Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483255 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:18:09

72- bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oxirgi aytgan gaplari haqida

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar. «Janob Rasululloh sog‘ yurgan vaqtlarida: «Biror payg‘ambar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, jon taslim qilmaydi, jannatdagi joyini ko‘rgachgina ikki dunyodan birini ixtiyor Qiladi»,— dedilar. Dardlari og‘irlashgach, hushlaridan Ketdilar, shunda boshlari tizzamga qo‘yig‘lik erdi. Keyin, o‘zlariga kelib, uyning shiftiga termulganlaricha: «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» — dedilar. Men buni eshitib: «Demak, bizni xushlamayaptilar»,— deb xayolimdan o‘tkazdim. Bildimki, ul zotning sog‘lik vaqtlarida aytgan gaplari shu erkan (ya’ni, jannatdagi joylari ko‘rsatilib, u dunyoni ixtiyor qilibdilar). Janob Rasulullohning eng so‘nggi aytgan so‘zlari «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» bo‘ldi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:18:25

73-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafotlari haqida

Oisha va Ibi Abbos raziyallohu anhum bunday deyishadi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga Qur’on nozil bo‘lgan (20) yil davomida, ya’ni o‘n yil Makkada va o‘n yil Madinada yashadilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oltmish uch yoshda vafot etdilar»,— deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:18:46

74- bob.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida qalqonlari o‘ttiz so’ arpa uchun yahudiyga garovga qo‘yilgan erdi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:19:02

75- bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xastalanib o‘lim to‘shagida  yotganlarida Usoma ibn Zayd raziyallohu anhuni bir yerga jo‘natganlari haqida

Solim otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Usomani (bir guruh) kishilarga bosh qilib bir yerga jo‘natdilar. Shunda ba’zilar bunga e’tiroz bildirishdi. Ul zot: «Men voqif bo‘ldimki, sizlar Usomaning boshliq qilinganiga e’tiroz bildiribsizlar, lekin shuni bilib qo‘yingizlarki, u mening uchun eng mahbub kishidur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir guruh odamlarni (bir yerga) jo‘nata turib, ularga Usoma ibn Zaydni boshliq qilib tayinladilar. Ba’zilar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirishdi. Shunda Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib: «Gar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirursizlar, demak uning otasi boshliq bo‘lganda ham norozi bo‘lgansizlar. Olloh taologa kasamyod qilurmanki, u boshliq bo‘lmoqqa munosib va menga eng mahbub kishi erkan, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:19:23

76- bob.

Abulxayr rivoyat qiladilar: «Sanobjiy mendan: «Qachon hijrat qilding?» — deb so‘radi. Men: «Yamandan hijrat qilib, Juhfaga yetib kelganimizda oldimizdan chopar chiqib qoldi. Men unga: «Qanday xabar olib kelayotirsan?» — dedim. U: «Janob Rasulullohni dafn qildik, besh kun bo‘ldi»,— dedi. Men: «Laylat ul-Qadr xususida biror narsa eshitganmisan?» — dedim. U: «Ha, menga Janob Rasulullohning muazzinlari Hazrat Bilol aytib erdilar, Laylat ul-Qadr ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining yettinchi kunida» — dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:19:40

77-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marotaba g‘azot qilganlar?

Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Men Zayd ibn Arqamdan: «Janob Rasululloh birlan birga necha marta gazot qilgansan?» — deb so‘radim. U: «Un yetti marta»,— dedi. Men: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha bor gazot qilganlar?»—dedim. U: «Un to‘qqiz marta»,— dedi».

Barro raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan o‘n besh marta gazot qilganman»,— deydilar.

Ibn Burayda otalari haqida: «Otam Janob Rasululloh birlan birga o‘n olti marta gazot qilganlar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:20:32

QUR’ON TAFSIRI KITOBI

«Ar-Rahmon ur-rahiym» ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «Ar-Rahma» («rahmdillik, mehribonlik») so‘zidandur. «Ar-Rahiym» va «Ar-Rohim» («Rahmdil», «Mehribon») so‘zlari ersa «Al-Aliym» va «Al-Olim» («Biluvchi», «Bilimdon») so‘zlari kabi bir ma’noga egadur.

1-   bob. Kitob (Qur’on)ning «Fotiha» surasi haqidagi hadislar

«Fotiha» surasi «Umm ul-Kitob» («Kitobdagi suralarning onasi») deb ataladi, chunki barcha Qur’on kitoblari avval shul suradan boshlab yoziladi hamda namoz ham aynan ana shul surani qiroat qilish birlan boshlanadi. Diyn (Din) bo‘lsa, yaxshilik uchun mukofot va yomonlik uchun jazo bo‘lib, «tadiynu va tudonu» (fe’l-atvoring va qilgan amalingga yarasha mukofotlanasan va jazolanasan) kabidur.

