yo‘q!» (Boshqa hadislarda barchasi o‘ttiz uch marta).

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:03:06

7-bob. Erkakning o‘z oilasi ishlariga qarashmog‘i haqida

Asvad ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyda nima qilar erdilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz: «Oilalarining ishlariga ko‘maklashar erdilar, agar azon ovozini eshiqalar, masjidga chiqar erdilar»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:03:19

8-bob. Agar er (mumsik bo‘lib) o‘zicha nafaqa qilmasa, xotin o‘zi va bolalarini ta’minlash uchun eriga bildirmay uning molidan insofan olmog‘i mumkin!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba: «Yo Rasulalloh! Abu Sufyon xasis odam bo‘lib, men birlan bolamga yetarlicha ovqat bermaydi, unga bildirmay molidan olib turaman»,— dedi. Ul zot: «Insofan o‘zing birlan bolangga yetarlicha olgin!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:03:29

9- bob. Ayol erining molini va xarjini tejamog‘i lozim!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarning yaxshisi tuya minadirgan ayollar bo‘lib, bu Quraysh ayollaridir!» — dedilar. So‘ng, yana: «Quraysh ayollarining yaroqlisi ersa, bolaga yoshligidanoq mehribonrogi va erining molini tejaydirganrogidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:03:42

10- bob. Insofan vaqti-vaqti birlan ayollarga ust-bosh qilib berib turmoq darkorligi haqida

Hazrat Ali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bir hulla berdilar, uni o‘zim kiyib erdim, ul zotning yuzlarida gazab alomatini ko‘rdim. Shunda men uni bo‘lib-bo‘lib ayollarimga taqsim qildim».

Qayd etilgan