Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482306 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 114 B


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:14:44

Abdurahmon ibn Avf bobolari Abdurahmondan naql qiladilar: «Men va Umayya ibn Xalaf bir-birimizni himoya qilmoq haqida ahdlashgan erdik. Badrda jang bo‘lgan kuni u va o‘g‘li o‘ldirilgani haqida gapirishdi. Shunda Bilol raziyallohu anhu: «Agar Umayya najot topganda men najot topmagan bo‘lardim»,— dedi».

Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Van-Najmi» surasini o‘qib, oyati sajdadan so‘ng, o‘zlari va ul yerda hozir bo‘lganlar sajda qildilar, lekin bir chol bir siqim tuproqni oldi-da, peshonasiga tekkazib: «Menga shul ham kifoya qilgay!» — dedi. Ko‘p o‘tmay, men o‘shal odamning kofir holda o‘ldirilganining shohidi bo‘ldim».

Urvadan naql qilinadi: «Az-Zubayrning tanalarida qilich zarbidan hosil bo‘lgan uch jarohatning o‘rni bor erdi, ulardan biri yelkalarida erdi. (Bolaligimda) barmoqlarimni jarohatdan qolgan teshiklarga tiqib o‘ynar erdim. Ikkitasi Badr janggida, bittasi Yarmuk janggida bo‘lgan erdi. Abdulloh ibn az-Zubayr o‘ldirilganda, Abdulmalik ibn Marvon menga: «Ey Urva, az-Zubayrning qilichini bilurmisan?»— dedilar.  Men:   «Ha»,— dedim.   «Uning qanday  alomati  bor  edi?»—dedilar.   «Badr janggida tig‘i qaytgan erdi»,— dedim.  Shunda Abdulmalik ibn Marvon:  «Ha,  rost aytding. Dushman birlan qilichbozlik chog‘ida tig‘i qaytgan erdi»,— dedilar».

Keyin, o‘shal qilichni Urvaga qaytarib beribdilar. Hishom: «Biz qilichning narxini 3000 deb belgilagan erdik, uni birimiz oldik (Qilich merosda Hishomning akasi Usmon ibn Urvaga tegdi). Men: «Qilich menga tegsa!»—deb orzu qilgan erdim»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:16:10

Urva: «Az-Zubayrning qilichi kumush birlan bezatilgan erdi»,— deydilar.

Hishom ham: «Urvaning qilichi kumush birlan ziynatlangan erdi»,— deb rivoyat qiladilar.

Urva otalari az-Zubayr haqida rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimizning ashoblari Yarmuk janggida Az-Zubayrga: «Ey Zubayr, dushmanga hamla qilmaysizmi? Biz ham siz birlan birga hamla qilur erdik!» — deyishdi. Az-Zubayr: "Men dushmanga hamla qilsam, sizlar meni aldamaysizlarmi?" — dedilar. Ular: «Aldamaymiz»,— deyishdi. Az-Zubayr yakka o‘zlari dushmanga tashlandilar-da, ularning safini yorib o‘tdilar, so‘ng ashoblar tomoniga qaytayotganlarida Rum askarlari (dushmanlar) Az-Zubayrning otlarini jilovidan ushlab qolib, yelkalariga ikki bor qilich birlan zarba berdilar. Bu ikki jarohatning o‘rtasida Badr janggida olgan jarohatlarining ham o‘rni bor erdi».

Urva:  «Men yoshlik paytimda ana shu jarohatlar o‘rniga barmoqlarimni tiqib o‘ynardim»,— deydilar.
«Yarmuk janggida Abdulloh ibn Az-Zubayr otalari birlan birga bo‘lib, o‘n yashar erdilar. Shunda ul kishi Abdullohni otga mindirib, dushmandan himoya qilmoqni bir odamga topshirdilar»,— deydilar Urva.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:17:29

