Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482594 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:24:19

Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushrik guruhlarni quvganla-ridan so‘ng: «Endi biz ularga g‘azot qilgaymiz, ular bizga g‘azot qilolmagaylar. Biz ularning yeriga borgaymiz!»— dedilar».

Ali raziyallouu aihu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xandaq kuni bunday dedilar: «Olloh taolo ularning (mushriklarning) uylari-yu qabrlarini o‘t birlan to‘ldirsin! Chunki ular bizning vusto (asr) namozimizni qazo qildirishdi, hatto quyosh ham botib ketdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:24:29

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Xandaq kuni quyosh botgandan so‘ng keldilar-da, Quraysh kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh botib ketdi hamki, men namoz o‘qiyolganim yo‘k!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Olloh taolo haqi, men ham o‘qiyolganim yo‘q!» — dedilar. Keyin, biz hammamiz Rasululloh birlan birga Bathon vodiysiga tushib, namozga tahorat oldik. Quyosh botgandan keyin, avval asr namozini, so‘ng shom namozini o‘qidik».

Jobir ibn Abdulloh; bunday deydilar: «Janob Rasululloh Ahzob kuni: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?» — deb so‘radilar. Zubayr: «Men»,— dedilar. Ikkinchi bor: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?»—dedilar. Zubayr yana: «Men»,— dedilar. Uchinchi bor so‘raganlarida ham Zubayr: «Men»,— dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Har bir payg‘ambarning o‘z yordamchisi bo‘-ladi, mening yordamchim Zubayrdir!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:24:44

Abu Hurayra raziyalloh;u anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdur, uning tanho o‘zi mavjuddir, u o‘z lashkariga kuch-qudrat berib, bandasiga zafar ato etdi, ko‘pming kishilik jamoani yolg‘iz o‘zi mag‘lub qildi. Undan abadiyroq hech narsa yo‘qdir!»— dedilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarni duoi bad qilib, «Ey kitob nozil qilg‘uvchi, bu mushriklar jamoasini o‘zing mag‘lub etgil, xonavayron qilgil!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:25:00

Abdulloh ibn Umar rivoyat 'qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har gal g‘azotdan yoki hajdan yo umradan qaytayotganlarida avval uch marta takbir aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdir, uning tanho o‘zi mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, barcha mulk unikidir, barcha hamdu sano unga xosdir va u har ishga qodirdir! Biz tavba qiluvchilarmiz, ibodat qiluvchilarmiz, sajda qiluvchilarmiz, parvardigorimizga shukr aytuvchilarmiz. Olloh bergan va’dasida turib, musulmon bandasiga nusrat berdi. kofirlar jamoasini yolg‘iz o‘zi mag‘lub etdi!».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:25:18

32- bob. Payg‘ambar alayhissalomning Ahzob g‘azotidan qaytishlari, Banu Qurayza qabilasiga borib, ularni qamal qilishlari haqida

Oisha raziyallohu anhodan rivoyat kilinadiki, «Paygambar alayhissalom Xandaq g‘azotidan kaytib, urush silohlarini yechdilar. Yuvinib turgan paytlarida Jabroil alayhissalom kelib Janob Rasulullohga: «Siz silohingizni yechibsiz, ammo biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning'»—deb buyurdilar. Janob Rasululloh: «Kimga» — deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom: «'Banu Qurayza qabilasiga qarshi»,— dedilar. Shundan keyin, Janob Rasululloh Banu Qurayza qabilasi tomon yo‘lga chiqdilar»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Qurayza qabilasiga yurish kilganlarida men Banu G’anam qabilasi ko‘chalarida Jabroil alayxissalom boshliq otliqlarning otlari tuyoqlaridan ko‘tarilaetgan chang-to‘zonni hozir ham ko‘rib turgandekmen», —dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:25:27

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom Ahzob kuni: «Biror kishi bugun to Banu Qurayza yeriga bormaguncha asr o‘qimasin!»—dedilar. Shunda ba’zilar «Banu Qurayzaga yetmagunimizcha o‘qimaymiz» — deyishdi, ba’zilar: «Namoz o‘qiyveramiz, chunki Janob Rasululloh «Hech kim orqada qolmasin» degan ma’noda aytganlar»,— deyishdi. Buni Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot ulardan birortasini ham «Noto‘g‘ri qilgan»,— demadilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat kilinadi: «Bir odam Banu Qurayza va Nazir qabilalari fath qilinishidan ilgari Janob Rasulullohga bir qancha xurmo daraxtini tortiq qilgan erdi. Xotinim va bolalarim menga: «Janob Rasulullohning huzurlariga borib, o‘sha xurmo daraxtlarining hammasini yoki bir qismini so‘rasangiz, bizga bersalar!»—deyishdi. Men Janob Rasulullohning oldilariga borganimda u kishi xurmolarni Ummu Aymanga (Rasulullohning doyalari) hadya qilib qo‘ygan erkanlar. Shu payt Ummu Ayman kelib qoldi-da, mening gapimni eshitgach, yoqamdan tortib: «Xudo haqi, xurmolarni senga bermaydilar, ularni menga berganlar!» — deb janjal qila boshladi. Janob Rasululloh: «Usha xurmolarning hammasini sizga berganman, ular sizniki»,— desalar ham Ummu Ayman sira tinchimadi. Oxiri, Janob Rasululloh avvalgi berganlariga nisbatan o‘n barobar ko‘proq xurmo daraxti berib uni tinchitdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:26:03

