Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482648 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:17:52

26-bob

Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar. «Ollohga qasamyod qilurmenki, men Janob Rasulullohning yaralarini kim yuvganini, kim suv quyib turganini, nima birlan davo qilinganini yaxshi bilurman Janob Rasulullohning qizlari Fotima yaralarini yuvganlar, Hazrat Ali ersalar, qalqonlarida suv keltirib quyib turganlar Fotima raziyallohu anho qon ko‘p ketayotganini ko‘rib, darhol bir bo‘yrani kuydirganlarda, kulini yaraga bosganlar, qon shu ondaeq to‘xtagan. Ushanda Janob Rasulullohning kurak tishlari sinib, yuzlari yorilgan, boshlaridagi dubulg‘alari majaqlangan erdi»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:18:02

27-bob. «Olloh taolo va uning rasuli da’vatiga ijobat qilgan kishilar» haqida

Hishom raziyallohu anhu otalaridan naql qiladilar. «Oisha raziyallohu anho «Olloh taolo va uning rasuli da’vatiga, jarohatlanganliklariga qaramay ijobat qilib, amali solihlar hamda taqvo qilgan kishilar uchun buyuk savob bordur » degan oyati karimani o‘qidilar-da, Urvaga bunday dedilar «Ey jiyan, sening otang Zubair ham, bobong Abu Bakr ham o‘shalardandur. Janob Rasululloh Uhud kuni jarohatlanib, mushriklar ketgach, ularning qaytib kelib qolishlaridan xavflandilar-da, «Dushman ortidan kim boradi '» — dedilar Shunda yetmish kishi bormoqqa ixtiyor bildirdi. Ular orasida Abu Bakr va Zubair ham bor erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:18:14

28-bob. Uhud kuni shahid bo‘lgan musulmonlar, jumladan Hamza ibn Abdulmuttalib, Al-Yamon, Anas ibn an-Nazr, Mus’ab ibn Umayrlar haqida

Qatoda raziyallohu anhu «Biz Qiyomat kuni arab mahalladari ichida Ansorlar mahallasidan ko‘ra shahidlari ko‘proq va azizroq bo‘ladirgan mahalla borligini bilmaymiz»,— deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlardan Uhud kuni 70 kishi, Bi’ri Ma’una kuni 70 kishi va Yamoma kuni 70 kishi o‘ldirildi. Bi’ri Ma’una voqeasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam davrlarida, Yamoma kuni ersa Abu Bakr Siddiq davrlarida sodir bo‘lgan».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:18:25

Jobir ibn Abdullohu xabar beradilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhuddagi shahidlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Avval: «Bulardan qaysi biri Qur’onni ko‘proq yod bilar erdi» —deb so‘rar erdilar, so‘ng qaysi mayyitni «Ko‘p bilar erdi» deb ko‘rsatishsa, o‘shani oldin lahadga kirittirar erdilar. Janob Rasululloh: «Bul kishilarga Qiyomat kuni men guvohlik bergaymen!»—deb aytar va ularning qonlarini yuvmay hamda janoza o‘qimay ko‘mmoqni buyurar erdilar».

Jobir aytadilar: «Otam o‘ldirilganlarida men yig‘lab yuzlaridan kafanni ocha boshladim. Janob Rasulullohning ashoblari meni bundan qaytardilar, ammo ul zotning o‘zlari mone’lik qilmay: «Yig‘lama, otangni ko‘targunlaricha farishtalar qanotlari birlan soya solib turibdilar»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:18:35

Abu Muso raziyallohu anu: «Fikrimcha, Janob Rasululloh bunday deb aytgan erdilar»,— deydilar: «Men tush ko‘rdim, tushimda qilichimni bir siltagan erdim, sopi sinib ketdi. Bu Uhud kuni musulmonlarga yetgan musibatdur. Keyin, yana bir siltagan erdim, avvalgidan ham yaxshiroq holga keldi. Bu musulmonlarga muyassar bo‘lgan fath va mo‘minlarning hamjihat bo‘lishidir. Tushimda bir so‘yilayotgan sigirni ham ko‘rgan erdim. Bu mo‘minlarning Uhudda shahid bo‘lishidir».

Xabbob raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Biz Olloh taoloning rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh, taolo bizga savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birlarimiz o‘sha ajrdan ololmay dunyodan o‘tdik. Ulardan biri Mus’ab ibn Umayr erdi, Uhudda shahid bo‘ldi. Undan birgina libos qolgan bo‘lib, u birlan boshini o‘rasak, oeg‘i, oyog‘ini o‘rasak, boshi ko‘rinib qolardi. Janob Rasululloh: «Libosi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir yopib qo‘yingizlar!»—deb buyurdilar. Ammo, ba’zi birlarimiz hijratning samarasini ko‘rib, hosilini teryapmiz!»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:18:59

29- bob. Uhud bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni sevamiz!

