Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida o‘n kishini mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordilar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Hadda degan joyga yetganlarida, Huzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar. Mushriklar musulmoilar to‘xtab dam olgan yerdan xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!» — deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: < Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh so‘rab tushmayman »—dedilar, so‘ng: «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor qilgaysen!» — deb iltijo qildilar. Mushriklar nayza otib Osimni o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Hubayb, Zayd ibn Dasina va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar kamoplarining iplarini yechib, musulmonlarni bog‘ladilar. Shunda uchinchi kishi: «Xudo haqi, bu xiyonatning boshidur, men sizlarga aslo taslim bo‘lmagaymen, albatta men o‘limni afzal ko‘rib, sheriklarimga ibrat bo‘lgaymen!»—dedi. Mushriklar uni ko‘p majbur qilib qiynadilar, ammo ul taslim bo‘lmoqdan bosh tortdi. Badr janggidan so‘ng. mushriklar Hubayb birlan Zayd ibn Dasinani qul kilib sotdilar. Hubaybni Hars ibn Omir ibn Navfal avlodlari sotib oldi Hubayb Hars ibn Omirni o‘ldirgan bo‘lib, u Hars ibn Omirning bolalari huzurida bir necha muddat asirlikda turdi Keyin, ular otalarining qasosi uchun Hubaybni o‘ldirmoqqa qaror qildilar Shunda Hubayb Harsning qizlaridan biridan ustara so‘rab olib, tozalandi Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Hubaybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Hubaybning tizzasida o‘ltirgan holda topdi, Hubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qattiq qo‘rqqanimni sezib, Hubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman'» —dedi,— deydi ael,— Olloh nomi birlan qasamyod qilurmenkim, men Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman, qasamed qilurmenkim, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki, (shu vaqtda) Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Hubaybga Olloh taoloning o‘zi rizq qilib beryapti»,— der erdi Hubaybni qatl qilmoqqa olib chiqqanlarida, u «Ikki rak’at namoz o‘qimoqqa menga ijozat beringizlar » —dedi Unga ijozat berganla-ridan sung, ikki rak’at namoz o‘qidi, keyin «Agar sizlar meni o‘limdan qo‘rqyapti deb uylamaganingizda, men ko‘proq g‘amoz o‘qigan bo‘lardim. Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi.
«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas,
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas »
So‘ng, Abu Sirva’a Aqaba ibn Hars o‘rnidan turib, Hubaybni o‘ldirdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonning o‘limi oldidan namoz o‘qimog‘i darkorligi Hubaybdan sunnat bo‘lib qoldi. Janob Payg‘ambarimiz ularga musibat yetgan kuni ashoblariga xabar bergan erdilar Quraysh mushriklari Osimning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarni eshitib, bunga ishonch hosil qilmoq uchun uning bir a’zosini kesib kelmoqqa odam jo‘natdi, chunki Osim Quraysh kattalaridan birini o‘ldirgan erdi. Olloh taolo Osimning jasadini himoya qilmoqqa arilar to‘dasini yubordi, mushriklar uning hech bir a’zosini kesib olishga muvaffaq bulmadilar»
Ka'b ibn Molik: «Aytishlaricha, Mirora ibn Rabi’ Al-Umariy va Hilol ibn Umayya Al-Voqifiy ikkovlari ham solih kishilar bo‘lib, Badrda shahid bo‘lgan erkanlar»,— deydilar.
Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinurki, ul kishining otalari Abdulloh Umar ibn Abdulloh ibn al-Arqam az-Zuhriyga xat yozib, unga Subay’a binti Hars al-Aslamiyyaning huzuriga kirmoqni hamda undan Rasulullohdan fatvo so‘raganda nima deb javob qilganlari haqida bilib bermoqni buyurdi. Umar Abdulloh ibn Utbaga javob xat yozib, bunday deb xabar berdi «Subay’a binti al-Harsning aytishicha, u Baniy Omir qabilasidan bo‘lmish Badr jangi qatnashchisi Sa’d ibn Xavlaning xotini bo‘lgan. Eri Hajjat ul-Vido’da vafot qilgan. Shu vaqtda Subay’a homilador bo‘lib, erining vafotidan ko‘p o‘tmay tuqqan va nifosdan pok bo‘lishi birlanoq sovchi kutib, yasanib olgan. Shu payt uning huzuriga Abussanobiyl ibn Ba’kak kirib «Ne uchun yasanib olding, erga tegmoqchimisan? Ollohga qasamyod qilurmenkim, to‘rt oy-u o‘n kun o‘tmasidan burun erga tegmoqqa haqqing yo‘q»—dedi «Menga u shu gapni aytgandan so‘ng,— deydi Subay’a,— kiyimlarimni almash-tirdim-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul haqda fatvo bermoqlarini so‘radim. Janob Rasululloh bolamni tuqqanimdayoq halol bo‘lganimni, agar xohlasam, erga tegmog‘im mumkinligini aytib, fatvo berdilar»