Abu Sa’id al-Xudriy, raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Sa’d ibn Ma’ozga Banu Qurayza qabilasi ustidan hukm chiqarish huquqi berildi. Janob Rasululloh Sa’dga odam yubordilar, uni eshakka mindirib olib kelishdi. U masjidga yaqin kelganda Janob Rasululloh ansorlarga: «Sayyidingizning hurmati uchun turingizlar!» —dedilar, keyin Sa’dga: «Mana bularning ustidan hukm chiqarmoq huquqi senga topshirildi»,— deb yahudiylarga ishora qildilar. Sa’d: «Ularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, bola-chaqasi ersa asir olinsin!» — deb hukm etdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning hukmi ham shunday erdi!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anhodai naql kilinadi: «Xandaq kuni Sa’d yaralandi, Quraysh mushriklaridan Xabbon ibn Araqa kamon birlan otib bilagidagi qon tomirini uzib tashladi. Payg‘ambar alayhissalom masjidga chodir tikib, tez-tez xabar olib turish maqsadida Sa’dni o‘sha yerga yotqizdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:26:19

Janob Rasululloh Xandaq g‘azotidan qaytgach, aslahalarini yechib, yuvinib turgan paytlarida Jabroil alayhissalom keldilar, boshlaridagi changni qoqayotib: «Siz qurolingizni yechib qo‘yibsiz, biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning!» — deb buyurdilar Rasululloh «Kimga?»— deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «Banu Qurayzaga»,— deb aytdilar.

Janob Rasululloh Banu Qurayzaga kelgach, ular ustidan hukm qilish ni Sa’d ibn Ma’ozga topshirdilar, shunda Sa’d: «Bularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, xotinlari va bolalari asir olinsin, molu dunyosi musodara qilinsin* -deb hukm chiqardi Keyin, u «Yo Olloh, albagta o‘zing yaxshi bilasan, qaysi qavm sening rasulingni yelg‘onchi degan bo‘lsa-yu, uni vatanidan quvib chiqargan bo‘lsalar, o‘sha qavmga qarshi seni deb jang qilish mening uchun eng maxbub ishdir' Yo Olloh, men o‘ylaymanki, biz birlan mushriklar o‘rtasida-gi urushga o‘zing chek qo‘yding, agar Quraysh birlan yana urushadirgan bo‘lsak, sening yo‘lingda ularga qarshi yana jihod qilmog‘im uchun meni salomat qoldirgin, agar urushni butunlay to‘xtatgan bo‘lsang jarohatimni kuchaytirgin-da, omonatingni olib qo‘ya qolgil!» — dedi. Shunda Sa’dning jarohatidan qon otilib chiqib ketdi. Chodirdan oqib chiqkan qonni ko‘rib masjiddagilar qo‘rqib ketdi. Ular: «Ey chodirdagilar, siz tomondan qon oqib kelyapti!» — deb chodirga qarasalar, Sa’dniig jarohagidan qon oqayotgan erkan, Sa’dning o‘zi ersa shahid bo‘libdi»

Barro raziyallouu anhu rivoyat kilidilar «Janob Rosululloh Qurayza kuni Hassonga: «Banu Qurayzani hajv qilgin Jabroil alayhissalom senga madad bergaylar!» — dedilar»

Bu yerdagi xadis ham yuqoridagi hadisni lafzan va ma’nan takror qiladi

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:26:50

33-bob. Zoturriqo g‘azoti haqida

Bu g‘azot Muhoribi Xasfa va Banu Sa’laba g‘azoti ham deyiladi. Rasululloh sallallohu alaihi va sallam o‘shanda Naxl degan joyga tushganlar. Bu g‘azot Xaybar g‘azotidan keyin bo‘lgan, chunki shu g‘azot ishgirokchisi Abu Muso al-Ash’ariy Xaybar g‘azotidan keyin islomga kirganlar.

Jobir ibn Abdulloh; «Paygambar alayhissalom ashoblari birlan birga yettinchi g‘azot, ya’ni Zoturriqo’ g‘azoti kuni xavf namozini o‘qidilar (Bu g‘azotning «Yettinchi g‘azot» deb atalishiga sabab u Badr, Uhud, Xandaq, Qurayza, Muraysa va Xaybar g‘azotlaridan keyin voqe’ bo‘lgan)»,— deydilar.

Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki, Payg‘ambar alayhissalom xavf namozini Zuqarad degan joyda o‘qigan erkanlar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:27:03

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muhorib va Sa’laba kuni ashoblari birlan birga xavf namozi (salot ul-xavf) o‘qidilar»

Vahb ibn Kayson rivoyat qiladilar: «Men Jobirdan eshitdimki, Payg‘ambar alayhissalom Naxlning Zoturriqo’ mavzesiga chiqibdilar. Shunda musulmonlar birlan G’atafon mushriklari to‘qnashib qolibdi, lekin jang bo‘lmabdi. Chunki, Olloh taolo har ikkala tomonni xavflantirib qo‘yibdi. Janob Rasululloh shu yerda ikki rakat xavf namozi o‘qibdilar»

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu: «Men Payg‘ambar alayhissalom birlan birga Qarad kuni g‘azotda bo‘ldim»,— deydilar.

Qayd etilgan