Anas raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu tog‘ (Uhud tog‘i) bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhudan nakl -qilinadi: «Janob Rasululloh ro‘paralarida Uhud ko‘ringach". «Uhud gtog‘i bizni yaxshi kuradi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz! Yo Olloh, Ibrohim Makkani muqaddas qildilar, men ersam Madinani atrofidagi tog‘lari birlan birga muqaddas qildim!» — dedilar».

Uqba ibn Omirdan nakl qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni masjidga chiqib, Uhud ahliga duoi fotiha qildilar-da, so‘ng minbarga chiqib: *Men sizlardan avval o‘tgayman, u dunyoda sizlarga guvohman. Men hozir Xavzi Kavsarimni ko‘rib turibman. Menga Yer xazinalarining kalitlari berildi, Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men sizlarni o‘zimdan keyin mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ermas, balki mol-dunyoga aldanib qolmasangizlar, deb qo‘rqaman!» —dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:19:33

30- bob. Raji’, Ra’l, Zakvon, Bi’ri Ma’una g‘azotlari hamda Uzal, Qorra, Osim ibn Sobit, Xubayb va uning ashoblari haqidagi hadislar

Osim ibn Amr rivoyat qiladilarki, Raji’ gazoti Uhud janggidan keyin sodir bo‘lgan erkan.

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida bir guruh kishilarni mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordidar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Xadda degan yerga yetganlarida Xuzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar, Mushriklar musulmonlar to‘xtab dam olgan yerda xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni-qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!»—deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: «Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh tilab tushmayman» — dedilar, so‘ng «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor kilgaysen » — deb iltijo qildilar Mushriklar Osim birlan yana olti kishini otib o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Xubayb, Zaid va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar ularni qurolsizlan-tirgach, kiyimlarini yirtib, oyoq-qo‘llarini bog‘ladilar. Shunda musulmonlardan uchinchi kishi (Abdulloh ibn Toriq) «Xudo haki, bu xiyonatning boshidur!»~deb ular birlan birga ketishdan bosh tortdi. Mushriklar uni o‘sha joyning o‘zida o‘ldirishdi, Xubayb birlan Zaydni ersa Makkaga olib borib qul qilib sotishdi. Xubaybni Xars ibn Omirning o‘g‘illari sotib olishdi. Hubayb Hars ibn Omirni Badrda o‘ldirgan erdi. Shuning uchun uning o‘g‘illari Xubaybni biroz muddatdan so‘ng o‘ldirmoqqa qaror qildi-lar. Buni sezgan Xubayb Harsning qizidan ustara so‘rab olib, poklandi. Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Xu-baybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Xubaybning tizzasida o‘ltirgan holda ko‘rdi, Xubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qo‘rqib ketganimni sezib, Xubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman » — dedi,— deydi ayol,— Olloh taolo nomi birlan qasamed qilurmenki, men Xubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman Qasamed qilurmenki, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki shu vaqtda Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Xubaybga Olloh taoloning o‘zi buni rizq qilib beryapti» — der erdi. Xubaybni qatl kilmoqqa olib chiqqanlarida, u « ikki rakat namoz o‘qimog‘imga ijozat beringiz-lar » — dedi. Namozni o‘qib bo‘lgach- «Ulimdan qo‘rqqanidan namoz o‘qiyapti, demaganingizda erdi, ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lur erdim - deb aytdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonga o‘limi oldidan namoz o‘qimoq sunnat bo‘lib qoldi Xubaib «Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin'»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi

«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas, Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas. Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga, Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas» Keyin, Uqba ibn Hars Xubaybning oldiga bordi-da, uni o‘ldirdi. Osim Quraysh kattalaridan birini Badrda o‘ldirgan erdi.Shu boisdan Osimning o‘ldirilganini eshitgan Quraysh bunga ishonch hosil qilish uchun uning biror a’zosini kesib kelmoqqa odam yubordi. Shunda Olloh taolo bulutdek asalarilar to‘pini yo‘lladi, Quraysh mushriklari Osimning jasadiga yaqinlasha olmadi, arilar Osimni himoya qildi»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:19:43

Jobir ibn Abdulloh «Xubaybni o‘ldirgan kishi Abu Sirvaa erdi»—deydilar (Abu Sirva’a Uqba ibn Harsning laqabidir)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat hiladilar. «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam 70 kishini bir ish birlan yuborgan erdilar ularni «qorilar» deb atashardi. Bi’ru Ma’una degan yerda Ra’l va Zakvon ahli ularning yo‘lini to‘sib «Xudo haqi, biz sizlarni so‘ragan ermas erdik, aksincha o‘zimiz payg‘ambarning hojatini chiqara olamiz»—deb qorilarning hammasini o‘ldirdilar. Payg‘ambar alayhissalom bir oy davomida bomdod namozida xiyonatchilarni duoi bad qildilar. Shundan e’tiboran duoi «Qunut» o‘qiladigan bo‘ldi, ilgari biz «Qunut» o‘qimas erdik»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:20:42

Abdulaziz rivoyat qiladilar. «Bir odam Anas raziyallohu anhudan. «Qunut ruku’dan keyin o‘qiladimi yoki qiroatdan keyinmi»—deb so‘radi Anas «Yo‘q, aksincha, qiroatdan keyin»,— dedilar»

Bu yerda yuqoridagi hadisga mazmunan yaqin xadislar keltirilgan.