Anas ibn Molik raziyallohu anhu Taha raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Badr kuni payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Quraysh mushriklarining kattalaridan 24 kishining o‘ligini Badrdagi eng iflos quduqqa tashlashni buyurdilar. Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdi-ki, agar biror qavm ustidan g‘alaba qilsalar, yalanglik joyda uch kecha jangchilarga dam berardilar. Bu gal Badr janggidan uch kun o‘tgach, Janob Rasululloh tuyalarini keltirishni buyurdilar. Tuyaga ko‘chlari yuklandi, so‘ng asta ashoblarini ergashtirib ilgari yurdilar. Ashoblar aytadilarki, Janob Rasululloh biror ishlari bo‘lsagina piyoda yo‘l boshlar erdilar. Mushriklarning kattalari tashlangan quduq labiga kelib, ularning o‘z ismlari va otalarining ismlarini aytib: «Ey falonchi o‘g‘li falonchi»,— deb nido qildilar-da, «Agar Ollohga va uning rasuliga itoat qilganlaringizda erdi, sizlarga xursandlik bo‘lmasmidi?! Albatta, bizlar parvardigorimiz va’da qilgan narsalarning haq erkanligini bildik, sizlar ham parvardigoringiz va’da qilgan narsalarning rost erkanligini bildingizmi?»—dedilar. Shunda Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Ey Ollohning payg‘ambari, ruhsiz jasadlar ham gapiradimi?»—deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot (Olloh) nomi birlan qasamyod qilurmenkim, sizlar men aytayotgan gapni ulardan ko‘ra eshituvchiroq emassizlar!» — dedilar. Qatoda raziyallohu anhu: «Olloh taolo ularni muvaqqat tiriltirib, malomatu xor qilmoq, o‘ch olmoq va hasrat-nadomat qildirmoq uchun payg‘ambar alayhissalomning gaplarini ularga eshittirdi»,— deydilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Allaziyna baddaluu ni’matallohi kufran» oyatida aytilgan Ollohning ne’matini kufrga alishtirgan kishilar, Ollohga qasamyod qilurmenkim, Quraysh kofirlaridur!» — deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:18:25

Amr ibn Diynor: «Ular Qurayshdur, Muhammad alay-hissalom ersalar, Ollohning ne’matidurlar. Quraysh Badr kuni o‘z qavmiga «Halokat uyi — do‘zax»ni halol qildi, ya’ni, qavmining do‘zaxga tushmog‘iga sababchi bo‘ldi»,— deydilar.

Hishom otalari Urva ibn az-Zubayrdan rivoyat qiladilar: Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida aytishdiki, Ibn Umar: «Janob Rasululloh «Darhaqiqat, mayyit o‘z qarindoshlarining yig‘isi sababli qabrda azoblanadi» deb aytganlar»,— degan emishlar. Shunda Oisha raziyallohu anho bunday debdilar: «Darhaqiqat, Janob Rasululloh: «O’lik o‘zining xatosi va gunohi sababidan azoblanadi, shu vaqtda uning qarindoshlari yig‘lab turgan bo‘ladilar»,— deb aytganlar. Bu gap Janob Rasulullohning Quraysh kofirla-ri tashlangan choh yonida turib aytgan gaplariga o‘xshaydi. Janob Rasululloh o‘shanda: «Albatta, bu mushriklar mening aytayotgan gapimni eshitadilar»,— degan erdilar». Darhaqi-qat, Janob Rasululloh bu birlan «Albatta, mushriklar hozir ilgari men aytgan gapning haq erkanligini biladilar» degan mazmunni iroda qilganlar. Keyin, Oisha «Albatta, siz o‘lganlarning gapini eshitmaysiz va siz qabrda yotganlarning ovozini eshituvchi emassiz» degan oyati karimani o‘qidilar, so‘ng «Kofirlar do‘zaxdagi joylariga borganda» deb qo‘shib qo‘ydilar».

Ibn Umar aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom Badrdagi quduq yoniga kelib, unga tashlangan kofirlarning jasadlariga qarata: «Parvardigoringiz va’da qilgan narsaning rost erkanligin ko‘rdingizmi?» —dedilar, so‘ng yonlaridagi sahobalarga qarab: «Darhaqiqat, hozir bu kofirlar men aytayotgan gapni eshityaptilar»,— deb aytdi-lar. Shu voqeani Oisha raziyallohu anhoga aytishganda, Oisha: «Albatta, payg‘ambarimiz bu gapni «Kofirlar men ilgari ularga aytib yuradigan gapning rost erkanligin biladilar» degan mazmunda gapirganlar»,— dedilar va «Albatta, siz o‘liklarning gapini eshitmaysiz» degan oyatni oxirigacha o‘qidilar».