Mujohid: «Fotiha surasidagi «Ad-Din» so‘zi «Al-Hisob» so‘ziga muvofiq keladi, «Madinuuna» so‘zi «Muhosibuuna» so‘ziga muvofiq kelgani kabi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:20:41

Abu Sa’id ibn Mu’allo aytadilar: «Men namoz o‘qiyotgan erdim, Payg‘ambar alayhissalom chaqirib qoldilar. Men javob bermadim. Keyin, qoshlariga borib: «Ey Ollohning rasuli, men namozda erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Axir, Olloh taolo: «Agar sizlarni Olloh va payg‘ambar chaqirsa, ularga javob beringizlar!» — demaganmi?!» — dedilar. Keyin, yana: «Siz masjiddan chiqib ketmasingizdan avval, men sizga Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?»— dedilar-da, qo‘limdan ushladilar. So‘ng, masjiddan chiqmoqchi bo‘lganimizda: «Ey Ollohning rasuli, siz menga: «Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?» — degan erdingiz»,— deb eslatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti oyatdan iborat «Alhamdu lillohi rabbil-olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:20:51

2-   bob. «... g‘ayril-mag‘zuubi alayhim va lo-z-zolliy-na» («... g‘azabingga duchor bo‘lmagan va yo‘ldan ozmagan kishilarga»)

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar imom «... g‘ayril-magzuubi alayhim va lo-z-zolliyna» desa, «Omin!» deb aytingizlar, kimning «Omin!» deb aytgani maloikalarning «Omin!» deb aytganiga muvofiq kelib qolsa, uning ilgarigi gunohlari mag‘firat qilingay!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:21:29

BISMILLOHIR RAHMONIR  RAHIYMI
«BAQARA» SURASI

Olloh taolo Odamga barcha ismlarni o‘rgatgandur!


Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Mo‘minlar Qiyomat kuni to‘planishib «Agar rabbimizdan shafoat tilasak, (u bizni bu turgan yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirmasmikan?)» deya Odam alayhissalomning qoshlariga borishgay-da, ul kishiga: «Siz odamlarning otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z qo‘li birlan yaratgan, sizga maloikalarini sajda qildirgan va sizga har bir narsaning ismini o‘rgatgandur, rabbingizdan bizga shafoat so‘rangiz, toki u bizni bu turgan yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirsin!» — deyishgay. Odam alayhissalom: «Mening sizlarga foydam tegmagay» deb qilgan gunohlarini eslagaylar-da, uyalib ketgaylar. So‘ng, ularga: «Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar, ul kishi Olloh taolo Yer ahliga yuborgan payg‘ambarlarning eng birinchisidurlar!» — degaylar. Ular Nuh alayhissalomning qoshlariga borishgach, ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya aqllari yetmagan narsa xususida parvardigorlariga savol berganlarini eslab, uyalib ketgaylar-da: «Ar-Rahmonning do‘stining qoshiga boringizlar!» — degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, Olloh taolo so‘zlashgan va Tavrot ato etgan banda bo‘lmish Musoning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Muso alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya qilgan gunohlarini eslagaylar-da, parvardigorlaridan uyalib ketgaylar. So‘ng, ularga: «Olloh taoloning bandasi va payg‘ambari, Olloh taoloning kalimasi va ruhi bo‘lmish Isoning qoshlariga boringizlar!» —degaylar. Iso alayhissalom ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, yaxshisi Olloh taolo sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan banda Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!»— degaylar. Ular mening huzurimga kelishgay, so‘ng men rabbimning huzuriga borib izn so‘ragayman, menga ijozat berilgay, parvardigorimni ko‘rishim birlanoq sajda qilib turgayman, ul meni o‘zi istagancha vaqt sajdada qoldirgay, so‘ng menga: «Boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganingni ato etgay, so‘zlagil,so‘zingni eshitgay, shafoat tilagil, shafoat etgay!»— deyilgay. Men boshimni sajdadan ko‘tarib, o‘zi bizga o‘rgatgan hamdu sanolar birlan uni madh qilgayman, keyin undan shafoat tilagayman, u menga muayyan kishilarni jannatga olib kirmog‘imga ijozat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning qoshiga qaytib borib, uni ko‘rishim birlanoq avvalgidek sajda qilib turgayman, keyin undan shafoat tilagayman, U menga bu gal ham muayyan odamlarni jannatga olib kirmog‘imga ruxsat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning huzuriga uchinchi va to‘rtinchi bor qaytib borib: «Do‘zaxda Qur’on bandi etib, unda abadiy qolmog‘i lozim bo‘lganlargina qoldi!»—degayman».

Abu Abdulloh: «Qur’on bandi etganlargina», ya’ni Olloh taoloning «Unda abadiy qoladilar» degan hukmiga binoan do‘zaxda qolgan odamlargina»,—deydilar.

Qayd etilgan