15- bob Cho‘rilardan bo‘lmish enagalar va boshqalar haqida
Janob Rasulullohning xotinlari Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimni o‘z nikohingizga olingiz!» — dedim .Ul zot «Sen shuni xohlaysanmi?»— dedilar Men «Xa, men sizga qarshilik qilmayman, singlim ham mening baxtimga sherik bo‘lsa, deyman!»— dedim. Ul zot «Bu menga mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «durdona» qiziga uylanmoqchisiz, deb o‘zaro gapirib yuribmiz!» — dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Xudo haqi, o‘z bag‘rimda parvarish topayotgan qiz bo‘lmaganida ham Axir, u mening emishgan birodarimning qiziku! Men birlan Abu Salamani (cho‘ri) Suvayba emizgan, menga (boshqa erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringizni hamda singillaringizni xotinlikka taklif qilmangizlar!»— dedilar. Urva «Suvaybani Abu Lahab ozod qilgan erdi»,— deydilar».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nihoyatda sillam quriganidan biror yegulik izlab ko‘chaga chiqib erdim, Umar ibn al-Xattobga yo‘liqdim. Shunda Olloh taoloning Kitobidan ochlarni tuyg‘azish lozimligi haqidagi oyatni o‘qib bermog‘ini undan iltimos qildim (qornim ochligini fahm-lasin, deb erdim) U hovlisiga kirib, Qur’oni Karimni ochdi-da, men aytgan oyatni o‘qib tushintirdi (ammo, ochligimni fahmlamadi) Keyin, men uning hovlisidan chiqib, biroz yurdim, ammo sillam quriganidan yuz tuban yiqildim. Bir mahal qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tepamda turibdilar: «Ey Abu Hurayra!» — dedilar ul zot. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Janob Rasululloh qo‘limdan tortib meni turg‘azdilar-da, ochlikdan shul ahvolga tushganimni bilib, meni tuyalari tomon yetakladilar. Keyin, kattagina bir idishda sut uzatib, ichmog‘imni amr qildilar, men ichdim So‘ng, menga «Ey Abu Hurayra, yana quyib ich!»—dedilar. Men yana qo‘iib ichdim. So‘ng: «Yana quyib ichyo»—dedilar. Men yana quyib ichdim hatto qornim kamondek tarang tortilib ketdi. Keyin, men Umarni yana uchratib, boya o‘zimga nima bo‘lganini unga aytdim-da «Olloh taolo meni to‘yg‘azmoqni sendan ko‘ra haqlig‘roq kishiga (ya’ni, Janob Rasulullohga) topshirdi. Ey Umar, xudo haqi, men sendan mazkur oyatni o‘zim bilmaganim uchun o‘qib bermog‘ingni iltimos qilmagan erdim, uni sendan ko‘ra o‘zim yaxshiroq qiroat qila olaman!»—dedim. Umar «Xudo haqi, terisi shilingan tuya kabi bo‘lganimdan ko‘ra, seni to‘yg‘azganim mening uchun yaxshiroq erdi!»—dedi».