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:19:43

9- bob. Badrda shahid bo‘lganlarning fazilatlari haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Badr janggida Horisa (ibn Suroqa) halok bo‘ldi. U yosh bola erdi. Onasi Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Ollohning rasuli, yaxshi bilasizki, men o‘g‘limni juda ham yaxshi ko‘rardim. Agar u jannatga kirsa, men uning halok bo‘lganiga sabr qilib, Ollohdan ajr umid qilaman, agar aksincha bo‘lsa, nima qilishimni ko‘rasiz!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, Ollohning jannati bitta ermas, ko‘pdur, Horisa Jannat ul-Firdavsda»,— dedilar».

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasululloh meni, Abu Marsadni va az-Zubayrni bir yumush birlan jo‘natdilar. Biz hammamiz otliq erdik. Janob Rasululloh bizga: «Boringizlar, Xox degan bog‘ga yetganlaringizda mushriklardan bo‘lgan bir xotinni uchratasizlar, unda Hotib ibn Abu Balta’a mushriklarga yo‘llagan maktub bor!»— dedilar. Biz borib, o‘shal xotinni uchratdik, uni tuyadan tushirib, maktubni qidirdik, topolmadik. So‘ng unga: «Janob Rasululloh yolg‘on gapirmaydilar, yo maktubni topib berasan yoki seni yalang‘och qilib yechintiramiz!» — dedik. Xotin jiddiy gapirayotganimizni bilib, lozimi orasidan maktubni chiqarib berdi. Biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik. Hazrat Umar raziyallohu anhuning g‘azablari kelib: «Yo Ollohning rasuli, Hotib Ollohga va uning rasuliga xiyonat qildi, ijozat beringiz, uning bo‘ynini uzib tashlayin!»—dedilar. Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam Hotibdan: ^Ey Hotib, bunday qilishga seni nima majbur qildi?» — deb so‘radilar. Hotib bunday deb javob berdi: «Olloh nomi birlan qasamyod qilurmenkim, men Olloh va uning rasuliga bo‘lgan iymonimdan qaytganim yo‘k„ faqat dushmanlar orasida mening ham bola-chaqayu mol-dunyomni ulardan himoya qiladirgan bir yaqin kishim bo‘lmog‘ini xohladim, xalos. Chunki, ashoblaringizdan birortasi yo‘q-ki, u yerda uning molu bola-chaqasini dushmandan himoya qiladirgan yaqin kishisi bo‘lmasa». Shunda Payg‘ambar alayxissalom: «Hotib rost aytdi, unga faqat yaxshi gapiringialar!»— dedilar. Ammo, Umar raziyallohu anhu: «Axir, Hotib Ollohga va uning rasuliga hamda mo‘minlarga xiyonat qildi-ku, ijozat beringiz, uning bo‘ynini uzib tashlayin!» — deb takror so‘radilar. Janob Rasululloh: «Hotib Badr janggi qatnashchisi ermasmi? Olloh taolo ersa, Badr ahliga nisbatan o‘z hukmini allaqachonlar chiqarib qo‘ygan va ularga: «Ko‘nglingiz tusagan ishni (amali solihlarni) qilaveringizlar, sizlarga jannat vojibdur (yoki sizlarning barcha gunohlaringizni mag‘rifat qildim)»  - degan»,— dedilar. Shunda Umar raziyallohu anhu ikki ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq bilgaydur! - dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:20:45

10-bob.

Abu Usayd rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Badr kuni bizga: «Agar dushman sizlarga yaqin kelsa, tosh birlan uringizlar, nayza va o‘qlaringizni asrangizlar!»—deb o‘rgatdilar.
Bu hadis ham lafzan va ma’nan avvalgining o‘zidur.