Anas raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Payg‘ambar sallallohu alayxi va sallam Anasning tog‘asini, ya’ni Ummu Sulaymning akasini 70 otliqqa boshliq qilib yuborgan erdilar. Usha paytda mushriklarning boshlig‘i bo‘lmish Omir ibn Tufayl Janob Rasulullohning oldilariga kelib «Odamlarni ikkiga bo‘laylik, qishlok ahliga sen, shahar ahliga men boshliq bo‘layin yoki sen hammaga payg‘ambar va boshliq bo‘lsang, men senga noib bo‘layin, bansharti rozi bo‘lmasang, minglab G’atafon ahlini boshlab kelib, senga qarshi jang qilaman'»— dedi. Ko‘p o‘tmay, Omir Salul qabilasidan bo‘lgan bir ayolning uyiga borib o‘sha yerda xastalandi, badanida bo‘taloqda bo‘ladigan bezga o‘xshash bir shish paydo bo‘ldi Keyin, Omir. «Tezda otimni keltiringlar'» — deb otiga mindi-yu, jon berdi

Ummu Sulaymning akasi Harom G’atafonga yetgandan keyin, hamroxlaridan ikki kishini (ulardan biri cho‘loq erdi) ajratib oldi-da ularga «Yaqinroq joyga yashirinib turingizlar. agar meni o‘ldirishmasa, oldimga kelasizlar, o‘ldirishsa, tezda qaytib, qolganlarga  xabar  qilasizlar»,—  dedi  So‘ng,   mushriklar  oldiga  bordi-da  «Menga omonlik bersangizlar, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning meni qanday vazifa birlan yuborganliklarini sizlarga yetkazurman»,— deb gap boshladi. Shunda mushrik-lar bir kishiga ishora qilishib erdi, u Haromning ortiga o‘tib nayza sanchdi. Harom: «Ollohu akbar! Ka’ba egasi haqi, men zafar topdim!»—deya jon taslim qildi. Keyin, mushriklar uning barcha sheriklarini ham topib o‘ldirishdi, faqat tog‘ tepasiga chiqib yashiringan birgina cho‘loq kishi omon qoldi. Olloh taolo «Darhaqiqat, biz rabbimizni topdik, u bizdan rozi bo‘ldi va bizni rozi ham qildi» degan oyati karimasini nozil qildi, keyin bu oyat mansux bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh Ra’l, Zakvon, Banu Lihyon va Usayya ahlini Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilganlari uchun o‘ttiz kun bomdodda duoi bad qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:21:53

Anas ibn Molik: «Harom ibn Milhon, ya’ni tog‘am Bi’ru Ma’unada nayza birlan yarador qilinganlarida, yaralaridan oqqan qonni boshlari va yuzlariga surtib: «Ka’ba egasi haqi, men zafar topdim!»—deb aytgan erdilar»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anhudan marviydurki, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu dushmanlardan ko‘p ozor yetgandan so‘ng, Janob Rasulullohdan xijratga izn so‘radilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sabr qilin-giz!» — dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, bu xususda Olloh taolodan izn bo‘lmog‘ini kutayotirsizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men shuni umid qilib turibman»,— dedilar. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Shundan so‘ng, Abu Bakr kuta boshladilar. Bir kuni Janob Rasululloh peshin vaqtida kelib, baland ovoz birlan: «Ey Abu Bakr, xonangizdan chiqing!» — dedilar. Abu Bakr: «Huzurimda ikki qizimdan bo‘lak hech kim yo‘q»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Bildingizmi, Makkaga yo‘l olmog‘imga Olloh taolo izn berdi!» — dedilar. Abu Bakr: «Sizga hamroh bo‘layinmi?—dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, albatta, hamroh bo‘lgaysiz!»—dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, mening ikki tuyam bor, ikkovini safarga tayyorlab qo‘ygan erdim»,— deb bittasini Janob Rasulullohga berdilar, uning nomi Jad’o erdi. So‘ng, ikkovlari ikkita tuyaga minib jo‘nadilar va Savr tog‘idagi g‘orga borib yashirindilar. Oisha raziyallohu anhoning ona bir akasi bo‘lmish Abdulloh ibn Tufaylning Omir ibn Fuhayra ismli bir quli bo‘lib, u Abu Bakrning sut beradigan tuyalarini ertalab, peshindan keyin va kechasi yetaklab kelardi-da, ikkovlarini sutga to‘ydirib, yana haydab olib ketardi, boshqa cho‘ponlar ersa buni sezmay qolishardi. Janob Rasululloh va Abu Bakr yo‘lga chiqqanla-rida Omir ibn Fuhayra ikkovlarining tuyalariga navbatma-navbat mingashib Madinagacha birga keldi. U Bi’ru Ma’una voqeasida shahid bo‘lgan».

Qayd etilgan