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alay-hissalom Uhud kuni kamonchi merganlarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilib qo‘ydilar. O’shal kuni bizlardan (musulmonlardan) 70 kishi shahid bo‘ldi, Badr kuni ersa, Payg‘ambar alaydissalom va ul zotning ashoblari mushrik-lardan 40 kishini yarador qilib, 170 kishini asir olgan erdilar, 70 kishi ersa, o‘ldirilgan erdi. Shuning uchun ham mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon (payg‘ambarimizga)- Bugungi kun Badr kunining evaziga bo‘ldi. Urush suvchelak kabidur (ya’ni, urushda goh u tomon, goh bu tomon zafar qozonadi)»,— dedi».

Abdurahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Badr kuni men jangchilar safida erdim, qarasam, o‘ng va chap yonimda ikki yosh yigit turibdi, ular menda shubha tug‘dirdi. Biri ikkinchsiga eshittirmay, mendan: «Ey amaki, menga Abu Jahlni ko‘rsating!» — dedi. Men: «Ey jiyan, uni nima qilasan?" deb so‘radim. Boyagi yigit: «Men Abu Jahlni ko‘rsam, o‘ldiraman yoki uning qo‘lida o‘laman, deb Olloh taologa ont ichganmen»,— dedi. Ikkinchi yigit ham birinchisiga eshittirmay menga shu gapni aytdi. Shunda men ularning o‘rnida bo‘lmaganimdan afsuslandim. So‘ng, men ularga Abu Jahlni ko‘rsatdim. Ikkovi Abu Jahlga burgutday tashlandi-da, uni qilich birlan urib o‘ldirdi. Bu ikki yigit Afro’ning ikki o‘g‘li erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:21:56

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida o‘n kishini mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordilar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Hadda degan joyga yetganlarida, Huzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar. Mushriklar musulmoilar to‘xtab dam olgan yerdan xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!» — deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: < Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh so‘rab tushmayman »—dedilar, so‘ng: «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor qilgaysen!» — deb iltijo qildilar. Mushriklar nayza otib Osimni o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Hubayb, Zayd ibn Dasina va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar kamoplarining iplarini yechib, musulmonlarni bog‘ladilar. Shunda uchinchi kishi: «Xudo haqi, bu xiyonatning boshidur, men sizlarga aslo taslim bo‘lmagaymen, albatta men o‘limni afzal ko‘rib, sheriklarimga ibrat bo‘lgaymen!»—dedi. Mushriklar uni ko‘p majbur qilib qiynadilar, ammo ul taslim bo‘lmoqdan bosh tortdi. Badr janggidan so‘ng. mushriklar Hubayb birlan Zayd ibn Dasinani qul kilib sotdilar. Hubaybni Hars ibn Omir ibn Navfal avlodlari sotib oldi Hubayb Hars ibn Omirni o‘ldirgan bo‘lib, u Hars ibn Omirning bolalari huzurida bir necha muddat asirlikda turdi Keyin, ular otalarining qasosi uchun Hubaybni o‘ldirmoqqa qaror qildilar Shunda Hubayb Harsning qizlaridan biridan ustara so‘rab olib, tozalandi Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Hubaybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Hubaybning tizzasida o‘ltirgan holda topdi, Hubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qattiq qo‘rqqanimni sezib, Hubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman'» —dedi,— deydi ael,— Olloh nomi birlan qasamyod qilurmenkim, men Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman, qasamed qilurmenkim, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki, (shu vaqtda) Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Hubaybga Olloh taoloning o‘zi rizq qilib beryapti»,— der erdi Hubaybni qatl qilmoqqa olib chiqqanlarida, u «Ikki rak’at namoz o‘qimoqqa menga ijozat beringizlar » —dedi Unga ijozat berganla-ridan sung, ikki rak’at namoz o‘qidi, keyin «Agar sizlar meni o‘limdan qo‘rqyapti deb uylamaganingizda, men ko‘proq g‘amoz o‘qigan bo‘lardim. Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi.

«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas,
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas »


So‘ng, Abu Sirva’a Aqaba ibn Hars o‘rnidan turib, Hubaybni o‘ldirdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonning o‘limi oldidan namoz o‘qimog‘i darkorligi Hubaybdan sunnat bo‘lib qoldi. Janob Payg‘ambarimiz ularga musibat yetgan kuni ashoblariga xabar bergan erdilar Quraysh mushriklari Osimning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarni eshitib, bunga ishonch hosil qilmoq uchun uning bir a’zosini kesib kelmoqqa odam jo‘natdi, chunki Osim Quraysh kattalaridan birini o‘ldirgan erdi. Olloh taolo Osimning jasadini himoya qilmoqqa arilar to‘dasini yubordi, mushriklar uning hech bir a’zosini kesib olishga muvaffaq bulmadilar»

Ka'b ibn Molik: «Aytishlaricha, Mirora ibn Rabi’ Al-Umariy va Hilol ibn Umayya Al-Voqifiy ikkovlari ham solih kishilar bo‘lib, Badrda shahid bo‘lgan erkanlar»,— deydilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinurki,  ul kishining otalari Abdulloh Umar ibn Abdulloh ibn al-Arqam az-Zuhriyga xat yozib, unga Subay’a binti Hars al-Aslamiyyaning huzuriga kirmoqni hamda undan Rasulullohdan fatvo so‘raganda nima deb javob qilganlari haqida bilib bermoqni buyurdi. Umar Abdulloh ibn Utbaga javob xat yozib, bunday deb xabar berdi «Subay’a binti al-Harsning aytishicha, u Baniy Omir qabilasidan bo‘lmish Badr jangi qatnashchisi Sa’d ibn Xavlaning xotini bo‘lgan. Eri Hajjat ul-Vido’da vafot qilgan. Shu vaqtda Subay’a homilador bo‘lib, erining vafotidan ko‘p o‘tmay tuqqan va nifosdan pok bo‘lishi birlanoq sovchi kutib, yasanib olgan. Shu payt uning huzuriga Abussanobiyl ibn Ba’kak kirib «Ne uchun yasanib olding, erga tegmoqchimisan? Ollohga qasamyod qilurmenkim, to‘rt oy-u o‘n kun o‘tmasidan burun erga tegmoqqa haqqing yo‘q»—dedi «Menga u shu gapni aytgandan so‘ng,— deydi Subay’a,— kiyimlarimni almash-tirdim-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul haqda fatvo bermoqlarini so‘radim. Janob Rasululloh bolamni tuqqanimdayoq halol bo‘lganimni, agar xohlasam, erga tegmog‘im mumkinligini aytib, fatvo berdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  15 Oktyabr 2006, 07:26:55

11-bob. Maloikalarning (farishtalarning) Badrda bo‘lganlari haqida

Maoz ibn Rufoa otalaridan naql qiladilar: (otalari Badr g‘azoti qatnashchisi erdilar) «Bir kuni Jabroil alayhissalom kelib, payg‘ambarimizga «Badrda qatnashgan sahobalaringiz haqida ne deysiz »—dedilar Janob Rasululloh «Ular musulmonlarning eng yaxshilaridur-lar»,— dedilar yoki shunga o‘xshash gapni aytdilar Shunda Jabroil alayhissalom «Badrda qatnashgan farishtalar ham eng yaxshi farishtalardur»,— dedilar»

 Maoz ibn Rufoa ibn Rofe' rivoyat qiladilar: «Rufo’a Badr janggi, Rofi’ ersa Aqaba voqeasi ishtirokchisi erdilar Rofi’ o‘g‘illariga «Men Aqaba voqeasi o‘rniga Badr janggida qatnashganimda ko‘proq xursand bo‘lur erdim, chunki bu haqda Jabroil alayhissalom payg‘ambarimizdan so‘raganlar» deb yuqoridagi hadisga ishora qildilar»

Yahyo ibn Muoz Rufoadan naql qilib, bir farishta payg‘ambarimizdan Badr ishtirokchilari haqida so‘raganini, Yazid ibn Hod ersa, bu farishta Jabroil alayhissalom erkanliklarini aytganligini rivoyat qiladilar

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Janob Paig‘ambarimiz otlari jilovidan Jabroil alayhissalomning Badr kuni jang libosini kiygan holda qanday yetaklab yurganlarini ko‘rsatdilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:42:34

12-bob.

Anas raziyallohu aphu: «Abu Zayd o‘ldi, ammo undan zurriyot qolmadi, u Badr ishtirokchisi erdi»,— deydilar.

Ibn Xabbobdan rivoyat tsiliiurki, Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu safardan qaytib keldilar. Shunda ul kishining xotinlari qurbonlik go‘shtidan pishirilgan taom keltirdi. Abu Sa’id: «Men aniqlamagunimcha, bu go‘shtni yemayman!»— deb o‘gay akalari Qatoda ibn Nu’monning oldiga bordilar, ul kishi Badr ishtirokchisi bo‘lib: «Siz safarga ketgandan so‘ng, qurbonlik go‘shtini uch kun o‘tgach yeyishlikni man’ qiluvchi hukm bekor bo‘ldi»,— dedilar.

Zubayr ibn Avvom aytadilar: «Men Badr kuni Ubayda ibn Sa’idga ro‘baro‘ bo‘ldim, u shu qadar jang liboslariga burkanib olgan erdiki, hatto ikki ko‘zi bazo‘r ko‘rinar erdi. Uning laqabi Abu Zotil-Karsh bo‘lib, u menga: «Men Abu Zotil-Karshman!»—dedi Men unga nayza birlan hamla qilib, ko‘zini ko‘r qildim, shu ondayoq o‘ldi. So‘ng, oyog‘imni unga tirab turib nayzani tortib olmoqchi bo‘ldim-u, qiynaldim, nihoyat sug‘irib oldim, shunda nayza ikki ko‘zini ham yulib chiqdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:42:45

Urvaning aytshilaricha, Janob Rasululloh Zubayrdan o‘shal nayzani so‘raganlar, Zubayr ul kishiga berganlar. Janob Rasulullohning vafotlaridan so‘ng, Zubayr nayzani qaytarib olganlar. Keyin, uni Hazrat Abu Bakr so‘rab oldilar, ul kishidan keyin Umar raziyallohu anhu, keyin ersa Usmon raziyallohu anhu o‘z xalifalik davrlarida so‘rab olib saqlaganlar. Usmon raziyallohu anhu qatl qilinganlaridan keyin, nayza Ali raziyallohu anhuning xonadonlarida qoldi. So‘ng, uni Abdulloh ibn Zubayr so‘rab olib, qatl qilingunlarigacha o‘zlarida saqladilar.

Badr ishtirokchisi bo‘lmish Uboda ibn As-Somit raziyallohu anhu rivoyat tsiladilarki, Janob Rasululloh: «Menga bay’at qilingizlar!» - deb aytibdilar.

Paygambarimizning jufti xalollari — Oisha onamizdan rivoyat tsilurlarki, Badr ishtirokchisi bo‘lmish Abu Huzayfa Solim degan yigitni asrab olib, unga jiyanlari Hind binti Valid ibn Utbani nikohlab berdilar. Solim ansoriylardan bo‘lgan bir ayolning quli bo‘lgan erdi. Shuningdek, Janob Rasululloh ham Zaydni asrab olgan erdilar. Johiliyat davrida asrandi bola asrab olgan kishining o‘g‘li deb hisoblanar va asrab olgan kishi o‘lsa, unga merosxo‘r ham bo‘lardi. Qachonki, Olloh taolo «Asrandilarni o‘z otalari nomi birla atanglar!» degan oyatni tushirgandan keyin, Abu Huzayfaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga keldi va: «Ey Ollohning rasuli! Erim Abu Huzayfa meni asrandi o‘g‘lim Solimdan rashk qilyapti»,— dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, Solimni emizgil!»— dedilar. Xotin: «Solimning soqoli chiqib yotibdi-ku! — deb e’tiroz bildirdi. Janob Rasululloh: «Uni emizgil, mahram bo‘lib qolgaysan, ering ham rashk qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Abu Huzayfaning chehrasi yorishdi.

Qayd etilgan